Press -reliz



Download 56,5 Kb.
Sana08.04.2017
Hajmi56,5 Kb.
#6312
O’zbekiston Respublikasi

Tashqi Iqtisodiy Aloqalar, Investitsiyalar va Savdo Vazirligi

=====================================================================Toshkent 28 oktabr 2014 yil.

PRESS -RELIZ


28 oktabrdan 1 noyabrgacha Toshkent shahrida navbatdagi

VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o’tkaziladi.

XSYKBni o’tkazishdan maqsad- xo’jalik sub’ektlariga ishlab chiqarishni optimallashtirishda, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo kooperatsiyani yanada mustahkamlash va rivojlantirishga ko’maklashish, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida keng ma’lumot berish, korxonalarga hamkorlar topish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o’tasida, o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni sanoat kooperatsiyalari bo’yicha yetkazib berish shartnomalari shuningdek, eksport kontraktlarini imzolashga yordam ko’rsatishdan iboratdir.

Ushbu tadbir davomida 50 dan ortiq mamlakatlardan, 1200 dan ortiq xorijiy firma va kompaniya vakillari ishtirok etadilar. Namoyish maydonlarida 20 mingdan ortiq eksponatlar joylashtirilib, ularning orasida tayyor mahsulotni, qadoqlovchi ishlanmalar va materiallarni 2014-2016 yillarda mahalliylashtirish loyahasi asosida o’zlashtirilgan 600 dan ortiq yangi turlar joy egallashi ko’zada tutilmoqda.

Shu kunda 1700 dan ortiq respublikamizning korxona, kompaniya va tashkilotlari o’zlarining mahsulotlarini “O’zekspomarkaz”ning ochiq maydon va pavilionlarida namoyish etadilar.

Yarmarka ishini ikki bosqichda o’tkazish an’anaga aylandi: birinchi bosqichda sohaviy va mintaqaviy ko’rgazmalar va yarmarkalari bo’lib o’tadi, 2014 yilda ushbu yarmarkalar mart-iyun oylarida bo’lib o’tdi. Ikkinchi bosqich-Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasidir. Shu maqsadda, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birja ishini tashkillashtirishda O’zekspomarkaz milliy ko’rgazma majmuining barcha infratuzilmasi, 4 ta ko’rgazma zali, 2 ta atrium, ochiq maydonchalar va konferentsiya zallari jalb etilgan, o’n ming kvadratmetrli ko’rgazma maydonida yangi ishlanmalar, xalqaro standartlarga to’liq javob beruvchi sifatli, importga yo’naltirilgan mahsulotlar namoyish etiladi.

VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida mashinasozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish, metallurgiya, kimyo, neftekimyo, farmatseftika, oziq-ovqat va yengil sanoat tarmog’i hamda boshqa ko’plab mahalliy ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari vakillar qatnashishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlab o’tish joizki, Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi ishtirokchi va qatnashchilari har kuni tarmoq va korxonalarning texnik va texnologik imkoniyatlari bilan yanada yaqinroq tanishish borasidagi 70 dan ortiq prezentatsiyalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Umuman olganda yarmarka tadbirlari, yangi tovar turlarini o’zlashtirish uchun koopertsiya aloqalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan xom-ashyo va materiallar, qadoqlovchi va ishlab chiqaruvchi-texnikviy ishlanmalarni yetkazib berish yoki sotib olish, eksport uchun shartnomalar tuzishga yo’naltirilgandir.

Sanoat tarmoqlarining talablarini baholay turib, Koopratsion birja qatnashchi-korxonalari rivojlanish istiqbollarini oldindan belgilab olish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va kelgusi yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish imkoniga ega bo’ladilar. Birgina korxona doirasida ishlab chiqarish imkoni mavjud bo’lmagan yangi mahsulot, ishlab chiqarish resursi va texnologik imkoniyati mavjud bo’lgan boshqa korxonani jalb qilish hisobidan o’zlashtiriladi. Talab va taklifning rivojlanishi va o’zaromanfaatli yetkazib berish asnosida mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashkillashtirishga imkoniyat tug’iladi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida mamlakatimizning barcha iste’molchilari mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, qayta ishlangan xom-ashyo va materiallarni qo’shimcha tenderlar o’tkazmasdan, to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar asosida sotib olish amalga oshiriladi.

Mahsulotni yetkazib berish borasidagi shartnomalar yarmarka direktsiyasi ro’yhatidan o’tadi va Davlar reestriga kiritiladi.

Kooperatsion birja qatnashchilariga respublikaning vazirlik va idoralari bank, sug’urta kompaniyalari, sertifikatlashtirish va standartlashtirish sohasiga ixtisoslashgan tashkilotlar mutaxasislari, tashqi iqtisodiy aloqalar va maxsus tashqi savdo kompaniyalari ekspertlarining “on-layn” ko’magi havola etiladi.

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida sanoat kooperatsiyasi bo’yicha 8,0 trillion so’mga yaqin mahsulot yetkazib berishga va eksportga 6,7 milliard dollarga shartnomalar tuzilishi ko’zda tutilmoqda.

Sanoatni rivojlantirishning muhim sharti sifatida –ushbu tadbir birjasi uzoq muddatli xo’jalik aloqalarini shakllantirish va kengaytirish uchun bozor infratuzilmasini tashkil etish; korxonalarga zaruriy xom-ashyova kredit resurslaridan foydalanish, mahalliy xom-ashyo bazasi negizida butlovchi buyumlar va materiallar, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda mahalliylashtirish dasturlari sanoat kooperatsiyasini rivojlanishiga xizmat qiladi.

O’tkazilayotgan 8- Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi ishtirokchilar uchun 2014 yilning eng muhim voqealaridan biri bo’lishi shubhasizdir.



TIAISV Matbuot xizmati
Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish