4. Asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobi
Mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysinishidan qat’iy nazar barcha korxonalarda asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobda va hisobotda «Asosiy vositalarni balansdan hisobdan chiqarish tartibi to'g'risida»gi nizomga muvofiq aks ettirilishi lozim
byudjet tashkilotlari - yuqori tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot mavjud bo’lmaganda - qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda
unitar korxonalar tomonidan xo’jalik yuritish huquqi bilan ularga tegishli bo’lgan ko’chmas asosiy vositalar - korxona mol-mulkining mulkdori roziligi bilan, qolgan asosiy vositalar esa - qonun hujjatlariga asosan mustaqil ravishda
boshqa korxona va tashkilotlar - qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda
tezkor boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonalari (davlat korxonalari) tomonidan korxona muassisining roziligi bilan
Asosiy vositalarni balansdan chiqaradilar:
Asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobi "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" 9210-hisobvarag’ida yuritiladi. Ushbu hisobvarag’ning debetida boshlang’ich qiymat va tugatish bo’yicha xarajatlar, kreditida esa chiqarish kuniga hisoblangan eskirish summasi va tugatishdan olingan daromad hisobga olinadi.
Tugatish dalolatnomalari tasdiqlanguniga qadar asosiy vositalarni qismlarga bo’lish va demontaj qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Tugatish jarayoni yakunlanganidan so’ng korxona yoki tashkilot buxgalteriyasi tomonidan asosiy vositalarni tugatish bilan bog’liq xarajatlar va ularni tugatishdan moddiy boyliklarning kelib tushishi to’g’risida ma’lumotnoma tayyorlanadi.
Qismlarga bo’lingan va demontaj qilingan asosiy vositaning boshqa asosiy vositani ta’mirlash uchun yaroqli bo’lgan barcha uzellari, detallari, materiallari, rangli va qimmatbaho metallari ular hisobga olinadigan tegishli hisobvaraqlarga asosiy vositalarni tugatish komissiyasi tomonidan belgilanadigan ehtimoliy foydalanish narxi bo’yicha kirim qilinadi. Yaroqsiz uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallar ikkilamchi xom ashyo (temir-tersak, qiyqindi yoki o’tin) sifatida kirim qilinadi hamda korxona yoki tashkilotning xohishi bo’yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlatiladi.
Unitar, davlat va boshqa korxona hamda tashkilotlar uchun uzellar, detallar, materiallar, rangli va qimmatbaho metallarni, shuningdek, asosiy vositalarni qismlarga ajratish va demontaj qilishdan olingan ikkilamchi xom ashyoni sotishdan olingan mablag’lar, tugatish bilan bog’liq xarajatlar chegirilgach, ular tasarrufida qoladi va, agar qonun hujjatlarida boshqa narsa nazarda tutilmagan bo’lsa, ularning xohishiga qarab foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |