JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI “SERVIS” FAKULTETI “BUXGALTERIYA HISOBI” FANIDAN Mavzu:ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TASHKIL QILISHNING VAZIFALARI Jizzax - 2022 Fan o‘qituvchisi: B.BOBOBEKOV
Reja:
1. Asosiy vositalar haqida umumiy tushuncha
2. Asosiy vositalar hisobini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy xujjatlar
3. Asosiy vositalarning harakati ustidan nazorat o‘rnatuvchi hujjatlar
4. Foydalangan adabiyotlar
Asosiy vositalar – korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatash jarayonida yohud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar.
1. Asosiy vositalar haqida umumiy tushuncha Baholar o’zgarmas sharoitda
Uning daromadlilik darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam bo’ladi
bir birlik (to’plam) uchun qiymati O’zbekiston Respublikasi (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo’lgan buyumlar
Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar bir vaqtning o’zida kiritiladi: 2.Asosiy vositalar hisobini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy xujjatlar: 1. 5-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Asosiy vositalar» (O'zR AV tomonidan 20.01.2004 yilda 1299-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan).
2. «Asosiy vositalarni har yili 1 yanvar holatiga ko’ra qayta baholash tartibi to’g’risida»gi nizom (O’zR AV tomonidan 04.12.2002 yilda 1192-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan).
3. «Asosiy vositalarni balansdan hisobdan chiqarish tartibi to'g'risida»gi Nizom (O'zR AV tomonidan 29.08.2004 yilda 1401-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan).
4. 6-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Ijara hisobi» (O'zR AV tomonidan 24.04.2009 yilda 1946-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan).
5. Buxgalteriya hisobida ijara operatsiyalarini aks ettirish tartibi to'g'risidagi Nizom (O'zR AV tomonidan 01.062009 yilda 1961-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan)
6. 21-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti "Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi" (O'zR AV tomonidan 23.10.2002 yilda 1181-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan).
7. 19-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti «Inventarlashni tashkil etish va o'tkazish» (O'zR AV tomonidan 02.11.1999 yilda 833-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan).
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo’ljallangan, maqsadli yo’naltirilgan asboblar va moslamalar);
b) maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;
v) ko’rpa-to’shak anjomlari;
g) yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo’yiladigan asboblar va boshqalar);
d) oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;
e) tiklanishi bo’yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul inshootlar) moslamalar va qurilmalar;
j) kamida bir yillik foydalanish muddatiga ega bo’lgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ov qurollari (trallar, to’rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar).
Asosiy vositalar tarkibida qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga o’tkazilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi.
Ko’p yillik ko’chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar ob’ektlariga kapital qo’yilmalar har yili butun ishlar majmuasi yakunlangan sanadan qat’i nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti hisoblanadi. Asosiy vositalarning inventar ob’ekti sifatida barcha qurilmalari va anjomlariga ega bo’lgan ob’ekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. Konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmuasi - umumiy moslamalarga va anjomlarga, umumiy boshqaruvga ega, bir poydevorda qurilgan, natijada majmuaga kiruvchi har bir buyum o’z vazifasini mustaqil ravishda emas, balki faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan bir yoki turli mo’ljaldagi bitta yoki bir nechta buyumlardir.
Bitta asosiy vositada turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bo’lgan bir nechta mustaqil ob’ektlar mavjud bo’lgan holatda har bir bunday ob’ekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar ob’ekti sifatida tan olinadi.
Ikki yoki undan ortiq korxona mulki bo’lgan asosiy vositalar har bir korxona tomonidan asosiy vositalar tarkibida uning umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib tarzda aks ettiriladi.
Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo’lsa;
b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo’lsa.
Mulkka egalik, xo’jalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqi asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo’lgan asosiy vositalarning miqdori korxona balansiga kiritilishi lozim va asosiy vositalar buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining 1-bo’lim hisobvaraqlarida yuritiladi (0100-0990).
a) kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul qilish-topshirish;
b) ob’ektni oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha xarid qilish;
v) ta’sischilarning ustav sarmoyasiga qo’yilmalari;
g) bepul kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha);
d) ayirboshlash;