Presentation · May 2019 doi: 10. 13140/RG


 Yosh davrlari va muloqot



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/44
Sana20.03.2022
Hajmi2,02 Mb.
#501952
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
IJTIMOIYPSIXOLOGIYAVAMULOQOT

1.5. Yosh davrlari va muloqot 
 
Goʻdaklik davrida muloqot: 
Tabiatda inson bolasigina ojiz va kattalarning 
gʻamxoʻrligiga muhtoj boʻlib tugʻiladi. Lekin inson farzandiga berilgan eng katta 
imkoniyat bu uning oʻrganishga boʻlgan ehtiyojidir. Aytish mumkinki, odam bolasi 
oʻrganishga “dasturlangan” holda tugʻiladi. SHu tufayli qisqa vaqt ichida u juda 
koʻp bilimlarni oʻzlashtiradi.
Olimlar 3 yoshgacha boʻlgan davrni inson yoshidagi “eng muhim davr” deb 
tahkidlashadi. Zero mana shu qisqa davr ichida inson butun umri davomida 
oʻrganishi kerak boʻlgan bilimlarning taxminan 70 foizini oʻzlashtirar ekan. Tilni, 
nutqni oʻrganishning oʻziyoq gʻoyat katta salmoqli bilimlarni oʻzlashtirishni talab 
qiladi.
Bugungi kunda olimlar XXI asrda dunyoga kelayotgan chaqaloqlar orasida 
gʻayritabiiy qobiliyatga ega boʻlgan bolalar koʻplab tugʻilayotganligini 
tahkidlashadi. Bunday bolalarni ekstrasens Nensi Enn Tepp tahbiri bilan aytganda 
“Indigo bolalar” deb atashadi
1
. Ayniqsa, 1990 yildan soʻng “indigo bolalar” haqida 
koʻplab kitoblar va filg’mlar yaratilgandan soʻng bu atama keng ommalashdi. 
“Indigo bolalar”ning oʻziga xos xususiyatlari: 

odamoviligi, muloqotga kirishishdan qochish, oʻz “men”ligini yuqori 
baholash, individuallik, boshqalarga boʻysunmaslik, avtoritetlarni tan 
olmaslik; 

yuqori darajadagi intelekl bilan birgalikda katta ijodiy potentsial; 

bilimlarni empirik yoʻl bilan egallashga moyillik, bir-biridan uzoq 
boʻlgan predmetlarga boʻlgan qiziqish; 

betoqatlik, gʻayratlilik, diqqat tanqisligi; 

impulg’sivlik, kayfiyatning tez-tez oʻzgarib turishi, depressiyaga 
moyillik; 

ijtimoiy adolatsizlikni his qilish, yuqori darajadagi mashuliyat; 
1
(“Индиго” термини рангга нисбат берилади, яъни бундай болалар атрофида индиго рангли аура 
бўлади, - деб ҳисоблашади).


27 

anhanaviy tarbiya vositalarini qabul qilmaslik; 

intuitsiyaning, xavf hissining rivojlanganligi; 

Raqamli texnologiyalarni tez oʻzlashtirishga boʻlgan qobiliyat.
2
Ammo, bahzi olimlar bu hodisani “ilmiy qarashlardan yiroq toʻqima 
nazariya”,-deb hisoblashadi. “Indigo bolalar”ning oʻziga xos xususiyatlarini esa 
ular bolalarda uchraydigan “giperaktivlik” hodisasi bilan tushuntirishadi. 
CHaqaloqlik davrida kattalar bilan muloqot behvosita bolani qoʻlga olish 
orqali amalga oshiriladi. Bola qoʻlga olinganda aloqa bogʻlanadi, qayta 
qoʻyilganda esa aloqa uziladi, u yigʻlay boshlaydi. Olimlarning tahkidlashlaricha 
bola psixologik jihatdan mehyorida rivojlanishi uchun ona uni kun davomida
kamida 30-35 marotaba qoʻlga olishi kerak ekan. SHuni aytish joizki, aynan 
onaning bolaga qoʻl tekkizib turishiga boʻlgan ehtiyoj butun umr davomida 
saqlanib qoladi va tarbiya vositalaridan biri sifatida ehtirof etiladi. Mutaxassislar 
vaqti – vaqti bilan bolaning boshini silash yoki yelkasidan qoqib qoʻyish u bilan 
boʻladigan ishonchli muloqotni tahminlab turuvchi vosita ekanligini ehtirof 
etishadi. Millatimizda bu tajriba azaldan mahlum boʻlgan, keksa avlod vakillari 
boʻlgan otaxonlarimiz, ayniqsa buvijonlarimiz farzand bilan muloqotda albatta bu 
qoidaga amal qilishgan. 
Bola predmetlarga boʻlgan qiziqishini avvalo kattalarga murojaati orqali 
bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qoʻllash orqali oladi. Bu yerda kattalar bolaga 
qanday talablar qoʻyishlari muhim oʻrin tutadi. Kattalar agar bola bilan kam 
muloqotda boʻlsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. 
Muloqotga boʻlgan ehtiyoj bolada oʻz-oʻzidan rivojlanmaydi, balki predmet 
faoliyati boʻyicha kattalarning muloqoti orqali oʻsadi. 
Bolaning hali “tili chiqmagan” paytdayoq unda “ichki nutq” paydo boʻladi. 
Biror bir aniq jumlani aytolmasa ham chaqaloqda gapirish istagi paydo boʻladi. 
SHu davrda oiladagi kattalar, ota-ona, aka – opalar bolaga qancha koʻp gapirsa, 
unda ichki nutq shuncha mukammal shakllanadi. Hatto bu narsa uning kelajakda 
nutqining boy boʻlishiga, xarakter xususiyatlarining shakllanishida ijobiy rol 
2
Википедия. ru.wikipedia.org… 


28 
oʻynaydi. 
Kattalar tomonidan boʻladigan toʻgʻri muloqot chaqaloqda muloqotga 
boʻlgan ehtiyojni shakllantiradi. Bolaning muloqoti reaktiv (passiv) yoki aktiv 
(faol) shaklda boʻladi. Bolaning kattalar bilan qiladigan muloqoti dastlab 
kattalarning yuziga va koʻzlariga qarashdan boshlanadi. Bir yarim-ikki oylikda 
bola kattalarning jilmayishiga oʻzining kulgusi bilan javob qaytaradi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish