Dars #7
+
Present continuous va Present simple tense qo'llanishidagi o'ziga xosliklar
(https://t.me/EnglishwithMegaZiyo)✳️ Mazkur dars umuman olganda barcha oddiy va davomiy zamonlarga taalluqli bo'lib, ushbu zamonlarda ba'zi fe'llarning qo'llanishiga bag'ishlanadi.
1️⃣ Mazkur ikkala zamon qo'llashda fe’llarni holat va harakat fe’llariga ajratib olish juda muhim.
➖ Harakat fe’llari oʻz nomi bilan koʻrsatilganidek, biron harakatni ifodalashda qoʻllanadigan fe’llardir (to play/to read/to run..).
➖ Holat fe’llari esa his-tuyg’uni, fikrni yoki biror holatni tasvirlashda ishlatiladigan fe’llar (to feel/to love/to want/to think…) hisoblanadi.
⚠️ Harakat fe’llari ingliz tilida - 'dynamic verbs', holat fe’llari esa - 'stative verbs' deb yuritiladi.
2️⃣ Umumiy qoidaga koʻra harakat fe’llari barcha zamonlarda (davomiy va oddiy) zamonlarda qoʻllanishi mumkin.
🔸Tom is playing football in the yard now. (oʻynayapdi… davomiy)
🔸Tom plays football in the yard every evening. (oʻynaydi… oddiy)
3️⃣ Holat fe’llari esa faqatgina oddiy yoki oddiy tugallangan (simple yoki simple perfect) zamonlarda qoʻllana oladi.
🔸I know that you are wrong. (Men bilamanki, siz nohaqsiz.…oddiy zamonda)
🔸He loves flowers. (U gullarni sevadi…oddiy zamonda)
✳️ Quyidagi fe'llarni juda yaxshi esda saqlab qolish lozim, chunki ularni bilish ingliz tilida holat va harakat fe'llarini farqlay olish va zamonlarni to'g'ri qo'llashda asqotadi.
▫️be - bo'lmoq ▫️want - xohlamoq ▫️need -muhtoj bo'lmoq ▫️prefer - afzal ko'rmoq ▫️like - yoqtirmoq ▫️love - sevmoq ▫️hate - nafratlanmoq ▫️belong - tegishli bo'lmoq ▫️❗️appear - ko'rinmoq ▫️imagine - tasavvur qilmoq ▫️exist - mavjud bo'lmoq ▫️❗️look - ko'rinmoq ▫️❗️see - ko'rmoq ▫️hear - eshitmoq ▫️resemble - o'xshamoq ▫️❗️fit - to'g'ri kelmoq▫️own -egalik qilmoq ▫️possess - egalik qilmoq ▫️owe - qarz bo'lmoq ▫️depend - bog'liq bo'lmoq ▫️adore - qattiq sevmoq ▫️dislike - yomon ko'rmoq ▫️suit - mos kelmoq ▫️involve - o'z ichiga olmoq ▫️know - bilmoq ▫️believe - ishonmoq ▫️suppose - taxmin qilmoq ▫️mean - ma'no anglatmoq ▫️understand - tushunmoq ▫️remember - eslamoq ▫️notice - sezmoq, payqamoq ▫️❗️smell - hid taratmoq ▫️❗️sound - eshitilmoq, tuyulmoq ▫️❗️taste - ta'mga ega bo'lmoq ▫️consist - tashkil topmoq ▫️❗️feel - his qilmoq ▫️admire - havas qilmoq ▫️lack - yetishmaslik ▫️wish - tilamoq ▫️forget - esdan chiqarmoq ▫️seem - ko'rinmoq, tuyulmoq ▫️❗️have - ega bo'lmoq ▫️❗️think - o'ylamoq ▫️realise - tushunib yetmoq ▫️doubt - shubhalanmoq ▫️suspect - gumonlanmoq ▫️comprise - tashkil topmoq ▫️contain - ichiga olmoq ▫️include - ichiga olmoq ▫️come from - kelib chiqmoq ▫️concern - tegishli bo'lmoq ▫️appreciate - tushunmoq, yuqori baholamoq
⚠️ Yuqoridagi fe'llarni davomiy zamonlarda qo'llash grammatik xato hisoblanadi.
🔸I am knowing the rule. (noto'g'ri)
🔸I know the rule. (to'g'ri)
⚠️ Yuqorida ba'zi fe'llarga ❗️belgisi qo'yilgan bo'lib, mazkur fe'llarning ma'nosi o'zgarganda, davomiy zamonlarda ham qo'llanishi mumkinligini bildiradi. Bu haqda keyingi darsda batafsil to'xtalib o'tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |