Практикум по статистике. (2 издание). Тащкент изд. «Iqtisod-moliya»



Download 2,91 Mb.
bet56/106
Sana26.02.2022
Hajmi2,91 Mb.
#468129
TuriПрактикум
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
Bog'liq
Statistika bo'yicha praktikum. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

Hisoblang:
Har bir yil bo’yicha ishchilarning o’rtacha soatlik, kunlik va yillik unumdorligini va ularning dinamikasini.


17-masala. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:

Korxonalar

1-chorak

2-chorak

Ishlab chiqarilgan buyumlar, dona

Sarflangan
ish vaqti,
kishi-soat

Ishlab chiqarilgan buyumlar, dona

Sarflangan
ish vaqti, kishi-soat

1.
2.

25000
50000

5000
5000

42000
55000

7000
5000

Hisoblang.



  1. har bir chorakda alohida korxonalar va ikkala korxona bo’yicha mehnat unumdorligining darajalarini;

  2. har bir korxona bo’yicha mehnat unumdorligining alohida indekslarini;

  3. mehnat unumdorligining umumiy(o’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli hamda tarkibiy siljish) indekslarini.

18-masala. Tsexlar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:

Sex

Jami ishlangan vaqt,
kishi-soat

2014- yilda 2013- yilga nisbatan mehnat unumdorligining o’sishi, %

2013-y.

2014-y.

1.
2.

2360
1100

2380
1090

+5,5
+2,8



Hisoblang:
1) korxona bo’yicha mehnat unumdorligining umumiy indeksini;
2) mehnat unumdorligining o’sishi hisobiga tejalgan ish vaqtini.


19-masala. Viloyat bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan:





Ko’rsatkichlar

Davrlar

Qo’shimcha o’zgarishlar

bazis

joriy

mutlaq

nisbiy%

1

Qo’shilgan qiymat (solishtirma baholarda), mln so’m

3150

4200







2

Asosiy kapitalning o’rtacha yillik qiymati (solishtirma baholarda), mln so’m

2625


2800




3

Xodimlarning o’rtacha yillik soni, kishi

525

500







4

Asosiy kapital qaytimi













5

Mehnatni asosiy kapital bilan qurollanishi,mlnso’m/kishi













6

Mehnat unumdorligi, mlnso’m/kishi











Aniqlang:


1) bo’sh kataklarni hisoblab to’ldiring;
2) qo’shilgan qiymat hajmining o’zgarishiga ta’sir etgan omillar hissasini (mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar);
3) mehnatning asosiy kapital bilan qurollanishi, asosiy kapital qaytimi va mehnat unumdorligi ko’rsatkichlarining o’zaro bog’liqligini.


20-masala. Sanoat korxonalari bo’yicha quyidagilar berilgan:



Korxonalar

Mehnat haqi fondi, mln so’m

Mahsulot hajmi bo’yicha reja bajarilishi, %

Xodimlar

Ishchilar

Reja

Haqiqatda

Reja

Haqiqatda

1.
2.
3.

9370
24420
18500

9320
24400
18500

780
906
620

770
928
620

105,2
98,4
103,4

Jami ishchi-xodimlar mehnat haqi fondi bo’yicha tejalgan (ortiqcha sarflangan) hajmni hisoblang.


Izoh: qayta hisoblash koeffisiyenti 0,7ga teng.


21-masala. Ishlab chiqarish birlashmalari bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:



Birlashmalar

Bazis yil

Joriy yil

Ishchilarning mehnat haqi fondi,
mln so’m

Ishchilarning ro’yxatdagi o’rtacha soni, kishi

Ishchilarning mehnat haqi fondi, mln so’m

Ishchilarning ro’yxatdagi o’rtacha soni, kishi

1
2
3

13320,0
3839,9
7390,8

7400
1847
3480

14060,0
3747,44
7703,4

7400
1862
3470

Hisoblang:
1) o’rtacha mehnat haqining o’zgaruvchan, doimiy tarkibli va tuzilmaviy siljishlari indekslarini;
2) indekslar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni. Xulosa qiling.


22-masala. Zavod bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:



Sex-lar

Bazis davr

Joriy davr

ishchilarning ro’yxatdagi o’rtacha soni, kishi

ishchilarning mehnat haqi fondi,
mln so’m

ishchilarning ro’yxatdagi o’rtacha soni, kishi

ishchilarning mehnat haqi fondi,
mln so’m

1
2
3

26
87
40

59,8
269,7
116,0

15
85
47

36,0
272,0
141,0

Ishchilar mehnat haqi fondining umumiy o’zgarishini aniqlang (mutlaq va nisbiy miqdorlarda):


a) o’rtacha mehnat haqi darajasining o’zgarishi hisobiga;
b) ishchilarning ro’yxatdagi o’rtacha sonining o’zgarishi hisobiga.


XI bob. MILLIY BOYLIK STATISTIKASI


Uslubiy ko’rsatmalar va namunali misollarni yechish

Ushbu mavzuga doir amaliy mashg’ulotlar jarayonida talaba milliy boylik tarkibini o’rganish va baholash bo’yicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun quyidagilarni bilishi va bajara olishi kerak:



  • milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiga kiritilgan aktivlar tasnifini;

  • aktivlar va passivlar balansini;

  • asosiy kapital tushunchasini va uni qiymatini baholash usullarini;

  • asosiy kapital holati va harakati ko’rsatkichlarini;

  • asosiy kapitaldan foydalanish ko’rsatkichlarini;

  • aylanma kapital tushunchasi va takibi;

  • aylanma kapitaldan foydalanish ko’rsatkichlari;

  • statistik usullar asosida dinamik va omilli tahlil qilishni.

Asosiy kapitallarni baholash usullari:
1. Asosiy kapitalni to’liq boshlang’ich qiymati ( ) – kapitallarni sotib olishga , ularni tashishga va o’rnatishga ketgan xarajatlar qiymatlari yig’indisidan iborat:
.


2. Asosiy kapitalni to’liq qayta tiklash qiymati ( )– kapital unsurlari baholarining o’zgarishini (inflyatsiya darajasi, texnikaning taraqqiy etishi) inobatga olgan holdagi qayta baholangan qiymatidir.
,


bu yerda: – qayta baholash koeffisiyenti.
3. Asosiy kapitalni qoldiq qiymati – eskirishini hisobga olgan holdagi to’liq boshlang’ich qiymatidan iborat:



bu yerda: – asosiy kapitalning eskirish qiymati, u asosiy kapitallarning ishlab chiqarish jarayonida jismonan va ma’naviy eskirib amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat) qiymatiga o’tkazib boriladigan qiymatidir.


1- misol. Korxona asosiy kapitali ob’yektining qayta baholash paytidagi to’liq boshlang’ich qiymati 26 mln so’m, uning qoldiq qiymati esa 18 mln so’mga teng bo’lgan. Ushbu asosiy kapital ob’yekti umumdavlat tasnifiga ko’ra qayta baholash koeffisiyenti (indeksi) 1,15 ga teng bo’lgan asosiy kapitallar guruhiga kiradi.
Asosiy kapital ob’yektining qayta baholash paytidagi to’liq tiklash qiymatini va qoldiq qiymatini aniqlang.



Download 2,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish