Poytaxt : Jakarta



Download 1,77 Mb.
Sana31.05.2022
Hajmi1,77 Mb.
#622438
Bog'liq
Indoneziya

Indoneziya

Indoneziya (Indonezcha: Indonesia), Indoneziya Respublikasi (Indonezcha: Republik Indonesia) — Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat. Dunyodagi eng katta Malay arxipelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya (Gʻarbiy Irian) orolining gʻarbiy qismida joylashgan. Maydoni 1904,6 ming km2. Aholisi 237,641,326 kishi (2010). Poytaxti — Jakarta shahri. Maʼmuriy jihatdan 26 viloyat (province)ga boʻlinadi.

Poytaxt :Jakarta

Rasmiy til(lar) Indonez tili

Hukumat Prezidentlik Respublika

• Prezident. Joko Widodo

Mustaqillik (Niderlandlardan) • Sana

17-avgust 1945

Maydon. • Butun. 1,919,440 km2 (16-oʻrin)

• Suv (%). 4.85

Aholi. • 2002-yilgi roʻyxat

241,973,879 (4-oʻrin)

• Zichlik 126/km2

YIM (XQT). 2005-yil roʻyxati

• Butun AQSh$901,700 mil. (15-oʻrin)

• Jon boshiga AQSh$3,726

Pul birligi Rupiah (IDR)

Indoneziya — unitar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1945-yil 18-avgustda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — 5 yil muddatga saylanadigan prezident (2001-yil iyuldan Megavati Sukarnoputri xonim). Davlat hokimiyatining oliy organi — Xalq maslahat kongressi. U konstitutsiyani tasdiklaydi, unga oʻzgarishlar kiritadi, prezident va vitse-prezidentni saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — xalq vakillari kengashidan iborat.

Indoneziya ekvatorial kengliklarda joylashgan. Qirgʻoqlari kam parchalangan, botkrkliklar, mangra chakalak-zorlari bor. I. yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi oʻrtacha baland va pastqam togʻlardan, Yangi Gvineyada qisman baland togʻlardan (eng baland joyi 5029 m), qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orollarda 400 dan ortiq vulkan bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulkan. Tektonik harakatlar tinmagan. Tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi. Neft, koʻmir, temir, marganets, qalay rudalari, boksit, mis, qoʻrgʻo-shin, rux, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor.

Milliy bogʻlari: Gunung-Lyoser, Komodo-PadarRinko, Ujung-Kulon va b. Bir necha dengiz bogʻlari va qoʻriqxonalar bor.

I. — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi oʻrtacha 17% ni tashkil etadi va bu ulush tobora kamayib bormoqda. Ayni vaktda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi koʻpaymoqda. Bu hol dehqonchilik va chorvachilik intensiv tuye olayotgani bilan ham, ekinzorlar kengayishi, jumladan, kam yerli dehqonlar yangi oʻzlashtirilgan yerlarga koʻchib borishi bilan ham bogʻliqdir

Qishloq xoʻjaligi — I. iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi. Mehnatga yarokli aholining yarmidan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida mashgʻul. I. tabiiy kauchuk (yiliga 1 mln. tonnadan ortiq) va palma yogʻi (yiliga 2 mln. tonna moyli palma mahsulotlari) ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda turadi, tropik daraxt yogʻochidan yasalgan buyumlar, tamaki, kofe (yiliga 400 ming t), choy (250 ming t), ziravordorivorlar, shuningdek, baliq (yiliga 3 mln. tonna ovlanadi) va dengiz mahsulotlari yetkazib beruvchi eng katta davlatdir. Asosiy donli ekin — sholi, makkajoʻxori. Ayrim ekinlardan 2 marta hosil olinadi. Chorvachiligida qoramol (jumladan, buyvol), choʻchqa, echki, qoʻy, yilqi, parranda boqiladi. I. hududining 65% oʻrmon bilan qoplangan boʻlib, qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.

Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi oʻrtacha 20% ni tashkil etadi. Konchilik sanoati byudjet tushmalarining anchagina qismini taʼminlaydi. Yiliga oʻrtacha 576 mln. barrel neft qazib olinadi. Neft konlari, asosan, Sumatra o. da, shuningdek, Yava dengizi va Makasar boʻgʻozida. I. suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda l-oʻrinda (yiliga 90 mlrd. m3 dan koʻproq gaz qazib olinadi), qalay qazib olishda 2-oʻrinda (30 ming t dan ziyod), nikel qazib olishda 4- oʻrinda (2 mln. tonnadan koʻp) turadi. Kumir, mis, uran rudasining katta zaxiralari mavjud.

I.da dengiz transporti yetakchi oʻrinda, Portlari: Tanjungpriok (Jakar-ta porti), Surabaya, Palembang, Balik-papan, Ujungpan. Dengiz savdo flotida 3130 ming t dedveyt tonnajga ega boʻlgan 2 mingdan ortiq kema bor. Temir yoʻlning uz. 6,6 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 266 ming km. Gʻarbiy Yevropadan Avstraliyaga boriladigan havo yoʻli Jakarta orqali oʻtadi. Eng katta neft quvurlari: Tanjung — Balikpapan va Tempino — Plaju.


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish