Shu sababli eng asosiy e’tibor ishchi o’rinlarini to’g’ri tashkil etishga qaratilishi zarur. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining uzluksiz pasayishi bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish usulining qonuniyatidir. U mehnat unumdorligining to’xtovsiz o’sishi, mexnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy va mexnat resurslaridan ratsional foydalanish, xo’jalik yuritish usullarining takomillashtirishi bilan ta’minlanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun nurashning axamiyati yildan yilga oshib bormoqda, chunki uni pasaytirishning xar bir foizning absolyut xajmi o’sib bormoqda. Umuman Respublika bo’yicha sanoat maxsuloti tannarxini faqat 1% ga pasaytirilsa 3 mlrd. so’m miqdorida iqtisod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |