Xar bir faoliyat ko’rsatayotgan korxona xam o’z oldiga ana shuni vazifa qilib qo’yadi, ya’ni korxonaning asosiy maqsadi, ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirib maksimal foyda olishdir, ko’proq maxsulot ishlab chiqarishga qaratilgan. Shunday qilib, ishlab chiqarish xarajatlariga asosan fan-texnika yutuqlari, yuqori ishchi kuchi, xom-ashyo resurslari asosiy ta’sir ko’rsatadi. Mexnatni ilmiy tashkil qilgan xolda ishlab chiqarishni yuksaltirib borish xam muximdir. Xar bir ishchi o’zining kasbini qilayotgan ishini sevishi kerak. Bu esa kadrlar malakasizligiga barxam beradi, natijada ishlab chiqarish yuksaladi. Ilmiy tadqiqotlardan ma’lumki, ishchilarning u ishdan bu ishga ko’chib yurishlari natijasida ish samaradorligi 30-40% foizgacha kamayar ekan. Bu degan so’z ishlab chiqarishning asosiy qismi yo’qoldi degandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |