ORGANIZMLARNING TASHQI MUHITGA MOSLASHISHI
Reja:
1. Organizmlarning suv, tuproq, havo muhitlariga moslashishi.
2. Atrof muhitga moslashishi.
3. Morfologik, fiziologik va biokimyoviy moslashuvlar.
4. Hayvonlarda xulqiy moslashuvlar.
Hozirgi davrda insoniyat oldida turgan eng dolzarb ekologik muammo kun sayin ifloslanib borayotgan hayotiy muhitlarimizning ifloslanishini bartaraf etib, ularning barqaror muhofazasini ta'minlashdir. Bu, o'z navbatida, samarali chora-tadbirlarni ko'rishni taqoza etadi. Sunday vazifani bajaruvchi har bir kishi, avvalambor, atrof-muhit va ular tarkibidagi barcha hayotiy omillarga oid ekologik ilmiy tushuncha va qonuniyatlarni chuqur anglab olishlari zarur.
Shu kungi ekologik muammolarning kelib chiqishi negizida, asosan, tabiatga antropogen ta'sir yotadi. Bunday ta'sir, oldin aytib o'tilgandek, fan-texnika rivoji va buning natijasida, xususan XX asrda, barcha tabiiy manbalardan jadal sur'atda foydalanib, atrof-muhitga turli xil: gaz, suyuq va qattiq, ko'p hollarda, o'ta qizigan ham zaharli moddalar chiqarib yuborilishi oqibatidir. Bu, nafaqat insonlarning tabiatga befarqligi, shuningdek, atrof-muhit bilan bog'liq ekologik ilmiy ma'lumotlarning tub mohiyatini bilmasligidan darak beradi.
«Ekologiya» atamasi, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra, kishilik jamiyatining tabiiy manbalardan foydalanishda zarur bo'lgan munosabatlarning chuqur ilmiy-amaliy asoslarini mujassatnlaydi. Ekologiya, oldin bayon qilganimizdek, tabiat -jamiyat munosabatlarini har tomonlama tahlil va tadqiq qiladi, ilmiy asoslaydi. Uning ob'ektlari xususida gap borganda, birinchi galda, biosferani tashkil etuvchi alohida olingan biologik turlar, jumladan, o'simlik va hayvonlar, ularning har biriga oid populyatsiyalarni ko'rsatib o'tmoq kerak. Qisqasi, butun biosfera -Yer jonli qobig'idagi har bir tirik organizmni o'rganib, ularga xos xislat va xususiyatlarni anglab olish zarur.
Doim tabiatda tirik organizm va atrbf-muhit o'rtasida modda — energiya almashinish jarayonlari bo'lib turishi aytib o'tildi. Bu haqda yuqorida kerakli ma'lumotlar bayon qilindi. Faqat shuni qayd etamizki, Yer sathining turli mintaqa va hududlarida bu o'ziga xos tarzda va darajada amalga oshadi. Bunga sabab suv muhiti (dengiz-okean), havo muhiti yoki litosfera bir-biridan keskin farqlanadi. Ushbu masalaning umumiy tomoni shundan iboratki, tabiatdagi har bir tur organizm o'z tashqi muhitiga ta'sir ko'rsatadi. Aynan ana shunday holatdan kelib chiqib ham tabiatda xilma-xillik va rang-baranglik mavjud.
Ekologiyaning nazariy asoslarini ilmiy talqin etganda, albatta, Yer sayyorasidagi 4 ta asosiy hayotiy muhitlarning (suv, tuproq, havo va tirik organizmlar majmui, ular haqida 2-mavzuda batafsil ma'lumot berilgan) har birini alohida nazarda tutib. fikr yuritmoq maqsadga muvofiq. Organizmlarning tasliqi muhitga moslashishi deganda, o'simliklar va hayvonlarning har bir biologik turini suv, havo va tuprog'u-zaminiga moslashishni tushunmoq kerak. Inson uchun esa, qayd etmoq kerak, biosferaning o'zi eng muhim muhit hisoblanadi.
Suv - ko'plab turdagi tirik Organizmlarning yashash muhiti bo’lishi bilan birga insoniyat uchun eng zaruriy hayotiy omillardan. Bundan tashqari, suv yer tabiiy iqlim sharoiti, ob-havo va hokazolar vositasi hamdir.
Barcha suv havzalarini alohida olib qaralsa, suvda yashaydigan tirik organizmlarning bari o'zlarining hayot-faoliyati uchun zarur bo'lgan oziqa moddalar, gazlar va bevosita suvni o'zlashtiradi. Mavjud organizmlar tegishli suv manbai tarkibi va fizik-kimyoviy xossa ko'rsatkichlariga moslashgan bo'ladi. Buni ularning hayot ramzi: harakatlanishi, nafas olishlari, oziqlanishi va ko'payishlaridan yaqqol ko'rish mumkin. Shu mavzuga oid boshqa ma'lumotlar keyingi mavzularda beriladi.
Kurrai-zaminning uzoq geologik davrlar davomida, evolyutsion tarzda, shakllana borishda tirik organizmlar suvli muhitdan keyin, turli Yer hududi xilma-xilligidan qat'iy nazar, havo muhiti va quruqlikka moslashib rivojlangan. So'zsiz, bunda ham mavjud muhitga mosJashish jarayonlari amalga oshgan. Har bir mintaqa va hududda yashaydigan tirik organizmlar turi va ularning sifat - rniqdor ko'rsatkichlariga havo muhitining tarkib-tuzilmasi va sifatining ham ta'sir ko'rsatgani aniq. Masalan, ba'zi hududlar havosi quruq va yuqori haroratli (cho'l-sahro va b.) bo'lsa, boshqa joylarda nisbatan past harorat va namli havo bo'lishini inkor etib bo'lmaydi. Xuddi shuningdek, yana turli hududlarda havo bosimi ham o'zgacha bo'lishi muqarrar.
Shu narsani ham nazarda tutmoq kerakki, suvga qaraganda, havo massasining tarkib -- tuzilmasi, zichligi, bosimi bir-biridan keskin farqlanadi. Shunday holatdan kelib chiqib, havodan bevosita bahramand bo'ladigan jonzotfar turlari, ularning harakatlanishi, xilma-xil hayot faoliyati va boshqa ko'rsatkichlariga ko'ra, suvli muhit organizmlaridan boshqacha bo'ladi. Xususan, sudraluvchi, uchadigan, sakraydigan, yuguradigan va hokazo tirik organizmlar xilma-xilligi ham kuzatilishi mumkin.
Havo qatlami (atmosfera)da ham tirik organizm (masalan, ba'zi ko'z ilg'amas juda mayda jonzot-bakteriya) lar makon topganligi yuqorida ko'rsatib o'tildi. Shuni ham ta'kidlash joizki, yuqoridagilardan tashqari, havo oqimi turli o'simlik urug'lari va mikroorganizmlarni, shuningdek, suv bug'larini Yerning turli hududlariga tarqatish bilan birga har xil iqlim, ob-havo sharoitlarini namoyon bo'Iishida muhim vosita hamdir. Yanada to'laroq fikr-mulohazalar keyinroq bayon etiladi.
Yer sayyorasining yuza sathi qatlami (litosfera) o'ziga xos ko'plab organizmlar uchun yashash makoni bo'lishi bilan birga, turli xil mineral jins va qazilma boyliklarni o'zida tutadi. Qator mineral moddalarning hosil bo'Iishida, jumladan, tuproq hosil bo'Iishida ham qator jonzot bakteriyalar faoliyat ko'rsatishini bilib qo'yish kerak.
Tahlil va tadqiqotlar natijasiga ko'ra, tuproq muhiti, aniqrog'i, yer yuza qatlamidagi hayotiy unsurlar nihoyatda xilma-xil. Masalan, ayrim tur organizmlar hayot faoliyati faqat tuproq ichida o'tsa, boshqalariniki tuproq yuzasida kechadi. Qayd etmoq kerakki, tuproq tarkibidagi jonzotlar ham bir-birlaridan farqlanadigan sharoitlarda, ya'ni kisIorodli (aerob), kislorodsiz — zich mineral qatlamlar (anaerob) sharoitlarda yashashlari mumkin.
Yer osti qatlamlari orasida turli tarkib va sifetli suvlar, mineral boyliklar (gaz, ko'mir, neft va hokazo) bo'lishi ko'pchilikka yaxshi ayon. Ularning tarkibida ham qator jonzotlar yashaydi. Xullas, litosfera muhiti xilma-xil organizmlar uchun hayot faoliyat makoni hisoblanadi. Birgina yer usti — tuproqlarni olib ko'rsak, ular xilma-xil o'simliklar, mevali va mevasiz daraxtlar uchun ham muhim hayotiy muhit hisoblanadi. Bu borada boshqa qo'shimcha ma'lumotlarni keyingi saboqlardan ham o'qib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |