Polsha mundarija: kirish asosiy qism I bob polsha davlatining kelib chiqish tarixi


Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi



Download 293 Kb.
bet8/10
Sana01.07.2022
Hajmi293 Kb.
#723771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
POLSHA

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi



Polsha poytaxti va voyevodalarida koʻpgina gazeta va jurnallar nashr etiladi. Eng muhimlari: "Gazeta viborcha" ("Saylovchilar gazetasi", kundalik mustaqil gazeta, 1989-yildan), "Tribuna" ("Minbar", kundalik gazeta, 1948-yil "Tribuna lyudu" nomi bilan asos solingan, 1990-yildan xoz. nomda chiqadi), "Gazeta Krakovska" ("Krakov gazetasi", kundalik gazeta, 1949-yildan), "Gazeta Lyubuska" ("Lyubuska gazetasi", kundalik gazeta, 1952-yildan) "Gazeta samojondova" ("Oʻzini oʻzi boshqarish", kundalik gazeta, 1990-yildan), "Gromadarolnik polski" ("Polyak deqqoni minbari", haftasiga 3-marta chikadigan gazeta, 1947-yildan), "Yednost" ("Birlik" haftanoma, 1989-yildan), "Jiche Varshavi" ("Varshava hayoti", kundalik gazeta, 1944-yildan), "Rech Pospolita" ("Respublika", kundalik gazeta, 1981-yildan), "Jiche gospo-darche" ("Iqtisodiy hayot", haftalik iqtisodiy jurnal, 1945-yildan), "Nova respublika" ("Yangi respublika", oylik jurnal, 1987-yildan). Polsha matbuot agentligi, davlat maxkamasi, 1918-yil tuzilgan; Polsha axborot agentligi, aksiyadorlik korxonasi, 1991-yil tashkil etilgan. Polsha radio va televideniye qoʻmitasi davlat mahkamasi boʻlib, 1944-yil tuzilgan, ra-dioeshittirish va telekoʻrsatuvlarga rahbarlik qiladi. Telekoʻrsatuvlar 1952-yildan olib boriladi.
Polsha adabiyoti 10-asrdalotin tilida vujudga keldi. 16-asrgacha unda diniy ruhdagi kitoblar, shuningdek, yilnoma va voqeiy hikoyalar ustun boʻlgan. Polyak tilidagi ilk asarlar ham diniy mazmunda edi ("Bibi Maryam" qoʻshigʻi, 13-asr). 15-asrda dunyoviy ruhdagi asarlar yaratila boshladi ("Yalqov dehqonlar hajvi"). 15-asr oxiri – 16-asr boshlarida Uygʻonish davri boshlandi. M. Rey, Ya. Koxanovskiy, Sh. Shimonovich, S Klyonovich asarlari adolat va vatanparvarlik gʻoyalarini tarannum etdi. 16–17-asrlarda hajviy doston va qissalar, nasihatomuz koʻshiq va dramalar, qisqa hazil sheʼrlar ("frashka"lar) mashhur boʻldi. Maʼrifatparvarlik davri (18-asr oʻrtalari)da milliy mustaqillik uchun kurash, ilgʻor ijtimoiy-falsafiy gʻoyalar tarqaldi, adabiy-badiiy jurnallar nashr etila boshladi. 19-asr boshlarida A. Mitskevich milliy-ozodlik kurashi taʼsirida inqilobiy romantizmga asos soldi, demokratik Polsha haqidagi orzularini kuyladi. 1863-yildan keyin adabiyotda realizm yuzaga keldi (A. Asnik, M. Konop-’ nitskaya, E. Ojeshko, B. Prus ijodiyoti). 19-asr oxiri –20-asr boshlarida realizm bilan bir katorda modernistik okimlar hukmron boʻldi (L. Staff, S. Jeromskiy). 1va 2-jahon urushlari oʻrtasidagi davr adabiyetida ijtimoiy ziddiyatlar tanqidiy yoritildi. Urushdan ke-yingi adabiy asarlarda okkupatsiya yillarida yashirin kurash olib borgan vatanparvarlarning qiyofasi har tomonlama ochib berildi.


Download 293 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish