Meʼmorligi - Xalq yogʻoch meʼmorligi rivojlandi. 18-asr 2yarmidan klassitsizm urf boʻldi; shaharlarda mahobatli jamoat binolari va majmualari barpo etildi (Varshavadagi Belveder saroyi, 1818–22, meʼmor Ya. Kubitskiy; Lazenka saroylar majmuasi, 1784–95, meʼmor D. Merlini, Ya. Kamzetser va boshqa; Katta teatr, 1820–32, meʼmor A. Koratssi, X. P. Aygner). 19-asr 2yarmidan eklektizm, keyinroq konstruktivizm ustunlik qildi, Ikkinchi jahon urushi yillarida (1939–45) fashistlar Polshaning shahar va qishloqlarini vayron etib, koʻpgina meʼmoriy yodgorliklarini gʻorat qil-dilar. Urushdan keyin ularni qayta tiklash va yangilarini barpo etish sohasida koʻp ish qilindi. "Krakoviya" mehmonxonasi, Varshavadagi "Oʻn yillik" stadioni, "Supersam" savdo mar-kazi, uy-joy dahalari, Poznandagi "Univermag", "Merkuriy" mehmonxonasi shu jumlaga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |