Pollinoz. Etiologiya, patogenez, diagnostika, zamonaviy davolash usullari va profilaktikasi



Download 4,01 Mb.
bet3/20
Sana14.04.2022
Hajmi4,01 Mb.
#551536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
POLLINOZ KASALLIGI (LOTINCHA)

I davrbahorgi, eng qisqa davr (mart oyi oxiri-aprel boshi): 1 sm havoda 600-700 chang zarralari mavjud bo’lib, bunda asosan daraxtlar gullashi rol o’ynaydi. Eng ko’pi — terak, keyin shumtol, zarang va majnuntol va b.
II davrbahorgi-yozgi davr may oyining ikkinchi yarmidan iyun oxirigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bunda havodagi chang zarralari 1 sm. da 287 taga yetadi. Donli ekinlar – asosiy don tarqatuvchilardir.
111 davryozgi-kuzgi davr (avgust boshidan to oktyabrning ikkinchi yarmigacha). Mikroskop ostida jo’xori, shuvoq, bug’doyiq va boshqalar changi ko’rinadi.
Quyida O’zbekiston tabiatida uchraydigan allergiya xavfi mavjud o’simliklarning gullash taqvimini keltiramiz.
O’zbekistondagi ayrim o’simliklarning gullash davri

O’simlik nomi

Gullashning boshlanishi

Gullashning tugashi

Janub majnuntoli

Fevral 1-o’n kunligi

Fevral 2-o’n kunligi

Kulrang yong’oq




Aprel 2-o’n kunligi

Eman

Aprel 1-o’n kunligi




Tog’ terak




Mart 2-o’n kunligi

Oq terak

Mart 1-o’n kunligi




Qora terak







Tatar zarangi




May 3-o’n kunligi

Turkman zarangi

Aprel 2-o’n kunligi

Aprel 2-o’n kunligi

Oq qayin

Aprel 1-o’n kunligi




Amerika shumtoli







Qayrag’och

Fevral oxiri

Mart 1-o’n kunligi

Marjon-daraxt

Aprel 2-o’n kunligi

Aprel 3-o’n kunligi

Qora archa

Mart 2-o’n kunligi

Mart 3-o’n kunligi

Suli

May 1-o’n kunligi

May 2-o’n kunligi

Oqso’xta o’ti

May 2-o’n kunligi

May 3-o’n kunligi

Qo’noq o’t







Dantoniy taroqboshi

May 1-o’n kunligi

May 2-o’n kunligi

Dovulsimon taroqboshi

Aprel 2-o’n kunligi

Aprel 3-o’n kunligi

Turkman sho’rasi

Iyul 3-o’n kunligi

Sentyabr 2-o’n kunligi

Supurgi mevali sho’ra

May 1-o’n kunligi

Avgust 2-o’n kunligi

Tangacha mevali sho’ra

Aprel 2-o’n kunligi

Iyun 2-o’n kunligi

Yoyilib o’suvchi pechak

May 2-o’n kunligi




To’pgulli pechak

Iyul 1-o’n kunligi

Sentyabr 1-o’n kunligi

Xushbo’y mar’

May 1-o’n kunligi

Sentyabr 2-o’n kunligi

Achchiq shuvoq

May 2-o’n kunligi

Iyun 2-o’n kunligi

Sitvar shuvoq

Sentyabr 1-o’n kunligi

Oktyabr 2-o’n kunligi

Shuvoq-estragon

May 2-o’n kunligi

Iyun 2-o’n kunligi

Farg’ona shuvog’i

Sentyabr 1-o’n kunligi

Oktyabr 1-o’n kunligi

O’simliklar gullash vaqtlari meteorologik sharoitlarga qarab 7 – 14 kunga taqvimga mos kelmasligi mumkinligini inobatga olish kerak.




Pollinozda allergik reaksiya mexanizm.
Pollinoz allergik kasalliklarga kiruvchi kasallik bo’lib, uning patogenezi asosida tez kechuvchi allergik reaksiya yotadi. Kasalda reaksiya chaqiruvchi o’simlik changlari, kasal uchun allergen hisoblanadi. Allergen kasalning u yoki bu organ (burun, ko’z, bronxlar v.b) shilliq qavatiga tushgandan keyin, pollinoz bilan og’rigan bemor organizmi antitelalar (Ye sinfi immunoglobulin) ishlab chiqara boshlaydi, bu antitelalar boshqa antitelalar kabi himoya funksiyasini bajarish o’rniga, aksincha allergen bilan birikib IgE ga bog’liq semiz (bazofil) hujayralar aktivatsiyasini va jarohatlangan hujayralardan bir qancha biologik aktiv moddalar (gistamin, leykotrienlar: asosan LTB4 va LTC4, prostoglandinlar: PGD2, trombotsitlarni aktivlashtiruvchi faktor, bradikinin) ajralishiga sabab bo’ladi. Natijada allergik yallig’lanish sodir bo’ladi, bunda asosan CD4+T limfotsitlar, eozinofillar, bazofillar va neytrofillar ishtirok etadi. Pollinozda gistamin muhim o’rin egallaydi.
Gistamin – gistidindan hosil bo’luvchi biogen amin. Gistamin qon tomirlarga kuchli mahalliy ta’sir etishi bilan bir qatorda sezilarli umumiy ta’sir kuchiga ham ega. Mahalliy ta’sir natijasida kapilyarlar kengayadi, qon oqimi sekinlashadi, tomir devorining endoteliy qavati o’tkazuvchanligi oshadi, qon plazmasini, keyin esa shaklli elementlarni ham transsudatsiyasi boshlanadi.
Pollinozda, allergik yallig’lanish natijasida shilliq sekretsiyasi kuchayadi, nafas yo’llari hilpillovchi epiteliysi funksiyasi pasayadi. Gistaminni qon tomirlariga ta’siri natijasida qon tomirlar kengayadi, bu esa qon bosimini pasayishiga olib keladi.
Bosh miya arteriollarini kengayishi orqa miya suyuqligi bosimi oshishiga olib keladi va bosh og’rig’i paydo bo’ladi. Gistaminni qonda konsentratsiyasi oshishi natijasida terida eshakem paydo bo’lishi, tana harorati oshishi mumkin; nafas yo’llari shishishi, silliq muskullar spazmi natijasida nafas olish qiyinlashadi. Taxikardiya, so’lak ajralishi kuchayishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Gistaminning manashu nospetsifik ta’siri bilan pollinozning umumiy simptomlarining bir qismi izohlanadi.
Pollinozni har qanday chang ham yuzaga keltira olmaydi. Faqat o’ziga hos bo’lgan changlargina keltirib chiqarishi mumkin. Ular quydagi hususiyatlardir.

  • Allergenlik xususiyatga ega bo’lgan.

  • O’simlik kelib chiqishi jihatdan shu o’lkada keng tarqalgan bo’lishi, uchuvchan bolishi, havoda ancha miqdorda saqlanib turishi.

  • Changing nafas yo’llariga qancha chuqur kirib borishi, ya’ni chang zarralarini o’lchamlariga bog’liq, 25 mkm atrofida bo’lgan changlar nafas yo’llarining ichki qismlariga, 30 mkm.dan katta bo’lgan chang zarralari yuqori nafas yo’llarida ushlanib qoladi.




Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish