Poliz ekinlarining kasalliklari mavzusi bo'yicha test poliz ekinlari maysalari chirishini



Download 95 Kb.
bet13/18
Sana20.03.2022
Hajmi95 Kb.
#503897
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
POLIZ EKINLARINING KASALLIKLARI MAVZUSI BO\'YICHA TEST

Qo‘zg‘atuvchining belgilari. Erwinia tracheiphila. Bakteriya to‘g‘ri tayoqcha shaklli, o‘lchami 1,0-3,0x0,5-1,0 mkm, yakka-yakka yoki ikkitadan, ba’zan kalta zanjirchalarda joylashgan. Peritrix, harakatchan. Xemoorganotrof. Galaktoza, (b-metilglyukozid, saxaroza va fruktozani, ko‘pincha D-mannit, D-mannoza, riboza va D-sorbitni ham achitadi. Karbon manbaasi sifatida atsetat, glyukonat, malat, suksinat, formiatni o‘zlashtiradi, oksalat va propionatni o‘zlashtirmaydi.
Kurash choralari. Burga-qo‘ng‘izchalarga qarshi insektitsid purkash; birinchi zararlangan (so‘layotgan) o‘simliklarni qazib olib, issiqxona va dalalardan chiqarib, yo‘qotish lozim (Peresipkin, 1982; MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988; Vyangelyauskayte i dr. 1989).
Bodringning bakterioz so‘lishi dunyoning ko‘p mamlakatlarida tarqalgan, O‘zbekistonda ham uchrashi ehtimol qilinadi.
Poliz ekinlarida bodringning oddiy mozaikasini virus (Cucumis virus 1) qo‘zg‘atadi. Shakli izometrik dumaloq, diametri 36 nm, inaktivatsiya harorati har xil shtammlar uchun 60"S...70°С, oxirgi suyultirish 1:10000, o‘simlik sharbatida virus 4 kungacha saqlanadi. Bu virus guruhiga kiruvchi turlarning kriptogrammasi R/1;1,3/19+1,1/19+0,8/19;S/S;S/Ap. O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonda virus bodring, qovun, tarvuz, qovoq va qovoqchada keng tarqalgan.
Kasallik bodringda ochiq dala va issiqxonalarda dunyoning barcha mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham keng tarqalgan. Virus juda keng ixtisoslashgan va 300 tadan ko‘proq o‘simlik turlarini, jumladan barcha poliz ekinlarini, pomidor, ismaloq, selder, qaylyug‘un, fizalis, kartoshkagul (georgin), shoyigul (kanna), floks, yulduzo‘t, siniya va boshqa ko‘p madaniy ekinlar va begona o‘tlarni zararlaydi.
Kasallik belgilari 6-8 haftalik bodring ekinida yaqqol ko‘rinadi. Zararlangan yosh barglar pastga qarab bukiladi, olachipor tus, usti g‘ijimlangan shakl oladi, och-yashil va sariq dog‘lar rivojlanib, mozaika hosil bo‘ladi, barg o‘smaydi. Palak bo‘g‘inlari orasi qisqaradi, natijada o‘simlik tepasida yosh barglar rozetkasi paydo bo‘ladi. O‘simliklar zaiflashadi, o‘sishdan orqada qoladi, asta-sekin sarg‘ayadi va so‘lib qoladi. Ekinda yon novda va onalik gullar soni kamayadi. Erta zararlangan yosh o‘simliklar quriydi, kechroq zararlanganlarining vegetatsiya davri qisqaradi, kam gul hosil qiladi.
Zararlangan mevalar xunuk shakl oladi, olachipor (sariq-yashil) bo‘lib qoladi, ustida so‘gallar paydo bo‘ladi, xloroz rivojlanadi, ba’zan yashil pigment deyarli butunlay yo‘qolib, meva oq va mayda bo‘lib qoladi.
Virus barqaror emas, quruq havoda faolligini tez yo‘qotadi, kasal o‘simliklardan siqib olingan shirada 4 kun saqlanishi mumkin, 60-70°С haroratda 10 daqiqada halok bo‘ladi. O‘simlik qoldiqlari va urug‘da saqlanmaydi. Virus bir necha ikki va ko‘p yillik o‘simliklarda (qaylyug‘un, qurtena, bangidevona, sebarga, yo‘ng‘ichqa, sebarga, qoqio‘t) saqlanadi, sog‘lom o‘simliklarga shiralar (Myzodes persicae, Aphis gossypii) va kartoshkaning kolorado qo‘ng‘izi orqali hamda mexanik usulda, ishchilar va meva teruvchilar ishlatgan pichoqlar vositasida o‘tadi. Kasallikning inkubatsion davri 10-15 kun. Havo harorati keskin o‘zgarishi, ekinlarning tup soni qalin bo‘lishi kasallikni kuchaytiradi (Vlasov, Larina, 1982; MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988; Fletcher, 1987; Ganiyev, Nedorezkov, 2005).
Zararlangan qovun barglari olachipor, mozaikali bo‘lib qoladi, ko‘pincha burishib, xunuk tus oladi, ustida so‘galsimon shishlar pay-do bo‘ladi. Qovunniig yangm o‘sib chiqqan barglari va palaklarining uchlari nekrotik dog‘lar bilan qoplanadi va so‘ladi, so‘ngra so‘lish va nekroz pastki yaruslarga tarqaladi, o‘simlik asta-sekin qurib qoladi.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish