Poliz ekinlarining kasalliklari mavzusi bo'yicha test poliz ekinlari maysalari chirishini



Download 95 Kb.
bet12/18
Sana08.04.2022
Hajmi95 Kb.
#537455
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
POLIZ EKINLARINING KASALLIKLARI MAVZUSI BO\'YICHA TEST

Qo‘zg‘atuvchining belgilari. Pseudomonas syringae. Bakteriya to‘g‘ri yoki sal egilgan tayoqcha shaklli, o‘lchami 1,5-5,0x0,5-1,0 mkm. Grammanfiy, aerob, xemoorganogeterotrof. Bir necha polyar xivchinchalari vositasida harakatchan, ba’zan harakatsiz. Oksidazamanfiy, katalazamusbat. Agarli ozuqa muhitida chetlari noaniq shaklli, oq tusli koloniyalar va muhitga diffuziya qiluvchi flyuoressent pigment hosil qiladi. Bakteriya 41°С da, ba’zi shtammlari 4°S da o‘smaydi. Organik o‘sish faktorlariga muhtoj emas. Ba’zi shtammlari saxarozadan shilimshiq modda - levan sintez qiladi; ba’zilari jelatinani suyultiradi; kraxmalni parchalamaydi. Glyukozani, azot manbaasi sifatida nitratni o‘zlashtiradi. Ba’zi shtammlar letsitinaza (fosfolipaza) musbat.
Kurash choralari. Chidamli navlar yaratish va qo‘llash; ikki yillik almashlab ekishni joriy qilish; urug‘likni sog‘lom ekinlardan olish va ekishdan oldin dorilash; kasallik paydo bo‘lsa ekinga tarkibida mis mavjud bo‘lgan fungitsid purkash; kaliyli o‘g‘itlarning yuqori meyorlarini qo‘llash; o‘suv davrida zararlangan mevalarni va hosil yig‘ishtirib olingandan keyin o‘simlik qoldiqlarini daladan chiqarib, yo‘qotish; chuqur kuzgi shudgor; ekinni ortiqcha sug‘ormaslik; issiqxonalarda fitosanitariya qoidalariga rioya qilish tavsiya qilinadi (Gerasimov, Osnitskaya, 1961; Kulakova, 1977; Peresipkin, 1982; MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988; Vyangelyauskayte i dr. 1989; Sichev, Mizunov, 1991; Sattarova va b., 2003; Ganiyev, Nadorezkov, 2005; Popkova i dr., 2005).
Poliz ekinlari bakterioz so‘lishini Erwinia tracheiphila bakteriyasi qo‘zg‘atadi. Bodringda ochiqdala va issiqxonalarda keng tarqalgan, qovun, tarvuz va qovoq ham zararlanadi, ammo kasallik qovunda (MacNab et al., 1983), boshqa xabarga (Bernhardt et al., 1988) ko‘ra tarvuz va qovoqda kamroq uchraydi. Bakterioz ayrim barglarning ba’zi qismlari kulrang-yashil dog‘lanishi va so‘lishidan boshlanadi; bunday barglarda ikkita – o‘n bir nuqtali (Diabrotica undecimpunctata howardi) va yo‘l-yo‘l bodring (Acalymma vittata) burga-qo‘ng‘izchalari zararlab paydo qilgan teshikchalarni topish mumkin. So‘ngra bitta yoki bir nechta palaklar yoxud butun o‘simlik so‘lib qoladi. Ko‘pincha o‘simliklar gullash va meva tugish fazalarida so‘liydi.
Issiqxonalarda zararlangan o‘simliklar 2-3 kun ichida so‘lib qolishi mumkin. Dalada yoki issiqxonada kasallik bakterioz so‘lish ekanligini quyidagi usul yordamida aniqlash mumkin: so‘lgan o‘simlik poyasini kesish va uni qo‘l bilan siqish lozim; o‘tkazuvchi to‘qimalardan oq suyuqlik chiqishi, va unga qalamtaroshning uchini tegizib, sekin tortganda suyuqlik ingichka ipga o‘xshab cho‘zilishi bakterioz so‘lish mavjudligidan dalolat beradi. Bakteriya qo‘ng‘izchalarning ovqatni hazm qilish organlari ichida saqlanadi; qo‘ng‘izchalar bargni kemirganda, bakteriyalar barg ichiga kirib oladi. Bakteriya o‘simlik qoldiqlarida saqlanmaydi.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish