Poliz ekinlari



Download 0,73 Mb.
bet21/22
Sana24.02.2022
Hajmi0,73 Mb.
#228004
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Poliz ekinlarining ahamiyati

Parvarish qilish - Bodring va sabzavot qovoqchalarni erta muddatlarda ekishda tuproqning qatqaloqlanishiga qarshi ko’ra-shishga to’g’ri keladi. Urug’ unib chiqqandan keyin yagana qilinadi va xato chiqqan joylarga kayta urug’ ekiladi. Birinchi yaganalashda har uyada 3-4 tadan, ikkinchi yaganalashda esa 1-2 donadan o’simlik qoldiriladi, biror sababga ko’ra urug’ unib chiqmagan uyalarga undirilgan urug’ ekiladi.
Nihollar 2-3 ta barg chiqargan paytda birinchi chopiq qilinadi, egatlar va qator oralari esa qo’ltivatorda yumshatila-di. Oradan 3 - 4 hafta o’tkazib ikkinchi yengil chopiq o’tkaziladi. O’simliklar palagi pushtalarga taraladi. Bodring va qovoqchalar o’suv davrida sizot suvi 1 - 2 metrgacha bo’lsa 9-10 marotaba va 2 metrdan chuqurga joylashgan bo’lsa 15 marotabagacha sug’orishni talab qiladi.
Savollar:
1. Bodring, ijobiy harorat necha S gradus bo’lsa o’sishdan to’xtaydi ?
2. Bodringni un shudring kasalligiga qarshi kanday preparat sepiladi ?
3. Bodring nima uchun namga talabchan sabzavot hisoblanadi ?
103
Qovun — qovoqdoshlar oilasi bodring turkumiga mansub bir yillik oʻt oʻsimliklar turi; poliz ekini. Ayrim hollarda mustaqil turkumga ajratiladi. Yovvoyi holda Jan.-Gʻarbiy Osiyo va Afrikada uchraydi. Madaniy navlarining vatani — Kichik va Oʻrta Osiyo (2 ming y. dan beri ekiladi). Qovun Jan. Yevropada, Osiyoning koʻpgina r-nlarida, Shim. Amerika (AQSH) va boshqalarda yetishtiriladi. Markaziy Osiyoda q. ekiladigan maydoni jihatidan poliz ekinlari orasida 1-oʻrinda turadi. Q.ning madaniy kenja turlari: Oʻrta Osiyo Q.i, Kichik Osiyo Q.i, Yevropa Q.i; yarim madaniy kenja turlari: ilonsimon Q., xitoy Q.i; yovvoyi hamda itqovunlar bor. Ildizi oʻqildiz. uz. 1 m gacha boradi. Palagi ingichka, yotib oʻsadi. Juda koʻplab yon shoxlar chiqaradi. Barglari uzun bandli, palakda ketma-ket joylashgan. Gultoji sariq, odatda, besh tojbargli, otaliklari beshta, changdonlari ikki uyali, bir uyli, ayrim jinsli. q. mevasining shakli turlicha (yumaloqovalsimonchoʻzinchoq va b.). Poʻsti qalin (1,5—2 sm), oʻrtacha (1 — 1,5 sm), yupqa (0,5— 1,4 sm), qattiq; eti juda yumshoq, yumshoq, kuvrak, sersuv, sershira, qumoq, baʼzilariniki tolali, rangi oq, qizil, sargʻish, yashilroq. Urugʻi oq, och sariq va sariq. 1000 dona urugʻi vazni 30—45 g . Naviga qarab Q. vaznida eti 63—84, poʻsti 10—30. urugʻi va urugʻtutarlari 3,1—7,7% ni tashkil etadi. Mevasi garkibida 8—20% quruq modda, 18% qand (saxaroza), 0,1—0,7% kletchatka, 0,2—35,2 mg% S, RR vitaminlari, folat kislota, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, temir, fosfor, oltingugurt va boshqa mikroelementlar bor.
Q. issiqsevar, yorugʻsevar oʻsimlik, qurgʻoqchilikka va tuproq shoʻrlanishiga chidamli. Jahonda eng yaxshi Q.lar Oʻzbekistonda yetishtiriladi. Xalq seleksiyasida uning 150 dan ortiq navi yaratilgan. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutida ilmiy seleksiya asosida chiqarilgan va yaxshilangan 50 dan ortiq nav r-nlashtirilgan. Oʻzbekistonda ekiladigan qovun navlari toʻrt botanik turga mansub: handalak, amiri, kassaba va zard. Handalak turiga deyarli barcha ertapishar Q. navlari — Koʻkcha, Handalak, sariq handalak, Zamcha va boshqa kiradi. Amiri turiga barcha yozda pishadigan Q. navlari — Davlatboy, Toshloqi, Dahbedi, kassaba turiga Boʻrikalla, Gurvak, zard turiga qishki Q. navlari (Umrboqiy, Koʻybosh, Gulobi) va boshqa kiradi. Urugʻi tuproq harorati 14— 15° ga yetganda una boshlaydi (13° dan past haroratda urugʻ chiriydi). Ekilgandan keyin 5—7 kunda maysa unib chiqadi. Q.ning ertapishar, oʻrtapi-shar, kechpishar navlari bor. Ertapishar navlari 55—65, oʻrtapisharlari 67—70, kechpishar navlari 80— 90 kunda yetiladi. Q. yangiligida yey-iladi, qoqi solinadi. Shinni, murabbolar qilinadi. Tibbiyotda bod, belangi, sil, kamqonlik, ziqnafas, jigar va buyrak kasalliklarini davolashda tavsiya etiladi. Sepkil, dogʻ va boshdagi qazgʻoqni yoʻqotishda foyda qiladi. Xalq tabobatida podagra (niqriz) ga davo, peshob haydovchi, qabziyatdan xoli qiluvchi, asabni tinchlantiruvchi omil sifatida qoʻllaniladi. Q. Oʻzbekistonda 3 muddatda: ertapishar navlari 10—30 aprelda, oʻrtapishar navlari 20 aprel — 15 mayda, kechpishar navlari 10— 30 mayda, pushta kengligi 2,8 – 3 m, tuplar oraligʻi 70x90 sm qilib, dorilab 2—3 kun ivitilgan urugʻlar 3—4 tadan 3—6 sm chuqurlikka (ayrim xoʻjaliklarda xanjuvar qilinib) ekiladi. Chopiq paytida yagana qilib bittadan oʻsimlik qoldiriladi. Oʻsuv davrida qator oralari 2—3 marta yumshatiladi (chopiq qilinadi). Tuproq sharoitiga qarab 5—6 marta sugʻoriladi. Hosildorligi 250—300 s/ga. Oʻzbekistonda Q.ning 36 dan ortiq navi r-nlashtirilib, davlat reyestriga kiritilgan (2004). Eng koʻp ekiladigan navlari: Oqurugʻ, Asati, Boʻrikalla, Koʻktinna, Koʻkcha, Choʻgari, Qizilurugʻ, mahalliy sariq handalak, Obi novvot, Shakarpalak va boshqa
Erta hosil olish uchun issiqxonalarda yoki ochiq dalada plyonka ostida koʻchatidan ekib yetishtiriladi.
Zararkunandalari: poliz biti, oʻrgimchakkana, qovun pashshasi, koʻk qurt tunlami va boshqa
Kasalliklari: oqpalak, qovun bakteriozi, makrosporioz va boshqa

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish