Politexnika instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

kerak. Ana shu Iroda va Qudratni uyg’otish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish bugunning 
asosiy vazifasidir. 
Hozirgi paytga kelib, milliy davlatchilikning rivojlanish jarayonlari butunlay ijobiy tomonga 
o’zgardi. Shubhasiz, huquqiy davlatning eng asosiy tamoyili qonun ustuvorligi ta‘minlanmoqda. 
Shu  bilan  birga,  inson  huquqlari  umummajburiy  bo’lishini  ta‘minlashda  huquqiy  davlat  asosi  - 
hokimiyatlar  bo’linishining  Konstitutsiyaviy  prinsipi  muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki,  davlat 
hokimiyati turli organlarning vakolatlari bo’linishiga nisbatan inson huquqlarining institusional 
kafolatlarini yaratadi. Prezident Islom Karimov qaydiga ko’ra: O’zbekiston Respublikasi milliy 
davlat  qurilmasida  hokimiyat  uchga  ajratiladi  -  qonunchilik,  ijrochilik  va  sud  hokimiyatiga 
(Karimov  I.A.  O’zbekiston:  milliy  istiqlol,  iqtisod,  siyosat,  mafkura.  1-jild,  -T:  “O’zbekiston”, 
1996, 15-b.).
 
Bu fikr Konstitutsiyaning 11-moddasida o’z aksini topgan: O’zbekiston Respublikasi davlat 
hokimiyatining  tizimi  hokimiyatning  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatiga 
bo’linishi prinsipiga asoslanadi (O’zbekiston Respublikasining
 
Konstitutsiyasi.  -  T.:  O’zbekiston.  2019.  6-bet.).  Hokimiyatlar  bo’linishi  tamoyilining  mavjud 
bo’lishi  tufayli  davlat  hokimiyati  tizimida  hokimiyat  organlari  bir-birini  muvozanatda  saqlab 
turish va nazorat qilishga yo’l ochib beradigan va bir shaxs yoki organning qo’lida hokimiyatning 
to’planishiga imkon bermaydigan o’zaro munosabatlar tartibi o’rnatiladi.
 
Milliy  davlatimiz  ichki  va  tashqi  siyosatining  asosiy  yo’nalishlari  -  pirovard  natijada 
O’zbekistonda  yangi  va  adolatli  fuqarolik  jamiyati  barpo  etishga  qaratilgan.  Demokratiyaning 
murosachilik  va  yakdillik  madaniyati  davlat  ichki  hayotida  ham,  tashqi  siyosatida  ham  alohida 
ahamiyat kasb etadi. Jumladan, jamiyat fuqarolari o’rtasidagi munosabatlar qanchalik samimiy va 
iliq  bo’lsa,  umumxalq  va  umumdavlat  manfaatlari  yo’lida  birlashib,  muammolarni  hal  etishda 
oqilona faoliyat ko’rsatsa, barcha uchun umumiy vazifalar oldida mas‘uliyat chuqur his qilinsa, 
bu, birinchidan, demokratiyaning mamlakat ichki hayotidagi madaniyatini belgilaydi.
 
Fuqarolik jamiyatini barpo etishning xalqaro tamoyillari, ya‘ni dunyo davlatlari hamjamiyati 
e‘tirof  etgan  yo’riqlari  mavjud  bo’lib,  bevosita  fuqaroning  o’z  xohish-irodasini  erkin  ifodalash 
huquqiga  egaligi,  ozchilikning  ko’pchilikka  bo’ysunishi,  barcha  fuqarolarning  millati,  elati, 
ijtimoiy  kelib  chiqishi  va  diniy  e‘tiqodidan  qat‘i  nazar,  teng  huquqliligi,  davlat  va  jamiyat 
boshqaruvida qonun ustuvorligi, saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Biroq, ma‘lum bir 
mamlakatda demokratiyani joriy etishda faqat shuning o’zi kifoya qiladimi? Yoq albatta. Chunki, 
har bir xalqning o’z turmush va tafakkur tarzi, tarixiy an‘analari, hayotga munosabati va boshqa 
jihatlaridan kelib chiqib, demokratiyaga yondashishning o’ziga xos usuli bor. Shu ma‘noda, Islom 
Karimov  Sharqda  demokratik  jarayonlarning  qadimdan  shakllangan  o’ziga  xos  va  o’ziga  mos 
xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo’lmaydi. Ya‘ni,
 
Sharqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy
 
o’zgarishlar yasashga urinishlar g’oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni  G’arb 
olimlari  ham  «ijtimoiy  taraqqiyotning  ibtidoiy  va  yovvoyi  shakli»,  deb  ataganlar.  Tabiiyki,
bunday 
yo’l  bizga  aslo  to’g’ri  kelmaydi.  Aslida  demokratiyani  joriy  etishda  yurtimizda  o’zbekona 
tamoyillar  shakllanayotganini  hisobga  olish  kerakligini,  ta‘kidlagan  edi.  Bu,  ikkinchidan, 
demokratiyaning tashqi siyosatdagi o’ziga xosligini ta‘minlaydi.
 
Milliy  davlatchiligimizning  demokratik  tamoyillarini  yanada  chuqurlashtirish  va 
rivojlantirishimiz  mumkin.  Aslida,  demokratiya  -  «obyektiv  voqelik».  U  bor  yoki  yo’q?!  Bir 
tizimdan  ikkinchi  tizimga  o’tayotganda,  unga  yo’riqnomalar,  ko’rsatmalar  berish  uslubi  bilan 
darhol qurib bo’lmaydi?! Bu haqda juda ko’p aytilgan va yozilgan. Biroq, barqaror demokratik 
jamiyatning qaror topishi uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni hayotga tadbiq qilishga qodir 
kuchli milliy davlat lozimligini tushunib yetdik! Ammo jamiyatni demokratlashtirish odimlarini 


56 
SHo’ro qarashlari bilan o’lchab bo’lmaydi. Har bir narsani uning mohiyatidan kelib chiqib, o’z 
nomi  bilan  mardonavor  aytish  ayni  Yo’lboshchimiz  Islom  Karimovning  siyosiy  sifatlaridan 
biridir. Har qanday siyosiy vazifa siyosatchi zimmasiga rejadagilarni amalga oshirish irodasi va 
layoqatidan iborat bo’lgan javobgarlikni yuklaydi.
 
O’rni  kelganda,  ta‘kidlash  joizki,  rahbar  o’zini  «demokrat»,  davlatini  esa  «demokratiya 
oroli»  deb  xohlaganicha  aytishi  mumkin,  biroq  shu  bilan  birga,  uning  davlatida  ochlik, 
qashshoqlik, tartibsizlik, turli tomonga tashlanishlar hukmron bo’lishi ham hech gap emas?! Bir 
qator  MDH  davlatlaridagi  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlar  bunga  yorqin  misol  bo’la  oladi.  Bizning 
davlatimizga  kelsak,  XXI  asrda  davlatlarning  arzon  populizmi  va  demokratiya  niqobi  ostidagi 
o’yinlari emas, balki zaruriy milliy mafkuraviy g’oyadan voqelikka aylangan haqiqiy demokratik, 
ochiq  adolatli  jamiyat  tomon  qo’ygan  shahdam  qadamlarimiz,  bu  borada  qo’lga  kiritgan 
yutuqlarimiz bilan O’zbekiston davlati tanlagan yo’l - demokratik tamoyillar mazmunini tashkil 
etadi.
 
Milliy davlatchiligimizning jahon sivilizatsiyasiga demokratik jarayonlar bilan chiqishi ham 
muammolar yechimiga ta‘sir ko’rsatadi, albatta. Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston munosabatlari 
to’g’risida 1996 yil 21 iyunda tuzilgan muhim hujjat-sherikchilik va hamkorlik to’g’risidagi Bitim 
imzolanishi  bilan  demokratik  jarayonlarga  dastlabki  asos  solingan  edi.  Mazkur  Bitim  doirasida 
Yevropa  Komissiyasi  O’zbekistonda  Yevropa  Eyd  (Yevropa  ko’magi)  dasturining  bir  qator 
loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda.
 
Shuni alohida e‘tirof etish lozimki, insoniyat tarixiga nazar solsak, demokratik jarayonlarni 
amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, milliy davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-
ma‘rifiy-siyosiy-huquqiy taraqqiyoti asosiy omil bo’lib xizmat qilgan. Har bir xalq demokratiyani 
o’z mentaliteti, o’z ko’nikmalari, qadriyatlariga munosib tarzda u yoki bu darajada hayotga joriy 
qiladi. Umuminsoniy mohiyat va mazmunga ega bo’lgan tamoyillar har bir davlatning taraqqiyot 
darajasi,  boshqaruv  tizimi,  siyosiy  muhiti,  xalq  ommasi  ijtimoiy  ongining  faolligi  bilan  bog’liq 
holda  joriy  qilinadi.  Xuddi  shu  va  boshqa  ijtimoiy  rivojlanish  sur‘atlarini  belgilovchi  omillar 
ta‘sirida davlatning demokratik jarayonlarini joriy qilish sur‘atlari jadallashadi yoki sustlashadi. 
Demak, demokratiyani yuqoridan majburan joriy etish mumkin emas!?
 
Demokratiya  -  xalq  ijodi,  fuqarolarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligi  natijasida  qo’lga 
kiritiladigan boshqaruv tizimi. Demokratiya doimo xalq ommasining pok va halol harakati, o’z 
huquqlari,  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  olib  borgan  mashaqqatli  kurashlari,  faol  mehnati  na-
tijasida  qo’lga  kiritilgan.  Islom  Karimov  har  doim,  milliy  davlatlarda  demokratik  tamoyillarni 
hayotga joriy qilish turli yo’llar vositasida amalga oshirilishi, lekin uning asosiy talabi va omili 
doimo  shaxsning  huquq  va  erkinliklari,  shu  jumladan,  erkin  fikrlash  hamda  mulohazalarini 
bemalol  erkin  bayon  qilish  huquqini  ta‘minlash  bo’lib,  har  qanday  davlatning  demokratik 
jarayonlarini  amalga  oshirishda  ma‘lum  muddat  talab  qiluvchi  holatdir,  deb  ta‘kidlaydi. 
Avvalambor, demokratiyaning huquqiy asoslari barpo qilinishi shart. Ushbu jarayonlarni sun‘iy 
ravishda jilovlab turish yoki sur‘atlarini jadallashtirish ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
 
Hozirgi  paytda  huquqiy  demokratiya  yo’lini  tanlab  jadal  sur‘atlarda  rivojlanayotgan  milliy 
davlatimiz  uchun  insoniyat  tarixining  turli  davrlarida  demokratik  davlatlarning  shakllanishi  va 
amaliyotini  tahlil  qilishi,  qiyosiy  o’rganishi  muhim  ahamiyatga  ega.  Ya‘ni,  dunyo  davlatlari 
demokratiyaga ma‘naviy-ma‘rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda bo’lishlari va 
baholash  madaniyatini  egallab  olishlari,  hatto  ba‘zi  manfaatlardan  voz  kechishi  ham  mumkin. 
Masalan,  hayot  kechirish  G’arb  turmush  tarziga  mos  bo’lsa  va  uni  targ’ib  etsa,  ya‘ni  demokratik 
qarashlar bizning mentalitetimizga to’g’ri kelmasa, qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib, o’zini 
qadrlagan,  hurmat  qilgan  xalq  uchun  xavfli  hamda  tahdidli  bir  holatdir.  Turli  xalqlar,  turli 
madaniyatlar,  manfaatlarning  yonma-yon  yashashi,  yashay  olishi  faqat  haqiqiy  milliy  demokratik 
sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida ko’rib turibmiz!
 
Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga ega. O’zbekiston 
ham  undan  chetda  emas.  Shu  o’rinda  haqiqiy  demokratiyaning  soxta  demokratiyadan  farqini 
anglash  bilan  bog’liq  fuqarolik  madaniyatiga  ega  bo’lish;  demokratiya  niqobi  ostidagi 
«demokratik  o’yinlar»ning,  qarashlarning,  chiqishlarning  orqasidan  ergashmaslik;  taqlid  qilish 
yoki qilmaslikning qaysi milliy manfaatga to’g’ri kelishi yoki kelmasligini solishtirib ko’rishga 


57 
yetadigan  uyg’oq  ong  va  tafakkurga  ega  bo’lish;  aholining  asosiy  qismi  demokratiyaga  tayyor 
bo’lishi, unga befarq bo’lmasligi, demokratik ong va madaniy saviyada dunyo va milliy taraqqiyot 
talablaridan orqada qolmasligi kerak.
 
To’g’ri  va  haqiqiy  bunyodkorlik  g’oyasini  faqat  milliy  davlatning  demokratik  qarashlari 
orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari erishayotgan yutuqlardan orqada 
qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish, yangi-
yangi  ixtirolar  qilishga  qodir  bo’lish,  mustaqillikni  mustahkamlash  va  uni  rivojlantirish  milliy 
davlatimizning  muhim  yo’nalishlarini  tashkil  etadi.  O’zligini  anglagan  xalq  mustaqillikka,  o’z 
taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol ko’zi bilan qaraydi! Jahonda o’ziga xos o’ringa va 
nufuzga ega bo’layotgan O’zbekiston davlati ana shunday milliy demokratik yo’ldan bormoqda,- 
deb ta‘kidlagan edi Islom Karimov.
 
Yigirmanchi  asr  jahon  sivilizatsiyasida  bir-biriga  qarama-qarshi  bo’lgan  katta  iz  qoldirdi. 
Jahon  urushlari,  fan-texnika  taraqqiyoti,  turmush  tarzida  muayyan  darajada  farovonlik  va 
hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd qilish kerak, XX asrning so’nggi o’n 
yilligi  O’zbekiston  milliy  davlatchiligi  uchun  ulkan  tarixiy-inqilobiy  o’zgarishlarni  yuzaga 
keltirdi.  Bu  o’n  yillik  mamlakatimizda  mustaqillikni  ham  iqtisodiy,  ham  siyosiy-ijtimoiy,  ham 
huquqiy-ma‘naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi.
 
Mustaqillikning  birinchi  o’n  yilida  o’zbek  o’zligini tanidi,  jahondagi  nufuzli  millatlardan 
biriga aylandi. Muhimi - istiqlol mafkurasi shakllandi, millatimiz, xalqimiz o’z g’oyasi va iymon-
e‘tiqodiga qaytdi. Ajdodlarimizning boy merosi tiklandi va tiklanmoqda. Biz ularning vorislari 
sifatida  dunyo  ma‘naviy-ilmiy  jamoatchiligi  oldida  qarzdormiz.  Chunonchi,  Muhammad  al-
Xorazmiy,  Muhammad  az-Zamaxshariy,  al-Hakim,  at-Termiziy,  Xo’ja  Ahmad  Yassaviy, 
Bahouddin  Naqshband,  Xo’ja  Axror  Valiy  va  boshqa  o’nlab  alloma-avliyolarning  teran  ilmiy 
xulosalari  va  amallarini  uchinchi  ming  yillikda  va  hamisha  jahon  ahliga  yetkazib,  osoyishta  va 
farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa qo’shmog’imiz kerak.
 
Diniy  qarashlar  odob-axloqning  uzviy  qismiga  aylandi.  Cheklashlar  man  qilindi.  Inson 
kamolida  iymon-e‘tiqod,  Yaratganga  shukronalar  aytish  hamda  dunyoviy  bilimlarni  egallash, 
taraqqiyotni  yuksaltirish  davom  etaveradi.  I.A.Karimovning  say-harakatlari  tufayli  2007  yil 
Toshkent Islom dini poytaxti, degan maqomni oldi. O’nlab, yuzlab avliyo-anbiyolar maqbaralari 
tiklandi. Hozirgi paytda 18 diniy konfensiyalar tolerantlik tamoyiliga ko’ra millatlararo totuvlik 
asosida ishlab turibdi.
 
Albatta,  har  qanday  milliy  davlat  iqtisodiyotining  asosini  energetika  va  tabiiy  boylik 
zahiralari  tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham  jahondagi  rivojlangan  va  rivojlanayotgan  davlatlar 
to’qnashayotgan hozirgi energetika yetishmovchiligi sharoitida O’zbekistonning muhim ustunligi 
mamlakat  iqtisodiyotining  ushbu  yo’nalishda  dunyodagi  juda  kam  sonli  davlatlar  singari 
I.Karimovning qat‘iy say-harakatlari bilan to’la mustaqillikka erishganligidadir. Ba‘zi davlatlar 
esa uzoqni ko’zlamay, faqat joriy yilga mo’ljallangan byudjetni hisoblab chiqib, eng kam jahon 
sarmoyasi  bahosiga  o’tishmoqda.  Bu  esa  inqirozni  bartaraf  qilishga  salbiy  ta‘sir  ko’rsatishi 
mumkin.
 
O’zbekiston o’zining qo’shimcha tarzda gaz, neft, ko’mir va uran zahiralariga ega bo’lib, 
ularni  sof  holda  eksport  qilish  bo’yicha  jahonning  o’nta  davlati  safiga  kiradi.  Mamlakatning 
umumiy  energetika  zahiralari  yana  kamida  100  yil  davomida  iqtisodiyot  ehtiyojlarini  qondirish 
uchun yetadi. Buning o’ziyoq milliy davlatimizning boy imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat 
beradi.
 
Umuman  olganda,  davlat  va  milliy  davlatchilik  muammosi,  uning  hozirgi  globallashuv 
davridagi  rivojlanish  davom  etmoqda.  Prezident  Islom  Karimov  asos  solgan  milliy 
davlatchiligimiz bundan keyin ham uzoqni ko’zlagan dastur asosida ravnaq topaveradi.
 
  
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish