Politexnika instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

Yangilik  bilan  eskilik
 
o’rtasida  hamma  vaqt  keskin
 
kurashlar,  ziddiyatlar  va  qarama-
qarshiliklar  bo’lgan.  Hayotda  esa  ko’pincha  yangilikdan  ko’ra  eskilik,  yaxshilikdan  ko’ra 
yomonlik,  ezgulikdan  ko’ra  yovuzlik  yashovchan  bo’ladi?!  Ana  shu  hayotiy  falsafadan  kelib 
chiqib, turmush tarziga aylangan va kundalik hayot qobig’ida o’ralib qolgan mutelik qarashlarni 
o’zgartirish oson ish emas edi?!
 
-
 
Yurt  mustaqilligi  uchun  kurashayotgan  yetuk  siyosatchidan  nihoyatda  kuchli  iroda, 
mustahkam asab, sabot va matonat talab etardi. Bu intihosiz iztiroblar, hayotining har daqiqasini 
e’tiqod va g’oya uchun qurbon qilishdek fidoyilik va oliy darajadagi shaxsiy qatiyat va mustahkam 
fazilat zarur edi!
 
– 
Jamiyat va odamlar hayotida yuz beradigan tub burilishlar paytida yetakchi ma‟naviy-
ruhiy kechinmalar qurshovida qoladi. O’zbekiston ana shunday jarayonni boshidan kechirmoqda. 
Mustaqillik - yangilik bilan eskilik o’rtasidagi jarlikni to’ldirish, ya‟ni asta-sekinlik bilan odamlar 
siyosiy ongi va dunyoqarashida, tafakkurida burilish yasash afzalliklarini shakllantirish demak.
 
– Davlat va siyosat arboblari turli siyosiy guruhlar - muxoliflar harakatlari bilan birga, bir-
biriga  zid  qarashlar  va  g’oyalarni  yengib  o’tishi,  xalqimiz  ongi  va  qalbida  beqiyos  yangilanishni 
amalga oshirishi - jamiyat hayotida jiddiy sifat o’zgarishlar - istiqbolga olib keldi.
 
–  Insoniyat  tarixi  turli  davrlarda,  har  xil  shakllarda  uyg’onish  hodisasini  boshidan 
kechirgan. Bir necha asrlik mustamlakachilikdan so’ng yoxud milliy tanazzul iztiroblaridan keyin 
shunday hodisalar yuz beradiki, odamlar o’zlarini anglay boshlaydilar. Fikriy mudroqlikka chek 
qo’yadilar. Hayotni, olam rang-barangligini o’zlashtiradilar. Tafakkur qudrati bilan yashashga 
ehtiyoj sezadilar. Va oqibat-natijasi - Mustaqillikdir.
 
Ollohning inoyati, xalqimiz orzusi - mustaqillikka erishdik. Bu sana - 1991 yil 31 avgust. 
Bu oddiy gap emas?! Chunki bu kunga kelgunga qadar mohir siyosatchi, uzoqni ko’zlagan bashoratchi, 
albatta aniq reja va keng ko’lamli dastur - islohotchi sifatida namoyon bo’lgan, eng muhimi mustabid 
davrda  O’zbekiston  SSRning  yaxlit  boshqaruvi  -  Prezidentlik  institutini  tashkil  qilgan  Islom 
Karimovning  buyuk  say-harakatlari  ila  Istiqlol  amalga  oshirildi!  Agar  1990  yil  24  martda  birinchi 
Prezident Islom Karimov O’zbekiston SSR Oliy Kengashida saylangan bo’lsa, 1991 yil 29 dekabrda 
mustaqil  davlat  ahli  tomonidan  muxolifat  saylovlari  asosida  juda  ko’p  ovoz 
olib  (89,2%)  xalq 
Prezidenti - Birinchi Prezident lavozimini egalladi, milliy davlatchilikka asos soldi.
 
O’zbek davlatchiligi qachon paydo bo’lgan? degan savolga Yo’lboshchimiz shunday javob 
beradi: Nima emish, O’zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog’i, 1924 yili davlat maqomini 
olgan  emish.  Biz  shu  gapga  ishonishimiz  kerakmi?  Maqtanish  emas,  yangidan  shakllanayotgan 
o’zbek davlatchiligi boshida turgan inson sifatida aytishga haqqim bor, kerak bo’lsa, bu ish uchun 


54 
jonimni, borlig’imni berishga tayyorman( Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. - T.: Sharq. 
1998. 11-b.).
 
Har bir jamiyat o’zining yuksak taraqqiyotiga erishishi uchun mustaqil bo’lishi hamda milliy 
davlatchilikning  haqiqiy  demokratik  jarayonlarini  vujudga  keltirishi  zarur!  Bu  jarayonlar 
mamlakatimizda  istiqlol  yillari  amalga  oshirilib,  umume‘tirof  etilgan  demokratik  normalar  va 
milliy manfaatlarimizga mos keluvchi demokratik huquqiy milliy davlat barpo etildi.
 
Shuni ta‘kidlash kerakki, davlatning demokratik tamoyillari universal holat bo’lib, Amerika, 
Rossiya,  Xitoy  yoki  Germaniyada  qanday  bo’lsa,  bizda  ham  shunday  bo’lishi  kerak,  deb 
anglashimiz  noto’g’ri?!  Ya‘ni,  uni  vujudga  keltiradigan,  shakllantiradigan  o’ziga  xos 
xususiyatlariga  ega  bo’lgan  ijtimoiy-iqtisodiy,  ma‘naviy-siyosiy,  tarixiy-huquqiy,  geografik, 
geostrategik shart-sharoitlar turli xalqlar va davlatlarda har xil darajada rivojlanish jarayonlarini 
boshidan kechirdi. Demak, rivojlanish jarayonlari millat ruhiyatidan kelib chiqadi. Mamlakatning, 
aholining rivojlanish negizi milliy davlatning demokratik jarayonlarini belgilaydi.
 
Milliy  davlatchiligimizning  demokratik  prinsiplari  O’zbekistonning  Birinchi  Prezidenti 
Islom  Karimov  tomonidan  ishlab  chiqildi  va  amalga  oshirildi.  I.Karimovning  ta‘kidlashicha, 
«Istiqlol  biz  uchun  taraqqiyotning  butunlay  yangi,  keng  ufqlarini  ochdi.  O’z  kelajagimizni  o’z 
qo’limiz  bilan  yaratadigan  bo’ldik.  Hayotimiz  va  umumiy  xonadonimizni  milliy  manfaat  va 
qadriyatlarimizni  umume‘tirof  etilgan  demokratik  mezonlarga  monand  qilib  qurishdek  noyob 
tarixiy  imkoniyatga  ega  bo’ldik»,  degan  purma‘no  fikrlari  milliy  davlatchilikning  rivojlanish 
muammolarini belgilaydi. Chunonchi:
 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish