moviy rang
–
mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni,
donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang Sharqda azaldan qadrlanadi,
o’z vaqtida buyuk Amir Temur ham o’z bayrog’iga bu rangni tanlagan.
Oq rang
– tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o’z yo’lida baland
dovonlardan
oshib o’tishi kerak. Bayrog’imizdagi oq rang yo’limizning musaffo va charog’on bo’lishi uchun
yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yo’llar
–
bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik
ramzidir.
41
Yashil rang
– serne‘mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-
muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir.
Yarim oy
– O‘zbekiston xalqining ko’p asrlik an‘analariga muvofiq keladi. Yarim oy va
yulduzlar – musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.
Bayrog’imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o’lkamizda qadimdan buyon barkamollik,
mukammallik timsoli hisoblanadi.
Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi Qonunning 2-
moddasida ko’rsatilganidek, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i O’zbekiston
Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.
Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan, bayrog’imiz xalqaro munosabatlarda O’zbekiston
Respublikasining timsoli bo’ladi. Binobarin, bayrog’imiz xalqaro maydonda O’zbekiston
Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safari chog’ida, xalqaro tashkilotlarda,
konferensiyalarda, jahon ko’rgazmalarida, sport musobaqalarida ko’tarilib, yurtimizni ulug’laydi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi qonunida bayroq ko’tariladigan joylar
va uning ko’tarilish vaqtlari aniq va ravshan belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining
Davlat bayrog’i qonunda belgilangan tegishli joylarda doimiy ravishda ko’tarilgan holda
turadi.O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i unga nisbatan lozim darajadagi hurmat
ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ko’tarilishi mumkin.
Qonun bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining tasviri tushirilgan belgilar:
O’zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki O’zbekiston Respublikasi
Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi
Aviatsiya ma‘muriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga; qonun hujjatlarida
belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat ro’yxatidan
o’tkazish raqam belgilariga; O’zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining tasviri tushirilgan belgilardan O’zbekiston
Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o’quv-tarbiya jarayonida,
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi
mumkin.
Shuni yodda tutish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining elementlarini
nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo’l
qo’yilmaydi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining tasviri tushirilgan
belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
o’tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Ayni vaqtda, nodavlat notijorat
tashkilotlarining ramzlari mamlakatimiz Davlat bayrog’iga o’xshash bo’lishi mumkin emas.
Qonunda bayrog’imizning qanday shakl va ko’rinishda bo’lishi ham aniq ko’rsatilgan.
Chunonchi, qonunning 4-moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i -
bayroqning butun uzunligi bo’ylab o’tgan to’q moviy rang, oq rang va to’q yashil rangli uchta
endan tarkib topgan to’g’ri to’rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 sm.ga,
kengligi 125 sm.ga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarining kengligi bir xil. Har bir
en 40 sm.ga teng. Bayroqning o’rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 sm.ga teng qizil
hoshiyalar o’tgan.
Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga
yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o’n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz
tasvirlangan. Yangi oy va yulduzlarning tasviri moviy rangli yuqori enning o’rtasidan 70x30 sm.ga
teng to’g’ri to’rtburchakka sig’adigan qilib joylashtirilgan. Yangi oy vertikal holatda do’ng tomoni
dastaga qaratilgan, dastadan 20 sm masofada joylashtirilgan bo’lib, diametri 30 sm.li doiraga
sig’adi.
Yulduzlar diametri 6 smli doiraga sig’adi. Doiralar orasidagi masofa 6 sm. Yulduzlar
uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o’rta qatorda to’rtta va
quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 sm
masofada joylashadi.
42
Qonunda Davlat bayrog’ining qachon, qanday voqealar munosabati bilan, qay vaqtda, soat
nechadan nechagacha, qanday tartibda ko’tarilishi aniq ko’rsatib qo’yilgan. Bunga ko’ra,
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i bayram kunlarida Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan
markaziy ko’chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda soat 6 da ko’tariladi
va soat 22 da tushirib qo’yiladi. Bayroq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a‘zolari, xalq deputatlari
Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida – ovoz berish o’tkazilayotgan
binolar va xonalarda ovoz berish yoki referendum o’tkazish davrida ko’tarib qo’yiladi. U xorijiy
davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning xalqaro huquq
normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek, O’zbekiston Respublikasida
bo’lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq, transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda,
yurish yo’nalishi bo’yicha va boshqa tashrif obyektlarida xorijiy davlatlar davlat va hukumat
boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishidan 24 soat oldin ko’tariladi va
ular jo’nab ketganidan keyin 24 soat mobaynida tushirib qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i bilan bir vaqtda boshqa davlatning bayrog’i
ko’tarilsa, qonunga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i (binoning old tomoniga
qarab turganda) o’ng tomondan, boshqa davlatning bayrog’i chap tomondan ko’tarilmog’i kerak.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i bilan bir vaqtda Qoraqalpog’iston Respublikasining
Davlat bayrog’i ko’tarilganda, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i (binoning old tomoniga
qarab turganda) chap tomondan ko’tarilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i bilan bir vaqtda bir qancha davlatlarning
bayroqlari ko’tarilganida, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i alohida, qolganlari esa
o’zbek alfaviti bo’yicha ko’tariladi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i boshqa dav-
latlarning bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i bilan bir vaqtda Qoraqalpog’iston
Respublikasining Davlat bayrog’i ko’tarilganda, Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat bayrog’i-ning
o’lchami O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining o’lchamidan katta bo’lmasligi kerak,
O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining ko’tarilish balandligi esa Qoraqalpog’iston
Respublikasi Davlat bayrog’ining ko’tarilish balandligidan past bo’lmasligi kerak.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i bilan bir vaqtda xorijiy davlatlar va (yoki)
xalqaro tashkilotlar bayroqlari ko’tarilganda O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i
xalqaro huquq normalariga va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq ko’tariladi. O’zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog’i xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan
bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil o’lchamga ega bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning
uchun maqbul bo’lgan boshqa joyda yoxud tegishli tutqichi bo’lgan dastada, yo bo’lmasa flagshtogda
bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan ko’pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda
ko’tariladi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ini tayyorlash, saqlash va yo’q qilish tartibi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ko’tarib qo’yilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining matosi yer sathidan
kamida 2,5 metr balandlikda bo’lishi kerak. Motam munosabati bilan, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i motamga
moslab ko’tariladi. Bunday hollarda O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i dastasi yoki
flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng bo’lgan kenglikdagi qora tasma
bog’lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi. Bayroq motam
munosabati bilan flagshtokda ko’tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 bo’lagicha tushirib
qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O’zbekistonda turgan boshqa
shaxslar O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ini hurmat qilishlari shart. O’zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ini behurmat
qilganlik O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
43
Mamlakatimizda Konstitutsiya va qonun bilan o’rnatilgan hamda tasdiqlangan davlat
ramzlaridan biri – uning gerbidir. Davlat gerbi davlat mustaqilligining ramziy belgilaridan biri
hisoblanadi. «Gerb» so’zi nemischa «erbo» so’zidan olingan bo’lib, shohlar va hukmdorlarga
davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho’zilgan sarhadlarda hukm surgan
qadimgi turk hoqoni O’g’izxon davrida ham turkcha «tamg’a» so’zi aynan shu ma‘noni bildirar
edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashiddin Hamadoniy «Tanlangan tarixlar» nomli kitobida
shahodat berishicha, O’g’izxon o’z mol-mulkini o’g’illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bo’lib
berib, in‘om etgan. Ushbu davlatlar xukmdorlari ham o’zlarining xonlik tamg’alariga ega edi.
Ko’rinib turibdiki, «tamg’a» so’zining ma‘nosi haqiqatan ham nemischa «erbo» so’zining
ma‘nosiga to’la mos keladi.
Gerb – qaysi davlatga tegishli bo’lsa, o’sha davlatning tarixiy an‘analarini ifodalovchi ramziy
ahamiyatga ega bo’lgan tasvirlar va narsalar yig’indisi. O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi
to’g’risida”gi qonun 1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul
qilingan. Unga 1999 yil 15 aprelda, 2003 yil 25 aprelda, 2004 yil 3 dekabrda va 2010 yil 24 dekabrda
qabul qilingan qonunlarga muvofiq qo’shimchalar kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi davlatimizning siyosiy, milliy, xo’jalik,
jug’rofiy, etnik va boshqa o’ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an‘analarini
mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda O’zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi
tamoyillari o’ziga xos tarzda ifoda etilgan. «O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to’g’risida»gi
qonunga binoan, O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining
ramzidir.
O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko’rinishga ega: tog’lar, daryolar va
so’l tomoni bug’doy boshoqlaridan, o’ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g’o’za shoxlaridan iborat
chambarga o’ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori
qismida respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo’lib, uning ichki
qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi –
qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida respublika Davlat
bayrog’ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandida «O`zbekiston» deb yozib qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko’rinishida: Humo qushi va daryolar –
kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda,
g’o’za shoxlari va barglari, tog’lar va vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda;
lenta – O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda;
sakkizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq
rangda tasvirlangan. Qonunda O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushiriladigan
obyektlar batafsil sanab ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan O’zbekiston Respublikasiga
tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, o’quv-tarbiya jarayonida, shuningdek,
O’zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanish mumkin. Shuni
yodda tutish lozimki, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat
tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab
chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o’tkazish uchun
tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari
O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga o’xshash bo’lishi mumkin emas. O’zbekiston
Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O’zbekistonda turgan boshqa shaxslar O’zbekiston
Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. O’zbekiston Respublikasining Davlat
gerbi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar
bo’ladi. Shu tariqa, O’zbekistonning davlat gerbi ham davlat mustaqilligining ramzi bo’lib,
respublikaning rasmiy belgisi sifatida faqat qonunda ko’rsatilgan obyektlarga tushiriladi.
O’zbekistonning Konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlangan Davlat bayrog’i, Davlat gerbi
bilan bir qatorda Davlat madhiyasi ham mavjud.
44
Zero, dunyodagi har qanday mustaqil davlat o’z madhiyasiga ega. Umuman, madhiya haqida
so’z ketar ekan, uning qachon, qayerdan kelib chiqqanligini va nima sababdan bo’lganligini bilib
olish muhim. Madhiya – grekcha madhiya so’zidan olingan bo’lib, u dasturiy xarakterdagi she‘rni
tantanali qo’shiq qilib tarannum etilishi ma‘nosida qo’llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari
mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng
asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi. Davlat madhiyalari hozirgi zamon barcha mustaqil
davlatlarida mavjud bo’lib, u davlat bayrog’i va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy
tantanavor ramzi bo’lib hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, O’zbekiston ham mustaqil davlat sifatida
o’z davlat madhiyasiga ega.
O’zbekistonning davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla
Oripov tomonidan yozilgan, unga san‘at arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalangan.
Dadil aytish mumkinki, madhiyamizda o’zbek xalqining shodiyona fikr-o’ylari va his-tuyg’ulari
bekamu ko’st o’z ifodasini topdi. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublika-
sining Davlat madhiyasi to’g’risida»gi qonunga binoan, O’zbekiston Respublikasining Davlat
madhiyasi O’zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. O’zbekiston
Respublikasining Davlat madhiyasiga zo’r ehtirom bilan qarash O’zbekiston Respublikasi har bir
fuqarosining vatanparvarlik burchidir. O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qonunda
belgilangan vaqt va marosimlarda ijro etiladi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat
ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ijro etilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi orkestr, xor, ham orkestr-ham xor tomonidan
yoki o’zga vokal va cholg’u asboblari bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish
vositalaridan foydalanilishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-cholg’u asboblari bilan
ijro etilgan taqdirda to’liq ijro etiladi, cholg’u asboblarining o’zida ijro etilgan taqdirda esa
madhiya qisman ijro etilishiga yo’l qo’yiladi - ashulaning boshlanishi va naqorat bir martadan
aytiladi. O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi madhiyaning ushbu Qonun bilan
tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmog’i lozim.
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko’pchilik huzurida ijro etilganda, agar
qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, hozir bo’lgan kishilar madhiyani tik
turib va o’ng qo’l kaftini ko’krakning chap tomoniga qo’yib, harbiy yoki davlatning boshqa
xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo’lini bosh kiyimiga qo’yib tinglaydi.
Agar O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi O’zbekiston Respublikasi
Davlat bayrog’ining ko’tarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, hozir bo’lgan kishilar unga yuzi
bilan buriladi.
Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg’a, madhiya
O’zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g’ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida
mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e‘zozlash – o’zining qadr-qimmatini, o’z mamlakatiga va
shaxsan o’ziga bo’lgan hurmatni mustahkamlash demakdir» (Karimov I.A. O’zbekiston: milliy
istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1 – Toshkent: O’zbekiston, 1996.).
Milliy valyuta – so’mning muomalaga kiritilishi. Mustaqil, erkin davlatning asosiy belgisi,
asl poydevori – milliy valutadir. O‘z valutasiga ega bo’lmagan davlat o’z manfaatlarini ko’zlab
muslaqil ravishda moliya-kredit, bank siyosatini yurita olmaydi, o’z taqdirini, tashkilotlar,
xo’jaliklar va fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan ta‘minlash, pul
chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, kimga qarz berish
va kimdan qarz olish, qarzni to’lash va undirib olish, foiz stavkalarini belgilash lcabi masalalarni
mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat boshqa kuchli davlatlar ko’rsatmalariga
qaram bo’lib qoladi, uni hech kim haqiqiy mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy
valutaga o’tish O‘zbekiston uchun oliy maqsad edi.
Biroq milliy valutaga o’tish oson ko’chmaydi, yangi valutani muomalaga kiritish inqilob
bilan teng. Dunyo tajribasi ko’rsatadiki, davlatlar o’z milliy valutasiga erishish uchun uzoq va
mashaqqatli yo’llar bosib o’tgan, bor qudratini safarbar etgan.
45
O‘zbekistonda milliy valutani muomalaga kiritish uchun ham ma‘lum vaqt, tajriba kerak edi.
Avvalo, haqiqiy mustaqil iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu boisdan O‘zbekiston
mustaqillikning dastlabki payti 1991-1993-yillarda sobiq Ittifoqdan meros qolgan
rubl
zonasida
bo’lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin
pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil may oyi
boshlarida 800-900 rublning qadri 1 AQSH dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu yili Rossiyada
oldingi rubl kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi. Rossiya hukumati 1993-yil
26-iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini Moskvaga taklif qilib, birgalikda rubl zonasida
bo’lamiz deb aytdi. Keyinroq Rossiya, O‘zbekiston va Qozog’iston rahbarlari Moskvada
uchrashib, rubl zonasini saqlashga, O‘zbekiston va Qozog’istonni 1993-yilgi yangi rubl namunasi
bilan ta‘minlashga qaror qilindi.
Biroq, amalda boshqacha yo’l tutildi, to’g’rirog’i Rossiya hukumati bu tadbirlardan o’z
manfaati yo’lida foydalanmoqchi bo’ldi. Rossiya hukumati O‘zbekiston oldiga o’z shartlarini
qo’ydi. Birinchidan, kerakli rublni davlatlararo qarz sifatida, keyinchalik boylik yoki mahsulot
bilan to’lash sharti qo’yildi. Ikkinchidan, rublni olishdan oldin uning 50 % miqdoridagi AQSH
dollari yoki O‘zbekiston oltinini garovga qo’yish talab qilindi. Uchinchidan, O‘zbekistonda
muomalada bo’lgan 1961-1992-yilgi namunadagi pulni (rubl) yangi 1993-yil namunasidagi rublga
uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo’yildi. To’rtinchidan, birorta shart bajarilmay qolsa,
tovon puli to’lash majburiyati belgilandi. Beshinchidan, O‘zbekiston Markaziy banki Rossiya
Markaziy bankiga hisobot berishi, ya‘ni tobe bo’lishi kerak edi.
O‘zbekiston bunday shartlarga rozi bo’lolmas edi, rozi bo’lmadi ham. Shu boisdan
muomalaga yangi milliy valuta kiritish ishiga jiddiy kirishildi. O‘zbekiston rahbariyati „katta og’a
ning o’yinlariga qarshi oldindan chora-tadbirlar ko’rib qo’ygan edi. 1992-yildayoq muomalaga
chiqarishga mo’ljallangan so’m-kupon nusxalari tayyorlab qo’yilgan edi. Nihoyat, 1993-yil 1-
noyabrda O’zbekistonda so’m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo’lib
kelgan rublga tenglashtirilgan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi qo’lidagi rubl namunasidagi
pullarini jamg’arma banklari orqali so’m-kuponga almashtirish ta‘minlandi. So’m-kupon joriy
etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda, degan mishmishlar ko’paydi. Bozorda
narxlar osmonga chiqdi. Toshkent bozorlarida bir kg go’sht 25 ming so’m-kupongacha ko’tarildi.
Hukumat buning oldini olish choralarini ko’rdi. Aholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha
aholi, iqtisodiyot himoya qilindi. O‘zbekiston rahbariyati so’m-kuponlar asosida zarur tajriba
orttirdi, haqiqiy milliy valutani joriy qilish tadbirlarini ko’rdi.
1994-yil 16-iyundagi ,,O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish
to’g’risidagi Prezident farmoni va Yazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994-yil 1-iyuldan
boshlab milliy valuta – so’m muomalaga kiritildi. 1 so’m kursi 1000 so’m-kuponga
tenglashtirilgan holda joriy qilindi.
Milliy valuta – so’m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati
1,3,5,10,25,50,100 so’m bo’lgan bank qog’oz pullari (banknotlar) holida muomalaga chiqarildi.
Aholi qo’lidagi so’m-kuponlar jamg’arma banklari orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi.
Keyinroq 200, 500, 2001 yilda 1 000, 2013 yilda 5 000, 2017 yilda 10 000 va 50 000, 2019 yilda
100 000 so’mlik qog’oz pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi
tangalar ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi.
Milliy valuta – milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir.
Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir(I.Karimov. Asarlar. 3-jild, 331-bet.).
Milliy valutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz hayotida muhim voqea bo’ldi.
O‘zbekistonning xalqaro maydonda mavqeyi oshdi, o’zining pul-kredit, moliya siyosatini amalda
mustaqil yuritadigan bo’ldi. Bu iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun qulay
imkoniyat yaratdi. 2003-yil 15-oktabrdan boshlab, so’m qisman konvertatsiyalanadigan valuta
maqomiga ko’tarildi.
2. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – mustaqil davlatning asosiy
qonuni.
46
Konstitutsiya eng oliy qonun sifatida O’zbekistonning mustaqilligi va suveren huquqlarini
mustahkamlash va amalda ta‘minlashning huquqiy negizi bo’lib xizmat qiluvchi hujjat
hisoblanadi. Respublikaning jamiyat va davlat qurilishi, uning iqtisodiy va siyosiy tizimining
asosiy tartib - qoidalari, fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, davlat hokimiyati va
boshqaruv idoralarining milliy davlat va ma‘muriy-hududiy tuzilishi, davlatning ichki va tashqi
siyosati masalalariga oid barcha vazifalar Konstitutsiyada o’z ifodasini topgan. Konstitutsiya
O’zbekistonni mustaqil davlat maqomiga ega bo’lishiga qonuniy asos soldi. O’z ona vatanining
mustaqil davlat bo’lishi va bunga erishish uchun asrlar davomida iztirob chekib, muntazam
kurashib kelgan O’zbekiston xalqi o’z maqsadiga erishdi, o’z davlatchiligiga o’zi ega bo’ldi.
Konstitutsiya – davlatning Asosiy Qonuni bo’lib, shaxs, jamiyat va davlat o’rtasida vujudga
keladigan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi, oliy yuridik maqomga ega
normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Shu jihatdan Konstitutsiya o’z mazmun - mohiyatiga ko’ra
jamiyat va davlatning rivojlanish qonuniyatlarini o’zida namoyon etadi.
O’zbekiston Oliy Kengashining 1990 yil 20 iyunda bo’lib o’tgan ikkinchi sessiyasida qabul
qilingan qaroriga asosan, respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat
Konstitutsiya komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibiga davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining
taniqli arboblari, xalq deputatlari, fan vakillari kiritildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan qarori bilan Konstitutsiya komissiyasi tarkibi
qisman o’zgardi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi majlisi 1991 yil 21 aprelda Prezident I.A.Karimov
raisligida bo’lib o’tdi.
O’zbekiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishga oid barcha tayyorgarlik ishlari
muvofiqlashtirishini ta‘minlash maqsadida Konstitutsiyaviy komissiya a‘zolari, shuningdek,
yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida 32 kishidan iborat ishchi guruhi tuzildi. O’zbekiston
Konstitutsiyaviy nazorat komissiyasining raisi O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining
akademigi SH.Z.O’razayev guruh rahbari etib tasdiqlandi.
Reja bo’yicha 1991 yil avgust oyida Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi I.A.Karimov
Konstitutsiyaviy komissiyaning yalpi majlisida O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi
konsepsiyasining loyihasi to’g’risidagi ma‘ruzasida ishchi guruh oldiga qo’yilgan vazifalarni
bajarishda jahon tajribasini o’rganish va unga amal qilish, boshqa mamlakatlarning inson
huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlarini hisobga
olish, kishilar diliga yaqin va ularga tushunarli bo’lgan iboralar vositasida siyosiy va yuridik hujjat
yaratishga harakat qilishni ta‘kidlab o’tdi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning a‘zosi akademik SH.Z.O’razayev quyidagilarni qayd
qilgan: Prezidentimiz shunday ham juda taqchil vaqtidan fursat ajratib, Konstitutsiya loyihasini
tayyorlash bo’yicha tuzilgan ishchi guruhning a‘zolarini qabul qilar, loyihani qayta-qayta o’qib
chiqar, uning matnini chuqur mushohada qilar va unga tuzatishlar kiritardi. Bu kishining g’oyat
ajoyib tahlil qobiliyati, kelajakni oldindan ko’ra olishi, nozik his etish iste‘dodi bizni nihoyatda
hayratga solardi. U mehnatga doimo tayyor, hamisha izlanishda, ishning mohiyatini tushunishga
va u bo’yicha eng maqbul qaror chiqarishga intilardi. Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi
loyihaning har bir tafsilotiga e‘tibor berar, unga o’z qo’li bilan tuzatishlar va aniqliklar kiritardi,
ishga astoydil yondashish, ishbilarmonlik va bilimdonlik namunasini ko’rsatar edi. Prezident –
o’ziga nisbatan juda talabchan shaxs. Ko’pincha, nazarimizda uning bu talabchanligi o’ziga
nisbatan shafqatsizlikka yaqinlashib ketardi. U yarim tungacha ishlar va ishning juda katta qismini
o’z zimmasiga olardi. Kunlar ketidan kunlar, shanba va yakshanba dam olish kunlari ham shu
tariqa o’tardi (Уразаев Ш.З. Как готовился проект Конститусии Республики Узбекистан //
Народное слово, 1992, 26 декабрь.).
1991 yilning noyabr oyigacha Konstitutsiya loyihasining 158-moddadan iborat birinchi
varianti tayyor bo’ldi. I.A.Karimov loyihaning bu varianti bilan tanishib chiqib, unga mazmuni,
shakli va tahriri jihatdan jiddiy o’zgartishlar kiritdi. Loyihaning ikkinchi varianti 149-moddadan
tashkil topdi. I.A.Karimovning ko’rsatmasi va shaxsan u kishining tahriri bilan loyihaning
47
uchinchi varianti 137-moddadan tashkil topdi. Matbuotda e‘lon qilish oldidan loyiha yana bir bor
diqqat bilan o’rganib chiqilib, 127 moddaga keltirildi.
Loyiha matbuotda e‘lon qilinishidan oldin I.A.Karimov uni sinchiklab o’qib chiqdi, ba‘zi
moddalarga o’zgartish kiritishi natijasida ular to’laroq mazmun, aniq ravshanlik kasb etib, yanada
tushunarliroq bo’ldi. Konstitutsiyaviy komissiyaning qarori bilan loyiha 1992 yil 26 sentabrda
umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e‘lon qilindi. Muhokama davomida uning asosiy
bo’limlari, boblari va moddalari yuzasidan tegishli takliflar Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib
tushdi. Respublika matbuotining o’zida Konstitutsiya loyihasiga bag’ishlangan yuzdan ortiq
materiallar e‘lon qilindi. Kelib tushgan takliflarning soni 6 mingtadan oshib ketdi.
Konstitutsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik
Kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi demokratik
davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi 1992 yil 21 noyabrda yana bir bor
matbuotda e‘lon qilindi. Bundan maqsad fuqarolarni Konstitutsiya loyihasiga kiritilgan
o’zgartishlar va to’ldirishlar bilan tanishtirish va ularni hisobga olgan holda muhokamani davom
ettirishdan iborat edi. Loyihaning yangi nusxasi e‘lon qilinishi bilan yana yangi takliflar kela
boshladi. Qoraqalpog’iston Respublikasida xalq noiblari ishtirokida bo’lib o’tgan yig’ilishda
loyiha bo’yicha ayrim istaklar bildirildi. Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushgan ko’p sonli
takliflar, mulohazalar, fikrlar har tomonlama o’rganilib, Konstitutsiya loyihasiga deyarli 80 yaqin
o’zgartish, qo’shimcha va aniqliklar kiritildi.
Mustaqil O’zbekiston davlatining Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasi XII chaqiriq
Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. U oliy maqomli Qonun
sifatida biz qurayotgan jamiyatning ravnaqi uchun, uning har bir a‘zosining kundalik turmushiga,
faoliyatiga madad, muqaddas orzu - umidlarini ro’yobga chiqishi uchun ishonch bag’ishlaydi.
Islom Karimov ushbu sessiyada Konstitutsiyani xalqchil qomus deb atab, uning loyihasi
ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq
muhokamasidan o’tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan
boyitilganligini, sayqal topganligini ta‘kidladi (Karimov I.A. O’zbekiston: milliy mustaqillik,
iqtisod, siyosat va mafkura. 1-jild. - T.: O’zbekiston, 1996. – 118 bet.).
Konstitutsiyamizning eng muhim mohiyati shundan iboratki, unda fuqarolar manfaatining
ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan, inson huquqlari, uning kamoloti
uchun zarur bo’lgan shaxsiy daxlsizlik, siyosiy erkinlik, ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlarga
erishish uchun umid qilgan va intilgan umuminsoniy g’oyalar yo’lida erishilgan qoidalarni o’ziga
singdirgan.
Konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama qilish va qabul qilish jarayoni I.A.Karimovning
Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma bo’lganligi,
u xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettirishi, uning xalqimiz
tafakkuri va ijodining mahsuli ekanligi haqidagi xulosasining to’g’riligi va asoslanganligini
tasdiqlaydi (Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. –T.: Sharq, 1993. 6-bet).
Mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasi asosida respublikamizda demokratik huquqiy jamiyat
asoslari faol rivojlanmoqda. Avvalgi partiyaviy yakkahokimlik tizimining illatlari qat‘iyan
tugatilib, ko’ppartiyaviylik, g’oyalar va fikrlar xilma-xilligiga yo’l ochildi. Yagona mafkuraning
yakkahokimligiga barham berildi. Umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi, chinakam
demokratiya, inson erkinliklari va huquqlarining butun dunyo tan olgan meyor va qoidalari tobora
qaror topmoqda.
Konstitutsiyamiz mamlakatimizning mustaqillik yillarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot yo’lidagi barcha g’alabalarimizni ifodalovchi hamda kelajak yo’limizni ko’rsatuvchi
muhim qonundir. I.A.Karimov ta‘kidlaganidek, Tom ma‘nodagi tarixiy bu sanani har safar bayram
qilar ekanmiz, Konstitutsiyamiz – Asosiy Qonunimiz qabul qilinishi bilan biz O’zbekiston
kelajagini, yangidan barpo etilayotgan davlatimizning chuqur mazmuni, ma‘no va mohiyatini,
siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va ma‘naviy taraqqiyotining, yurtimiz qiyofasini, uning xalqaro
hamjamiyatdagi o’rni va nufuzini tubdan o’zgartirib yuborgan mamlakatimizni isloh etish va
48
modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini aniq-ravshan belgilab olganimizni haqli ravishda
yuksak baholaymiz (Karimov I.A. Bizning yo’limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va
modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo’lidir. 20-jild. - T.: O’zbekiston, 2012.- 63-
64 betlar.). Konstitutsiyamiz qabul qilingandan keyin yigirma yildan ortiqroq vaqt mobaynida
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot sohalarida ulkan va jiddiy ijobiy o’zgarishlar yuz
berdi.
Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish uchun o’rnatilgan tartib boshqa oddiy qonunlarga
o’zgartirish kiritishdan jiddiy farq qiladi. Bu jahon qonunchilik tajribasida ham o’rnatilgan
tartibdir. Shunday ekan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar
kiritish Konstitutsiyaning 127-moddasining 1-qismiga muvofiq quyidagicha bayon qilingan:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar tegishincha O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy
sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko’pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki
O’zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
Har qanday jamiyatda ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borishi natijasida davlat va jamiyat
hayotida muhim o’zgarishlar qilish zaruriyati vujudga keladi. 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor
Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimcha kiritilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi Qonunga asosan O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi 1-qismi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 150
nafar deputatdan iborat)dagi 150 nafar deputatdan degan so’zlar deputatlardan degan so’z bilan
almashtirildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti 2000 yil 25 may kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi
sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o’tish va 2004 yilda
bo’ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etish haqida taklif kiritdi. Oliy
Majlisning navbatdagi sakkizinchi sessiyasida bu masalani hal etishning dastlabki muhokamasi
bo’lib, 2002 yil 4 aprelda Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining
asosiy prinsiplari to’g’risidagi Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
Mazkur Qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi Qonunga muvofiq
Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.
Konstitutsiyaning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari
bir palatali parlamentga bag’ishlangan bo’lsa, endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament –
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori
palata)ga bag’ishlangan. Kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarga muvofiq Konstitutsiyaning 76-
moddasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan -
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil, degan qoida bilan
mustahkamlandi.
Konstitutsiyaning O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga bag’ishlangan XIX bobiga ham
o’zgartish kiritildi. Kiritilgan o’zgartishga muvofiq Konstitutsiyaning 89-moddasidan O’zbekiston
Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi degan qoida chiqarib
tashlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi yuqori palatasi Senatga o’tkazildi. Jumladan, 93-modda 6-bandiga ko’ra, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa
vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim
etishi, shu moddaning 23-bandiga ko’ra esa, amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritishi belgilandi. Ilgari
O’zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash va
amnistiya to’g’risida hujjatlarni qabul qilish bevosita Prezident vakolatiga kiritilgan edi.
49
Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag’ishlangan XX bobiga kiritilgan o’zgartish va
qo’shimchalarga muvofiq, ilgari Konstitutsiyaning 98-moddasida Vazirlar Mahkamasi tarkibini
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi degan qoida
mavjud bo’lgan bo’lsa, kiritilgan o’zgartishga ko’ra, 98-moddaning ikkinchi qismida
Vazirlar
Mahkamasi tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston
Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining a‘zolari O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi, degan qoida belgilandi.
Shuningdek, Konstitutsiyada O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlari
kengaytirilib, 98-modda, 5-qismiga O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi
faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar
bo’ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig’iga binoan xalqaro munosabatlarda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko’radi, O’zbekiston Respublikasi
qonunlarida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida
nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi, 6-qismiga esa O’zbekiston Respublikasining
Prezidenti ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar
Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar
yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini,
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli degan qoidalar kiritildi.
Mazkur kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Bosh
vaziriga O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar Mahkamasi a‘zolarini tasdiqlash uchun
taqdim qilish vakolati berildi.
Konstitutsiyaning saylov tizimi deb nomlanadigan XXIII bobiga ham o’zgartish va
qo’shimchalar kiritildi. Ilgari 117-modda 2-qismidagi O’zbekiston Respublikasida Prezident
saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi
asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga
to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar degan qoida o’rniga O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat
hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning Konstitutsiyaviy vakolat muddati
tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o’n kunligining birinchi yakshanbasida o’tkaziladi.
Saylovlar umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan
o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga
egadirlar, degan qoida kiritildi.
Shu moddaning 3-qismi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zolari
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat
hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo’shma majlislarida mazkur deputatlar
saylanganidan so’ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadilar, degan
qoida bilan to’ldirildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 6-bo’limiga ham o’zgartish kiritildi. O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining dastlabki 127-moddasi O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning
uchdan ikki qismidan iborat ko’pchiligi tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi, deb
belgilangan edi.
Kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalardan so’ng mazkur moddada O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar tegishincha O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan
ikki qismidan iborat ko’pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O’zbekiston
Respublikasining referendumi bilan kiritiladi, degan iboralar o’z ifodasini topdi.
50
Shuningdek, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ular
zimmasiga Konstitutsiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirishdagi roli va mas‘uliyatini
oshirish, mamlakat Prezidenti vakolatlarini aniq-ravshan belgilash hamda huquqiy meyorlar
doirasida cheklash, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirish maqsadida 2007
yil 11 aprelda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga,
93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to’g’risidagi
Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2008 yil 1 yanvardan e‘tiboran kuchga kirdi. Kiritilgan
tuzatishlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi O’zbekiston
Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan
holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi degan tahrirda, 93-moddasining 15-
bandi viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda
lavozimidan ozod etadi degan tahrirda, 102-moddasining 2-qismi Viloyat va Toshkent shahar
hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda
lavozimidan ozod etiladi degan tahrirda bayon etildi.
2008 yil 25 dekabrdagi Saylov to’g’risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati
bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish
haqidagi Qonun bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasining birinchi
qismi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari
bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat)ga o’zgartish
kiritildi. Ushbu Qonun 2009 yilning 1 iyulidan kuchga kirgan. Unga ko’ra, mazkur moddaning
birinchi qismi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq
saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat, degan tahrirda bayon etildi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish Konsepsiyasi nomli ma‘ruzasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir
qator moddalariga o’zgartishlar kiritish yuzasidan bildirilgan takliflar alohida o’rin olgan.
I.Karimov tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan mazkur takliflar 2011 yil 18
apreldagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish to’g’risida (78, 80, 93, 96, va 98-moddalariga)gi Qonunda o’z ifodasini
topgan. Qonunning asosiy maqsadi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat
hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig’i – Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi
hokimiyatlar o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash, shuningdek,
sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirishdan iborat.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi birinchi qismining 15-
bandiga qo’shimcha kiritilgan bo’lib, unga ko’ra Oliy Majlis palatalariga mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va
muhokama qilish huquqi berilmoqda. Mazkur yangilik mamlakatimiz parlamentining roli va
ta‘sirini kuchaytirish orqali davlat hokimiyati tizimida o’zaro bir-birini tiyish va muvozanat
saqlash prinsipining yanada samarali amalga oshirilishini ta‘minlashda muhim o’rin tutadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 6-bandiga kiritilgan normaga
muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini tayinlash to’g’risidagi farmonini
tasdiqlash huquqi berilmoqda. Shunga muvofiq holda, Konstitutsiyamiz 93-moddasining 12-
bandidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va degan so’zlardan keyin uning
o’rinbosarlari degan so’zlar chiqarilib, ularning o’rniga Hisob palatasi raisini degan so’zlar bilan
to’ldirildi.
51
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari mustahkamlangan Konstitutsiyamizning
93-moddasi 8-bandidan ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi degan
so’zlarni chiqarish yuzasidan kiritilgan o’zgartish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda
Konstitutsiyamizning 89-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat
boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda
hamkorligini ta‘minlaydi. Shu nuqtai nazardan, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasi faoliyatini
tashkil etishi, unga rahbarlik qilishi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob berishi,
davlat boshlig’i bo’lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o’rtasidagi
vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga
keltirish asnosida ham Asosiy Qonunimizdan ushbu norma chiqarildi.
Kiritilgan yana bir muhim o’zgartish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-
moddasining 15-bandini viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga
muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi degan so’zlardan oldin O’zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan degan so’zlar bilan to’ldirish borasida. Ushbu
normaning kiritilishi, avvalo, davlat boshqaruvini yanada liberallashtirish bo’yicha amalga
oshirilayotgan izchil islohotlar bilan bog’liq.
Qonundan o’rin olgan normalardan biri O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-
moddasining 16-bandini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli degan so’zlar bilan to’ldirishga oid. Kiritilgan
mazkur norma davlat boshlig’i sifatida mamlakat Prezidentining davlat va jamiyat hayotining
ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan o’tkaziladigan Vazirlar
Mahkamasi majlislarida ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi. Zero, O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining majlislari mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotining eng muhim
masalalari yuzasidan o’tkaziladi. Shuningdek, davlat boshqaruvining, xo’jalik va ijtimoiy-
madaniy qurilishning eng muhim masalalari ham Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi.
Qonunga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasi yangi tahrirda
bayon etildi. Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o’z vazifalarini bajara
olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risidagi Qonunga to’liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti
saylovi o’tkaziladi. Ta‘kidlash joizki, mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko’ra o’z vazifasini
bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu moddani turlicha talqin
etishga yo’l qo’ymaslik maqsadida mazkur moddaning yangi tahriri berildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan qo’shimchalarga
muvofiq demokratik tartib-qoidalarga javob beradigan yangi Konstitutsiyaviy qoida joriy etildi.
Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko’p deputatlik o’rinlarini olgan siyosiy partiya
yoki teng miqdordagi eng ko’p deputatlik o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy partiya
tomonidan taklif etiladi. Ushbu qo’shimchalarning kiritilishi tarixiy ahamiyatga ega bo’lib,
mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada rivojlantirish, huquqiy demokratik davlat va
ochiq fuqarolik jamiyati qurishda yangi bosqichning boshlanishi hisoblanadi. Konstitutsiyaga
kiritilgan yana bir muhim o’zgartirish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga
nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish huquqining berilishi bilan bog’liq. Xususan, O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida belgilanishicha, O’zbekiston Respublikasi Bosh
vaziri va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o’rtasida doimiy
ziddiyatlar kelib chiqqan taqdirda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida
uchdan bir qismi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif
bo’yicha Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo’shma majlisi muhokamasiga kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‟zolari umumiy sonining kamida uchdan
ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O’zbekiston
52
Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish bo’yicha qaror qabul qiladi. Bunda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga
chiqadi. Mazkur norma davlat hokimiyati tarmoqlari o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib
taqsimlanishini ta‘minlash bilan bir qatorda, davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarni hal
qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytiradi va O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining davlat hokimiyati organlari tizimidagi o’rnini ancha oshiradi.
2011 yil 12 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish
kiritish to’g’risidagi Qonun bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga
tuzatish kiritildi. Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat
muddati yetti yildan besh yilga qisqartirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |