3.O’zbekistonning eng yangi tarixini o’qitish va o’rganish tizimining tashkil
etilishi.
Mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan o’tmish voqeligi xususida tarixiy adolat qaror
topdi, tarixni ilmiy va xolisona o’rganish imkoniyati yuzaga kelib, 2020-2021 o’quv yilidan
boshlab oliy ta‘lim tizimiga O’zbekistonning eng yangi tarixi fani kiritildi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tarixini chuqur o’rganish
juda dolzarb vazifa ekanini, bugungi tinch-osoyishta kunlarning qadriga yetish, mustaqilligimizni
mustahkamlash haqida to’xtalar ekan, o’sib kelayotgan yosh avlod istiqlolimiz tarixini chuqur
o’rganishi, bunday kunlarga osonlik bilan erishilmaganini tushunib, anglab yetishi zarurligini
doimo ta‘kidlagan edi (Karimov I.A. Inson xotirasi - boqiy, qadr-qimmati - ulug’. // “Xalq so’zi”
gazetasi, 2012 yil 10 may.).
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning O’zbekiston Respublikasi
davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risidagi
Qarorida ham tarixan qisqa davrda mamlakatimizning o’tgan asr oxirida
keskin ijtimoiy muammolar
girdobiga tushib qolgan, aholining hayot darajasi bo’yicha sobiq SSSRda eng oxirgi o’rinlardan
birini egallagan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan, iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan,
qoloq agrar respublikadan bugungi kunda sanoati tez sur‘atlar bilan o’sib, iqtisodiy qudrati va
salohiyati yuksalib borayotgan zamonaviy davlatga aylanganini ochib berish masalasiga alohida
urg’u bergan edi (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’gkazish to’g’risida”gi
Qarori // "Xalq so’zi" gazetasi, 2014 yil 2 iyul).
Shu nuqtai nazardan, O’zbekistonning eng yangi tarixini chuqur o’rganish, bu boradagi ilmiy
tadqiqotlarni, ta‘lim-tarbiya hamda ma‘naviy-marifiy faoliyatning butun tizimini yanada yuqori
13
bosqichga ko’tarish muhim ahamiyatga ega. Bu tarix fani oldida turgan eng dolzarb vazifalardan
biri hisoblanadi.
Yangi tarixni o’rganishda yana bir muhim omil borki, u bugungi kun butun jahon
tadqiqotlari tizimida ustuvor o’rinni egallab kelmoqda. Bu tarixdagi Inson mavzusini tadqiq qilish,
boshqacha aytganda, shaxsning, tarixiy siymoning hamda oddiy insonning uni o’rab turgan
dunyodagi rolini o’rganishdir. Eng muhim vazifa, eng yangi tarixni metodologik va ilmiy asosga
tayangan holda tadqiq etishdan iborat. Biz metodologik asosni chuqur anglab yetsak, tarixni
siyosiylashtirish, qalbakilashttirish va buzib ko’rsatish kabi salbiy holatlarning oldini olgan
bo’lamiz.
O’zbekistonning eng yangi tarixini tizimli o’rganish dolzarbligi tufayli 2012 yil 27 yanvarda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-1694) bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy
va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha Jamoatchilik
kengashi tashkil etilgan edi. Jamoatchilik kengashi va uning ishchi organi bo’lgan
muvofiqlashtiruvchi Markaz o’zining 5 yillik faoliyati davomida istiqlolning dastlabki chorak
asrida amalga oshirilgan ishlar aks etgan turli mavzulardagi monografiyalar, to’plamlar va ilmiy
jurnallarni nashr etish ishini boshqarib, ularning ilmiy-uslubiy va metodologik mazmunini
muvofiqlashtirib bordi.
2016-2017 yildan mustaqil O’zbekiston o’zining yangi rivojlanish pallasiga kirdi. Oldingi
yillarda amalga oshirilgan tub-ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi o’laroq ijtimoiy hayotda sodir
bo’layotgan tub o’zgarishlarni yangicha talqin qilish tarixiy zaruratga aylandi.
O’zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi
tarixini tadqiq etish va o’qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o’quv-metodik, ma‘rifiy adabiyotlarni
tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta‘lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi
mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta‘lim, jamoat
muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish,
yoshlarda, avvalambor, umumta‘lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar
o’quvchilarida, oliy ta‘lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni
shakllantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi Fanlar
akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-2789-sonli qaroriga muvofiq, Oliy va
o’rta maxsus ta‘lim vazirligi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha Jamoatchilik
kengashi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi
tarixi bo’yicha Jamoatchilik kengashiga aylantirildi.
Jamoatchilik kengashi O’zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va o’qitish
samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, o’quv-metodik adabiyotlar, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar
sifatini oshirishga ko’maklashish maqsadida tashkil etilgan, jamoatchilik asosida faoliyat
yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi etib belgilandi.
O’zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo
yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli o’rganishni tashkil
etish, O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, shuningdek,
buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bo’lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa
qo’shgan o’zbek xalqining tarixiy o’tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama
yondashuvlarga, aqidaparastlikka yo’l qo’ymaslik ishlarini muvofiqlashtirish;
-demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning o’zbek modeli
mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni
saqlash bo’yicha keng ko’lamli ishlarni, hozirgi dunyoda O’zbekistonning roli va o’rnini chuqur
o’rganish va yaqqol ochib berish;
-ilmiy, o’quv, o’quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop etish
ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O’zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy
jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O’zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar
sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog’liq holda ko’rib chiqishni ta‘minlash;
14
-O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha ilmiy, o’quv va o’quv-metodik adabiyotlar,
o’quv dasturlari monitoringini olib borish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot, o’quv-metodik ishlarning
sifatini yaxshilash bo’yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;
-fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o’zlikni anglash, yuksak ma‘naviyat, xalqning tarixiy
an‘analari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy
ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar
samaradorligini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga ko’maklashish;
-O’zbekiston tarixi bo’yicha zamonaviy chet el ilmiy va o’quv adabiyotlarini o’rganishga
yo’naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi O’zbekistonning tarixiy o’tmishi,
sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik
islohotlar to’g’risidagi xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazish Jamoatchilik
kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi tarixi
masalalari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Jamoatchilik kengashining ishchi
organi etib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta
maxsus ta‘lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi «O’zbekistonning
eng yangi tarixining dolzarb masalalari» jurnali muassislari qilib belgilandi.
Mazkur Qarorda O’zbekistonning eng yangi tarixini tizimli ravishda tarixiylik va xolislik
prinsiplariga asoslangan holda o’rganishni tashkil etish, shuningdek, u tarixiy-madaniy merosga
ega bo’lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek xalqining tarixiy
o’tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga yo’l qo’ymaslikka
yo’naltirilgan bo’lib, hujjatda O’zbekiston ilmiy jamoatchiligi oldiga o’quv, ilmiy, o’quv-metodik
adabiyotlarni tayyorlash va yangi avlod nashrlarini chop etish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish,
ularda O’zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mingaqaviy jarayonlar bilan, ayni
vaqtda, hozirgi O’zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-
madaniy merosi bilan uzviy bog’liq holda ko’rib chiqishni ta‘minlash kabi vazifalar belgilab
berilgan.
O’zbekistonning eng yangi tarixini bilish shu mamlakat har bir fuqarosi, shuningdek, har bir
soha mutaxassisi uchun jahon tarixi tizimida Vatanimiz tarixining XX asr oxiri va XXI asr
boshlaridagi muhim voqealarini, davlatimiz taraqqiyotining o’ta muhim yo’nalishlarini bilish va
teran anglab yetishga, yangi strategik davrda O’zbekistonning zamonaviy dunyodagi o’rni va roli
hamda davlatimiz rahbari olib borayotgan ichki va tashqi siyosatning ustuvor vazifalari haqida
tasavvur hosil qilishga ko’maklashishi lozim.
O’zbekistonning yangi tarixi bo’yicha ilmiy adabiyotlar yaratish dolzarbligining yana bir
jihati shundan iboratki, globallashuv sharoitida O’zbekiston yoshlari turli mafkuraviy oqimlar
ta‘siriga tushib qolishi mumkin. Bu mafkuralardan ba‘zilari mustaqil O’zbekiston va uning
siyosatini ongli ravishda parokanda qilishga yo’naltirilgani yaxshi ma‘lum. Shu bois, ilmiy va
o’quv fani sifatida O’zbekistonning eng yangi tarixi o’z ichiga axborot xavfsizligi tizimining bir
qismi sifatida ana shunday kuch va oqimlarga qarshi targ’ibotni olishi shart. Bundan tashqari,
O’zbekistonning eng yangi tarixi – konstruktiv tarixiy xotira, vatanparvarlik va faol fuqarolik
pozitsiyasini shakllantiruvchi vosita hamdir Tarix, huquq, iqtisod va falsafa sohalari
mutaxassislarining maxsuli bo’lgan ushbu fanda xronologik yondashuv asosida, mustaqil
davlatchilikning tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot, yangicha huquq tizimining
shakllanishi, tashqi siyosat, milliy munosabatlar va madaniyatga oid masalalar batafsil yoritiladi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov va amaldagi O’zbekiston
Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevlarning davlat rahbari sifatidagi keng qirrali
faoliyatlariga alohida o’rin beriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda Oliy
Majlisga Murojaatnomasida ta‘kidlab o’tganidek: Oldimizga qo’ygan ulkan vazifalarni amalga
oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo’ladigan milliy g’oyani rivojlantirishimiz zarur.
15
Xususan, milliy o’zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o’rganish, bu
borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama
qo’llab-quvvatlashimiz lozim.
O’tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli
bo’lishi zarur.
Afsuski, yurtimiz tarixini o’rganishda o’tgan davrda arxeologik tadqiqotlar yetarli darajada
olib borilmadi.
Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va San‘atshunoslik institutlari
faoliyatini, oliy o’quv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan
birga tashkil etish zarur.
Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va
arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini
kuchaytirishga alohida e‘tibor qaratishimiz kerak (Qarang: Mirziyoyev SH.M.
Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. Asarlar 3-jild. -
T.: “O’zbekiston”. 2020. 24-25 b.)
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2019 yil 11 iyuldagi “O’zbekiston
tarixi” telekanalini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga (PQ-4390) asosan,
Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur o’rganish, ushbu yo’nalishdagi ilmiy-tadqiqot
ishlarini faollashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi asosida
tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va o’z xalqi bilan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish
asosida milliy o’zlikni anglash hissini mustahkamlash va vatandoshlarimiz dunyoqarashini
kengaytirish maqsadida “O’zbekiston tarixi” telekanali tashkil etildi. Telekanal 2019 yil 1
sentabrdan o’z ko’rsatuvlarini efirga uzata boshladi.
O’tgan davr mobaynida “O’zbekiston tarixi” telekanali O’zbekistonning ko’hna va boy
tarixi, xalqimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan g’oyat katta ilmiy, madaniy va
ma‘naviy hissasini yoritishda har bir voqeaning mazmun-mohiyatini izchil va tizimli ochib berish
orqali buyuk tariximizning barcha davrlarini chuqur ilmiy tadqiqotlarning xolisona natijalari
asosida ko’rsatib beruvchi axborot-tahliliy va mavzuli teleko’rsatuvlar, tok-shou, “davra
suhbatlari”ni yuqori professional va g’oyaviy-badiiy saviyada tayyorla boshladi. Telekanal o’z
oldiga quyidagi maqsad-vazifalarni qo’ygan:
-buyuk vatandoshlarimiz – olimlar, mutafakkirlar va aziz-avliyolar, shoir va yozuvchilar,
sarkardalar, davlat arboblarining bebaho merosini keng ko’lamda o’rganish va ommalashtirish
maqsadida ularning hayot yo’li va qahramonligi to’g’risida, shuningdek, dunyo ahamiyatiga ega
bo’lgan O’zbekiston eng yangi tarixining g’oyat yorqin va unutilmas sahifalari haqida hikoya
qiluvchi ilmiy-ommabop dasturlar va hujjatli filmlar turkumlarini yaratish;
-doimiy ishlab turuvchi televizion studiya – “munozara maydonchasi” faoliyatini ta‘minlash,
O’zbekiston tarixi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar natijalarini, madaniy va ko’hna yodgorliklarni
saqlash bilan bog’liq muammolarni, shuningdek, xalqimiz tarixiga taalluqli va umummilliy
ahamiyatga ega bo’lgan boshqa g’oyat muhim masalalarni ochiq muhokama qilish uchun olimlar,
tarixchilar, tadqiqotchilar, o’quvchi-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillarini taklif qilish;
-chet ellarga ijodiy safarlar davomida xalqimizning moddiy va nomoddiy merosi,
O’zbekiston tarixi bilan bog’liq bo’lgan nodir qo’lyozmalar, kitoblarni izlash, amaliy san‟at
buyumlari hamda muzeylar kolleksiyalarida, xorijiy davlatlarning ilmiy markazlarida,
shuningdek, jahon tarixiy merosini o’rganayotgan jamg’armalarda saqlanayotganqimmatli
topilmalarni o’rganish natijalari bo’yicha maxsus teleko’rsatuvlar tayyorlash.
Xorijiy telekanallar, ilmiy-tadqiqot markazlari va jamg’armalar tomonidan tayyorlangan,
jahon tarixining ahamiyatli lavhalarini aks ettiruvchi, shuningdek, O’zbekiston hududida ming
yillar davomida sodir bo’lgan tarixiy jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan voqealar va shaxslar
to’g’risida hikoya qiluvchi ko’rsatuvlarni sotib olish, o’zbek tiliga tarjima qilishni tashkillashtirish
va milliy teleradiokanallar efirlarida joylashtirishga ko’maklashish borasidagi vazifalarni amalga
oshirishda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti, O’zbekiston Milliy Universiteti,
Sharqshunoslik Universiteti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti tarixchi olimlari,
16
shuningdek O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha Jamoatchilik kengashi mas‘ul markaz
sifatida yaqindan ko’mak berib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |