Politexnika instituti


o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan
 foydalanish maqsadga muvofiqdir.
 
O’zbekiston  Prezidenti SH.Mirziyoyev  ta‘kidlaganidek,  o’tmishga  berilgan  baho albatta 
xolisona,  eng  muhimi,  turli  mafkuraviy  qarashlardan  xoli  bo’lishi  zarur  (Oliy  Majlisga 
Murojaatnoma. 28.12.2018).
 


10 
Vatan tarixini yoritish va o’rganishda uni to’g’ri davrlashtirish ham muhim ahamiyat kasb 
etadi.  Uzoq  davr  mobaynida  tarixni  o’zlari  bilganlaricha  davrlashtirishlar  tarixni  yoritish  va 
o’rganish borasida buzilishlarga olib keldi.
 
Sobiq ittifoq tarkibidagi xalqlar tarixi, jumladan, yurtimiz va xalqimiz tarixi sinfiy kurash, 
inqilobiy harakatlarga asoslangan markscha qarashlarga mos holda davrlashtirildi. Shu bois, fanda 
ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga bo’lingan davrlar o’rin oldi.
 
1991  yilgacha  tarixni  davrlashtirish  masalasida  boshqa  yondashuvlar  ham  mavjud  edi. 
Arxeolog  olimlar  mehnat  qurollari  qanday  materialdan  yasalganligini  asos  qilib  olib,  insoniyat 
tarixini  qadimgi  tosh,  o’rta  tosh,  yangi  tosh,  mis-tosh,  bronza,  temir  davrlariga  bo’lgan  edilar. 
Xorij  olimlaridan  L.Morgan  va  F.Engels  tarixni  uch  davrga:  yovvoyilik  (tayyor  tabiat 
mahsulotlarini  o’zlashtirish),  vahshiylik  (chorvachilik  va  dehqonchilikning  vujudga  kelishi)  va 
sivilizatsiya (sanoat rivojlanishi) davriga bo’lgan bo’lsalar, bunday davrlashtirish nomukammal 
ekanligini hayotning o’zi isbotladi va rad etdi.
 
Mustaqillik yillarida tarixga yangicha yondashuv, uni haqqoniy yaratish borasidagi vazifalar 
taniqli tarixchi olimlarni bu masalaga aniq mazmun va mohiyat kiritishiga imkon yaratdi. Taniqli 
tarixchilardan  akademik  A.Asqarov  va  E.Rtveladze  tarixni  davrlashtirish  borasida  bugungi  kun 
nuqtai  nazaridan  kelib  chiqib,  yangi  ijobiy  fikrlarni  oldinga  surdilar.  Masalan,  akademik 
A.Asqarov  jamiyat  hayotida  yuz  beradigan  tub  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar,  O’rta  Osiyo 
tarixining  rivojlanish  darajasi  va  shu  mintaqa  tarixi  taqozo  etgan  holatlardan  kelib  chiqib, 
O’zbekiston tarixini davrlashtirishdagi asosiy omillarni izohlashga harakat qildi.
 
Nazarimizda, har bir davr qaysi asr va yillarni o’z ichiga olishini aniq ko’rsatib va oltinchi 
davrni  O’zbekistonning  eng  yangi  tarixi  davri  deb  nomlab,  quyidagi  tartibda  berish  maqsadga 
muvofiqdir.
 
 
Davrlarning nomlanishi
 
Davrlar asri va nomlanishi
 
 
1.
 
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri
 
Mil.avv. 1 million – III ming yilliklar
 
 
2.
 
Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va
 
Mil.avv.II ming yilliklar – Milodiy IV asr
 
 
rivojlanishi davri
 
3.
 
O’rta asrlar davri
 
Milodiy V – XIX asr o’rtalari
 
 
4.
 
Rossiya imperiyasi
 
XIX asr 2 yarmi – 1917 yil
 
 
mustamlakachiligi davri
 
5.
 
Mustabid sovet hokimiyati
 
1917 – 1991 yillar
 
 
hukmronligi davri
 
6.
 
O’zbekistonning eng yangi tarixi davri
 
1991 yildan bugungi kungacha
 
 
Oltinchi  davrni  O’zbekistonning  eng  yangi  tarixi  davri  deb  nomlashning  muhim  sababi, 
O’zbekiston  1991  yil  31  avgustda  davlat  mustaqilligiga  erishdi  va  o’zining  eng  yangi  tarixini 
boshladi.  Bu  davrda  o’zbek  xalqi  mustaqil  taraqqiyot  yo’lidan  borib,  qisqa  fursatda  asrlarga 
tatigulik sharafli yo’lni bosib o’tdi, jahon miqyosida o’z o’rnini topdi. Shu ma‘noda ushbu davr 
maxsus o’rganilishi kerak bo’lgan xalqimiz tarixining ajralmas qismiga aylandi.
 
Eng  yangi  tarix  –  juda  ko’p  ilmiy  bahs-munozaralar  predmeti.  Ba‘zan  u  tor  ma‘noda 
tushuniladi, ya‘ni so’nggi o’n yilliklar yoki ushbu davrdagi bir avlodning tarixi sifatida; boshqa 
yondashishda esa uning boshlanishi avvalgi tarixiy davrlardan farqli bo’lgan asrning o’ziga xos 
jihatlari  bilan  belgilanadi.  O’zbekistonning  eng  yangi  tarixi  mazkur  yondashuvlarga  muvofiq 
keladi, shu bilan birga, uni davrlashtirish masalasi yuzaga keldi.
 
Eng yangi tarixni davrlashtirish tamoyillari bo’yicha ham turli yondashuvlar mavjud.
 
Ba‘zi olimlar Eng yangi tarix deganda, Yangi davrni, ya‘ni Yevropa va Shimoliy
 
Amerikada kapitalizmning qaror topishi va rivojlanishi davrini tushunishadi. Madaniyatshunoslik 
yondashuvlariga  asoslangan  G’arbdagi  tarix  ilmiy  maktablari  Eng  yangi  tarixni  ilm-fanning 
o’sishi, texnikadagi rivojlanish, shuningdek, ongning sekulyarizatsiyasi bilan xarakterlangan inson 
va jamiyat tafakkuri hamda madaniyatidagi o’zgarishlar bilan asoslashadi.
 
Shu bilan birga, turli ilmiy yo’nalishlarda eng yangi tarix quyidagi holatlar bilan bog’lanadi:
 
1)
 
chet el zulmidan ozod bo’lish; 
2)
 
mustaqil milliy davlat barpo etish jarayoni. 


11 
O’zbekistonning yangi tarixi mustaqillikni qo’lga kiritish va O’zbekiston Respublikasining 
rivojlanish  tarixidir.  Shu  boisdan,  bu  tarixning  boshlanish  nuqtasi  sifatida  sovet  totalitar 
tuzumining so’nggi o’n yilligi davrida O’zbekiston uchun o’ta xavfli voqealarga boy bo’lgan 1989 
yilni  ko’rsatish  mumkin.  Ushbu  voqealar  negizida  esa  inqirozga  yuz  tutgan  ma‘muriy-
buyruqbozlik tizimi, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlarini inobatga olmaslik 
siyosati  va  paxta  yakkahokimligi  oqibatida  ijtimoiy-iqtisodiy  va  ekologik  ahvolning,  insonlar 
hayot darajasining fojiali yomonlashuvi yotar edi. O’zbekiston tarixining eng murakkab davrida 
siyosat maydoniga kelgan Islom Karimovning jasorati, say-harakatlari natijasi o’laroq, respublika 
manfaatlari qat‘iyat bilan himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy parokandalikdan, ichki 
va tashqi nizolardan saqlab qolishga erishildi. Natijada 1991 yilda O’zbekiston mustaqil davlat 
deb e‘lon qilindi. Bu o’zbek xalqi va davlatchiligi rivojlanishida yangi, hal qiluvchi nuqta bo’lib 
qoladi.
 
Ikkinchidan,  O’zbekisgonning  suveren  davlat  sifatidagi  eng  yangi  tarixi  insoniyat  tarixi 
rivojlanishidagi  yangi  bosqichga  to’g’ri  keldi.  Bu  bosqichda  biz  yangi  davrga  qadam 
qo’ymoqdamiz,  ko’z o’ngimizda jahonda butunlay yangi tartib o’rnatilmoqsa.  O’zbekistonning 
eng yangi tarixi esa insoniyat eng yangi tarixining ajralmas qismi sifatida zamonaviy dunyoning 
global voqealari bilan chambarchas bog’liq.
 
Bundan  tashqari,  eng  yangi  tarixni  o’rganish  tarixchilarning  yangi  avlodi  paydo  bo’lishi 
bilan  izohlanadi.  Bu,  o’z  navbatida,  zamonaviy  nazariyada  muhim  hisoblangan  bir  savol  – 
tarixchining jamiyatga berayotgan o’tmish haqidagi bilimlariga nisbatan javobgarligi masalasini 
yuzaga  chiqaradi.  Va  nihoyat,  eng  yangi  tarix  –  uning  zamondoshlari  tarixi.  Biz  barchamiz  – 
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari ushbu tarixning bevosita guvohlari va ijodkorlarimiz.
 
Umumlashtirgan  holda  aytish  mumkinki,  O’zbekiston  Respublikasining  mustaqillik 
yillarida bosib o’tgan yo’lining mazmun-mohiyatini obyektiv baholagan holda, O’zbekistonning 
yangi tarixini quyidagi bosqichlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq.
 
1989-1991  yillarni  qamrab  olgan  birinchi  bosqich.  Mustaqillikka  erishish  arafasida 
mamlakatimiz  keskin  ijtimoiy  muammolar  girdobida  qolib  ketgan  tahlikali  bir  paytda  mavjud 
vaziyatning ijobiy tomonga o’zgartirilishi, yangi avlodga mansub siyosatchi Islom Karimovning 
respublika  rahbari  lavozimiga  kelishi,  O’zbekistonda  mustaqillik  g’oyalarining  pishib  yetilishi, 
davlat mustaqilligi tarixiy tasodif ta‘sirida emas, balki respublikada yuzaga kelgan ziddiyatli va 
murakkab  vaziyatdan  chiqish  yo’l-yo’riqlarini  qidirish  hamda  sobiq  Itgifoq  rahbariyatining 
O’zbekiston  yetakchisi  Islom  Karimov  siyosatiga  qarshi  qaratilgan  fitnalarining  oldini  olish 
yo’lidagi kurashlar bilan xarakterlanadi. Mazkur yillarning alohida davr sifatida e‘tirof etilishida 
I.Karimovning  O’zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida  asaridagi  xronologik  yondashuv 
konseptual asos bo’lib xizmat qiladi.
 
Ikkinchi bosqich – 1991 yildan 2000 yilga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda 
milliy  davlatchilik  asoslari  va  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirishga 
qaratilgan o’tish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo’yildi.
 
Shu davrdan boshlab, bir necha avlod davrida shakllanib kelgan va odamlar ongiga singib 
ketgan kommunistik mafkura aqidasidan voz kechilib, Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan 
Milliy  istiqlol  g’oyasining  asoslari  shakllandi.  Buning  ta‘sirida  demokratik  qadriyatlarning 
hayotdagi  o’rnini  mustahkamlash  imkoniyati  tug’ildi,  mamlakatni  jahon  hamjamiyatiga 
integratsiyasiz  tasavvur  qila  olmaydigan  yangi  avlod  vakillari  maydonga  chiqdi.  Bu 
mamlakatdatub  siyosiy,  iqtisodiy,  ma‘naviy-ruhiy  o’zgarishlarning  bosqichma-bosqich  amalga 
oshirilishida muhim omil bo’ldi.
 
O’zbek  modelining  hayotga  joriy  etilishi  natijasida  tarixan  qisqa  davr  ichida  ma‘muriy-
buyruqbozlikka  asoslangan  eski  sovet  tizimi  o’rniga  milliy  davlatchilik  asoslarini  yuzaga 
keltirishga qaratilgan huquqiy baza yaratildi. Yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, 
ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor 
iqtisodiyotiga o’tish jarayoni boshlandi. Bu davrda mamlakat mustaqilligini mustahkamlash bilan 
bir qatorda, milliy urf-odatlar, an‘ana va qadriyatlarni saqlash hamda taraqqiy ettirish masalalari 
davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
 


12 
2000-2010 yillarni qamrab olgan uchinchi bosqichda mamlakatda demokratik yangilanish 
va  modernizatsiyalash  jarayonlari  amalga  oshirildi.  Ushbu  bosqichning  asosiy  vazifasi  sifatida 
o’tish  davrining  obyektiv  ehtiyoji  hamda  milliy  davlatchilik  asoslarini  mustahkamlashga 
qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o’tish vazifasi kun 
tartibiga qo’yildi.
 
Natijada mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish 
jarayonlari  chuqurlashdi,  inson  haq-huquqlari  va  erkinliklarini  himoya  qiluvchi  mustaqil  sud 
tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy 
faolligi ortib bordi.
 
Shu  bilan  birga,  Islom  Karimovning  ...  erishilgan  bunday  marralar  -  barqaror  rivojlanib 
borayotgan  iqtisodiyotga  asoslangan,  ochiq  demokratik  hukuqiy  davlat  qurish,  inson,  uning 
manfaati, huquq va erkinliklari so’zda emas, amalda oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan, jahon 
miqyosida obro’-e‘tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o’z oldimizga qo’ygan yuksak 
maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo’lning bir qismi, xolos (Karimov I.A.
 
Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini 
rivojlantirish  Konsensiyasi.  19-j.  –T.,  “O’zbekiston”.  2011.  B-39.),  degan  fikrlari  yuqoridagi 
mulohazalarimizni tasdiqlaydi.
 
Mustaqil davlatimiz 2010 yildan boshlab yangi - turtinchi bosqichga qadam qo’ydi. Ushbu 
bosqich  demokratik  islohotlar  va  mamlakatni  modernizatsiyalash  jarayonini  yanada 
chuqurlashtirish bosqichi hisoblanadi.
 
Bu  davrda  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini  demokratlashtirish,  sud-huquq  tizimi, 
axborotlashtirish  sohasini  isloh  etish,  so’z  erkinligini  ta‘minlash,  saylov  qonunchiligini 
takomillashtirish, iqtisodiyotni yanada liberallashtirish maqsadida demokratik bozor islohotlarini 
chukurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
 
2016 yildan O’zbekiston yangi tarixining beshinchi bosqichi boshlandi. Bu davr 2016 yil 
sentabr  oyidan  O’zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  vazifasini  bajaruvchi,  2016  yil  dekabr 
oyidan  esa  umumxalq  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  etib  saylangan 
SH.M.Mirziyoyev faoliyati bilan bevosita boshlanuvchi davrdir.
 
  

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish