O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o’rtasida hamkorlik
munosabatlarining
rivojiga 1991 yil 30 dekabrda O’zbekiston mustaqilligi tan olingan va ular
o’rtasida 1992 yil 29 yanvarda diplomatik munosabatlar o’rnatilgan kunda asos solingan edi.
1992-yil 19-iyunda O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov Janubiy Koreya Respublikasiga
davlat tashrifi bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy-texnikaviy
aloqalarga asos soldi. “ O’zbekiston bilan Janubiy Koreya o’rtasida davlatlararo munosabatlar va
hamkorlik asoslari to’g’risida” deklaratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayirboshlash haqida,
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga mablag‘ sarflaydigan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga
beriladigan kafolatlar haqida bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, ommaviy axborot, sayohat, sport
sohalarida bahamjihat hamkorlik qilishning uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalari belgilab olindi.
Janubiy Koreyadagi DAEWOO Korporatsiyasi rahbariyati bilan Asakada avtomobil zavodi
qurishga kelishildi.
1992-1996-yillarda O‘zDAEWOOavto O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo’shma avtomobil
zavodini loyihalashtirish, qurish ishlari amalga oshirildi. Zavod 1995-yil 25-mart kuni
avtomobillar ishlab chiqarishni boshlab yubordi. O‘zbekiston jahondagi avtomobil ishlab
chiqaruvchi 28-mamlakat bo’ldi.
239
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1999-yil 4-6-oktabr kunlari Koreya Respublikasiga
tashrifi ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikning yanada kengayishida muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. Koreya Respublikasi yangi Prezidenti Kim De Jung bilan I. Karimov XXI asrda yangicha
ruhdagi sheriklik to’g’risida qo’shma bayonot imzoladilar. Koreyadagi yirik Eksimbank bilan
„O‘zDAEWOOavto qo’shma korxonasini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo’yicha
kelishildi. ,,O‘zDAEWOOavto zavodida „Neksiya-2 va „Matiz rusumli avtomobillar ishlab
chiqarish, Toshkentda „DAEWOO rusumli avtodvigatellar ishlab chiqaruvchi korxona barpo etish
loyihalarini amalga oshirishga birgalikda sarmoya ajratish haqida hujjatlar imzolandi va amalga
oshirilmoqda.
O‘zbekiston bilan Koreyaning „Kobul Tekstayl kompaniyasi o’rtasidagi hamkorlik yildan
yilga chuqurlashib bormoqda. Mazkur kompaniya O‘zbekistonga 250 mln AQSH dollari hajmida
sarmoya kiritdi va o’zlashtirildi. „Kobul Tekstayl ishtirokida Toshkent, To’ytepa va boshqa
shaharlarda qo’shma korxonalar barpo etildi va xaridorgir, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqarilmoqda.
Shunday qilib, O‘zbekistonning Koreya Respublikasi bilan hamkorligi kengayib bormoqda.
1999-yilga qadar O‘zbekistonga Koreyadan 1,2 mlrd AQSH dollari hajmida sarmoya kirib keldi
va o’zlashtirildi. O‘zbekistonda 70 dan ortiq Koreya hamkorligida barpo etilgan qo’shma
korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1997-
yildayoq 1 mlrd AQSH dollaridan oshdi.
O’zbek-koreys o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari ravnaqiga O’zbekiston
rahbarining Koreya Respublikasiga 2012 yil 19-21 sentabrdagi tashrifi yangi turtki berdi.
Uchrashuv yakunlariga ko’ra, Qo’shma bayonot qabul qilinib, unda tomonlarning ko’p taraflama
hamkorligi holatiga baho berildi va har taraflama munosabatlarning istiqboldagi ustuvor
yo’nalishlari belgilandi. Ular to’liq ravishda ikki mamlakat xalqlarining uzoqni ko’zlagan
manfaatlariga javob beradi va hamkorliknish amaldagi boy salohiyatini samarali ravishda
ro’yobga chiqarishga ko’maklashadi.
1991-yil 16-19-dekabr kunlari I. Karimov boshliq O‘zbekiston davlat delegatsiyasi
mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo’lib tan olgan mamlakat – Turkiyada bo’ldi. Turkiya
prezidenti Turg’ut O’zol, bosh vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, ishbilarmonlar bilan
amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo’lib o’tdi. Safar chog’ida O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasida
davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to’g’risida shartnoma, konsullik
vakolatxonalarini ayirboshlash to’g’risida protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik
to’g’risida bitim, madaniyat, fan, ta‘lim, sog’liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o’zaro
hamkorlik to’g’risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to’g’risida
bitim, axborot ayirboshlash, televideniye va radioeshittirish bo’yicha hamkorlik qilish haqida
protokollar va boshqa hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlar keyingi yillarda ancha kengaydi. 1992-
yil
28-aprel kuni O‘zbekistonda Turkiya elchixonasi, Turkiyada O‘zbekiston elchixonasi ochildi va
faoliyat ko’rsatmoqda. Hamkorlikni yanada chuqurlashtirishda Turkiya davlati rahbarlari Turg’ut
O‘zol, Sulaymon Demirel, Tansu Chiller, Mesut Yilmazar, Ahmet Sezerlarning O‘zbekistonga
rasmiy tashriflari chog’ida imzolangan hujjatlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki davlat
o’rtasidagi hamkorlik gazlama va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini qayta ishlash, qo’shma korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni
rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar bermoqda. O‘zbekistonda Turkiya
sarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiqroq qo’shma korxonalar barpo etildi. 1996-yil iyun oyida
O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari assotsiatsiyasi – „O‘zavtosanoat Turkiyaning
„Kochxolding konserni bilan Samarqand shahrida „SamKochavto o’zbek-turk qo’shma
korxonasini barpo etish to’g’risida shartnoma tuzdilar. Tez orada bu qo’shma korxona bunyod
etildi va sig’imi o’rtacha avtobuslar hamda 8 tonnagacha yuk ko’taradigan yuk avtomobillarni
yig’ish yo’lga qo’yildi. Ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992-yilda 75
mln AQSH dollarini tashkil etgan bo’lsa, 1998-yilda 275 mln AQSH dollariga ko’paydi.
240
1992-yil 27-28-iyun kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz
Sharifning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarga asos soldi. Safar
kunlarida ,,O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston I. Respublikasi o’rtasida davlatlararo
munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to’g’risida shartnoma, iqtisodiy va savdo hamkorligi
to’g’risida, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, turizm, sport va
ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston va Pokiston o’rtasidagi hamkorlikni O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning
1992-yil 13-14-avgust kunlari Pokistonga rasmiy tashrifi va unda imzolangan hujjatlar yanada
yangi pog’onaga ko’tardi. Ikki davlat o’rtasida suv resurslari, elektrlashtirish, irrigatsiya va
melioratsiya sohasida hamkorlik qilish to’g’risida, pochta va telekommunikatsiya sohasida, davlat
banklari va milliy banklar o’rtasida vakolatxonalar ayirboshlash to’g’risida, investitsiyalar va
sarmoyalarni himoya qilish to’g’risida bitimlar imzolandi.
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Benazir Bxutto 1995-yil may va noyabr oylarida
O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va Markaziy Osiyo
xavfsizligi, Afg’onistonda birodarkushlik urushini to’xtatish masalalari bo’yicha fikr almashildi.
Iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, fan, texnika, sayyohlikni rivojlantirish haqida bitimlar imzolandi.
O‘zbekistonda Pokiston sarmoyalari ishtirokida 120 qo’shma korxona tuzilgan. „Tabani,
„Merkuriy, „Metro, „Laksan Taraka kabi 19 ta yirik firma va kompaniyalar faoliyat
ko’rsatmoqdalar. 1994-yilda O’zbekiston va Pokiston o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 4,3 mln
AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston Pokistonga charm xomashyosi, pilla, shoyi matolar,
shisha, billur, yengil sanoat uchun mashina va uskunalar eksport qilmoqda. Pokistondan esa xalq
iste‘moli mollari, xususan, tayyor kiyimlar, poyabzal, charm buyumlar, kakao va shakar
keltirilmoqda.
1992-yil 24-25-noyabr kunlari respublikamiz Prezidenti I.Karimovning Eron Islom
Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi O‘zbekiston va Eron o’rtasida davlatlararo aloqalarga asos
soldi. Safar chog’ida O’zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Jumhuriyati o’rtasida
davlatlararo munosabatlarning asoslari to’g’risida” deklaratsiya, havo transporti sohasidagi
hamjihatlik to’g’risida memorandum, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi
hamjihatlik to’g’risida memorandum, pochta, telefon va telegraf sohasidagi hamjihatlik to’g’risida
memorandum, davlat Markaziy banklari o’rtasida bitim imzolandi. 1993-yil 18-oktabrda Eron
prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bilan kelishi ikki
mamlakat o’rtasidagi aloqalarni yanada kengayishiga ko’maklashdi. Safar chog’ida tranzit
aloqalarni tartibga solish to’g‘risida hamda xalqaro avtomobil qatnovi to’g’risida bitimlar
imzolandi.
O‘zbekiston bilan Eron o’rtasidagi o’zaro aloqalar transport sohasida keng rivojlandi. 1996-
yilda O‘zbekiston Eron hududi orqali 34 ming tonna yuk tashigan bo‘lsa, 2001-yili bu ko’rsatkich
487 ming tonnani tashkil etdi. 2001-yili O‘zbekiston hududi orqali Eronning 750 ming tonna
tranzit yuki olib o’tildi. O‘zbekiston yuklari, asosan, Eronning Bander Abbos va Chobahor portlari
orqali Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasiga chiqarilmoqda.
2002-yil boshlarigacha Eron tadbirkorlari sarmoyalari ishtirokida mamlakatimizda 50 ga
yaqin O’zbekiston-Eron qo’shma korxonasi barpo etildi va ular, asosan, ishlab chiqarish bilan
shug’ullanmoqda.
2002-yil 26-aprel kuni Eron prezidenti Sayyid Muhammad Hotamiyning O‘zbekistonga
qilgan rasmiy tashrifl paytida O‘zbekiston va Eron o’rtasida imzolangan ikki tomonlama soliqqa
tortilishga yo’l qo’ymaslik, daromad va sarmoya soliqlariga taalluqli ma‘lumotlarni almashish,
transport vositalari haydovchilari uchun viza masalalarini yengillashtirish, O‘zbekiston tovar
ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va tog’-kon sanoati
palatasi o’rtasida hamkorlik to’g’risida hujjatlar ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning
huquqiy asosini yanada boyitdi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrifi bilan Saudiya
Arabistoni, Misrda bo’ldi va ular bilan davlatlararo munosabatlarning asoslari to’g’risida
shartnomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bitimlari imzolandi. Saudiya
241
Arabistoni, Misr davlat va hukumat vakillarining O‘zbekistonga rasmiy safari paytida imzolangan
hujjatlar esa davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonlik
yoshlar Qohira universitetida, „Al-Azxar va „Ayn Shams universitetlarida, misrliklar Toshkent
texnika va agrar universitetlarida tahsil ko’rmoqdalar. Toshkentda Misr Respublikasining fan va
ta‘lim markazi faol ishlab turibdi.
O‘zbekiston bilan Ummon, Qatar va boshqa arab mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli
aloqalari tobora rivojlanib bormoqda.
1992-yilda O‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik
tashkiloti (EKO)ga a‘zo bo’lib kirdi. 1992-yil 10-mayda Ashgabatda O‘zbekiston, Qozog’iston,
Qirg’iziston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Pokiston davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi
bo’ldi. Uchrashuvda Transosiyo temir yo’lini vujudga keltirish maqsadida Tajan-Seraxs-Mashxad
temiryo’li qurish haqida bitimni, bojxona xizmatini tashkil etish, shu soha uchun mutaxassislar
tayyorlash haqida hujjatlarni imzoladilar.
1992-1996-yillarda uzunligi 295 km bo‘lgan Mashxad-Seraxs-Tajan temir yo‘li qurildi.
1996-yil 12-may kuni mazkur temir yo‘lning ochilishiga bagisblangan tantanalar bo‘lib o’tdi, unda
EKO a‘zolari bo‘lgan mamlakatlarning rahbarlari, Rossiya, Ukraina, Belorus hukumatlarining
vakillari, jami 50 mamlakat vakillari qatnashdi. Istanbul-Pekin Transosiyo temir yo‘lining tarkibiy
qismi bo‘lgan Mashxad-Seraxs-Tajan temir yo‘li Osiyo va Yevropa mamlakatlari o’rtasida yuk
tashish muddatini bir haftaga qisqartirdi. Bu temir yo’lning 132 kilometri Turkmaniston hududida
qurildi, uni qurishda o’zbekistonlik yo‘lsozlar faol qatnashdilar, qurilish ishlariga 45 mln AQSH
dollari sarflandi. Ana shu yo‘l orqali O‘zbekiston o’z mahsulotini Anqaragacha yoki Fors
ko’rfazigacha, keyin dunyoning istalgan burchagiga yetkazishi mumkin bo‘lib qoldi.
O‘zbekistonning yirik mamlakat – Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993-yil
23-25-may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda
bo’ldi. Safar kunlarida “ O’zbekiston Respubiikasi bilan Hindiston Respublikasi o’rtasida
davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari to’g’risida” shartnoma, foyda va mulkka ikki
yoqlama soliq solmaslik to’g’risida, havo yo’llari to’g’risida va savdo-iqtisodiy hamkorlik
to’g’risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston Prezidenti 1. Karimovning 1993-yil 17-19-avgust kunlari Hindistonga rasmiy
tashrifi chog’ida ikki mamlakat o’rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy hamkorlik
to’g’risida bitim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy axborot
sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim imzolandi. O‘zbekiston bilan Hindiston o’rtasidagi
hamkorlik kengayib bormoqda. 1995-yil 25-avgust kuni Toshkent shahrida Hindistonning „TATA
Projekts LTD firmasi tomonidan qurib bitkazilgan 600 o’rinli salomatlik zali, majlislar xonasi,
servis xizmati, yer osti garaji, sauna, barlari, katta restoranlari bo‘lgan zamonaviy
mehmonxonaning ochilishi fikrimizning dalilidir.
Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini I. Karimovning 2000-yil 1-3-may kunlari
Hindistonga qilgan safari yanada yuqori pog’onaga ko’tardi. Safar paytida O‘zbekiston Prezidenti
Hindiston prezidenti va Bosh vaziri bilan muzokaralar olib borib, uning yakunida 10 ga yaqin
hujjatlar imzolandi. Ular orasida xalqaro jinoyatchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik
moddalar va qurol-yarog’ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan O‘zbekiston
bilan Hindiston o’rtasida hamkorlik to’g’risida Qo’shma bayonot, jinoyat qidiruv ishlarida
huquqiy yordam va ekstraditsiya to’g’risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek,
iqtisodiy, madaniy, ta‘lim, axborot, bojxona sohalari bo’yicha hamkorlik qilish haqidagi hujjatlar
imzolandi.
O’zbekiston va Hindiston o’rtasida o’zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin
hujjatlar qabul qilingan. O‘zbekistonda 2000-yilda Hindiston bilan hamkorlikda tashkil etilgan 30
ga yaqin qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston tashqi siyosatida yangi industrial rivojlanayotgan mamlakatlar bilan yaqin
munosabatlar va hamkorlik o’rnatish hamda rivojlantirishga ham katta e‘tibor berilayotir. Janubi-
sharqiy Osiyoning O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatidagi o’ziga xos o’rni shu bilan
belgilanadiki, bu mintaqa o’nta rivojlanayotgan mamlakatni o’z ichiga oladi. Ular orasida ijtimoiy-
242
iqtisodiy hayot darajasi va rivojlanish sur‘atlari bo’yicha Indoneziya, Malayziya, Singapur va
Tailand kabi mamlakatlar ajralib turadi. Ularning mustamlaka muteligidan qutulgandan so’ng
to’plagan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar borasidagi tajribasi yangi mustaqil mamlakatlar
uchun asqotishi mumkin.
O‘zbekistonning Tinch okean havzasi mamlakatlari – Malayziya va Indoneziya bilan
davlatlararo aloqalari o’rnatildi. Bu borada O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat
delegatsiyasining 1992-yil iyun oyidagi Malayziya va Indoneziyaga safari muhim ahamiyatga
egadir. Safar kunlarida O‘zbekiston va Malayziya o’rtasida iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik
to’g’risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston va Indoneziya o’rtasida diplomatik
aloqalar o’rnatish bo’yicha qo’shma axborot, ikki tomonlama munosabatlar bo’yicha qo’shma
bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi.
1995-yil 8-10-aprel kunlari Indoneziya Respublikasi prezidenti Suxarto rasmiy tashrif bilan
O‘zbekistonda bo‘ldi. Muzokaralar nihoyasida O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov va Indoneziya
Prezidenti Suxarto O‘zbekiston Respublikasi bilan Indoneziya Respublikasi o’rtasidagi
munosabatlar va hamkorlik tamoyillari to’g’risidagi qo’shma bayonnoma imzoladilar. Ikki
mamlakat hukumatlari o’rtasidagi sayyohlik sohasidagi hamkorlik haqidagi memorandum hamda
ikki mamlakat poytaxtlari oralig’ida samolyotlar qatnovini yo‘lga qo’yish to’g’risidagi
hukumatlararo bitim imzolandi.
O‘zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Vetnam Sotsialistik Respublikasi,
Kambodja, Tailand, Avstraliya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalari yo’lga
qo’yildi, iqtisodiy va madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |