MDHning tashkil topishi va ko’ptomonlama hamkorliklar.
1991 yilning avgust-sentabr oylariga kelib sobiq SSSR tarkibidagi barcha 15 ta respublika
o’zini mustaqil davlat deb e‘lon qilingan bo’lsa-da, SSSR Prezidenti, parlamenti, hukumati o’z
faoliyatini tugatmagan edi.
1991 yil 8 dekabrda Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari Belovejskoe Pushcheda (Minsk,
Belorus) Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)ni tuzish to’g’risidagi Bitimni imzoladilar. 1991
yil 13 dekabrda Ashxabodda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston
Davlat boshliqlari uchrashib, MDHni tuzish to’g’risida Minskda imzolangan Bitimni muhokama
qildilar va Bayonot qabul qildilar
.
1991 yil 21 dekabrda Almatida MDni tuzish to’g’risidagi Bitimga Ozarbayjon, Armaniston,
Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston ham imzo
qo’ydilar. Shu kuni ushbu davlatlar rahbarlari Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari bilan
birgalikda «Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining maqsad va tamoyillari to’g’risidagi
Shartnoma»ni imzoladilar.
Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank tizimi bo’lishi, fan,
ta‘lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinishi, tashqi siyosat va armiya sohasidagi
siyosat kelishilgan holatda yuritilishi qayd etildi. Mazkur hujjatda SSSR davlatining faoliyati va
SSSR Konsitusiyasi to’xtatiladi, deb e’lon qilindi.
Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi
.
MDH davlatlari boshliqlarining Almati
kengashi maxsus qaror qabul qilib, Hamdo’stlik a‘zolari bo’lgan davlatlarning BMT Nizomi
bo’yicha majburiyatlarni bajarish niyatida ekanligini va BMTga a‘zo bo’lish istaklarini bildirdilar.
1993 yilda MDHga Gruziya qo’shildi. Bu bilan MDHga a‘zo bo’lgan davlatlar soni 12 taga
yetdi. MDH oldida katta muammolarni yechish uchun Hamdo’stlik mamlakatlari davlat va
hukumat boshliqlari tez-tez uchrashib, muhim hujjatlar va tadbirlar ishlab chiqdilar.
223
Jumladan, 1991 yil 30 dekabrda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining Kengashida MDH
mamlakatlari o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan muhim masalalar
ko’rib chiqildi.
1992 yil 15 mayda Toshkentda o’tkazilgan MDH mamlakatlarining navbatdagi Kengashida
moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik haqida, havo bo’shlig’idan foydalanish haqida, kosmik
dasturlarni bajarishga pul ajratish to’g’risida, chegara qo’shinlarini pul bilan ta‘minlash
to’g’risida, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida bitimlar va boshqa hujjatlar imzolandi.
1994 yil 21 oktabrda Moskvada o’tkazilgan MDH davlat boshliqlarining Kengashida asosiy
e‘tibor MDH mamlakatlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalaga qaratildi. MDH davlatlari
o’rtasida integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida memorandum imzolandi.
Unda iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari
belgilab berildi. Mazkur Kengashda Davlatlararo iqtisodiy qo’mita (DIQ) tuzildi. DIQning
maqsadi MDH a‘zolari o’rtasida iqtisodiy aloqalarni tartibga solish, integratsiya jarayonlarini
samarali rivojlantirishni ta‘minlashdan iborat, deb belgilandi. DIQning shtab-kvartirasi Moskva
shahri deb belgilandi.
1995 yil 10 fevralda Almatida MDH mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining
uchrashuvi bo’lib o’tdi. Unda MDH a‘zolari bo’lgan mamlakatlar chegaralarini qo’riqlashda
hamkorlik qilish konsepsiyasi muhokama qilindi. Ammo masalaning xarakteri va mazmuni haqida
bir-birlariga mos bo’lmagan turli fikrlar bildirildi.
Jumladan, O’zbekiston tomoni milliy tizimlardan ustun turadigan tuzilmalar, ayniqsa, harbiy
tuzilmalar tuzishga qarshi ekanligini bildirdi.
MDH davlat boshliqlarining 1996 yil 17 may, 1997 yil 28 mart va 1998 yil 29 aprel kunlari
Moskvada, 1997 yil 23 oktabrda Kishinevda o’tkazgan Kengashlarida integratsiya jarayonlarini
tezlashtirish konsepsiyasi, uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi birgalikda
kurash dasturi, MDH doirasida qabul qilingan hujjatlarning bajarilish ahvoli, MDHning
istiqbollari, MDH organlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 2006 yil 8 sentabrda Qozog’istonning Semipalatinsk shahrida I.Karimov
tashabbusi bilan ilgari surilgan Afg’oniston va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va
barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish bo’yicha
shartnoma imzolangani mintaqaviy xavfsizlikni ta‘minlashda muhim qadam bo’lib xizmat
qilmoqda. Buning yorqin amaliy ifodasi sifatida 2009 yil mart oyida Markaziy Osiyoda yadro
qurolidan xoli hudud haqidagi shartnomaning kuchga kirgani olamshumul tarixiy ahamiyat kasb
etdi.
MDH tashkil etilgandan beri o’tgan davrda hammasi bo’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-
siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli
hujjatlar imzolandi. Hamdo’stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta
mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bormoqda. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati
qog’ozda qolib ketdi. O’tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning
samarali mexanizmi yaratilmadi, o’zaro hisob-kitoblar hozirgi kungacha muvofiqlashtirilmadi.
O’zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun‘iy ravishda joriy etiladigan integratsiyaga
hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarni – parlament, ko’plab amaldorlar ishlaydigan
ma‘muriy idoralar, harbiy-siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. O’zbekiston mustaqillik va
integratsiyani uyg’unlashtirish tarafdori, MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi
sifatida ko’rishni xohlaydi.
Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti. 2001-yil 28-dekabr kuni Toshkentda MOIH
davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo‘lib o’tdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish,
mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta‘minlash masalalari muhokama qilindi va Toshkent
bayonoti imzolandi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini to’xtatishga qaror qilindi.
I.Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotini tuzishga
kelishib olindi.
2002-yil 28-fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining
uchrashuvi bo‘lib o’tdi. Muzokaralar yakunida prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorligi
224
tashkilotini ta‘sis etish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. Shu tariqa MOH tashkiloti huquqiy
jihatdan rasmiylashdi. MOH tashkilotining raisi etib I.Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi
nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa
turdagi aloqalar ko‘lamini kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadi. Har bir a‘zo mamlakatdan
bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4
ta vakil MOH tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirish, a‘zo mamlakatlarining integratsiya
jarayonlarini faollashtirish borasidagi nuqtayi nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan
hujjatlarning ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug’ullanmoqda.
MOH tashkilotining tashkil etilishi, uning a‘zolari bo‘lgan 4 ta mamlakat o’rtasidagi o’zaro
manfaatli aloqalarni yangi pog’onaga ko’tardi.
MOH tashkilotiga a‘zo davlat boshliqlarining 2002-yil 6-7-iyul kunlari Oqtov
(Qozog’iston), 5-6-oktabr kunlari Dushanbe (Tojikiston) sammitlari bo‘lib o’tdi. Toshkentda yil
noyabr oyida MOH tashkilotiga a‘zo davlatlar parlamentlari rahbarlari hamda ishbilarmon
doiralari vakillarining forumlari bo‘lib o’tdi.
2002-yil 27-dekabrda va 2004-yil 28-mayda Astana shahrida bo‘lib o’tgan MOH
tashkilotiga a‘zo davlat boshliqlarining sammitlarida mintaqaviy xavfsizlik, Orol inqirozi,
noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilik, narkotik kontrabandasi, umumiy bozor barpo etish,
suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, transport tizimining umum mintaqaviy
infratuzilmasini barpo etish kabi masalalar muhokama etildi. Mazkur masalalar bo’yicha
hamkorlik qilishga qaratilgan qo’shma kommyunike va bitimlar imzolandi.
2017 yildan “O’zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo’nalish”
tamoyilini amalda tatbiq etishga kirishildi. Natijada mintaqamizda mutlaqo yangi siyosiy muhit
yaratildi, o’zaro ishonch va yaxshi qo’shnichilik asosidagi aloqalar mustahkamlana boshlandi.
2017 yilda Turkmaniston va Qirg’iziston bilan strategik hamkorlik o’rnatildi. Qozog’iston
bilan strategik hamkorligimizni yanada chuqurlashtirish borasida bir qator muhim hujjatlar
imzolandi, 2 milliard dollar miqdorida iqtisodiy bitimlar tuzildi. Tojikiston bilan hamkorligimiz
har tomonlama mustahkamlandi. Toshkent va Dushanbe shaharlari o’rtasida aviaqatnov yo’lga
qo’yildi. Qirg’iziston bilan davlat chegaralari to’g’risidagi bitimning imzolanishi Markaziy
Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlashga qaratilgan katta qadam bo’ldi.
Orol muammolarini hal qilish tomon tutilgan y o’l. 1993-yil mart oyida Qizil O‘rdada
Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo’lib
o’tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo’yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini
sog’lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlash sohasida birgalikda qilinadigan
harakatlar to’g’risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi
Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta‘sis etildi.
Uchrashuv qatnashchilari BMT Bosh kotibi Butros G’oliyga maktub yo’llab, Orol bo’yidagi
murakkab ahvol va ro’y bergan muammolarni hal etish uchun belgilangan chora-tadbirlar haqida,
shuningdek, Orol dengizi havzasi muammolarini hal qilishga xalqaro hamjamiyatning diqqat-
e‘tiborini jalb qilish zarurligi to’g’risida uni xabardor etdilar.
1993-yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi
Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo’shma majlisi bo’ldi. 1994-
yil 11-yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi
davlat delegatsiyasi ishtirokida konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada Orol dengizi
havzasidagi ahvol bilan bog’liq ko’pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi
mablag‘lari qanday to’planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma‘qullandi. Ekologik vaziyatni
yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilandi. Orol
dengizini qutqarish bo’yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya
organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston rahbariyati mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o’rtasida teng huquqli va o’zaro
manfaatli hamkorlik o’rnatib, uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-baqadam
amalga oshirib bordi. Tojikiston xalqi boshiga musibat tushganda O‘zbekistonning bergan siyosiy
225
va iqtisodiy madadi, Orolni qutqarish harakatida O‘zbekistonning faol ishtiroki fikrimizning
dalilidir.
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH). 1994-yil 10-yanvar kuni O‘zbekiston bilan
Qozog’iston o‘rtasida, 1994-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston bilan Qirg’iziston o’rtasida yagona
iqtisodiy makon to’g’risida shartnoma imzolandi. 1994-yil 30-aprelda Cho’lponota shahrida
O‘zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o’rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to’g’risida uch
tomonlama shartnoma imzolandi.
Uch davlat Prezidentlarining 1994-yil iyul oyi boshida Almati shahrida bo’lib o’tgan
uchrashuvi ham bu uch qardosh mamlakatlar xalqlari o’rtasidagi munosabatlarni
mustahkamlashda yana bir yangi qadam bo’ldi. Unda o’zaro integratsiyani kuchaytirish bo’yicha,
Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish to’g’risida bitimlar imzolandi. Tomonlar
dalvatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh vazirlar kengashi,
Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta‘sis etdilar. Bunday yagona
muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organlarining paydo bo’lishi O‘zbekiston, Qozog’iston va
Qirg’iziston o’rtasida integratsiya uchun huquqiy zaminni yanada mustahkamladi. Markaziy
Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa Markaziy Osiyo iqtisodiy
hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.
Tashkilotning 1995-yil 14-aprel kuni Chimkentda, 1995-yil 15-dekabrda Jambulda, 1997-
yil 9-10-yanvar kunlari Bishkekda (uch qardosh davlatlar o’rtasida abadiy do’stlik haqida
shartnoma imzolandi), 1997-yil 12-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining yangi poytaxti –
Astana shahrida, 2000-yil 20-21-aprel kunlari Toshkentda va 2000-yil 14-iyulda tashkilotga 1998-
yilda a‘zo bo‘lgan Tojikiston poytaxti Dushanbeda bo’lib o’tgan kengashida iqtisodiy integratsiy
muammolari hal etib borildi. Dushanbe Kengashida MOIH ning 2002-yilgacha bo’lgan muddatda
yagona iqtisodiy makonni yaratish bo’yicha birinchi navbatdagi say-harakatlari dasturi to’g’risida,
2005-yilgacha bo’lgan muddatda integratsiyani rivojlantirish strategiyasi haqida qarorlar qabul
qilindi.
Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YOIH). 2005-yil 6-7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg
shahrida bo‘lib o’tgan Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti Davlat rahbarlarining kengashida
o’tgan davrda qilingan ishlar sarhisob qilindi. Kengashda Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo
etish konsepsiyasi tasdiqlandi. MOHning bu galgi sammiti Yevrosiyoda integratsiyalashuv
jarayonidagi burilish nuqtasi bo‘ldi. O‘zbekiston rahbarining tashabbusi bilan MOH va Yevrosiyo
iqtisodiy hamjamiyati negizida yangi YOIHni shakllantirishga qaror qilindi. Negaki, bu ikki
tashkilotning maqsad va vazifalari deyarli farq qilmas edi. Ikki tashkilotning qo’shilishi natijasida
yirik geografik makonda yanada faol yangi integratsiya uchun keng yo’l ochildi. YOIH Rossiya,
Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston o’rtasida 1995-yilda tuzilgan Bojxona ittifoqi
negizida tashkil topgan edi. YOIHning 2006-yil 24-25-yanvar kunlari Sankt-Peterburg shahrida
bo‘lib o’tgan Sammitida O‘zbekiston unga a‘zo bo‘lib kirdi. Mazkur sammitda O‘zbekistonning
YOIHni ta‘sis etish to’g’risidagi shartnomaga qo’shilishi to’g’risidagi protokol, „YOIHni ta‘sis
etish to’g’risidagi shartnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi Qarorlar
imzolandi.
YOIH tashkiloti unga a‘zo mamlakatlar o’rtasida integratsiyani rivojlantirishga, yagona
umumiy bozorning shakllanishiga, Bojxona ittifoqiga, erkin savdo zonasining tashkil topishiga
ko’maklashadi.
2020 yilga kelib O’zbekistonning tashqi savdoga chiqadigan yuklari 80 foizi Qozog’iston,
Qirg’iziston va Rossiyaning tranzit yo’laklari orqali o’tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz
eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo’yicha esa 80 foizi Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston
hissasiga to’g’ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog’istonga ishlash
uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda
O’zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog’liq masalalar
chuqurlashmoqda (Qarang. O’z.R Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2020).
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti. 1996-yilda Shanxayda, 1997-yilda Moskvada bo‘lib o’tgan
Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy
226
sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish
to’g’risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa „Shanxay forumi“ yoki „Shanxay beshligi“
tashkiloti tuzilgan edi.
2001-yil 14-15-iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Uning ishida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov qatnashdi va O‘zbekistonning „Shanxay forumiga
to’la huquqli a‘zo bo’lishi to’g’risida bayonot imzolandi.
O‘zbekiston „Shanxay forumiga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay Hamkorlik
Tashkiloti – SHHT, deb o’zgartirildi. O‘zbekiston uning asoschilaridan biri bo’ldi.
2001-yil iyunda bo’lgan Sammit yakunida Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish
to’g’risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachihk va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi
Shanxay konvensiyasi imzolandi.
Deklaratsiyada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining maqsadi a‘zo mamlakatlarning bir-biriga
o’zaro ishonchi, do’stlik va qo’shnichilikni mustahkamlash, ular orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta‘lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalardagi samarali
hamkorlikni rag’batlantirishdan iborat ekanligi belgilab qo’yilgan.
SHHT doirasida a‘zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlarining Kengashi, Mudofaa
vazirliklarining Kengashi tuzilgan va faohyat yuritmoqda. Davlat va hukumat, tashqi ishlar va
mudofaa vazirliklari, huquq-tartibot, xavfsizlik organlari rahbarlari va ekspertlarining
uchrashuvlari va maslahatlashuvlari muntazam o’tkazilmoqda. Hamkorlik faoliyatini
muvofiqlashtirish, tegishli organlarning bahamjihat harakatini ta‘minlash maqsadida a‘zo
davlatlarning Milliy muvofiqlashtiruvchilar Kengashi (MMK) tashkil etilgan. MMK 2001-yilning
iyun oyida Tashqi ishlar vazirlari imzolagan nizom asosida faoliyat yuritmoqda. 2002-yil-ning 24-
aprelida Almati shahrida bo’lib o’tgan a‘zo davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining
uchrashuvida chegara xizmatlari faoliyatining, xususan, terrorchilik, g’ayriqonuniy muhojirlik va
narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurash bo’yicha harakatlarni muvofiqlashtirish
masalalari kelishib olindi.
2002-yil 6-7-iyun kunlari SHHT ga a‘zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-
Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida SHHTga a‘zo davlatlar
rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta‘sis hujjati – SHHT Xartiyasi, SHHTga a‘zo
davlatlar o’rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. Xartiya imzolanishi
bilan SHHT doirasidagi tashkiliy-huquqiy ishlar nihoyasiga yetdi. SHHT ochiq tashkilot bo‘lib,
o’zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjihatlik tamoyillari asosida faoliyat yuritmoqda.
2003-yil 29-may kuni Moskvada bo‘lib o’tgan sammitda SHHT ning doimiy amal qiluvchi
idoralari – Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya
qo’mitasini ishga tushirishga qaror qilindi. Bu tashkilotlar 2004-yil 1-yanvardan boshlab ish
boshladilar.
2003-yil sentabrda Pekinda SHHT davlatlari hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) Kengashi
bo‘lib o’tdi, uning qarori bilan ko’p tomonlama hamkorlikning uzoq muddatli dasturi ishlab
chiqildi va tasdiqlandi. SHHT doirasida a‘zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklari, iqtisodiy
va savdo vazirliklari, xavfsizlik kengashlari o’rtasida muntazam aloqalar yo‘lga qo’yildi.
2004-yil 17-iyun kuni Toshkentda SHHT ga a‘zo davlatlar rahbarlarining Sammiti bo‘lib
o’tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha muzokaralar
bo‘ldi. Sammitda 2004-yil mart oyida O‘zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat
O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi
qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron
terrorchilik xavfi paydo bo‘lganligi, terrorchilarning bazalarini yo’qotish, odamlarning ongini
zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish
zarurligi ta‘kidlandi.
Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va
bojxona qo’mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali
terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklatiladi.
227
SHHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga
alohida e‘tibor berildi. Sammitda SHHT a‘zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari
boshlaydigan tashkilotdir, deb ta‘kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi
yo’nalishlarini rag’batlantirishga kelishib olindi:
-transport infratuzilmasini rivojlantirish;
-tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o’zlashtirish; -suv-energetika zaxiralaridan unumli
foydalanish;
-ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish; -fan-texnika va
yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish;
-investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi to’siq
va muammolarni bartaraf etish.
Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari
to’g’risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga
qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir
hujjatlar – jami o’nta hujjat imzolandi.
2010-yil 11-iyun kuni Toshkentda SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi 10-
majlisi bo’lib o’tdi. Davlat rahbarlari ko’p tomonlama va o’zaro hamkorlikni rivojlantirish,
dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar, muammolar bo’yicha fikr almashadilar. Kengashda
kuzatuvchi va mehmon maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari – Turkmaniston,
Pokiston va Mo’g’uliston Prezidentlari hamda Eron va Hindiston respublikalari tashqi ishlar
vazirlari ishtirok etdilar. Sammitda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlikni
mustahkam masalalariga alohida e‘tibor berildi.
Muzokaralar yakunida SHHT Davlat rahbarlarining deklaratsiyasi, SHHTda yangi a‘zolarini
qabul qilish tartibi to’g’risida Nizom, SHHT MATT kengashining 2009-yildagi faoliyatiga doir
hisoboti tasdiqlandi. SHHT Davlat rahbarlari kengashi 10-majlisi yakunlari to’g’risida axborot
qabul qilindi. Shuningdek, SHHTga a‘zo davlatlar hukumatlari o’rtasida qishloq xo’jaligi sohasida
va jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitimlar imzolandi.
Muxtasar aytganda, O‘zbekiston tarixan qisqa vaqtda dunyo hamjamiyati tomonidan e‘tirof
etildi. Nufuzli xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo’ldi.
O’zbekiston tashqi siyosatida Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan yaqin aloqalar o’rnatish va
rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
Yevropa Ittifoqi, avvalambor, bugungi kunga kelib, a‘zolari 27 Evropa davlatidan iborat
integratsiya birlashmasidir. Ushbu Ittifoq izchil ravishda imzolangan bir qator shartnomalarga
asoslanib, ularning asosiy maqsadi urushdan keyingi Yevropada tinchlik va barqarorlikni
ta‘minlash va a‘zo-davlatlarni iqtisodiy integratsiya yo’li bilan birgalikda rivojlantirishdir.
O’zbekiston uchun Yevropa Ittifoqi ishonchli sherik hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi bilan
yaqinlashish va hamkorlikka intilar ekan O’zbekiston uning yordamida transport, energetika.
Moliya sohasi, xususiylashtirish, ilm-fan, ta‘lim, atrof muhitni muhofaza qilish, shuningdek
demokratiya va inson huquqlari sohasi bilan bog’liq keng qamrovli muammolarni hal etishga
harakat qiladi.
O’z navbatida Yevropa Ittifoqi, o’zining tashqi siyosiy faoliyati tamoyillari va
manfaatlaridan kelib chiqqan holda, sobiq sovetlar makoni davlatlarini iqtisodiy jihatdan kuchli
va barqaror, Yevropa mamlakatlari uchun ishonchli va teng huquqli sherik sifatida ko’rishni
istaydi. Shunday ekan, sobiq sovetlar makonida yangi mustaqil davlatlar tashkil bo’lgan dastlabki
yillardan boshlab Yevropa Itttifoqi tomonidan Markaziy Osiy mintaqasida O’zbekiston
Respublikasi bilan o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatilishi va rivojlantirilishiga ko’proq e‘tibor
qaratildi. YEIning O’zbekistondagi vakolatxonasi boshlig’i Olivye Alle ta‘kidlaganidek,
O’zbekiston G’arb va Sharq yo’llari kesishgan yerda joylashgani tufayli Markaziy Osiyoda
nafaqat eng qulay geografik mavqega ega, balki ko’p qo’shnilaridan o’zining ijtimoiy-siyosiy
barqarorligi, keng yoyilgan iqtisodiy infratuzilmalari bilan ham ajralib turadi.
Obyektiv sharoitlar va ikki tomonning yaqinlashishga intilishi O’zbekiston Respublikasi va
Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarining rivojlanishi uchun
228
mustahkam asos yaratdilar. U ikki bosqichga bo’linadi. Ularning birinchisi 1992 yilda o’zaro
anglashuv memorandumi imzolangan vaqtdan boshlanib, O’zbekiston Respublikasi va Yevropa
Ittifoqi o’rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim kuchga kirgunga qadar bo’lgan
davrni o’z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich 1999 yilda O’zbekiston Respublikasi va YEI o’rtasidagi
ushbu bitim kuchga kirgan kundan boshlanadi.
O’zbekiston va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarini ko’rsatilgan har bir
bosqichda rivojlantirish ikki yo’nalishda amalga oshirildi. Birinchi yo’nalish bu O’zbekiston
Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimni imzolash
istiqbollari va uni kelajakda hayotga tatbiq etish bilan bevosita bog’liq siyosiy va iqtisodiy
yo’nalishdir. Ikkinchi yo’nalish tomonlar o’rtasida memorandum imzolangan vaqtdan boshlab
Yevropa Ittifoqining TASIS ilmiy-texnik ko’maklashu dasturini amalga oshirish bilan bevosita
bog’liq bo’lib, islohotlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.
YEI bilan hamkorlik mamlakat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining ustuvor
yo’nalishi ekanidan kelib chiqqan holda O’zbekiston rahbariyati 1994 yilning mart oyida u bilan
Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimni imzolash tashabbusi bilan chiqdi. Tomonlarning
o’zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga bo’lgan ikki taraflama intilishlaridan kelib chiqqan
holda tayyorgarlik ko’rish jarayoni bo’ldi (Uzbekistan-Yevropeyskiy Soyuz: vajniy shag na puti k
yevropeyskoy integratsii. - T.:Informatsionnoye agentstvo «Jaxon». – 1996. - S. 5.).
Tomonlarning keng hamkorlik qilish bo’yicha eng asosiy hujjatni imzolashga
tayyorgarliklari yakuni 1996 yilning 21 iyunida Florensiyada (Italiya), Forteza da Basso qal‘asida
YEI a‘zo-mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi va
Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimni imzolash marosimi bo’ldi.
Hujjat O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov va o’sha paytda YEI Kengashining amaldagi raisi
bo’lib turgan Italiya Vazirlar kengashi raisi Romano Prodi va YEI 15 a‘zo-davlatlari tashqi ishlar
vazirlari tomonidan imzolandi.
1999 yilning 1 iyuli ham O’zbekiston va YEI o’zaro munosabatlari tarixiga alohida sana bo’lib
kiradi. Bu kunda O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi sheriklik va hamkorlik
to’g’risidagi bitim, YEI 15 a‘zo mamlakati milliy parlamentlari va Yevropa parlamenti tomonidan
murakkab ratifikatsiya taomilini o’tib, to’la kuchga kirdi. Bu O’zbekiston Respublikasi va Yevropa
Ittifoqi o’rtasida Sheriklik va hamkorlik munosabatlarining qonuniy asosda rasmiylashtirilganini
anglatadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu bitimga yuqori baho berib, ta‘kidlagan ediki:
Do'stlaringiz bilan baham: |