Politexnika instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

203 
 
 


204 
5. Orol muammosi. 
Ma‘lumki,  o‘tgan  asrning  50-60-yillariga  qadar  Orol  dengizi  kattaligi  jihatidan  dunyoda 
to‘rtinchi  dengiz  hisoblanar  edi.  Sovet  davrida  paxta  yakkahokimligi  tufayli  suv  resurslaridan 
nooqilona foydalanilishi, Amudaryo va Sirdaryo o‘zanlariga suv omborlarining qurilishi va asosiy 
suv  oqimining  ekin  maydonlariga  sarflanishi  tufayi  70-80-yillardan  boshlab  dengizning  hududi 
keskin ravishda  qisqarib keta boshladi. Shu tariqa ilmiy  adabiyotlarda  Orol muammosi atamasi 
paydo bo‘ldi. Orolning qurish tufayli mintaqa flora va faunasi inqirozga uchrab, iqlim va atmosfera 
havosining buzilishi tufayli ekologik halokat yuzaga keldi. Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 
million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bo’ldi. Har yili 100 million tonna qum 
va  tuz  havoga  ko’tarilmoqda.  Bu  esa  Orol  halokati  global  muammo  ekanini  yana  bir  bor 
isbotlamoqda.
 
1993-yil mart oyida Qizil O‘rdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat 
delegatsiyasi  ishtirokida  anjumani  bo’lib  o’tdi.  Anjumanda  Orol  dengizi  va  Orolbo’yi 
muammolarini  hal  etish,  Orol  mintaqasi  ekologiyasini  sog’lomlashtirish  va  ijtimoiyqtisodiy 
taraqqiyotni  ta‘minlash  sohasida  birgalikda  qilinadigan  harakatlar  to’g’risida  bitim  imzolandi. 
Orol  dengizi  havzasi  muammolari  bilan  shug’ullanuvchi  Davlatlararo  kengash  tuzildi.  Orolni 
qutqarish xalqaro jamg’armasi ta‘sis etildi.
 
Uchrashuv qatnashchilari Qozog’iston, Qirg’iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston 
va Rossiya nomidan BMT Bosh kotibi Butros G’oliyga maktub yo’llab, Orol bo’yidagi murakkab 
ahvol  va  ro’y  bergan  muammolarni  hal  etish  uchun  belgilangan  chora-tadbirlar  haqida, 
shuningdek,  Orol  dengizi  havzasi  muammolarini  hal  qilishga  xalqaro  hamjamiyatning  diqqat-
e‘tiborini jalb qilish zazurligi to’g’risida uni xabardor etdilar.
 
1993-yil  avgustda  Nukusda  Orol  dengizi  havzasi  muammolari  bilan  shug’ullanuvchi 
Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo’shma majlisi bo’ldi. 1994-
yil  11-yanvarda  Nukusda  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  boshliqlarining  Rossiya  Federatsiyasi 
davlat  delegatsiyasi  (Yuriy  Yakovlev,  RF  Bosh  vaziri  o’rinbosari)  ishtirokida  konferensiyasi 
bo’lib  o’tdi.  Konferensiyada  Orol  dengizi  havzasidagi  ahvol  bilan  bog’liq  ko’pgina  masalalar, 
Orolni  qutqarish  xalqaro  jamg’armasi  mablag‘lari  qanday  to’planayotgani  muhokama  qilindi, 
faoliyati  ma‘qullandi.  Ekologik  vaziyatni  yaxshilash  yuzasidan  yaqin  3-5  yil  ichida  bajarilishi 
lozim  bo’lgan  vazifalar  belgilandi.  Orol  dengizini  qutqarish  bo’yicha  Davlatlararo  kengash 
Nizomi  tasdiqlandi  hamda  uning  ijroiya  organining  rahbari  tayinlandi.  Bu  masalalar  bo’yicha 
qarorlar qabul qilindi.
 
Orolni  qutqarish  masalasiga  mintaqadagi  davlatlardan  O‘zbekiston  ayniqsa  faol  bo‘ldi. 
Jumladan, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.Karimov ikki marta (1993, 1995 yillarda) BMT 
Bosh  Assambleyasidagi  nutqida  xalqaro  hamjamiyat  diqqat-e‘tiborini  ushbu  masalaga  qaratgan 
edi.
 
O‘zbekiston rahbariyati mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o’rtasida teng huquqli va o’zaro 
manfaatli  hamkorlik  o’rnatib,  uni  mustahkamlash  va  rivojlantirish  tadbirlarini  qadam-baqadam 
amalga oshirib bordi.
 
O’zbekiston  tashabbusi  bilan  2018  yilda  BMTning  Orolbo’yi  mintaqasi  uchun  Inson 
xavfsizligi  bo’yicha  ko’p  tomonlama  sheriklik  asosida  Trast  fondining  tuzilishi,  o’zbek 
diplomatiyasining katta yutug’i bo’ldi.
 
Hozirda Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil o’rmonlar barpo etishga alohida 
e‘tibor berilmoqda. Agar mustaqillik yillarida O’zbekiston bo’yicha 1 million 220 ming gektarga 
yaqin o’rmonzor yaratilgan bo’lsa, shundan 400 ming gektardan ortig’i aynan Orolbo’yi hududida 
barpo etilgan.
 
Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga ko’ra, Orol dengizining suvsiz hududida 
2019 yilda yana 500 ming gektar o’rmonzor barpo etildi. 
 
Aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi shahar va 
qishloqlarida yangi qurilishlar amalga oshirildi. Xususan, 2018 yilda Mo’ynoq tumanida barcha 
zarur infratuzilmalarga ega bo’lgan zamonaviy shaharcha bunyod etildi.
 


205 
Orolni qutqarish muammosi doim mamlakatimiz Prezidentlarining diqqat markazida bo’lib 
keldi.  Jumladan  2020  yil  23  sentabr  kuni  Prezidentimiz  SH.Mirziyoyev  BMT  Bosh 
Assambleyasining  75  yillik  videokonferensiyasida  nutq  so’zlab,  dunyo  jamoatchiligi  diqqat-
e‘tiborini yana bir bor ushbu muammoga qaratdi.
 
Prezidentimiz  o’z  ma‘ruzasida  Orolbo’yi  mintaqasini  ekologik  innovatsiya  va 
texnologiyalar  hududi,  deb  e‘lon  qilish  haqida  BMT  Bosh  Assambleyasining  maxsus 
rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa 
Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq 
ekanligi ta‘kidlab o’tdi.
 
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish