Politexnika instituti


 Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

1. Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili. 
 
O’zbekistonning yangilanish va taraqqiyot yo’liga asos qilib olingan yetakchi tamoyillardan 
biri  kuchli  ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirishdir.  Bu  har  qanday  iqtisodiy  islohotning  xalq 
manfaatlari va uning ijtimoiy himoyasini ta‘minlashga qaratilishini anglatadi.
 
Mustaqillikkacha  bo’lgan  davrda,  sobiq  Ittifoqning  mustabid  siyosati  natijasida  80-
yillarning  ikkinchi  yarmiga  kelib,  O’zbekistonning  davlat  byudjeti  defitsiti  hamda  inflyatsiya 
darajasining ortib borishi, xalq iste‘moli tovarlarining yetishmasligi, ishlab chiqarish va mehnat 
samaradorligining pasayib ketishi kabi bir qator salbiy tendensiyalar mamlakatda iqtisodiy-siyosiy 
vaziyatning keskinlashuviga olib keldi.
 
Ushbu davrda respublika aholisining o’sish sur‘atlari sobiq Ittifoqning boshqa davlatlariga 
nisbatan 3 barobar yuqori bo’lgan, shu jumladan, bolalar ulushi ham. Shu bilan birga, uzoq yillar 
davomida mutanosib suratda ish joylari va yashash sharoitlari yaratilmaganligi oqibatida ishsizlik 
darajasining  o’sishi,  ishlab  chiqarish  samaradorligining  pasayishi  aholi  daromadlarining 
kamayishiga  olib  keldi.  Bularning  umumiy  oqibati  esa  aholi  farovonligi  darajasining  tushib 
ketishiga sabab bo’ldi. Statistik ma‘lumotlarga ko’ra, ushbu davrda mamlakat aholisining 45 % 
daromadlari yashash minimumidan past darajada bo’lgan.
 
Bu  davrda  respublika  aholisining  ijtimoiy  holati,  ijtimoiy  ta‘minoti  va  ijtimoiy  himoyasi 
masalalari  qoniqarsiz  holatda  bo’lgan.  Bunda  qishloq  aholisining  5  foizigina  vodoprovod  va 
kanalizatsiya bilan, taxminan 50 foizi ichimlik suvi bilan, 17 foizi tabiiy gaz bilan ta‘minlangan 
edi  xalos.  Uy-joy,  sog’liqni  saqlash  muassasalari,  maktablar,  bolalar  bog’chalari,  madaniyat 
obyektlari yetishmas edi.
 
Mana  shunday  keskin  bir  sharoitda  O‘zbekiston  Respublikasi  (keyingi  o‘rinlarda 
O’zbekiston Respublikasi) o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi.
 
Tub  o’zgarishlarning  boshlang’ich  bosqichi  1991-1995  yillarda  asosiy  e‘tibor  oziq-ovqat 
maxsulotlari va nooziq-ovqat mollari iste‘mol qilish keskin kamayishi, ommaviy ishsizlik paydo 
bo’lishining  oldini  olish,  aholi  turmush  darajasining  keskin  tushib  ketishiga  yo’l  qo’ymaslik, 
ijtimoiy  sohalar  sog’liqni  saqlash,  ta‘lim,  fan  va  madaniyat  tarmoqlari  doimiy  ishlashini 
ta‘minlashga qaratildi.
 
Islohotlarning  bu  bosqichida  O’zbekiston  ijtimoiy  himoya  siyosatining  asosiy  vazifasi 
imkon qadar yalpi ishsizlikka yo’l qo’ymaslik hamda narxlarning erkinlashtirilishi natijasida aholi 
daromadlaridagi yo’qotishlarni kamaytirish bo’ldi.
 
Davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy,  milliy  va  demografik  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda, 
iste‘mol bozorlari himoyasi va davlatning iste‘mol xavfsizligiga asos solindi. Asosiy oziq-ovqat 
va  iste‘mol  mollarining  keskin  kamayib  ketishiga  yo’l  qo’ymaslik  uchun  chegaralangan 
mahsulotlarning  normalashtirilgan  tizimi  ishlab  chiqildi.  Shuningdek,  himoya  chorasi  sifatida 
iste‘molchilarga  subsidiyalar  berish  tizimi  va  iste‘mol  bozoridagi  asosiy  oziq-ovqat  tovarlarini 
mamlakatdan tashqariga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslikning turli shakllaridan keng foydalanildi.
 
Qishloq  aholisiga  hususiy  tomorqalar  ajratilishi,  shuningdek,  aholi  asosiy  qismining  real 
maoshi  kamayishini  kompensatsiya  qilish  maqsadida  tadbirkorlik  faoliyati  qo’llab-quvvatlandi. 
Davlat  statistika  qo’mitasi  ma‘lumotlariga  ko’ra,  bu  yillar  ichida  qishloq  aholisi  xususiy 
tasarrufidagi yer hajmi ikki barobarga oshdi, natijada, har bir oila tasarrufidagi tomorqalar 1990 
yildagi 12 sotixdan 30 sotixga yetdi. Bu chora-tadbirlar bozor munosabatlariga xos yuqori samarali 
tomorqa xo’jaliklarini tashkil etish imkonini yaratdi.
 
Bozor iqtisodiyoti tizimida ishlashga moslashmagan ta‘lim hamda sog’liqni saqlash tizimi 
ham islohotlarning dastlabki bosqichida tub o’zgarishlarni talab qilardi. Bunda aholining sog’lig’i 
va  ta‘lim  darajasini  bir  butun  tizim  sifatida  saqlab  qolishga  qaratilgan  chora-tadbirlar  muhim 
ahamiyat kasb etdi.
 
Bu siyosat o’tish davrining eng murakkab boshlang’ich davrlarida ijtimoiy sohadagi asosiy 
maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirishga  ko’mak  berdi.  Shunday  yondashuv  tufayli  islohotlar 
arafasida eng noqulay boshlang’ich shart-sharoitlar va sezilarli ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo’lgan 
O’zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o’tishga muvaffaq bo’ldi.
 


131 
Bu davr ichida O’zbekiston Respublikasi aholisining ijtimoiy ta‘minoti hamda himoyasining 
huquqiy  asoslari  yaratildi.  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitusiyasi,  O’zbekiston 
Respublikasida  yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari  to’g’risida  (20.11.1991),  Aholini  ish 
bilan  ta‘minlash  to‘g‘risida  (13.01.1992),  O’zbekiston  Respublikasining  fuqaroligi  to’g’risida 
(02.07.1992), Ta‘lim to’g’risida (02.07.1992), Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida (06.05.1993), 
Davlat  uy-joy  fondini  xususiylashtirish  to’g’risida  (07.05.1993),  Fuqarolarning  davlat  pensiya 
ta‘minoti to’g’risida (03.09.1993) kabi bir qator ij-timoiy muhim ahamiyatga ega qonunlar qabul 
qilindi.
 
Ikkinchi bosqichda (1996-2003 yillar) makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlash, inflyatsiya 
darajasini  pasaytirish,  iqtisodiyotda  tuzilmaviy  o’zgarishni  amalga  oshirish,  iste‘mol  bozorini 
to’ldirish  orqali  aholi  turmush  darajasini  ko’tarish  uchun  shart-sharoitlar  yaratildi.  1996  yildan 
boshlangan iqtisodiy yuksalish aholi daromadlari o’sishining tabiiy manbaiga aylandi. 1997-2003 
yillar davomida aholining real pul daromadlari yillik o’rtacha 22 foizdan o’sdi.  
Ijtimoiy  siyosatning  ustuvor  yo’nalishlari  aholining  umumiy  ijtimoiy  himoyasi  o’rniga 
ijtimoiy  himoyaning  manzilli  shakllariga  o’tishda  namoyon  bo’ldi.  Ish  bilan  ta‘minlash,  aholi 
daromadlarini,  inson  kapitali  salohiyatini  oshirish  ijtimoiy  siyosatning  ustuvor  yo’nalishlariga 
aylandi.
 
Aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz 
bilan  ta‘minlash  dasturi  ishlab  chiqildi.  Natijada  aholining,  ayniqsa,  qishloq  joylarda 
yashovchilarning  ichimlik  suvi  va  tabiiy  gaz  bilan  ta‘minlanganlik  darajasi  oshdi.  1997-2003 
yillarda  aholining  ichimlik  suvi  bilan  ta‘minlanganlik  darajasi,  xususan,  qishloq  joylarda  36,8 
foizdan 47 foizga, tabiiy gaz bilan ta‘minlash 69 foizdan 78,3 foizga yetdi.
 
Aholi  salomatligida  toza  ichimlik  suvi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  2018  yilda 
Respublikamizda bu ko’rsatkich 65 % ni tashkil etgan bo’lsa, 2019 yilda u 75 % ga yetkazildi.
 
1997 yildan boshlab ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlarida ijtimoiy dasturlar tizimi amalga 
oshirila boshlandi. Ta‘lim sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, uning asosida 
yangi  maktablar,  akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlari  qurildi,  mavjudlari  kapital 
ta‘mirlandi.  O’quv  binolari  zamonaviy  jihozlar,  o’quv  qurollari,  kompyuter  sinflari  bilan 
ta‘minlandi. Yangi milliy ta‘lim standartlari, darsliklar ishlab chiqildi. Bu tadbirlarning amalga 
oshirilishi  uchun  har  yili  davlat  byudjetining  ijtimoiy  sohaga  yo’naltirilgan  qismining  deyarli 
yarmi sarflandi.
 
Ushbu davrda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlash maqsadida 
yillik  davlat  dasturlari  amalga  oshirildi.  Bular  qatorida  Inson  manfaatlari  yili  (1997),  Oila  yili 
(1998),  Ayollar  yili  (1999),  Sog’lom  avlod  yili  (2000),  Ona  va  bola  yili  (2001),  Qariyalarni 
qadrlash  yili(2002),  Obod  mahalla  yili  (2003)  kabi  yillik  davlat  dasturlari  ijtimoiy  siyosatning 
yanada kuchayishida alohida o’rin tutdi.
 
Uchinchi bosqichda 2004 yildan boshlab bugungi kunga qadar iqtisodiyotda, bank tizimi, 
soliq-byudjet siyosatida o’tkazilgan institusional va tuzilmaviy islohotlar natijasida kichik biznes 
va hususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, yangi ish joylari yaratish hamda aholi daromadlari 
o’sishiga  qaratilgan  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi.  Natijada,  so’nggi  sakkiz  yil  ichida  aholi 
daromadlarining real o’sishi 20 foizni tashkil etdi.
 
Ushbu  bosqichda  mamlakatimiz  rivojlanishida  2008  yilda  boshlangan  jahon  moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi davri alohida o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasida 2009 yili qabul qilingan 
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida bir qator investitsion dasturlar amalga oshirilib, aholi 
bandligi  va  daromadlarining  o’sishiga,  ijtimoiy  infrastruktura  va  xizmatlar  sohasining 
rivojlanishiga,  aholining  o’z-o’zini  boshqarish  organlari  orqali  manzilli  ijtimoiy  himoya  qilish 
masalalariga alohida e‘tibor berildi.
 
Kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash. Davlat budjeti hisobidan aholining kam 
ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash choralari ko’rildi. Bular jumlasiga 
pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar kiradi. 
1991-1994-yillarda  respublika  budjeti  hisobidan  30  ta  soha  va  yo’nalishlar  bo’yicha  ijtimoiy 
himoya, moddiy yordam amalga oshirildi.
 


132 
Maktab  muallimlari,  bolalar  uylari,  maktabgacha  va  maktabdan  tashqari  muassasalar 
tarbiyachilari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari, ilmiy, ijodiy va 
tibbiyot xodimlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida davlat kvartiralari ularga tekin berildi, kvartira 
haqi va kommunal to’lovlar sohasida imtiyozlar berildi.
 
Yolg’iz  pensionerlar  turar  joy  va  kommunal  xizmatlar  uchun  haq  to’lashdan  ozod  etildi, 
dori-darmonlar va eng zarur mollarni belgilangan meyorda bepul olish va jamoat transportida tekin 
yurish imkoniyati yaratildi.
 
O‘quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ovqat narxining bir qismini 
qoplaydigan  qo’shimcha  to’lovlar,  maktab  oshxonalari  va  tamaddixonalari  xarajatlarining  bir 
qismi  budjet  mablag‘lari  hisobidan  qoplandi,  jamoat  transportida  arzon  haq  to’lab  yurish  va 
boshqa  yengilliklar  joriy  etildi.  Nikohdan  o’tayotgan  kelin-kuyovlar  uchun  mebel  va  gilam 
mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi qo’llanildi. 1994-yil 24-avgustda “Kam ta‟minlangan 
oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to’g’risida” Prezident farmoni e‘lon 
qilindi.  Farmonga  ko’ra,  1994-yil  oktabrdan  aholini  ijtimoiy  himoyalash  siyosatining  asosiy 
yo’nalishlariga tuzatishlar kiritildi. Negaki, ilgari faqat respublika budjeti yo’li bilangina 30 ta turli 
soha  va  yo’nalishlar  bo’yicha  ijtimoiy  himoya  amalga  oshirilardi,  bu  mablag‘larning  sochilib 
ketishiga olib keldi.
 
1992-1994-yillarda  ko’rilgan  chora-tadbirlar  yalpi  ijtimoiy  himoyalashga  yo’naltirilgan 
bo’lib, yordamga muhtoj bo’lgan fuqarolarni qo’llab-quvvatlashda to’la samara bermayotgan edi.
 
1994-yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining 
aniq  tabaqalarini  qamrab  oladigan  tizimga  o’tildi.  Mahalla  orqali  bolalar,  keksalar  va  kam 
daromadli  oilalarga  moddiy  yordam  beriladigan  bo’ldi.  Kam  ta‘minlangan  oilalarga  moddiy 
yordam,  bola  boquvchi  oilalarga  bolasi  2  yoshga  to’lgunga  qadar,  shuningdek,  16  yoshgacha 
bolalari bo’lgan oilalarga yagona nafaqalar berish joriy etildi. Mahallalarda respublika va mahalliy 
budjet  mablag‘lari,  shuningdek,  korxona  va  tashkilotlarning,  tadbirkorlik  tizimlari  va  ayrim 
fuqarolarning  ixtiyoriy  ravishda  o’tkazgan  mablag‘lari  hisobidan  maxsus  jamg’armalar  tuzildi. 
1995-yilda 500 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga mahalla qo’mitalari orqali 6 mlrd so’m nafaqa 
berildi.
 
Kam ta‘minlangan oilalarga ko’rsatilayotgan yordam miqdori yildan yilga o’sib bormoqda. 
Faqat 2000-yilning o’zida aholining kam ta‘minlangan qismiga mahallalar orqali 54,3 mlrd so’m 
miqdorida nafaqa, ko’mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.
 
O‘zbekistonda  yuritilayotgan  ijtimoiy  siyosat  jamiyatning  negizi  bo’lgan  oilani 
mustahkamlash va tinch-totuvligini ta‘minlash, oilada ayolning mavqeyini ko’tarish maqsadi bilan 
uyg’unlashgan. Shu maqsadda mamlakatimizda 1997-yil –Inson manfaatlari yili, 1998-yil – Oila 
yili, 1999-yil – Ayollar yili, 2000-yil – Sog‘lom avlod yili, 2001-yil –Onalar va bolalar yili, 2002-
yil – Qariyalarni qadrlash yili, 2003-yil – Obod mahalla yili, 2004-yil – Mehr va muruvvat yili, 
2005-yil  –  Sihat-salomatlik  yili,  2006-yil  –  Homiylar  va  shifokorlar  yili,  2007-yil  –  Ijtimoiy 
himoya yili, 2008-yil – Yoshlar yili, 2009-yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili, 2010-yil – 
Barkamol avlod yili, 2011-yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, 2012-yil – Mustahkam 
oila  yili,  2013-yil  –  Obod  turmush  yili,  2014-yil  –  Sogʻlom  bola  yili,  2015-yil  –  Keksalarni 
e‘zozlash  yili,  2016-yil  –  Sogʻlom  ona  va  bola  yili,  2017-yil  –  Xalq  bilan  muloqot  va  inson 
manfaatlari  yili,  2018-yil  –  Faol  tadbirkorlik,  innovatsion  g‘oyalar  va  texnologiyalarni  qo‘llab-
quvvatlash yili, 2019-yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, 2020 yil – Ilm, ma‘rifat 
va  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  yili,  2021  yil  Yoshlarni  qo‘llab-quvvatlash  va  aholi 
salomatligini mustahkamlash yili deb e‘lon qilinib, bu yillarda oilani mustahkamlash, ayollarning 
jamiyatdagi o’rnini ko’tarish, sog’lom, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, qariyalarni 
e‘zozlash,  go’zal  diyorimizdagi  barcha  mahallalar  faoliyatini  yanada  jonlantirish  yo’lida  xayrli 
tadbirlar amalga oshirildi.
 
2019 yildan ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to’liq to’lash tartibi joriy etildi. Ijtimoiy 
yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholi uchun nafaqa miqdori 2 barobar ko’paytirildi.
 
Xulosa  qilib  aytganda,  tanlangan  kuchli  ijtimoiy  siyosat  tufayli  islohotlar  arafasida  eng 
noqulay boshlang’ich  shart-sharotlarga, ijtimoiy  ziddiyatlarga ega  bo’lgan O‘zbekiston ijtimoiy 


133 
mojarolarni chetlab o’tishga muvaffaq bo’ldi. Oldindan ko’rilgan oqilona ijtimoiy chora-tadbirlar 
mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minladi.
 
Maishiy xizmat. Mustaqillik sharofati bilan aholiga maishiy xizmat ko’rsatish sohasi rivoj 
topdi.  Maishiy  xizmat  ko’rsatish  korxonalari  to’liq  xususiylashtirildi,  maishiy  xizmat  bozori 
vujudga  keldi.  2002-yil  1-avgust  holatiga  ko’ra  respublikamizda  63  mingdan  ortiq  xususiy-
maishiy  xizmat  ko’rsatish  shoxobchalari  vujudga  keldi.  Ularda  135  ming  xizmatchi  aholiga 
maishiy  xizmat  ko’rsatmoqda.  Buyurtmachilarning  takliflariga  binoan  ularning  uylariga  borib 
xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yildi.
 
Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash dasturi ishlab chiqildi. Dasturni 
amalga oshirish borasida ko’rilgan tadbirlar natijasida 1991-2007-yillarda 36 ming kilometr suv 
quvurlari va 72 ming kilometr gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu ko’rsatkichlar 1991-yilga qadar 
erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 baravar ko’p demakdir.
 
Istiqlol  yillarida  qishloq  aholisining  tabiiy  gaz  bilan ta‘minlanishi  darajasi  17  foizdan  78 
foizgacha, ichimlik suvi bilan ta‘minlanishi esa 52 foizdan 77 foizgacha o’sdi.
 
Aholi  uchun  uy-joylar  qurish  ham  rivojlandi.  1991-2000-yillarda  70  million  m
2
  turar  joy 
binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.
 
Ma‘lumki 2017 yildan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari xodimlari uchun 
“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g’oya 
ular  faoliyatining  bosh  mezoniga  aylandi.  Davlat  xodimlari,  avvalo,  birinchi  rahbarlar  faqat 
kabinetda  o’tirmasdan,  joylarga  borib,  aholini  bezovta  qilayotgan  eng  dolzarb  muammolarning 
amaliy yechimi bilan shug’ullana boshladi.
 
Shu ma‘noda 2017 yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy 
muammolarini samarali hal etish bo’yicha yangi tizim yaratilgan yil bo’ldi.
 
Bu tizimning asosi bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va 
Virtual qabulxonasi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning o’ziga xos demokratik instituti 
sifatida amalda o’zini oqlamoqda.
 
Qisqa muddatda ana shu qabulxonalarga bir yarim milliondan ziyod fuqaro murojaat qilgani 
va  qancha-qancha  odamning  yillar  davomida  hal  etilmagan  muammolari  ijobiy  yechilgani 
O’zbekistonda xalq hokimiyati nomiga emas, amalda joriy etilayotganini ko’rsatmoqda. Joylarda 
rahbarlarning yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish yuzasidan shaxsiy 
javobgarligi kuchaygani mazkur tizimning muhim natijasi bo’ldi.
 
2016 yil 22 noyabrda 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko’p kvartirali uylarni qurish va 
rekonstruksiya  qilish  dasturini  amalga  oshirish  chora-tadbirlari  to’g’risidagi  O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-2660) qabul qilindi.
 
Xalqimizning  talab  va  istaklarini  inobatga  olib,  2017  yildan  boshlab  mamlakatimizda 
imtiyozli  ipoteka  kreditlari  asosida  arzon  uy-joylar  qurish  loyihasi  amalga  oshirila  boshlandi. 
Shahar  va  qishloqlarimizda  jami  3,5  million  kvadrat  metrdan  ziyod  namunaviy  uylar  va  ko’p 
qavatli  uy-joylar  barpo  etildi.  Bu  raqamni  avvalgi  yillarga  taqqoslaydigan  bo’lsak,  2007  yilga 
nisbatan  20  barobar,  namunaviy  uy-joylar  qurish  dasturi  boshlangan  2010  yilga  nisbatan  3,5 
barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko’p uy-joy qurilganini ko’ramiz.
 
2017 yildan yurtimizda keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha 
qulayliklarga ega bo’lgan ko’pqavatli uy-joylar qurishni boshlandi. 2017 yilning o’zida 800 ming 
kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent 
shahrining  o’zida  2019  yilda  420  ming  kvadrat  metr  ko’pqavatli  uy-joy  fondi  foydalanishga 
topshirildi. Bu o’tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko’pdir.
 
Obod qishloq (2018 yil 29 mart (PF-5386) va Obod mahalla (2018 yil 27 iyun (PF-5467) 
dasturlari xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. 2018 yilda bu boradagi qurilish 
va  obodonlashtirish  ishlariga  3  trillion  so’m  mablag’  yo’naltirildi.  Natijada  416  ta  qishloq 
yangicha qiyofaga ega bo’ldi.
 
2019  yilda  Obod  qishloq  va  Obod  mahalla  dasturlari  doirasida  479  ta  qishloq  va  ovulda, 
shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko’lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Bunga 
6,1  trillion  so’m  yoki  2018  yilga  nisbatan  1,5  trillion  so’m  ko’p  mablag’  sarflandi.  Qishloq 


134 
joylarda – 17 ming 100 ta, shaharlarda – 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016 yilga 
nisbatan salkam 3 barobar ko’p arzon va shinam uylar qurildi.
 
Prezident  Shavkat  Mirziyoyevning  Oliy  Majlisga  Murojaatnomasida  keltirilishicha,  2018 
yilda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur 
choralar  ko’rilmasa,  ushbu  ko’rsatkich  yaqin  kelajakda  pasayishi  mumkin.  Bosh  vazir 
boshchiligida  mamlakatimiz  aholisining  urbanizatsiya  darajasini  2030  yilga  qadar  60  foizga 
yetkazish bo’yicha Davlat dasturi ishlab chiqish uchun shaxsan mas‘ul etib belgilanadi.
 
Bugungi  kunda  qishloq  joylarda  namunaviy  uy-joylar  qurish  dasturlaridan  bosqichma-
bosqich shahar va posyolkalarda ko’p qavatli uylar qurishga o’tilmoqda. Kam ta‘minlangan va uy-
joy  sharoitini  yaxshilashga  muhtoj  5  mingta  oilaga,  jumladan,  nogironligi  bo’lgan  ayollarga 
ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib olish uchun 116 milliard so’mdan ziyod boshlang’ich 
badal  to’lab  berildi  (Prezident  Murojaatnomasidan.  24.01.2020.  Qarang.  Mirziyoyev  SH.M. 
Asarlar 4-jild. –T.: “O’zbekiston”. 2020.).
 
Prezidentimiz ta‘kidlab o’tganlaridek har qanday mamlakatda bo’lgani kabi bizda ham kam 
ta‘minlangan  aholi  qatlamlari  mavjud.  Turli  hisob-kitoblarga  ko’ra,  2019-2020  yillarda  ular 
taxminan 12-15 % ni tashkil etadi. Bu aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda.
 
2019  yildan  ijtimoiy  hayot  va  vaqtli  matbuotda  kambag’allik  tushunchasi  muomalaga 
kiritilib,  ushbu  muammoning  mavjudligi  hukumatimiz  tomonidan  tan  olindi.  Kambag’allikni 
kamaytirish  borasida  manzilli  chora-tadbirlar  ishlab  chiqila  boshlandi.  Jumladan  aholida 
tadbirkorlik  ruhini  uyg’otish,  insonning  ichki  kuch-quvvati  va  salohiyatini  to’liq  ro’yobga 
chiqarish, yangi ish o’rinlari yaratish bo’yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirish boshlandi.
 
Murojaatnomada Prezidentimiz Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot 
dasturi  va  boshqa  xalqaro  tashkilotlar  bilan  birga  kambag’allikni  kamaytirish  dasturini  ishlab 
chiqish,  bu  borada  xalqaro  meyorlar  asosida  chuqur  o’rganishlar  o’tkazib,  kambag’allik 
tushunchasi, uni  aniqlash  mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan  yangi  metodologiyani 
yaratish lozimligi ta‘kidlab o’tildi.
 
Aholi o’rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish borasida 
2019 yildan boshlab quyidagi ishlar amalga oshirila boshlandi:
 
2019 yil uchun bandlikka ko’maklashishning yangi davlat dasturi tasdiqlandi;
 
Bu borada ishsizlarni kasbga o’qitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish hamda 
boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish;
 
Xalqimizning  hayot  darajasini  yuksaltirish  uchun  mehnatga  munosib  haq  to’lash  tizimini 
shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirish;
 
Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta ko’rib chiqish, soliq va boshqa 
to’lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog’liq bo’lishiga barham berish;
 
2019 yildan pensiya va nafaqalarni tayinlash va to’lash tartibini qayta ko’rib chiqish, pensiya 
tizimini tubdan isloh qilish boshlandi. (2018 yildayoq ushbu masala bo’yicha Prezident farmoni 
qabul  qilingan  edi).  Farmonga  ko’ra,  2019  yil  1  yanvardan  boshlab,  ishlaydigan  barcha 
pensionerlarga pensiyalar to’liq miqdorda to’lana boshlandi.
 
Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam 
oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish bo’yicha yangi tizim joriy etildi.
 
Islohotlarning keyingi bosqichida ushbu cheklovlar ham butunlay bekor qilinadi.
 
Ayni  vaqtda  nogironligi  bo’lgan  bolalar  va  ularning  oila  a‘zolarini,  boquvchisini 
yo’qotganlarni  o’n  olti  yoshgacha  ijtimoiy  muhofaza  qilish  masalasi  doimo  e‘tibor  markazida 
turdi. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bag’ishlagan onalar uchun alohida 
ijtimoiy nafaqa turi joriy etildi.
 
2018 yilda og’ir turmush sharoitida yashab, ish bilan ta‘minlanmagan xotin-qizlar 13 ming 
nafardan ziyodni tashkil etgan. 2019 yilda turmush sharoiti og’ir bo’lgan 1 ming 600 nafar xotin-
qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta‘minlandi.
 
Ma‘lumki,  aholining  ijtimoiy  farovon  hayotini  ta‘minlashda,  olib  borilayotgan 
islohotlarning  samaradorligiga  jamiyatda  uchrab  turadigan  korrupsiya  va  korupsiogen  holatlar 


135 
katta  salbiy  ta‘sir  ko’rsatadi.  Shavkat  Mirziyoyev  boshliq  yangi  O‘zbekiston  hukumati  o’z 
faoliyatini boshlagan dastlabki yildan boshlab, jamiyat taraqqiyotiga to’siq bo’luvchi ushbu illatga 
qarshi  keskin  choralar  ko’rish  yo’lini  tutdi.  Xususan,  2017  yilning  3  yanvarida  Korrupsiyaga 
qarshi  kurashish  to’g’risidagi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonuni  qabul  qilindi.  O’tgan  2-3  yil 
davomida  bu  borada  juda  katta  ijobiy  o’zgarishlar  amalga  oshirildi  (korrupsiyasiz  sport, 
korrupsiyasiz  meditsina,  korrupsiyasiz  ta‘lim  va  x.k.).  2019  yil  27  may  –  O’zbekiston 
Respublikasida  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari 
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5729) qabul qilindi. 
2020  yil  29  iyun  –  O’zbekiston  Respublikasi.da  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tizimini 
takomillashtirish  bo’yicha  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risidagi  Prezident  Farmoni  qabul 
qilindi. Unga ko’ra Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi.
 
Uzoq  vaqt  fuqarolikka  ega  bo’lmay  kelgan  insonlar  bugungi  kunda  o’zlarini  to’laqonli 
O’zbekiston fuqarolari deb his etmoqda. O’tgan yigirma besh yilda 482 nafar shaxsga fuqarolik 
berilgan bo’lsa, 2020-yilda 50 mingdan ziyod kishi shu huquqqa ega bo’ldi. Bu esa Birlashgan 
Millatlar  Tashkilotining  fuqaroligi  bo’lmagan  insonlar  sonini  kamaytirishga  qaratilgan 
chaqirig’iga munosib javobdir.
 
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko’chmas mulk sotib olish bilan bog’liq cheklovlar 
bekor qilingani tufayli 40 mingdan ortiq fuqaro poytaxt mintaqasida sotib olgan uy-joylarini o’z 
nomiga rasmiylashtirish imkoniga ega bo’ldi.
 
( O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 28 yilligi 
munosabati bilan bayram tabrigidan.)
  
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish