126
5. Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.
Mazkur soxada ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Chunonchi, respublika mustaqillikka
erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko’rsatish sifatini tubdan yaxshilash
va sohani boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida "O’zbekiston havo yo’llari" milliy
aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar), "O’zbekiston avtomobil transporti" ("O’zavtotrans") davlat-
aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 yil 8 yanvar, 1998 yil 11 iyuldan O’zbekiston avtomobil va daryo
transporti agentliti); "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (1994 yil 7 noyabr)
kabi idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik
kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik va masuliyati cheklangan jamiyatlarga,
jamoa korxonalariga aylantirildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo’llari
qurish, mavjudlarini xalqaro andozalarga moslashtirish, yo’llarni saqlash va ta‘mirlash, yangi
barpo etilayotgan sanoat hududlarini xalqaro magistrallar bilan bog’laydigan yo’llar qurish
masalalariga e‘tibor kuchaydi. O’z R.ning Markaziy Osiyoda tutgan o’rni, sanoat va boshqa
sohalarning taraqqiyoti, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida
1995-2010 yillarga mo’ljallangan milliy dastur ishlab chiqildi. Bu dastur doirasida 1996 yildan
Toshkent-Andijon-O’sh magistralining 100 km.dan ortiq tog’li uchastkalarida qurilish ishlari
boshlandi. Qamchiq va Rezak tonellari foydalanishga topshirildi. Almati-Bishkek-Toshkent-
Termiz va Samarqand-Buxoro-Ashxabod-Turkmanboshi avtomobil yo’li, Yevropani Kavkaz
orqali Osiyo bilan bog’laydigan avtomobil yo’li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’lagi)ning
respublika hududidan o’tadigan qismini ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. O’zbekistonni
Qozog’iston orqali Rossiya Federatsiyasi bilan bog’laydigan 340 kilometrli Qo’ng’irot-Beynov
avtomobil yo’li qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.
Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish borasida strategik yo’nalishlar aniqlab olindi. 1993 yil 7
mayda O’z R.ning Havo kodeksi qabul qilindi.
O’zbekistonning yagona temir yo’l tarmog’ini vujudga keltirish bo’yicha 1994-2001 yillarda
uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo’li qurib bitkazildi.
Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yo’lovchilar tashish ishlarini
maqbul holga keltirish, samaradorligini oshirish, kommunikatsiyalarni jadal rivojlantirish,
transportda yuk va yo’lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kentaytirish hamda transmilliy
transport yo’laklarini rivojlantirish borasidati faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 2004 yil 11
oktabrda "O’zbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi" tashkil etildi.
Uyushma tarkibiga "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "O’zbekiston
havo yo’llari" milliy aviakompaniyasi, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agengligi,
"O’zavtoyo’l" kompaniyasi, transport kommunikatsiyalari qurilishi bilan shug’ullanuvchi
respublika loyiha va qurilish tashkilotlari kiritildi.
1995-2005 yillarda O’zbekistonda 2500 km. umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari
qurildi, 1435 km. avtomobil yo’llari rekonstruksiya qilinib, yuqori toifaga o’tkazildi, 47046 km.
yo’l ta‘mirlandi hamda 460 dan ortiq ko’prik qurildi.
Bu davrda "O’zbekiston havo yo’llari" belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli
davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod aeroportga muntazam qatnay boshladi. Aviatsiya sohasida
amalga oshirilgan chuqur o’zgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning
dunyo miqyosidagi obro’-etiborini yanada oshirishga xizmat qildi.
2003 yildan boshlab ishlab chiqarish infratuzilmasini isloh qilish, qo’shni davlatlar
hududidan o’tmaydigan, mamlakat hududlarini bog’lovchi yangi temir va avtomobil yo’llari
qurish ishlarini davom ettirish, ba‘zi ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini dunyo talablari
darajasiga yetkazish, transport-kommunikatsiya sohalarining barqaror rivojlanishini taminlash
vazifalari ustuvor ahamiyat kasb etdi. Bu bosqichda respublika temir yo’l tarmog’ini yanada
takomillashtirish maqsadida yangi G’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’lining qurilishi amalga
oshirildi.
127
2007 yil 24 avgustda O’z.Rning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Toshg’uzor-Boysun-
Qumqo’rg’on temir yo’lining tantanali ochilishida nutq so’zlab, "Asriy tog’u toshlar, dashtu
biyobonlar bag’rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bo’lgan bu temir
yo’lni qisqa davrda, hammasi bo’lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining
o’zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak, o’ylaymanki,
ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz", deb ta‘kidlagan edi.
Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, o’zbek xalqi
o’z kuch-qudrati, nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyon etdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr
balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog’li hududlar bo’ylab, yozning jazirama issig’i,
garmsellari, qishning izg’irin shamollari ostida temir yo’l izlari yotqizilgani, Toshg’uzor va
Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqo’rg’on kabi 6 ta yangi stansiya va yo’lovchi
platformalariga ega bo’lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham ko’rish mumkin. Barcha
stansiyalarda yo’l xavfsizligini ta‘minlaydigan ishlab chiqarish obyektlari, maktab, tibbiyot
maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning
eng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini ko’rsatadi.
Yangi temir yo’l foydalanishga topshirilishi bilan Qashqadaryo viloyatidagi Tubagat kaliy
tuz koni asosida Dehqonobod kaliy o’g’itlar zavodining qurilishi loyihasini tayyorlash va unga
xorijiy mamlakatlarning investitsiyalarini jalb etish bo’yicha ishlar boshlandi. Surxondaryo
viloyatida Xonjiza polimetall, Sharg’un va Boysun toshko’mir konlarini o’zlashtirish, yangi
sement zavodlari qurish yuzasidan tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Temir yo’l tarmog’ining
ishga tushirilishi natijasida yuk tashish va yo’lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yo’llarga
xizmat ko’rsatish va yo’l xavfsizligini ta‘minlash uchun 2-2,5 ming qo’shimcha yangi ish o’rni
yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sohalarida qo’shimcha 3-4 mingta ish o’rniga ega bo’lingani ulkan
muvaffaqiyatdir.
Bu yo’l O’zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg’on temir yo’l yo’lagi orqali
yaqin kelajakda to’g’ridan-to’g’ri Hind okeani, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari
portlariga chiqish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan birga, respublikaning tranzit salohiyatini
keskin oshiradi.
Respublikada 2011-2015 yillarda transport va kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishini
jadal rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik-
kommunikatsiya infratuzilmasi tarmog’ini yanada rivojlantirish imkonini berdi.
2012 yilning 5 yanvarida temir yo’llarni elektrlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni
qo’llash asosida yo’lovchi va yuk tashish samaradorligini oshirish, sifatli xizmat ko’rsatishni
ta‘minlash maqsadida Osiyo Taraqqiyot banki ishtirokida "Maroqand-Qarshi temir yo’l
uchastkasini elektrlashtirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» Prezident
Qarori qabul qilindi.
2017 yil 13 martda Buxoro-Miskin temir yo’l liniyasini qurish chora-tadbirlari to’g’risidagi (PQ-
2827), shu yil 26 mayda esa Islom taraqqiyot banki ishtirokida «M39 Toshkent-Termiz avtomobil
yo’lini rekonstruksiya qilish» hamda «Saudiya taraqqiyot jamg’armasi va Quvayt arab iqtisodiy
taraqqiyot jamg’armasi ishtirokida «4R87 G’uzor-Chim-Ko’kdala avtomobil yo’lini rekonstruksiya
qilish» loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi
O’zbekiston Respublikasi Prezident Qarorlarining qabul qilinishi mamlakatimiz transport-
kommunikatsiya tizimini yaxshilash yo’lidagi navbatdagi qadam bo’ldi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan "Navoiy" xalqaro intermodal logistika markazi va
"Angren" logistika markazining imkoniyatlari juda keng. Ta‘kidlash joizki, Mustaqil Davlatlar
Hamdo’stligi hududida yagona bo’lgan ushbu markazda tovarlarni yuklash va tushirish, ularni
tarqatish va omborlarga joylash ishlari zamonaviy texnika vositalari yordamida tezkorlik bilan
amalga oshiriladi.
2012 yilga kelib aviakompaniya zamonaviy havo kemalari bilan ta‘minlandi. Jumladan,
O’zbekiston hukumati yordamida aviakompaniya parki "Boing-757", "Boing-764", A-310, RJ-85
samolyotlari bilan to’ldirildi. "O’zbekiston havo yo’llari" aviakompaniyasi dunyoning 25 dan ortiq
mamlakatiga parvozlarni amalga oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yo’nalishini boshqarmoqda.
128
Shuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat ko’rsatayotgan, so’nggi avlod aviatsiya
texnikalariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta‘mirlash bo’yicha Markaziy Osiyo mintaqasida
yagona bo’lgan markazning xizmatlaridan 320 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlariga
aeronavigatsiya xizmati ko’rsatilayotir.
"O’zbekiston havo yo’llari" aviakompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent, Nukus, Samarqand,
Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg’ona, Navoiy) zamona-viy
aeroportlar jahon andozalari darajasida modernizatsiya qilindi. Toshkent aeroporti Markaziy
Osiyodagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari
xalqaro aeroport maqomini oldi.
"Navoiy" xalqaro aeroporti negizida tashkil etilgan va zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari
bilan jihozlangan xalqaro intermodal logistika markazi, ob-havo sharoiti qanday bo’lishidan qat‘i
nazar, barcha turdagi avialaynerlarni qabul qilish imkoniga ega bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi Transport sohasida davlat
boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PF-5647-son Farmoni
bilan O’zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O’zbekiston Respublikasi Transport
vazirligi tashkil etildi.
Vazirlik avtomobil, temir yo’l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo’l
xo’jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish
bo’yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi
hududiy bo’linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Keyingi yillarda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biriga aylandi.
2019 yilga kelib bu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 6 foizdan oshgani ham bu fikrni
yaqqol tasdiqlab turibdi.
Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko’ra, infratuzilmani yaxshilash, moslashuvchan tariflar
qo’llash va yangi istiqbolli yo’nalishlarni shakllantirish hisobidan bizda tranzit salohiyatini hozirgi
7 million tonnadan 16 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud.
Iqtisodiy yuksalishni ta‘minlash uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan zamonaviy
infratuzilma barpo etish nihoyatda zarur. Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida qayd qilinishicha keyingi 3 yilda yo’l qurilishiga – 9,8 trillion so’m, suv
tarmoqlariga – 4,6 trillion so’m, elektr tarmoqlariga – 18,2 trillion so’m, tabiiy gaz ta‘minotiga –
1,2 trillion so’m mablag’ ajratilgan. Bu raqamlar ushbu tarmoqlar uchun so’nggi 10 yilda
sarflangan mablag’lardan bir necha barobar ko’pdir. Lekin, shunga qaramasdan, zamonaviy
infratuzilma yaratish, mavjud tizimni modernizatsiya qilish uchun bundan bir necha o’n barobar
ko’p mablag’ talab etiladi.
2020 yil noyabr xolatiga ko‘ra mamlakativiz hududida 42 869 km. uzunlikdagi yo’llar
mavjud. Shundan xalqaro ahamiyatdagi yo’llar 3 993 km, davlat ahamiyatidagi yo’llar 14 203 km.
va mahalliy ahamiyatdagi yo’llar 24 673 km. ni tashkil qiladi.
2020 yil 1 oktabr holatiga jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan avtotransport vositalari soni
3.083.849 tani tashkil qiladi. Shundan eng ko’p avtotransport vositalari soni Toshkent shahri
(487.507 ta), Samarqand viloyati (366.558 ta) hamda Toshkent viloyati (299.801 ta) hududlariga
to’g’ri kelmoqda.
Respublikadagi yo’l patrul xizmat maskanlarida davlat raqamini aniqlovchi kameralar 91 ta,
kuzatuv kameralari 95 ta, onlayn rejimda ishlovchi fotoradarlar 183 ta, chorrahalardagi
qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar 386 ta, kuzatuv kameralari esa 1154 tani tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |