261
korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O`zbekiston Respublikasining reytingini
yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarorida o`z ifodasini topgan.
O`zbekistonning iqtisodiy erkinligi 53,3 ballga teng bo`lib, 2019-yilgi ko`rsatkichga
binoan 140-o`rinda. Biznes erkinligi, mehnat erkinligi hamda investitsiya erkinligi yuqorilab,
O`zbekiston iqtisodiy erkinligi umumiy hisobda 1,8 ballga o`sgan. O`zbekiston Osiyo-Tinch
okeani mintaqasidagi 43 mamlakat orasida 36-o`rinni egallab turibdi va uning umumiy reytingi
mintaqaviy va jahon o`rtacha ko`rsatkichlaridan past. Biznes yuritish reytingi(Doing Business)
hisobotiga ko`ra, O`zbekiston tadbirkorlik muhitini yaxshilashda katta yutuqqa erishgan
davlatlarning kuchli 20 taligiga kirdi. Ochig`ini aytish kerak, so`nggi yillarda ishbilarmonlarga har
qachongidan ko`proq imkoniyat va imtiyozlar taqdim etildi. Bu amalda tadbirkorlik muhitining
yaxshilanishi, pirovardida tadbirkorlik sub’yektlari safi kengayishiga xizmat qilmoqda. Biznesni
ro`yxatdan o`tkazish indikatori bo`yicha esa TOP-10 talik davlatlar qatoriga kirganligi buning
yorqin namunasidir
9
.
Bloomberg, Fitch Ratings va S&P Global Ratings kabi xalqaro investitsion reytinglarda
O`zbekiston past darajada bo`lsa-da, Xalqaro valyuta jamg`armasi ekspertlari xulosasiga ko`ra
O`zbekiston 2020 yilni iqtisodiy o`sish bilan yakunlaydigan sanoqli mamlakatlar qatorida bo`ladi.
O`zbekiston ilk bor xalqaro obligatsiyalar bozoriga ilk bor 2019 yilning fevral oyida
chiqqan. O`shanda respublika 10 yillik obligatsiyalarni 5% daromad miqdori bilan emissiya qilgan
edi
10
. 2020 yil Fitch Ratings va S&P Global Ratings xalqaro reyting tashkilotlari Xalq banki
faoliyatini barqaror rivojlanayotgan moliya muassasasi sifatida baholandi. Fitch Ratings Xalq
banki reytingini “VV-“Barqaror” darajasida saqlab qoldi. Bu bankning halqaro moliya
tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga hamda mijozlar ishonchini
orttirishga xizmat qiladi. S&P Global Ratings esa Xalq banki kredit reytingini V+dan VV- ga
oshirdi. Bu O`zbekiston suveren reytingi bilan bir xil baholanganini bildiradi
11
.
Xulosa o`rnida alohida ta’kidlash kerakki, birgina o`tgan yilning o`zida davlatimiz
rahbarining o`ndan ortiq muhim xalqaro tashabbusi to`liq amalga oshirildi. Masalan, AQSh Davlat
departamenti O`zbekistonni “Diniy erkinlikni tizimli, davomiy va jiddiy ravishda buzishda
ishtirok etuvchi mamlakatlar ro`yxatidan” chiqardi. Yoxud 2018 yil oxirida BMT Bosh
assambleyasining yalpi sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag`rikenglik» deb nomlangan maxsus
rezolyutsiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbusning
dunyo hamjamiyati tomonidan qo`llab-quvvatlanganligining yaqqol isbotidir. Darhaqiqat,
mamlakatimizda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish modellarini
ishlab chiqish, dunyoning yetakchi xalqaro tahlil va ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish muassasalari
bilan aloqalarni mustahkamlash orqali O`zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada
yuksaltirish dolzarb masaladir. Bu borada samarali va keng ko`lamli targ`ibot-tashviqot ishlarini
yo`lga qo`yish, milliy turistik brendni yaratish, xorijiy nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot
vositalari bilan o`zaro manfaatli kelishuvlarga erishish, xalqaro tashkilotlar vakillarini yurtimizga
taklif qilish va ularni yuz berayotgan o`zgarishlar bilan tanishtirish kabi jihatlar alohida o`rin
tutadi. Zero, O`zbekistonni dunyoga ko`rsatish, xalqaro reytinglar va indekslardagi o`rnini
yuksaltirish faqat va faqat xalqimiz farovonligi, mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti hamda
davlatimiz kuch-qudratining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: