Aim.uz
Polimerizatsiya deb, to‘yinmagan past molekulali organik moddalardan to‘yingan yuqori molekulali organik moddalar olish jarayoniga aytiladi. Polimerizatsion plastmassalar tarkibiga qarab olti guruhga bo‘linadi: poliolifenlar, polivinilxlorid, polistirol, polimetilmetakrilat, teflon va SFD plastmassasi.
Poliolifenlar. Bu guruhga polietilen, polipropilen va sevilenlar kiradi. Polietilen (-CH2=CH2-)n dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan plastmassalarning 23%ni tashkil qiladi. Rangi sadafsimon oq, ushlab ko‘rganda oq mumni (parafinni) eslatadi. Yoqqanda tomchilab erib yonadi. Issiqligida ipga o‘xshash cho‘ziladi. Yonayotganda alangasining ostki qismi ko‘k rangda bo‘ladi.
Polietilen ikki usulda ishlab chiqariladi: past va yuqori bosimda. Past bosimda (350 kPa) polietilen uch etan alumin Al (C2H5)3 yoki to‘rt xlor titan (TiCl4) kabi katalizatorlar (jarayonni tezlashtiruvchilar) ta’sirida olinadi. Bu usulda polietilen birinchi bor 1953-yili nemis olimi Karl Sigler tomonidan tayyorlangan. Bunday katalizatorlar zaharli bo‘lganligi sababli, past bosimda ishlab chiqarilgan polietilenlardan faqat oziq-ovqat uchun ishlatilmaydigan idishlar va suv quvurlari tayyorlanadi. Yuqori bosimda (350 MPa) polietilen plyonka (yupqa parda) shaklida ishlab chiqariladi. Bu usulni birinchi bor 1936- yili olim A. I. Dinses ixtiro qilgan. Plyonkalar suv va havo o‘tkazmasligi hamda tiniq bo‘lganligi sababli tovarlarni o‘rash-joylash (upakovkalash) va issiqxonalar (parniklar)ning ustini yopishda ishlatiladi.
Polietilenning katta kamchiligi yogliq moddalarni elektrostatik kuchlari ta’sirida shimishi va tiniqligi pastligidir. Keigusida polietilen o‘rnini yog‘ moddalarini kamroq shimadigan poliproplien va etilen bilan vinilatsetatni qo‘shma polimerizatsiyasi (sopolimerizatsiyasi) natijasida olingan yuqori tiniqlikka ega bo‘lgan sevilen egailaydi.
Polivinilxlorid (CH2CNH)n. Bu dunyoda ishlab chiqarilayotgan plastmassalarning 24%ini tashkil qiladi. Polivinilxlorid yarim tiniq bo‘lib, tutab yonadi, alangasining pastki qismi yashil rangda. U tovar ishlab chiqarishda olti xil holatda ishlatiladi:
1. Qayishqoq parda (plyonka). Trimolilfosfat bilan yumshatish (plastifikasiya qilish) tufayli olinadi. Elektr simlar izolatsiyasi uchun, suv shlangi, izolatsiya lentasi va dala plashchlari ishlab chiqarishda foydalaniladi.
-
Yupqa parda. Kamfora bilan yumshatish natijasida olinadi. Metallarni zanglashdan saqlash maqsadida qoplama shaklida va yuviladigan gulqog‘ozlarning sirtini qoplash uchun ishlatiladi.
-
Yumshatilmagan polivinilxlorid (Viniplast). Eritma pishloqlar upakovkasi, bolalar vannasi, santexnika sifonlari va attorlik buyumlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
-
Saran-vinilxlorid va vinilidenxloridning qo‘shma polimerizatsiya qilish natijasida olinadigan issiqlikda kirishadigan plastmassa. Plyonka shaklida muzlatilgan parrandalarni qadoqlashda foydalaniladi.
-
Qatlamli plastiklar. Bularga getinaks va pavinol misol bo‘ladi. Getinaks qog‘ozni polivinilxlorid qatroniga shimdirish yo‘li bilan laxta (plita) shaklida olinib, oshxona stollari uslini qoplash uchun ishlatiladi. Pavinol deb, ustki qismi polivinilxlorid qatroni bilan qoplangan gazlama asosli sun’iy charmga aytiladi.
-
Xlorin-polivinilxlorid qatronlari asosida olingan tola bo‘lib, llarakat davrida manfiy zaryadlangan elektronlar nurlanishi sababli undan radikulit va revmatizmga duchor bo‘lgan kasallarga mo‘ljallangan belbog‘ hamda paypoqlar ishlab chiqariladi.
Polistirol (CH2=CH-C6H5)n. Bu plastmassa stirol va butadiyenning qo‘shma polimerizatsiyasi natijasida olinadi. Dunyoda ishlab chiqarilayolgan plastmassalar hajmining 13%ni tashkil qiladi. U tutab yonib, ip bo‘lib cho‘ziladi. Tovar ishlab chiqarishda to‘rt ko‘rinishda ishlatiladi.
-
Mo‘rt polistirol. Boshqa plastmassalardan tiniqligi va chertganda larangli tovush chiqarishi bilan ajralib turishi sababli billursimon idishlar ishlab chiqarishda qo‘tlaniladi.
-
Penopolistirol. Polistirol qatronini ko‘piktirish yo‘li bilan olinib, elektr sovitkichlarni termoizolatsiyasi uchun va nooziq texnik murakkab tovarlarni joylashda ishlatiladi.
-
ABS plastmassasi. Akrilonitril butadiyen va stirol qatronlaridan qo‘shma polimerizatsiya yo‘li bilan olinib, zarbaga chidamli bo‘lganligi sababli, elektr sovitkichlarni ichki kamerasi uchun va to‘rsimon idishlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
-
MSN plastmassasi. Metilmetakrilat, stirol va akrilonitril qatronlarini qo‘shma polimerizatsiyasi natijasida olinib, tiniq va egiluvchan bo‘lganligi uchun undan turli attorlik buyumlari ishlab chiqariladi.
Polimetilmetakrilat (СН2-СН3-СООСН3)n. Bu plastmassa tiniqligi, ma’lum darajada qattiqligi, chertganda larangsiz tovush chiqarishi va tutunsiz chirsillab yonishi bilan boshqalardan farq qiladi. Yuqori tiniqlikka ega bo‘lganligi sababli xalq orasida organik shisha deb ataladi. Undan billurga o‘xshash qandillar hamda non idishlari, jadvallar va yozuv stoli uchun «oynalar» ishlab chiqariladi. Ammo, qattiqligi yuqori bo‘lmaganligi tufayli, undan tayyorlangan buyumlar sirtida ishlatish davrida mayda chiziqchalar paydo bo‘lib ancha xiralashib qoladi.
Teflon (CF2-CF2)n. Bu plastmassa yonmasligi, ishqor va kislotalarga bardosh bera olganligi uchun organik platina deb ataladi. Uni tovarlarning ichini qoplashda ishlatishadi. Bunday tovada masalliqni yog‘siz qovurish mumkin (jigari kasal bemorlarga yog‘da qovurilgan taom yeyish mumkin emas).
SFD plastmassasi. Bu plastmassa poliformaldegid (CH2O)n va dioksolan bilan qo‘shma polimerizatsiyasi natijasida olinib, yonmasligi hamda 200°C haroratga bardosh bera olganligi uchun zanjirsimon molniya yopqichlari va elektr ustara qobig‘i ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |