PZR dasturi. PZR orqali DNK ketma-ketligi million yoki milliard marotaba koʻpaytirilishi mumkin, hosil boʻlgan nusxalar boshqa usullar yordamida tekshiriladi. Misol uchun, DNK gel elektroforez usuli yordamida vizual tahlil qilinishi, ketma-ketlikni aniqlash uchun yuborilishi yoki restriktaza fermentlari yordamida parchalanishi va plazmidga klonlanishi mumkin. PZR koʻplab tadqiqot laboratoriyalari va sud-tibbiy ekspertizasi, genetik tadqiqot va tashxislash kabi amaliy ishlarda qoʻllanadi. Misol uchun, PZR genetik buzilishlar bilan bogʻliq genlarni (yoki prenatal testda homila DNKsini) koʻpaytirish uchun ishlatiladi. PZR tekshiruvidan inson organizmidagi bakteriya yoki virus DNKsini aniqlashda ham foydalaniladi: agar patogen mavjud boʻlsa, qon yoki toʻqima namunasidan DNK qismlarini koʻpaytirish imkoni mavjud.
PZR va sud-tibbiy ekspertizasi haqida toʻliqroq
Haqiqiy sud-tibbiy ekspertizalarida hodisa sodir boʻlgan joyda DNK tahlillari mutaxassislar tomonidan yuqoridagi misolda keltirilganga oʻxshash tartibda oʻtkaziladi. Shuningdek, bir qator turli xil markerlar (misoldagi kabi bitta markerda emas) voqea sodir boʻlgan joydan olingan DNK va gumon qilinuvchilarning DNKsi oʻrtasida taqqoslanishi mumkin.
Bundan tashqari, odatiy sud-tibbiy ekspertizasida ishlatiladigan markerlar faqatgina ikki xil koʻrinishda boʻlmaydi. Ular yuqori darajada polimorf (poly = koʻp, morph = shakl) boʻladi. Yaʼni ular kichik qismlari boʻyicha farq qiladigan koʻplab allellar shaklida boʻladi.
Sud-tibbiy ekspertizasida eng koʻp ishlatiladigan markerlar qisqa toʻplamli takrorlanishlar (QTT) deb nomlanadi, juda koʻp miqdordagi bir xil nukleotid ketma-ketliklaridan iborat (odatda 2dan 5 gacha uzunlikda). QTTning bitta alleli 20 ta takrordan iborat boʻlishi, boshqalari esa 18 ta va hatto 10 ta takrordan iborat boʻlishi mumkin. Biz DNK dalillari faqatgina jinoyatchilarni jazoga hukm qilish uchun foydalaniladi, deb oʻylashimiz mumkin, ammo bu nohaq ayblanganlarni (shu bilan birga, yillar davomida qamoqda boʻlganlarni) oqlashda ham hal qiluvchi rol oʻynaydi. Sud-tibbiy ekspertizasi otalikni aniqlash va tabiiy ofatlar joyidan inson qoldiqlarini aniqlash uchun ham ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
https://uz.khanacademy.org/science/biology/biotech-dna-technology/dna-sequencing-pcr-electrophoresis/a/polymerase-chain-reaction-pcr
https://afex.uz/product/pzr-polimer-zanjir-reaksiya-usulida-covid-19-virusni-test-qilish-labaratoriyasi-express/
Reja:
PZR haqida tushuncha
PZR praymerlar
PZR bosqichlari.
PZR dasturi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi 19-02-sirtqi guruh talabasi Akbaraliyeva Vasilaning “Bioinformatika” fanidan bajargan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: PZR reaksiyasi va bosqichlari
Qabul qildi:Ro’zibayev X. S.
Toshkent-2021
Do'stlaringiz bilan baham: |