Polimer materiallar



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/165
Sana22.01.2022
Hajmi4,01 Mb.
#399649
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   165
Bog'liq
polimer materiallar

 
 


Epoksid oligomerlarini qotirish
 
Epoksid  oligomerlari,  zichligi  1150-1210  kg/m
3
,  och  sariqdan  jigarrang 
rangigacha  bo‘lgan,  atseton,  toluol,  benzol,  dioksan,  etilatsetat  va  boshqa 
erituvchilarda  yaxshi  eriydigan  va  qotirgich  qo‘shilmasa  ancha  vaqtgacha  o‘z 
xususiyatlarini yaxshi saqlab turadigan, qovushqoq termoplastik suyuqliklardir. 
Epoksid  oligomerlarini  xarakterlaydigan  kattaliklardan  biri,  uni  qotirgich 
bilan  aralashtirilganidan  keyin  qotish  tezligidir.  Bu  kattalik  esa  o‘z  navbatida 
oligomerni  qotirgich  bilan  aralashtirilganidan  so‘ng  suyuq-oquvchan  holatda 
bo‘lish  vaqti,  ya’ni  oligomerni  ishlatishga  yaroqlilik  vaqti  (yashash  umri)  bilan 
belgilanadi.  Epoksid  oligomerlarining  yana  bir  asosiy  texnologik  ko‘rsatkichi 
bo‘lib, ularni epoksid ekvivalenti - grammlarda ko‘rsatilgan, bir gramm-ekvivalent 
moddaning massasi hisoblanadi. 
Masalan,  epoksid  oligomerlarining  har  bir  chiziqsimon  zanjiri  oxirida 
bittadan  epoksid  guruhi  bo‘lsa,  unda  epoksid  ekvivalenti,  oligomer  o‘rtacha 
molekula massasining 1/2 ga teng bo‘ladi. 
Keyingi texnologik kattalik, epoksid soni bo‘lib, bu kattalik 100 g oligomer 
tarkibidagi epoksid guruhlari soni bilan belgilanadi. 
Epoksid  oligomerlari  ham,  boshqa  oligomerlar  kabi,  faqatgina  to‘rsimon 
holga o‘tganlaridagina (qotganlaridagina), kerakli texnik xususiyatlariga (mexanik 
mustaxkamlik,  dielektriklik  xususiyatlari,  kimyoviy  ta’sirlarga  chidamlilik  va  b.) 
erishadilar. 
Hozirgi vaqtda epoksid oligomerlarini qotishiga olib keladigan qotirgichlarni 
ta’sir etish mexanizmiga qarab 2 ta katta guruxga bo‘lish mumkin. 
1)  Tikuvchi  qotirgichlar-  qotirgich  bilan  epoksid  oligomerlarini  funksional 
gruxlarini kimyoviy ta’siri natijasida epoksid polimerlarini qotishga olib keladilar
2) 
 
Qotirgichlar - bu qotirgichlar ta’siri ostida epoksid oligomerlarini qotishi, 
ularni epoksid gruxlarini ochilib polimerlanish reaksiyasida qatnashishlari hisobiga 
sodir bo‘ladi. 
Tikuvchi  qotirgichlar  sifatida  ikkita  va  undan  ortiq  amino,  karboksil, 
angidrid, izotsionat gruxlari saqlovchi moddalar ishlatiladi. 

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish