Polimer materiallar



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/165
Sana22.01.2022
Hajmi4,01 Mb.
#399649
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   165
Bog'liq
polimer materiallar

Tаbiiy kаuchuk. 
Tabiiy  kauchukni  tarixi
.  Tabiiy  kauchuk  geveya,  gva  yula,  koksagiz, 
tausagiz  va  boshqa  kauchukli  o‘simliklarniig  sutsimon  shirasidan  (lateksidan) 
olinadigan  yuqori  molekulyar  elastik  moddadir.  Janubiy  Amerikadagi  hindlar  bu 
sutsimon shirani kao chou («kao» — daraxt, «chou» — yig‘lash), ya’ni daraxt ko‘z 
yoshi  deb  ataganlar.  Keyinchalik  bu  moddaning  xossalarini  o‘rgangan  fransuz 
olimlari unga kauchuk deb nom berganlar. 
Kauchukli  o‘simliklar  asosan  ekvator  atrofidagi  tropik  zonalarda,  ya’ni 
Janubiy  Amerika,  Afrika  va  Malayya  arxipelagida  o‘sadi.  Kauchuk  beradigan 
asosiy o‘simlik Braziliya geveyasidir. Bo‘yi 45—59, aylanasi 2,5—4,8 m bo‘lgan 
bu bahaybat, serbarg va chiroyli daraxtning asosiy vatani Janubin Amerika bo‘lib, 
keyinchalik  uning  plantatsiyalari  ShriLanka  (Seylon),  Indoneziya,  Hindiston  va 
boshqa joylarda ham barpo qilindi. 
Qator  tropik  mamlakatlarda  kauchuk  hozir  ham  ko‘p  miqdorda  geveya 
daraxtidan  olinadi.  Qauchuk  olish  uchun  daraxtning  po‘stlog‘i  kesiladi  va  undan 
sutsimon shira ajralib chiqa boshlaydi. Lateks kesilgan joyga mahkamlab qo‘yilgan 
idishga nig‘ib olinadi. 
Sutsimon  shira  kauchukning  suvdagi  kolloid  eritmasi  bo‘lib,  tarkibida 
taxminan  35%  gacha  kauchuk,  55—60%  suv,  1
_
2%  oqsil  moddalari,  1,5—2% 
smola  va  0,5—1%  mineral  tuzlar  bo‘ladi.  yig‘ib  olingan  sutsimon  shiraga  ozroq 


miqdorda  sirkz  yoki  chumoli  kislota  qo‘shish  yo‘li  bilan  koagulyasiyaga 
uchratiladi, natijada lateksdagi mayda zarrachalar holidagi kauchuk qu yuq massa 
holida  ajralib  chiqadi.  Eritmadan  ajratib  olingan  xom  kauchuk  quritiladi  va 
oksidlanish hamda mog‘orlanishdan saqlash uchun dudlanadi. 
Kauchuk  benzol,  benzin,  uglerod  sulfid  va  xloroformdz  yaxshi  eriydi.  Sof 
kauchukdan bu yumlar tayyorlab bo‘lmaydi, chunki uning elastikligi va uzilishga 
chidamliligi  yetarli  darajada  yuqori  emas.  Past  temperaturada  u  mo‘rt  bo‘ladi, 
yuqori  temperaturada  esa  yumshab,  qovushoq  bo‘lib  qoladi.  Shuning  uchun  ham 
kauchukning 
sanoatda 
ishlatilishi 
1839 
yildan, 
ya’ni 
kauchukning 
mexanikaximiyaviy xossalarini keskin yaxshilanishiga olib keluvchi vulkanizatsiya 
protsessi (257 bet) kashf qilipgandan so‘ng boshlandi. 
Kauchuk  suyuqlik  va  gazlarni  o‘tkazmaydi,  ximiyaviy  jihatdan  barqaror, 
issiqlik va elektr tokini yaxshi izolyasiya qiluvchi elastik materialdir. 
Kauchukning  eng  asosiy  va  muhim  xossasi  elastiklikdir.  Predmetning  biror 
tashqi  mexanikaviy  kuch  ta’sirida  o‘z  formasini  o‘zgartirib,  ta’sir  to‘xtatilgaida 
yana  o‘zining  dastlabki  hodatiga  qaytish  xossasi  elastiklik  deyiladi.  Elastiklikni 
tushuntirishda  prujina  eng  yaxshi  misol  bo‘la  oladi.  Bunday  xususiyatga  ega 
bo‘lmasdan  deformatsiyalangan  holatda  qoladigan  predmetlarni  elastik 
predmetlardan  farq  qilib,  plastiklar  deb  ataladi.  Demak,  plastik  material  tashqi 
kuch  ta’sirida  o‘z  formasini  o‘zgartiradi,  lekin  bu  ta’sir  yo‘qotilgandan  so‘ng 
o‘zo‘zidan avvalgi holatiga qaytmaydi. 
Dunyoda kauchukning barcha xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan boshqa 
material yo‘q. 
Rezinaning  asosiy  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  kauchukning  xalq  xo‘jaligidagi 
ahamiyati  bebahodir.  Avtomobil,  aviatsiya,  traktor,  elektrotexnika  sanoatlarining 
juda  tez  sur’atlar  bilan  rivojlanishi  va  umuman  xalq  xo‘jaligini  texnika  bilan 
qurollantirishning o‘sishi kauchukni biriichi darajali xom ashyolar qatoriga qo‘ydi. 
Kauchukdan  rezina  shinalar,  elektroizolyasion  bu  yumlar,  transporterlarning 
lentalari,  keng  iste’mol  mollari  (poyafzal,  sport  mollari,  o‘yinchoqlar),  turli  xil 
meditsina  bu  yumlari,  laboratoriyalarda  qo‘llaniladigan  ba’zi  predmetlar  va 
ko‘plab shunga o‘xshash bu yumlar tayyorlanadi.  

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish