XULOSA VA TAKLIFLAR Polimer homashyosi neft kimyo mahsulotlari va asosiy organik sintez hisoblananishi va o`z navbatida xomashyo zahirasi cheksizligi bizga ma`lum.
Ushbu omillar polimerlardan buyum ishlab chiqarish va undan foydalanishning texnik – iqtisodiy samaradorligi benixoya yuqori ekanligini ko`rsatadi. Polimerlarni avtomobilsozlikda qo`llash bilan bog`liq bo`lgan o`ziga xos xususiyatni ta`kidlash lozimki, bunda bazi detallardan aynan iqtisodiy samaradorlikni, undan buyum ishlab chiqarish doirasidan foydalanish sharoitiga ko`chirishni taqozo etadi. Ishlab chiqarishda qo`llaniladigan materiallar yangi bo`lib, ular traditsion materiallardan qimmat turadi. Shuning uchun ishlatilayotgan materiallarni yangisiga almashtirish buyum tannarxini ko`tarilishiga olib keladi. Lekin yangi materiallardan buyum tayyorlash uning ishonchliligiga, uzoqqa chidamligiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Polimer materiallaridan foydalanishda, shuning bilan birga, oldin yechilmagan muammolarni hal qilishga yani zarur bo`lgan bir necha kompleks xususiyatlarni birlashtirib yechimini topishga imkon beradi.
Avtomobillarning aksariyat qismi hozirgi kunda polimer materiallaridan tayyorlanmoqda. Polimer materiallarining xossalari ularga qo`shilgan moddalarning tarkibi va miqdoriga bog`liq. Bu moddalar miqdorini o`zgartirib, turli – tuman xatto oldindan belgilangan xossali birikmalar olish mumkin. Ko`pgina polimerlarning suvga chidamliligi, ko`pgina agressiv moddalar va neft maxsulotlari ta`siriga qarshi tura olishi ularning eng muhim ijobiy xossalaridir. Kimyo yutuqlari past haroratda xam, yuqori haroratda xam ishlay oladigan plastiklar olishga imkon beradi. Ko`pgina polimer materiallari yaxshi elektr izolyatri (dielektrik) bo`lganligidan ulardan traktor avtomobillarning elektr jihozlarini tayyorlashdafoydalanish mumkin. Issiqqa uncha chidamli emasligi, shuningdek vaqt o`tishi bilan o`z xossalarini o`zgartirishi, yani eskirishi polimerlarning kamchiligidir.
Hozirgi kunda polimer materiallardan avtomobillar uchun detallar ishlab chiqaruvchi qator qo`shma korhona va firmalar faoliyat olib bormoqdalar. Bu korhonalarda aksariyat detallar polimer materiallarini qoliplarga bosim bilan quyish usulida olinadi.
Ilmiy – tadqiqot natijalariga asosan polimer – tolasimon materiallar tribosistemasi holatining o`zgarishi mezoni sifatida sistemaning entropiyasi olinadi, chunki u sistemada xosil bo`ladigan barcha fizik – kimyoviy energiyalarning ta`sirini hisobga oladi.
Shunday qilib, polimer tolali – momiq massa juftliklarning ishqalanishidagi fizik – kimyoviy jarayonlarning doimiy jarayonlar termodinamikasi nuqtai nazaridan taxlili termodinamik modelning strukturaviy tuzilmasini yaratishga imkon beradi. Bunday entropiya tribosistema holatini o`zgarishini mezoni sifatida qo`llaniladi va u barcha fizik – kimyoviy jarayonlarni ta`sirini xisobga oladi.
Tadqiqotlar natijasida shuni aytishimiz mumkinki epoksid polimer materiali moslashish vaqti ma`lum vaqtga yetganda zarbiy qovushqoqligi maksimal nuqtaga yetadi va yana vaqt o`tishi bilan o`zining avvalgi holatiga asta – sekin qaytishini, mikroqattiqligi esa vaqtga nisbatan o`zgarishi yani asta – sekin vaqt o`tishi bilan mikroqattiqlik oshib borishi va ma`lum vaqtdan so`ng o`z holatiga qaytishini, yuza g`adur – budurligini esa vaqtga nisbatan o`zgarishi keltirilgan, yani ma`lum vaqtda polimer materialining yuza g`adur – budurligi keskin ravishda oshadi hamda bu ko`tarilish to`htab ma`lum nuqtada vaqtga nisbatan o`zgarmasligi, ishqalanish koeffitsienti esa vaqtga nisbatan o`sib borishini ko`rishimiz mumkin.
Yuqoridagilarni e`tiborga olib kurs ishi mavzusi aktual vazifalardan iborat va kelajak avtomobilsozlar uchun o`ta istiqbolli yo`nalish deb hisoblash mumkin.