MAVZUNI ASOSLASH
Rotatsion shakllash — bu kukun yoki pasta xolatdagi termoplastlardan ichi bo’sh, xajmi katta bo’lgan buyum ishlab chiqarishda qo’llaniladigan usuldir.
Rotatsion shakllash usulini boshqa ichi bo’sh buyumlar olishdagi usullardan quyidachiga afzalliklari bor: katta o’lchamli buyum olish oson; buyum devori qalinligi tekis bir xilda; amalda chiqindi yo’q desa bo’ladi; jixoz narxi arzon; iqtisodiy samaradorligi yuqori. Asosii kamchiligi: shakllanish davri ko’p vaqt talab etadi; buyum zichligi boshqa usul bilan olingan buyumdan kam, buyum o’lchamlari juda xam aniq emas. Rotatsion shakllash usuli bilan quyidagi buyumlarni olish mumkin: asbob detallari, kanistrlar, katta xajmdagi baklar (xajmi 50.000 litrgacha va devor kalinligi 16 mm gacha). Rotatsion shakllash usuli maxsus jixozda olib boriladi, shakllashda sodir bo’ladigan jarayonlar: — kukunni qolipini ichki devorida bir tekisda taqsimlanishi, isitish — termoplastni oquvchan xolatga o’tkazish, suyulmani zichlashtirish sovutish va buyumni ajratib olish. Qolip ichida suyulma adgezion va markazdan qochirma kuch tufayli qolipda shakllanadi. Texnologik parametrlarga quyidagilar kiradi: qolipni aylanish tezligi, isitish vaqti, sovutish vaqti, isitish xarorati. Olingan buyumdan maxsus kurakcha yoki boshqa o’lchamli namuna olib uni fizik - mexanik xossalari aniqlanadi.
Rotatsion shakllash usulida polimerlardan buyum olishning zamonaviy usullari orasida eng samarali usullardan biri sanaladi.
Bu usulda xajm jixatdan katta va turli xil murakkab shakllarga ega bo`lgan buyumlarni olishda qo`llaniladi.
Bu usulning o`ziga xos qulayliklari va kamchilliklari bor.
Chiqindisiz texnologiya ekanligi va murakkab shaklli buyumlarni olish imkoniyati mavjudligi yutuq tomonlari xisoblansa.
Buyum olishga sarflanadigan energiyaning ko`pligi va maxsulot tayyor bo`lish (to`liq qotin ulgurishi) ancha uzoq vaqt talab qilishi uning asosiy kamchilligi xisoblanadi.
R otatsion shakllashda buyum olish jarayoni asosan 4 ta muxim bosqichlarda amalga oshiriladi va xar bir bosqich o`ziga xos muxim axamiyatga ega xisoblanadi. Jarayon ketme-ketligini quyidagi rasm asosida ko`rishimiz mumkin.
Rotatsion shakllashda qo`llaniladigan qoliplar asosan 2 turdagi metallar asosida yasalgan qoliplardir. 1- tur qoliplar yirik hajmlardagi va shakli jixatdan soddaroq bo`lgan buyumlarni olishga mo`ljallangan bo`lib ular po`lat asosli qoliplardir.
2- turdagi qoliplar esa hajmlar jixatdan yirik yoki kichikligidan qatiiy nazar asosan shakli murakkab bo`lgan buyumlarni olish uchun qo`llaniladigan qolip bo`lib ular alyuminiy asosli qoliplardir.
Sababi shundaki qolipning o`zini yasash vaqtida murakkab shakllar quyishda, alyuminiy va uning boshqa tur metallar bilan qorishmalar idan foydalanish qulay imkoniyatlarga ega.
Rotatsion shakllashda qoliplarning qalinligi 20 mm, qolipning pech ichida aylanishi 4-20 ayl/min bo`lgan tezlikda xarakatlanmog`i lozim
Rotatsion shakllashda harorat 280-300 0С ni tashki etadi.
Rotatsion shakllashda (3-x) qoliplar xarakati markazga maxkamlangan tayanch orqali xarakatlanadi. Jarayon davomiyligida 3 ta qolip quyidagi ketma ketlikda xarakat qiladi. 1- qolipga xom ashyo yuklanganidan so`ng u isitish pechiga o`tadi.
Pechda 25-40 minut davomida 280-300 0С haroratda ushlab turiladi. Shu vaqt mobaynida 2- qolipga xom ashyo yuklanadi. Keyin 1- qolip sovitish bo`limiga otadi, 2-qolip isitish pechiga o`tadi va 3- qolip xom ashyo yuklash bo`limiga keladi. Shu tariqa jarayon davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |