Qovushoqlik – suyuqlik va eritmaning o’z zarrachalarining bir-biriga nisbatan siljishiga, oqishiga, oqishga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir.
Qovushoqlikni aniqlashning bir necha usullari mavjud.Ulardan, qovushqoqlikni kapillyar viskozimetrlar bilan aniqlashning keng tarqalgan usuli faqat suyultirilgan (konsentrasiyasi 1,0 - 3,0 % dan otiq bo’lmagan) eritmalar uchun qo’llaniladi.
Yuqori konentrasiyali eritmalar-ning qovushqoqligini o’lchash uchun odatda sharikli viskozometr-lardan foydalaniladi.
Bo’kkan polimerlarning qovush-qoqligini aniqlash mumkin emas. Bo’kkan polimerlarda plastik oqim o’lchanadi. Plastiklik Gepler konsistometri tipidagi asboblarda aniqlanadi.
Polimer eritmalarining qovushoqligi quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Polimer eritmalarining qovushoqligi odatda quyi molekulyar birikmalar eritmalarining qovushoqligidan bir qancha yuqori bo’ladi.
2. Polimerlarning suyultirilgan eritmalarigina Nyuton va Puayzel qonunlariga bo’ysunadi, ya’ni ularning qovushoqligi bosimga bog’liq bo’lmaydi.
3.Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining qovushoqligi konsentrasiya ortishi bilan ortib boradi.
Polimer eritmalarining Puayzel tenglamasidan chetga chiqish sabablari
Ma’lumki, qovushqoqlikni kapillyar asboblar yordamida aniqlash qovushqoqlikni kapillyardan o’tuvchi suyuqlik tezligi bilan bog’liqligini ifodalovchi Golen Puayzel tenglamasiga asoslangan:
bunda ∆h- suyuqlik ustunining balandligi, ρ- suyuqlik zichligi.
Viskozimetr uchun o’zgarmas qiymat
Polimer eritmalar qovushoqligi xossalarning Puayzel tenglamasidan chetga chiqishiga ikki xil sabab bor:
birinchidan, eritmadagi shar shaklidagi g’ujanak makromolekula oqish vaqtida rostlanadi va oqim yo’nalishi bo’yicha oriyentasiya-lanadi. Natijada oqimga ko’rsatila-digan qarshilik va demak, qovushoqlik kamayadi.
Ikkinchidan, konsentrlangan eritmalardagi makromolekulalar bir-biriga yaqinlashadi va assosiatlar hosil bo’lishi imkoniyati ortadi; assosiatlar esa oqimga kuchli qarshilik ko’ratadi. Bosim ortishidan oqimning tezlashib assosiatlar yemirila boshlaydi. Natijada oqimga bo’lgan qarshilik, ya’ni qovushoqlik kamayadi.
Qovushiqlik koeffisiyentining tempera-turaga bog’liqligini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumin:
Eritmalarda makromolekulalarni qattiq tayoqcha shaklida deb hisoblagan Shtaudinger (1930 yilda) suyultirilgan erimalarning qovushoqligi bilan konsentrasiyasi orasida quyiagi bog’lanish borligini ko’rsatadi:
Solishtirma qovushoqlik son jihatidan quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Agar tenglamaning ikkala qismi C ga bo’linsa, quyidagi ifodaga ega bo’lamiz:
Keltirilgan qovushoqligining eritma konsentrasiyaga bog’liqligi
Qovushoqlik haddi [η] bilan polimerning molekulyar massasi o’rtasidagi bog’liqlik chiziqli xarakterda bo’lib, quyidagi emperik tenglama bilan ifodalanadi:
[η] = KmM
3.Polimerlarning to’yingan eritmalari
Eritmada erigan modda molekulalarining bir-biri bilan bevosita o’zaro ta’sirda bo’lgan eritmalarni konsentlangan eritmalar deyiladi.
O’ta to’yingan eritmalarda polimerning hajmi taxminan 0,3 va undan yuqori miqdorni tashkil qiladi.
Iviqlar
Iviq yuqori molekulyar birikmalar eritmalarida molekulalararo bog’lar yuzaga kelishi natijasida vaqt o’tishi bilan qovushoqlikning keskin ortishi natijasida yuzaga keladi.
Reologik tabiatiga ko’ra iviqlar I va II turga bo’linadi.
I tur iviqlarga – oquvchanlikka ega bo’lmagan, kimyoviy ko’ndalang bog’lar orqali birikkan sistemalar kiradi. Bunday sistemaga faqatgina ko’ndalang bog’larning uzilishi natijasidagina oquvchan bo’lishi mumkin.
Bu turdagi iviqlar kichik kuchlanishlar ta’sirida yuqori elastic deformasiyalanish xossasiga ega bolib, molekulyar tugunchalar bo’lish darajasiga hamda tarmoqlanish chastotasiga bog’liq bo’ladi.
II tur iviqlarga molekulalararo mustahkam bog’ hosil qilib bog’lngan sistemakar kiradi.