Fenoplastlar. Bular fenol (C6H5OH) va formaldegidni (CH2O) qo‘shma polimerizatsiyasi natijasida olinadi. Fenoplastlar yonmaydi, ammo issiqlik ta’sirida zaharli fenol chiqaradi. Xalq xo‘jaligida ikki xil holatda ishlatiladi:
1. Karbolit. Fenoformaidegid qatroniga bo‘r va tuyilgan yog‘och massasi qo‘shib olinadi. Bundan akkurnulyatorlar idishi ishlab chiqariladi.
2. Getinaks. Qog‘oz varaqlarini fenolformaldegid qatroniga shimdirish yo‘li bilan olinadi va texnik murakkab tovarlarning ba’zi qismlari uchun ishlatiladi.
Aminoplastlar. Bular melamin (CN-NH2)3 va formaldegidni qo‘shma polimerizatsiyasi natijasida hosil qilinadi. Yonmaydigan va bezarar plastmassa bo‘lib, uni ishlab chiqarishni o‘tgan asrning 20-yillarida jahonda birinchi bor avstriyalik kimyogar F. Pollak yo‘lga qo‘ygan. Tovar ishlab chiqarishda uch xil shaklda qo‘llaniladi.
Melalit. Melaminoformaldegid qatroniga bo‘r va tuyilgan yog‘och massasi qo‘shib olinadi. Undan umumovqatlanish korxonalari uchun idishlar ishlab chiqariladi.
Yupqa qatlam (shpon). Qog‘ozga melaminoformaldegid yoki mochevinoformaldegid qatroni shimdirilib olinadi. Yog‘och-payraha taxtalar (DSP) ustini qoplash uchun ishlatilgani sababli, qog‘oz qatlamli bezash plastikasi nomi bilan yuritiladi.
Mipora. Melaminoformaldegid yoki mochevi no-formal degid qatronini ko‘pirtirish natijasida olinib, qurilishda issiqlikni saqlaydigan (termoizolatsion) qatlam sifatida ishlatiladi.
Poliamidlar. HN (CH2)5COn. Aminokarbon kislotalarini polikondensatsiya qilish yo‘li bilan olinib, boshqa plastmassalardan pishiqligi va chirishga chidamliligi bilan farq qiladi. Yonadi, ammo alangadan tashqari chiqarilsa o‘chadi. Issiqligida ip bo‘lib cho‘ziladi. Poliamidlar, asosan, «Navoiyazot» birlashmasida ishlab chiqariladi. Tovar ishlab chiqarishda uch xil shaklda ishlatiladi.
Kapralon ipi. Kiyim cho‘tkalarning qilini tayyorlash uchun foydalaniladi.
Karbamid plyonkasi. Qaynatib pishirilgan qazi (kolbasa) va dudlangan pishloqlar upakovkasi uchun ishlatiladi.
Kapron tolasi. Xotin-qizlar paypog‘i, avtomashina pokrishkasi va baliq ovlash turlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi,
Efiroplastlar (R-O-R1)n. Organik kislotalar va ko‘p atomli spirtlar eterifikatsiyasi (yunon. efir hosil qilish) natijasida olinib, tovar ishlab chiqarishda to‘rt xil holatda ishlatiladi.
Lavsan plyonkasi. Dimetiltereftalai va etilenglikol qatronlarini cierifikatsiyalash yo‘li bilan olinib, pishiq hamda tiniqligi uchun parda shaklida magnitofon lentasi ishlab chiqarishda va go‘shtni o‘rashda foydalaniladi. Lavsan so‘zi sobiq ittifoq fanlar akademiyasining yuqori molekulali birikmalar laboratoriyasi nomidan kelib chiqqan.
Lavsan tolasi. Yaxshi dazmollanishi va dazmolni uzoq vaqt saqlashi uchun junga qo‘shib gazlama to‘qishda qo‘llaniladi.
Shisha shifer. Shisha tolalarini glitserin va malein kislotasini polikondensatsiya qilish natijasida hosil bo‘lgan qatron bilan shimdirib olinadi. U sarg‘ish rangli tiniq shifer bo‘lib, yozgi binolarning tomini yopishda ishlatiladi.
SVAM (shisha tola anizotrop material) plastmassasi. Shisha tolalarini turli murakkab efirlar bilan shimdirish natijasida olingan bo‘lib, quyma stullar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Poliuretanlar (R-HN-COO-R)n. Geksametilendlizotsian va butilenglikol qatronlarini polikondensatsiya qilib olinadi. Yuqori haroratda zaharli sian moddasi chiqishi sababli tovar ishlab chiqarishda faqat ikki shaklda qo‘llaniladi.
Porolon. Poliuretan qatronini ko‘piklashtirib olinadi. Yumshoq mebellar va jersi paltolarining astari uchun ishlatiladi.
Poliefirouretan. IK nomli sun’iy charm sirtiga shimdirish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |