POLIAKRILONITRIL
Akril kislotasi nitrilining polimerini (poliakrilonitril) bi-rinchi bo`lib Moro 1893 yili etiltsiangidrin va akril kislotasining amidi asosida olgan. Karozers 1931 yili poliakrilonitril asosida lateks olish usulini yaratdi. Keyinchalik, 1940 yilda akrilonitrilni butadien bilan sopolimerlash usuli ishlab chiqildi. Poliakrilonitril ma`lum erituvchilarda erimagani sababli, undan tola olib bo`lmasdi. Birinchi marotaba tola poliakrilonitrilni dimetilformamiddagi eritmasidan olingan.
Keyinchalik poliakrilonitril kaltsiy va natriy rodanit tuzlarining suvdagi kontsentrlangan eritmalarida erishi aniqlandi. Bu hol poliakrilonitril ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirishda kattà aqamiyatga ega bo`ldi.Poliakrilonitril va uning turli sopolimerlari "nitron" tipidagi tola, butadien-nitril kauchuklari, zarbga chidamli polistirol olishda keng qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |