Bioorganik kimyoni vujudga kelishi - XX asrning o’rtalarida organik kimyo, biologiya va tibbiyot fanlarining to’qnashuvi natijasida bioorganik kimyo fani dunyoga keldi. Bioorganik kimyo biologik faol moddalarning tuzilishi va reaksion qobiliyatini o’rganuvchi fandir. Bu fan organik kimyoning asosida yaratilgan bo’lib, biokimyo, biofizika, molekulyar biologiya, farmakologiya va boshqa tibbiy biologik fanlar bilan chambarchas bog’langan. Bioorganik kimyo metabolizm jarayonida ishtirok etadigan moddalarni o’rganganligi uchun, boshqa tibbiy - biologik fanlarda ishlatiladigan atamalarni ishlatadi. Ular qatorida biopolimerlar, bioboshqaruvchilar, substrat, ferment, metabolizm, anabolizm va katabolizm, metabolitlar va antimetabolitlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |