UGLERODLI PULATLARNING KLASSIFIKATSIYASI
Uglerodli pulatlar,ishlatilish joyiga kura , ikkita asosiy gruppaga – konstruktsion pulatlar gruppasi bilan asbobsozlik pulatlar gruppasiga bulinadi.
Konstruktsion pulatlar tarkibida 0.02 dan 0.6% gacha uglerod buladi. Xozirgi vaktda konstruktsion pulat sifatida tarkibida 0.8% uglerod bulgan pulat xam ishlatilmokda . konstruktsion pulatlar xalk xujaligining xilma-xil soxalarida keng kulamda ishlatiladi. Bunday pulatlar mashina va agregat detallari, kurilish konstruktsiyalari , temir yul transporti vositalari, rels , truba, sim va boshka buyumlar ishlab chikarish uchun asosiy materialdir. Uglerodli konstruktsion pulatlarga juda kup marka pulatlar-kozon pulatlar, utxona pulatlar, kuprik pulati, kurilish pulati, rels pulati va boshka kupgina marka pulatlar kiradi. Uglerodli konstruktsion pulatlarning xammasiga nisbatan kuyiladigan umumiy talablar mustaxkamlik bilan plastiklik, huningdek, yaxshi texnologik xossalarga ega bulishdir. Shu bilan birga, xar kaysi marka pulatga nisbatan xam ma'lum talablar kuyiladi, bu talablar ishlab chikarish texnologiyasiga va tayerlangan buyumning ishlash sharoitiga boglik buladi. Shunga kura, uglerodli konstruktsion pulatlar sifati odatdagicha bulgan pulatlar bilan sifatli pulatlarga (mashinasozlik pulatlarga) bulinadi.
Asbobsozlik pulatlarga tarkibidagi uglerod mikdori 0.7 dan 1.7% gacha bulgan pulatlar kiradi. Uglerodli asbabsozlik pulatlariga nisbatan kuyiladigan talablar shu pulatlardan tayerlanadigan asbablarning vazifasiga boglikdir.
Pulatlarning markalanishi
Standartga muvofik, pulat ma'lum talablarni kondirishi kerak. Sifati odatdagicha bulgan pulatlar GOST 380-60 da kofolatlangan xossalarga ega buladi. GOST 380-60 da uch xil gruppa pulatlar-I, II va III gruppa pulatlari ishlab chikarish kuzda tutiladi.
I gruppaga mexanik xossalari kafolatlangan pulatlar, II gruppaga ximiyaviy tarkibi kafolatlangan pulatlar, III gruppaga esa xam mexanik xossalari, xam ximiyaviy tarkibi kafolatlangan pulatlar kiradi.
I gruppa pulatlari ximiyaviy tarkibining axamiyati bulmagan, fakat mexanik xossalari axamiyatga ega bulgan, ya'ni kizdirib turib ishlov berish talab etilmaydigan joylarda ishlatiladi. II gruppa pulatlari pulatning ximiyaviy tarkibi xal kiluvchi axamiyatga ega bulgan, pulatga kizdirib turib ishlov berish yuli bilan buyumlar tayerlanadigan joylarda ishlatiladi,chunki kizdirib turib ihlash rejimi va pulat buyumlarning mexanik xossalari uning tarkibiga boglikdir. III gruppa pulatlari sifati oshirilgan pulatlar bulib, ular xam ximiyaviy tarkibi , xam mexanik xossalari axamiyatga ega bulgan joylarda ishlatiladi. Masalan, pulat payvandlanadigan bulsa, payvand chokning issikligi ta'sir etadigan zonada pulatning xossalari uzgaradi. Bunday xollarda pulatning ximiyaviy tarkibini bilish muximdir ,chunki issiklik ta'sir etadigan zonada pulatning xossalari uning ximiyaviy tarkibiga boglik. Shu bilan birga, pulatning mexanik xossalari xam katta axamiyatga ega, chunki pulatning issiklik ta'sir etmaydigan joyida mexanik xossalari uzgarmaydi.
I gruppa pulatlari Ст. xarflari va 0, 1, 2, 3, 4 ... 7 raqamlari bilan markalanadi. Rakam (nomer) kancha katta bulsa, pulatning mustaxkamligi shuncha yukori, plastikligi esa shuncha past buladi. Agar marka ishorasidan keyin «kp» indeksi bulsa, pulat kaynovchi, «ps» indeksi bulsa, pulat chala kaynovchi, agar bunday indekslar bulmasa, pulat kaynamaydigan pulatdir. I gruppa pulatlarning mexanik xossalarini keltirib utamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |