«Po'lat ishlab chiqarish texnologiyasi» fanidan



Download 1,74 Mb.
bet2/10
Sana29.03.2022
Hajmi1,74 Mb.
#515554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5237941350250321550

a- yuqoridagi PPD; b- o‘rtadagi PPD; η –tebranishlar soni; R- unumdorlik



Doimiy harakatli yuqoridagi ta'minlagich (PPD):


1- suv sovituvchi val; 2-bimslar;3-salnik; 4-podshipnik;
5- yuritma richagli mexanizm; 6-gidroyuritma; 7- chetki vallarga yuritma

Uchta o‘rtadagi va bitta pastki ta'minlagichlar vallari sovimaydi. O‘rtadagi vallar


yuqoridagilar o‘qiga nisbatan 90º ga o‘girilgan. Vallar yuritmasi gidravlik.
Ta'minlagichlar burilish burchaklari oxirdagi ulab-uzgich (viklyuchatel)larning
joyini almashtirish bilan tartibga solinadi, tebranishlar chastotasi boshqaruvning
markaziy postidan vazifalagich bilan tartibga solinadi. Pechning konusli qismining sirti qoplanmagan. Sirtning silindrli va konusli qismlari to‘qnashishida payvandlash choki uzilishining oldini olish uchun konusning yuqori qismini taxminan 300-500 mm ga qoplash maqsadga muvofiqdir.
Sovituvchi gaz pechning sovitish zonasiga gaz taqsimlagich qurilma (4.14-
rasm) orqali beriladi, u sovitish zonasi ichida teng yonli uchburchak shakliga ega
bo‘lgan va sovituvchi gazni gaz taqsimlagichga yetkazishga xizmat qiladigan
issiqbardosh metalldan bo‘lgan, ko‘ndalang joylashgan ichi kovak to‘sin yordamida tutib turiladi. Qizdirilgan changli gaz sovitish zonasidan yuqoridagi ta'minlagichlar ostida joylashgan doimiy harakatli maxsus kanallar (korobalar) bo‘ylab chiqariladi va sovituvchi gaz skrubberiga yuboriladi. Zonaning foydali hajmi 120 m3 tashkil etadi.
Furma qatlamlari va sovituvchi gaz chiqishi kanallari o‘rtasidagi masofa oraliq
zona deyiladi, uning balandligi (~3m) gazning ikkita aylanuvchi oqimlari bilan
(tiklovchi sikl va sovitish sikli) ularni aralashtirmasdan ishlash imkonini beradi.
Oraliq zonaning foydali hajmi 50 m3. 20-40 ºC gacha sovitilgan mahsulot pastki gazodinamik tamba orqali doim mayatnikli tushirish qurilmasi bilan pechdan tushiriladi.
Agar pechda bosim gazodinamik tambaga kirayotgan inertli gaz bosimidan oshsa, agar tushirilayotgan material oqimining yaxlitligi buzilgan bo‘lsa yoki tushirishda SO miqdori 2500 mln-1 dan oshsa, tushirish quvurining pastki qismida tushirish quvurini avtomatik yopuvchi ajratuvchi shiber joylashgan. Materiallar oqimi yaxlitligini nazorat qilish uchun tushirish va yuklash quvurlarida kobalt izotoplaridan foydalaniladigan radiatsion datchiklar o‘rnatilgan.



Sovituvchi gazni uzatish tizimi:


sovituvchi gazning gaz qaytargichlari;
2-sovituvchi gazning kirishi


Tiklash zonasi qatlami bo‘yicha haroratni va gaz tarkibini nazorat qilish
uchun issiqbardosh po‘latdan qilingan uchta birikmali quvurlar (zondlar)
o‘rnatilgan, ularga xromel-alyumenli termojuftlar va uchta qatlamdan gaz olish uchun trubkalar o‘rnatilgan. Zondlar payvandlash bilan gumbazga mahkamlangan.
Shaxta pechi jihozlariga gidroyuritmali kichik stansiya va changsizlantirish
skrubberi ham kiradi.
Shixtali oraliq bunkerni yuklashda va MRU pechidan
materiallarni tushirishda changsizlantirish skrubberi bilan changlangan havo so‘rib
olinadi. Changlangan havo skrubberda suv bilan tozalanadi va atmosferaga toza qilib chiqariladi. Agar so‘rib olinadigan havo SOning yuqori miqdoriga ega bo‘lsa, unda skrubber avtomatik tarzda pechdan ajratiladi va havo oqimi shaxta pechining yonida o‘rnatilgan svechaga ko‘chiriladi.
Koloshnikli gaz skrubberi
150-500 ºC haroratli changli koloshnikli gaz Venturi quvuri orqali koloshnikli
gaz skrubberiga tushadi. Quvur og‘zidan o‘tgach, chang zarralari tezroq harakatlanadi, ular o‘rtasidagi masofa esa qisqaradi.
Soplo orqali og‘izga beriladigan suv chang zarralarini koagulyantlaydi, ular massasini oshiradi. Venturi quvuri sirtining ichki devoriga chang o‘tirmasligi uchun suvni tangensial kiritish bilan sakkizta forsunkalar yordamida uni yuvish ko‘zda tutilgan. Venturi quvuridan chiqishda chang zarralari tezligi oshadi va ular skrubber konusida joylashgan suv yuzasiga yo‘naladi. Chang zarralari zumpfga cho‘kadi, gaz esa o‘rnatma qatlamiga tushadi va suv bilan qarama-qarshi harakatlanadi, natijada uning harorati taxminan suv haroratigacha tushadi.

Koloshnikli gaz skrubberi:
1-koloshnikli gaz chiqishi; 2-Venturi quvurini sug‘orishga suv berish; 3- kompressorlarga texnologik gaz; 4- o‘rnatmani sug‘orishga suv berish; 5- reformer gorelkalariga yoqilg‘i gazi; 6- o‘rnatma; 7-suvni quyish
O‘rnatma sifatida 75 mm o‘lchamli egarsimon shaklli polipropilendan foydalaniladi. O‘rnatmaning solshtirma yuzasi 90 m2/m3 . O‘rnatma sifatida daraxtlarning og‘ir turlaridan ham foydalanish mumkin.

Masalan, Germaniyaning zavodlaridan birida 100x50x1500 mm o‘lchamli tik daraxti to‘sinlari qo‘llaniladi. Agar o‘rnatmani tutib284 turuvchi panjaralar yaxshi mahkamlangan bo‘lsa, unda daraxtlarning boshqa ancha yengilroq turlaridan foydalanish mumkin.


To‘siqlar yordamida gazli oqim ajratiladi. Reformerni isitish uchun
mo‘ljallangan koloshnikli gazning 30% yaqini imkon darajasida quritilgan bo‘lishi
lozim, bunga o‘rnatmaning bu qismini sovuq suvda sug‘orish bilan va skrubberdan
chiqishda siklonli tomchi ajratgichdan foydalanish bilan erishiladi.
Tomchi ajratgichda gaz yo‘naltiruvchi kuraklar orqali o‘tadi, spiralga o‘raladi
va quvur orqali yuqoriga chiqadi. Tomchili namlik quvur bo‘ylab skrubber zumpfiga oqadi. Koloshnikli gazning boshqa qismi (70%) konversiyaga berish uchun mo‘ljallangan. Suv haroratini tartibga solish bilan gaz namlik miqdorining kerakli darajasiga yetkaziladi. Skrubberni tark etayotgan to‘yingan gaz harorati ~50 ºC tashkil etadi.
Turli darajalarga o‘rnatilgan skrubberning ikki quyilishli zumpfi uchta sektorga bo‘linadi, har biri o‘z quyilishiga ega bo‘ladi. Pastki sektordan shlamli suv quyilma orqali skrubberning pastki qismiga qaytariladi. Quyilmalar o‘lchami shunday tanlanganki, bunda suv oqimining yuqori tezligi suv quvurida shlam cho‘kishiga yo‘l qo‘ymaydi. Skrubber korpusi yaxlit payvandlangan, sig‘imi 200 m3 , diametri 6 m, devori qalinligi 10 mm. Skrubber 120 ming. m3/s gazni samarali qayta ishlay oladi.

Texnologik va sovituvchi gazlar kompressorlari


Texnologik va sovituvchi gazlar siklida aylanishni hosil qilish uchun
yuritmalari aylanishlarning doimiy soniga ega bo‘lgan rotatsion kompressorlar
o‘rnatilgan. Texnologik gaz siklida bosim ikki bosqichda oshadi. Birinchi bosqichda ikkita kompressor parallel o‘rnatilgan (bosim 0,12 Pa dan 0,18 Pa gacha oshadi) ikkichi bosqichda bitta kompressor o‘rnatilgan (bosim 0,18 Pa dan 0,25 Pa gacha oshadi). Rotatsion kompressorlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular hajm bo‘yicha doimiy gaz oqimlarini hosil qiladi, jarayonga gaz sarfi kompressoriga qaytariladigan gaz miqdori bilan tartibga solinadi.
Kompressor korpusida ikkita simmetrik rotor joylashgan. Haydash tomonga
gaz rotorlar va kompressor korpusi bilan hosil bo‘lgan bo‘shliqqa beriladi (4.16-
rasm). Rotorlarda bo‘ylama holatda plastinalar o‘rnatilgan, ular yordamida rotor vakompressor korpusi o‘rtasidagi oraliqni tartibga solish mumkin. Oraliqlarni zichlash uchun kompressorga toza aylanma suv purkaladi. Bu suvni berish usuli va joyi rotorlar va korpus mustahkamligiga ta'sir etadi. Rotorga suv berish (0,2-0,3 m3/s) kavitatsiya hodisasiga olib keladi.
OEMKda suv forsunkalar yordamida rotorlardan 1,2-1,5 m uzoq masofadan beriladi. Ushbu usul joriy etilgach, kopressor korpusi va
rotorlari yeyilishi to‘xtatildi. Kompressorlar 367 min-1 aylanish chastotasiga hisoblangan, bunda gaz bo‘yicha unumdorlik 70 ming. m3/s tashkil etadi. Reduktorni almashtirib, aylanish chastotasini o‘zgartirish mumkin. Kompressor tovush yutuvchi qalpoqqa o‘rnatilgan, uning bo‘shlig‘ida uglerod oksidining joiz bo‘lgan konsentratsiyasini nazorat qilish datchigi o‘rnatilgan. Rotatsion kompressorlarning texnik xizmat ko‘rsatishi, asosan, moy ta'minoti va suv ta'minoti tizimlarining xizmat ko‘rsatishi bilan cheklanadi. Yiliga bir marta yuqori malakali ta'mirlash xodimi tomonidan tekshirish o‘tkazilishi lozim. Kompressorda gazning kirishi va chiqishi o‘rtasidagi bosim eng yuqori joiz bo‘lgan tafovuti 0,08 MPa dan oshmasligi lozim, me'yoriy ishlashida 0,06 MPa tashkil etadi. Baypasli gaz quvuri bo‘yicha dastaki ventilni ochish yo‘li bilan bosim tafovuti tartibga solinadi, texnologik gaz kompressorlarini ishga tushirishda qurilmada bosim 4-5 kPa ga pasayadi, shuning uchun ishga tushirishdan oldin qurilmadagi ishchi bosimni ushbu miqdorga oshirish zarur.

Texnologik gaz muzlatgichi


Gaz kompressorlardan 70-80 ºC harorat bilan qaytariladi. Texnologik gazni


sovitish uchun 41 m3 sig‘imli yaxlit payvandlangan korpusga ega bo‘lgan qarama
qarshi yo‘nalishli turdagi muzlatgichdan foydalaniladi (4.17-rasm). O‘rnatma sifatida legirlangan listli po‘latdan bo‘lgan silindrlar qo‘llaniladi. Gazni sovitish uchun suv muzlatgichning aylanma siklidan kiradi va ~30 ºC haroratli suv ta'minotining birinchi aylanma siklidan qo‘shiladi.

Muzlatgichga kiradigan suv haroratini aniq tartibga solish bilan texnologik gazning zaruriy namlik miqdoriga erishiladi.


Texnologik gaz muzlatgichi:1-texnologik gazni kiritish; 2- suvni taqsimlash novi; 3- o‘rnatma; 4-texnologik gazning chiqishi


Muzlatgich maxsus texnologik xizmat ko‘rsatishni talab qilmaydi. Asosiy
ta'mirlashlar paytida zarur bo‘lganda o‘rnatma yuviladi.
Kompressorlardan kiradigan texnologik gaz harorati, odatda, 70-75 ºC
chegarasida bo‘ladi va koloshnikli gazning skrubberdan chiqishida gaz haroratini o‘zgartirish bilan tartibga solishni oson bajarish mumkin. Shunga bog‘liq holda,
texnologik gaz muzlatgichiga suv berilmaydi va u o‘z vazifasini bajarmaydi.
Texnologik gazning tomchi ajratgichi. Texnologik gaz kompressorlarida va muzlatgichda gaz suv bilan to‘yinishi tufayli texnologik gaz muzlatgichidan tomchili namlikni eltadi. Tomchili namlik quvurlardagi gaz sovishi va bosim o‘zgarishi hisobiga ularda hosil bo‘lishi mumkin.
Bunday gazni rekuperator quvuriga berish maqsadga muvofiq emas, chunki bu
quvurli bloklarda haroratning keskin pasayishiga va ularning muddatidan oldin
ishdan chiqishiga olib keladi. Tomchili namlik hajmning keskin ortishi hisobiga
tomchi ajratgichga cho‘kadi. Tomchi ajratgich sig‘imi ~3 m3 . Kondensat quvur orqali suv ta'minotining ikkinchi aylanma sikliga muntazam chiqariladi. Tomchi ajratgich maxsus texnologik xizmat ko‘satishni talab qilmaydi. Kondensat ajralishini doimiy nazorat qilib turish lozim, bu texnologik gazning uning mavjud haroratida suv bug‘lari bilan to‘yinishining to‘liq darajasi haqida darak beradi.

Reformer


Reformerda texnologik va tabiiy gazlar aralashmasidan konversiyalangan gaz
olinadi, u shaxta pechida uglerod oksidlarini tiklash uchun ishlatiladi. Konversiya
jarayoni katalizator bilan to‘ldirilgan reaksiya quvurlarida o‘tadi. Buning uchun
reformerning quvurlari o‘rtasidagi talab etilgan issiqlik majburiy turdagi gaz
gorelkalari yordamida olinadi. Isitish uchun koloshnikli va tabiiy gaz aralashmasidan foydalaniladi. Qizdirilgan tutun gaz rekuperator orqali chiqariladi, uning o‘ndan bir qismi esa inerta gaz olishda qo‘llaniladi. Bu qism rekuperatorni chetlab o‘tib, inert gaz tizimiga beriladi. Reformer gorelkasiga havo asosiy va yordamchi havo purkagich yordamida majburiy beriladi.

Reformer sxemasi
1- konversiyalangan gaz kollektorlari; 2-tutun gaz; 3- yoqilg‘i gazi; 4- sovuq havo; 5- aralash gaz; 6- qaynoq havo;7- asosiy gorelkalar; 8- reaksiya quvurlari; 9- yordamchi gorelkalar; 10- inert gazga tutun

Reformer listli po‘latdan bo‘lgan gazga zichlangan korpusga ega.


Reformer kengligi 11, uzunligi 40, yorug‘likda reformer osti va gumbazi o‘rtasidagi balandlik 8 m. Reformerda 200 mm diametrli 288 reaksiya
quvurlari to‘rt qatorga, har birida 72 quvurdan joylashgan. Jahonda 250 mmdiametrli reaksiya quvurlarini qo‘llash keng tarqalgan, bu reformerning 30% ga
teng unumdorligida quvurlarning umumiy sonini qisqartiradi, lekin bunda katalizator ishlashi sharoitlari yomonlashadi.
Quvurlarning har bir qatori oltita quvurdan iborat o‘n ikkita seksiyani o‘z
ichiga oladi. Reformerning uchta ko‘tarib turuvchi metall tuzilmasi o‘n ikkita
seksiyaga bo‘lingan. Har bir seksiya o‘z tutun gaz chiqarishiga ega, reformerning ikki tomonidan tutun borishi bo‘yicha chiqarishlar kesimi kamayadi, bu tutun289
yo‘nalishining maqbul gidravlik qarshiligini hosil qiladi, bu reformer uzunligi
bo‘ylab bir tekis harorat maydonini saqlash imkonini beradi.
Reformerni isitish uning ostida joylashgan gorelkalar bilan amalga oshiriladi.
Bu yerda besh qatorda 120 ta asosiy gorelkalar va uch qatorda 36 ta yordamchi
gorelkalar o‘rnatilgan. Rekuperatorga qaratilgan reformerning yon tomonida
qoplangan quvur qo‘shilgan, u bo‘ylab tutunning bir qismi inert gaz olish tizimiga
chiqariladi.
Asosiy gorelkalarda yoqilg‘i gazi (tozalangan va sovitilgan koloshnikli
gazning tabiiy gaz bilan aralashmasi) yoqiladi. Havo asosiy gorelkalarga 580-600 ºC da qurilma rekuperatori orqali asosiy havo yuborgich bilan beriladi. Yordamchi
gorelkalarda yordamchi havo yuborgichlardagi sovuq havoli tabiiy gaz yoqiladi.
Gorelkalar havoning 1,05-1,07 ortiqcha koeffitsientida ishlaydi. Kislorodning
past miqdori inert gaz olish uchun tutundan foydalanish imkonini beradi.
Yordamchi gorelkalar tizimi metallanish qurilmalari ishiga bog‘liq emas va
reformerni atrof-muhit haroratidan 930-940 ºC gacha qizdirish uchun va metallanish qurilmasi ishi uzilishi holatida reformerni 940-950 ºC qizdirilgan holatda saqlab turishga mo‘ljallangan. Yordamchi gorelkalarning bunday ish tartibi reformerda termik zarblar oldini olish imkonini beradi va qoplama va reaksiya quvurlarining xizmat muddatini ancha oshiradi. Reformerning reaksiya quvurlaridan chiqadigan 900-920ºC li konversiyalangan
gazi reformer ustida joylashgan ikkita yig‘ma qoplangan kollektorga tushadi.
Reformer ostida asosiy gorelkalar havosining qoplamali bo‘ylama kollektorlari va
aralash, yoqilg‘ili va tabiiy gazlar hamda yordamchi gorelkalar havosining issiqlik
izolyasiyali kollektorlari joylashgan. Shu yerning o‘zida xizmat ko‘rsatuvchi
xodimning reaksiya quvurlariga, yordamchi gorelkalarning sharli klapanlariga va
bo‘ylama kollektorlarga kirishini ta'minlovchi o‘tish ko‘priklari ko‘zda tutilgan.
Reformerning yon tomon devorlari ikkita qatlamda reformer ishlashini ko‘z bilan
ko‘rib nazorat qilish uchun maxsus qaragichlar bilan jihozlangan.
Reformerning olovbardoshli qoplamasi issiqlikning kam talafotini ta'minlaydi.
Sirtining harorati 100 ºC dan oshmaydi. Bunga yuqori sifatli olovbardosh tolali Reaksiya quvurlari asosiy komponentlari nikel va xrom bo‘lgan issiqlikka chidamli materialdan markazdan qochirma quyish bilan tayyorlanadi. Quvurning pastki qismida 36 % gacha Ni va 26% gacha Cr, yuqori qismida 50% Ni va 29% Cr mavjuddir. Payvandlangan quvurlar 15 daqiqa mobaynida 4MPa bosim ostida suv bilan gidravlik sinovdan o‘tadi.

Kesimdagi reaksiya quvuri:
1-quvur ilgagi; 2- qulfli tiqinli flanets; 3-troynik; 4- izolyasiyalovchi qo‘yilma; 5-reaksiya quvuri; 6-katalizator 7- reformer gumbazi; 8- reformer osti; 9- katalizator ostiga tag qo‘yma; 10- aralash gaz quvuri; 11- konversiyalangan kollektori
Quvurlarda va payvandlash choklarida yoriqlar va shlakli qo‘shilmalar
bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Quvurning ichki devoriga g‘ovaklikni yo‘qotish uchun mexanik ishlov berilgan bo‘lishi lozim. Quvurlarga tashqi ishlov berishga faqat ≤ 75 292 mm balandlikdagi ularning oxiriga ruxsat beriladi. Quvurlar yog‘och tagliklardan foydalanib, bog‘lamlarda markalangan holda qo‘yiladi.
Reaksiya quvuri oldindan payvandlangan troynik bilan reformerning o‘txona
bo‘shlig‘iga osiladi. Pastki flanets reformer ostidagi qoplamadan pastda joylashgan. Pastki flanetsni quvurga kiydirishdan oldin, reformer va quvur o‘rtasidagi bo‘shliqni zichlash uchun gazlamali kompensator kiydiriladi. Kompensator quvurning pastga erkin cho‘zilishi va reformer bo‘shlig‘iga havo so‘rilishining oldini olish imkonini beradi. Reformer gumbazini zichlash uchun ham xuddi shunday kompensatordan foydalaniladi. Reaksiya quvurlarining pastki flanetslarini zarur bo‘lganda, quvur ariqchalaridan yarim halqani chiqarib olib, demontajlash mumkin.

Tutib turuvchi


qo‘yilmani 90º burib, katalizator tutqichi chiqarib olinadi, bu reformerdan uning
gumbazi orqali reaksiya quvurini chiqarib olish va uni katalizatordan ozod qilish
imkonini beradi.

Reaksiya quvuri yuqori qismida issiqbardosh listli po‘latdan qilingan va


kaolinli paxta turidagi olovbardosh tolali material bilan to‘ldirilgan issiqlik
izolyasiyali kiydirmaga ega. Kiydirma yuqorisida olovbardosh buyumlar bilan
qoplangan troynik joylashgan. Reaksiya quvurining bu qismi nomaqbul tuzilishga
ega, bu gazli fazadan qorakuyali uglerod ajralib chiqishiga va kiydirmaning
qisilishiga olib keladi. Buning hisobiga gazli oqim o‘tishi yopiladi, bu troynik
qoplama materiali qizishiga olib keladi. OEMK 1-pech ishlashining uch yilidan so‘ng
shu aniqlandiki, 100% quvurlar deformatsiyalangan kiydirmalarga ega bo‘lgan, gaz
o‘tishi maydoni esa 50-70% qisqargan.
Konversiyalangan gazni sovitish tizimi
Konversiyalangan gazning harorati va tarkibi shaxta pechiga berishdan oldin
pechning tiklash zonasida maqbul sharoitlar yaratish uchun qo‘shimcha tarzda
tuzatilishi lozim. Harorat keng chegaralarda (680-900 ºC) tuzatiladi. Harorat darajasi
shixta materiallarining yumshash haroratiga bog‘liq holda belgilanadi.
Konversiyalangan gazning umumiy kollektoridan gazning tartibga solingan
qismi konversiyalangan gaz muzlatgichiga qaytariladi (4.20-rasm). Gaz qarama-293
qarshi yo‘nalishli muzlatgichda suv bilan sovitiladi. Buning uchun muzlatgichda
teshilgan silindrlar ko‘rinishidagi metall o‘rnatma joylashtirilgan. Muzlatgich
korpusi gazga zichlangan, yaxlit payvandlangan, ichki diametri 2900 mm, sig‘imi 25 m3 .

Tiklovchi gaz haroratinitartibga solish tizimi:
1-konversiyalangan gaz quvuri; 2-tiklovchi gaz quvuri; 3- konversiyalangan gaz
muzlatgichi; 4- sovitilgan konversiyalangan gazni sarflash tartiblagichi; 5-
aralashtirgich; 6-diafragma


Muzlatgichga gaz 900ºC harorat bilan kiradi va o‘rnatmaga beriladigan suv,
uning harorati va o‘rnatma holatiga bog‘liq holda undan 30-40 ºC harorat bilan294
chiqadi. Sovitilgan gaz gaz quvurining perimetri bo‘ylab joylashgan sakkizta teshik orqali konversiyalangan gazning asosiy oqimiga kiradi. Bir vaqtning o‘zida bu yerga tiklovchi gazda metanning topshirilgan miqdorini ta'minlovchi miqdorda tabiiy gaz beriladi. Muzlatgich yo‘nalishida gazning harakatlanishiga konversiyalangan gazning umumiy kollektorida o‘rnatilgan ko‘chmas olovbardoshlardanь tayyorlangan torayuvchi qurilma hisobiga erishiladi.

Uning miqdori sovituvchi gaz quvuriga montaj qilingan pnevmoyuritmali klapan bilan tartibga solinadi. Tiklovchi gaz haroratini va tarkibini tuzatish tizimlari maxsus texnik xizmat ko‘rsatishni talab qilmaydi.


Muzlatgichga kirishda va chiqishda gaz bosimi tafovuti me'yoriy ishlashida 1-
2 kPa tashkil etadi. Haroratni tartibga soluvchi to‘liq ochiq klapanda tiklovchi gaz
bosimi tafovutining va haroratining oshishi muzlatgich o‘rnatmasi tiqilib qolganini
ko‘rsatadi. Ko‘pincha, bu ikkinchi aylanma sikl suvining sifati yomonligi sababli
sodir bo‘ladi, bunda sovitish tizimida hosil bo‘lgan organik birikmalar va oddiy bir
hujayrali bakteriyalar to‘planib qoladi.
Pech to‘xtagan paytda oyiga bir marta tizimga kimyoviy moddalar (suv sifatini
me'yorlovchilar) berish lozim. Bunda erkin xlor ajratuvchi moddalardan foydalanish lozim. Biroq, metallash qurilmasini ishga tushirishda tanlab olingansuv namunasida erkin xlor bo‘lmasligi lozim. Muzlatgich o‘rnatmasini tozalash to‘xtab turgan pechda amalga oshiriladi. Metallash qurilmasida bosim 500-700 Pa darajada saqlanadi.

Rekuperator


Rekuperator reformerdan chiqadigan tutun gazlarni foydalanishga tiklash
uchun mo‘ljallangan (4.21-rasm). Reformer ikkita tutun quvuriga ega, shuning uchun metallashning bitta qurilmasida parallel ishlaydigan ikkita rekuperator mavjud. Tutun gaz reformerdan 1050-1080 ºC harorat bilan havo 600 ºC harorat bilan qiziydigan havo isitgichning radiatsiyali va konvektiv qismlardan o‘tadi, so‘ngra konvektiv qismda aralash gazning 90 ºC dan 400 ºC gacha va tabiiy gazning 150 ºC gacha qizishi sodir bo‘ladi. Tutun gaz rekuperatorni 400 ºC harorat bilan tark etadi.



Rekuperator sxemasi:
1,11- tutun gazlarning kirishi va chiqishi; 2-havoni qizdirishning radiatsion
rekuperatori; 3-sovuq havoning kirishi; 4- qizigan havoning chiqishi; 5,6- havoning
kirishi va chiqishi; 7,8 – aralash gazning kirishi va chiqishi; 9,10- tabiiy gazning
kirishi va chiqishi

Aralash gazning qizishi natijasida reformerning reaksiya quvurlarida gaz


qizishi uchastkasi qisqaradi va reaksiya quvurlariga gaz kirishi uchastkalarida termik kuchlanishlarning ancha kamayishiga erishiladi, bu bilan ularning uzoq vaqt xizmat ko‘rsatish muddati ta'minlanadi. Bundan tashqari, yetkazuvchi quvurlarda suvli bug‘lar kondensatsiyasi va reaksiya quvurlariga kondensat kirishi istisno qilinadi. Tabiiy gazni texnologik gaz bilan aralashtirishdan oldin uni 150 ºC gacha
qizdirish texnologik gazdan namlik tushishining oldini oladi. Reformerdayondirish
uchun havoni qizdirish tabiiy gazning ancha tejalishini ta'minlaydi. Sovuq havo
rekuperatorning radiatsion va konvektiv qismlariga alohida kiritiladi. Havoni
taqsimlash tartibga soluvchi klapanlar yordamida amalga oshiriladi.
Rekuperatorning katakli turdagi radiatsion qismi to‘g‘ri oqimli tartibda ishlaydi,
barcha konvektiv guruhlar esa kesishuvchi qarama-qarshi qoida bo‘yicha ishlaydi.
Rekuperatordan chiqishda joiz bo‘lgan harorat oshib ketishining oldini olish
uchun tutun oqimiga sovuq atmosfera havosining tartiblangan miqdorini qo‘shish
ko‘zda tutilgan. Buning uchun rekuperator kanaliga ko‘p sonli teshiklari mavjud
uchta quvur tushirilgan, ular bo‘ylab sovuq atmosfera havosi kanalning butun kesimi bo‘ylab tutun oqimiga so‘rib olinadi.
Havo isitgichlarning konvektiv qismlari, aralash va tabiiy gaz isitgichlari bir xil tuzilishga ega, faqat o‘lchamlari farq qiladi. Isitgich austenit sinfli po‘latdan
bo‘lgan quvurlarning ikkita parallel bog‘lamini o‘z ichiga oladi. Bog‘lamlar kirish va chiqish kollektorlariga payvandlangan U-simon quvurlardan tayyorlangan.
bog‘lamlar vertikal joylashgan. Rekuperator sirti gazga zichlangan, payvandlangan sirpanuvchi tirgaklarga tayanadi. Rekuperatorning olovbardosh qoplamasi issiqlikning kam talafotini ta'minlashi, issiqlikka chidamli bo‘lishi va 20-25 m/s tezlikka ega bo‘lgan gazli oqim harakati tufayli mexanik yeyilishga qarshi turishi lozim. Rekuperator sirtining joiz harorati 100 ºC dan oshmasligi zarur. Rekuperatorning radiatsion qismi qoplamaning
200 mm umumiy qalinligiga ega va izolyasiyali betondan, yengil olovbardosh
betondan va izolyasiyali g‘ishtdan foydalanib ikki qavatli tayyorlanadi.
Rekuperatorning konvektivli qismi qoplamaning 185 mm qalinligiga ega.
Rekuperator sirtiga payvandlanadigan ankerlar issiqlikka chidamli bo‘lishi lozim.
Ular beton bilan yaxshi ilashishi uchun to‘lqinli shaklga ega bo‘ladi. Betonli qoplama sirpanuvchi qolipdan va alohida kartali shablonlardan foydalanib tayyorlanadi.
Harorat choklari erkin va toza bo‘lishi lozim. Montaj paytida ular qattiq oson
yonuvchan penomaterial bilan to‘ldiriladi. Radiatsion qismning vertikal uchastkalari MKRV-340 olovbardosh tolali matlardan foydalanib o‘rnatiladi. Qoplamani montaj qilish paytida uning o‘lchamlarini yaxshilab nazorat qilish zarur. Yorug‘likdachetga chiqish (og‘ish) 10 mm dan oshmasligi lozim. Agar bunga rioya qilinmasa, unda foydalanganda rekuperatorning harorat maydoni buziladi. Bundan tashqari, barcha qoplash ishlarining ~5 ºC da bajarilishi ta'minlanishi lozim. Qoplash ishlari tugagandan so‘ng rekuperatorni qizdirishni 7 sutka turgandan so‘ng o‘tkazish mumkin.
Rekuperator maxsus xizmat ko‘rsatishni talab qilmaydi. U termobug‘larning
yetarli miqdori bilan jihozlangan, bu uning ish samaradorligini muntazam nazorat
qiladi. Bundan tashqari, rekuperatordan so‘ng metan va kislorodga quvur
bog‘lamlarining gazga zichligini nazorat qilish imkonini beruvchi gazoanalizatorlar o‘rnatilgan. Har oyda texnologik xodim sirtning o‘ta qizib ketmaganligini ko‘z bilan ko‘rib va maxsus ko‘rish darchasi orqali quvur bog‘lamlari holatinitekshiradi.

Shaxta pechi to‘xtaganda quvur bog‘lamlari ishdan chiqqan holatda rekuperator burilish kamerasi montajli lyukini ochish lozim. Lyukni qoplash uning tezda demontaj qilinishini ta'minlaydi.


Rekuperatorning ushbu tuzilishi maqbul hisoblanmaydi va kelgusida ishlashni
oxirigacha yetkazishni talab qiladi, chunki rekuperatorning FIK 55-65 % tashkil
etadi. Tuzilmani kelgusida takomillashtirish aralash gaz haroratini 500 ºC gacha
oshirish imkoniyatlari yo‘nalishida olib borilishi zarur, bu reformer unumdorligini 5- 10% oshirish imkonini beradi. Rekuperator va tutun so‘rgich o‘rtasiga joylashtirish
mumkin bo‘lgan qozon-utilizatordan foydalanish boshqa bir yo‘nalish bo‘lishi
mumkin.


Sovituvchi gaz sikli jihozlari
300-500 ºC haroratli qizigan, changlangan sovituvchi gaz shaxta pechining gaz
qaytaruvchilari orqali sovituvchi gaz skrubberiga yo‘naladi. Bu skrubberning
tuzilishi va ishlashi koloshnikli gaz skrubberiga o‘xshash, faqat, bu yerda gazli oqim
qismlarga bo‘linmaydi. Tozalangan gaz 35-40 ºC haroratli me'yoriy ishlashda
rotatsion turdagi sovituvchi gaz kompressori kirishiga beriladi. Pechda sovituvchi
gaz sarflanishi baypasli quvur bo‘ylab kompressorga kirishda gazning bir qismini
chiqarib yuborish yo‘li bilan tartibga solinadi. Pechdan oldin sovituvchi gazsiklonli
tomchi ajratgich orqali o‘tadi, bunda oqim buralishi hisobiga tomchili namlik
ajraladi.
Pechni sovitish zonasiga o‘rnatilgan gaz taqsimlagich orqali gaz pastga
tushadigan shixtaga purkaladi.
Sovituvchi gaz skrubberi sig‘imi 102 m3 , o‘tkazish qobiliyati 54 ming. m3/s.
Tozalash darajasi 99,9%. O‘rnatma sig‘imi 23,7 m3 , o‘rnatma polipropilenli,
o‘rnatmaning eng yuqori joiz harorati 120 ºC. Sovituvchi gaz kompressori
texnologik gaz kompressorlariga o‘xshash. Inertli, tabiiy yoki sovuq
konversiyalangan gaz sarflanishini o‘zgartirib, sovitish va tiklash zonalari o‘rtasidagi
gaz almashinuvga ta'sir ko‘rsatadi. Sovituvchi gaz siklining tizimi maxsus texnik
xizmat ko‘rsatishni talab qilmaydi. Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha asosiy uslublar
sovituvchi gaz skrubberi va texnologik gaz kompressoarlari xizmat ko‘rsatishi
uslublariga o‘xshash.
Inertli gaz tizimi jihozlari
Shaxta pechi gazodinamik tambalarining me'yoriy ishlashini ta'minlash hamda
qurilma xavfsizligini ta'minlash uchun reformern tutunidan olinadigan inertli gazdan
foydalaniladi. Inertli gaz tizimi to‘rtta kichik tizimni o‘z ichiga oladi: namli inertli
gaz (shudring nuqtasi 5 ºC), quruq inert gaz (shudring nuqtasi 40 ºC), purkaluvchi gaz
va inertli gazni avariyali olish (4.22-rasm).
1060-1070 ºC haroratli tutun gazning bir qismi inertli gazning skrubber
muzlatgichida sovitiladi. Sovitishda tutundagi namlikning katta qismi metall299
o‘rnatmaga ega bo‘lgan skrubber-muzlatgichga o‘tiradi va qarama-qarshi oqimda
ishlaydi. Tutun reformerdan skrubber-muzlatgichga o‘rnatilgan ikki pog‘onali
rotatsion turdagi kompressor bilan so‘rib olinadi. Tutun bosimi 0,16MPa gacha
ko‘tariladi. Skrubber-muzlatgichning o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10 ming. m3/s.
Chiqishda tutun harorati 25-35 ºC tashkil etadi.

METALLURGIYA IShLAB ChIQARIShLARI UChUN UMUMIY XAVFSIZLIK


QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 16-oktabrda 979-son bilan ro‘yxatga olingan “Idoraviy me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari”ga (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 20-son) muvofiq ishlab chiqilgan va metallurgiya ishlab chiqarishlarida qo‘llaniladigan texnologik qurilmalar tuzilishiga, shuningdek texnologik jarayonlarni boshqarish, nazorat qilish hamda tartibga solish tizimlaridan foydalanishda sanoat xavfsizligi talablarini belgilaydi.
UMUMIY QOIDALAR
Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar, atamalar va qisqartmalar qo‘llaniladi:
blokirovka — texnik qurilma, mashina ish organlari yoki elektr sxemalarini ma’lum holatda tutib turishni ta’minlaydigan uslublar va vositalar majmui;
dalolatnoma-ruxsatnoma — bir yuridik shaxs (pudratchi) xodimlarining boshqa yuridik shaxs (buyurtmatchi) hududida ishlarni bajarish shartlarini aniqlovchi, ikkala yuridik shaxs xodimlarining mehnat xavfsizligini ta’minlovchi, kelishilgan tashkiliy va texnik tadbirlar ro‘yxatini qayd qiluvchi, pudratchi bajaradigan ishlarga buyurtmachining yozma ruxsati bo‘lib, ikkala yuridik shaxsning vakolatli vakillari imzolagan hujjat;
joriy ta’mirlash — uskunani ta’mirlash grafiklariga ko‘ra uskunaning ish qobiliyatini ta’minlash yoki qayta tiklash uchun bajariladigan va alohida qismlarini almashtirish va (yoki) qayta tiklashdan iborat ta’mirlash;
ish o‘rni — xodimning bajaradigan ishi bilan bog‘liq bo‘lgan joy, u shu joyda bo‘lishi yoki shu joyga kelishi lozim va bu joy ish beruvchining bevosita yoki bilvosita nazoratida bo‘ladi;
ishlarni tashkil etish loyihasi (ITEL) — kapital va joriy ta’mirlashlarga tayyorgarlik ko‘rishda va bajarishda mehnat va sanoat xavfsizligini ta’minlovchi texnik va tashkiliy qarorlarni kelishish uchun ishlab chiqarish tarkibiy bo‘linma mutaxassislari ishlab chiqqan tashkiliy-texnologik hujjat;
kapital ta’mirlash — texnik qurilmaning sozligini qaytadan tiklash, hamda uning resursini asosiy va umuman har qanday qismini almashtirish yoki tiklash yo‘li bilan to‘liq yoki deyarli to‘liq qayta tiklash uchun bajariladigan ta’mirlash;
naryad-ruxsatnoma — bajariladigan ishga topshiriq, joriy qilingan shakldagi blankada tuzilib va ishning mazmuni, joyini, shu ishga taalluqli xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini, bexatar bajarish shartlarini, uning boshlanish va tugash vaqtini, ijrochilar va ishlarni bexatar olib borishga mas’ul xodimlar tarkibini belgilaydi;
obyekt — xavfi yuqori bo‘lgan ishlar bajariladigan hudud, bino, inshoot, agregat, texnik qurilma, mashina, mexanizm, kommunikatsiya, uskuna, mahsulot va hokazolar;
tashkilot texnik rahbari — tashkilotning texnik xizmatlari faoliyati rahbari, texnologiyani takomillashtirishni va ishlab chiqarishni tashkil etishni ta’minlaydi, tashkilotda sanoat xavfsizligi talablariga amal qilinishini nazorat qiladi. Tashkilot rahbarining birinchi muovini hisoblanadi.

texnik qurilma — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnologik uskuna, agregatlar, texnik tizimlar (komplekslar), apparatura, asboblar, ularning uzel va tarkibiy qismlari;


texnologik jarayon — ishlab chiqarish jarayonining qismi, mehnat predmeti holatini o‘zgartirish va (yoki) aniqlashga qaratilgan maqsadli harakatlardan iborat.
* Izoh: 1. Texnologik jarayon mahsulotga, uning tarkibiy qismiga yoki qayta ishlash, shakliy tuzilish va yig‘ish uslublariga taalluqli bo‘lishi mumkin. 2. Mehnat predmetlariga zagotovka va mahsulotlar kiradi;
texnologik yo‘riqnoma — mahsulot tayyorlash texnologiyasiga va texnologik jarayonlar o‘lchamlariga majburiy talablarni o‘rnatadigan hujjat, tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanadi;
xavfi yuqori bo‘lgan ishlar — bajarish paytida xodimga xavfli va (yoki) zararli ishlab chiqarish omillari ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ishlar, ularni boshqarish uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlovchi tegishli choralar qo‘llash talab etiladi;
ABER — avariyani bartaraf etish rejasi.
NO‘A va A — nazorat-o‘lchash asboblari va avtomatizatsiya.
TAS — tez alangalanadigan suyuqlik.
ChRBK — chegaraviy ruxsat berilgan konsentratsiyalar.
ShHV — shaxsiy himoya vositalari.
EMM — elektr magnit maydoni.
HBM — havo bo‘linishi mahsulotlari.2. O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan Metallurgiya ishlab chiqarishlari uchun umumiy xavfsizlik qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar) sanoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan talablarni belgilab beradi va ularning bajarilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli qarori bilan tasdiqlangan (O‘z.R QT, 2004-y., 28-son, 321 b.; 2006-y., 41-son, 414 b.) “O‘zbekiston Respublikasi sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi) to‘g‘risidagi” Nizomga muvofiq “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi organlari nazorat qiladigan texnik qurilmalarni loyihalash, tayyorlash, montaj qilish va ta’mirlash, metallurgiya ishlab chiqarishlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar uchun (ularning tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar) majburiydir.
3. Metallurgiya ishlab chiqarishlarining xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinayotganda loyiha hujjatlarida ijro hokimiyatining sanoat xavfsizligi sohasida maxsus vakolat berilgan Davlat organi — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tasdiqlagan sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lishi shart.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq loyiha hujjatlaridan tashqari texnik qurilmalar, bino va inshootlar, shuningdek sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar ham sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkaziladi.
Sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspertiza qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq o‘tkazilishi kerak.
5. Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga qabul qilish chog‘ida ushbu obyektning loyiha hujjatlariga muvofiqligi, tashkilotning ushbu obyektdan foydalanishga va avariya oqibatlarini lokallashtirish hamda bartaraf etishga tayyorligi tekshirilishi kerak.
6. Har qaysi foydalanuvchi tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risida nizom ishlab chiqishi kerak.
7. Ishlab chiqarish nazoratini tashkil etish va amalga oshirish uchun javobgarlik foydalanuvchi tashkilot rahbariga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan bunday vazifalar belgilangan shaxslarga yuklatiladi.
8. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini bexatar olib borish tartibi va shartlarini, avariya vaziyatlarida va ta’mirlash ishlarini bajarish chog‘ida xodimlarning xatti-harakatini belgilab beruvchi me’yoriy-texnik va foydalanish hujjatlari bo‘lishi kerak.
Ushbu hujjatlar kamida besh yilda bir marta, portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlarda esa kamida uch yilda bir marta, shuningdek ushbu hujjatlar uchun asos qilib olingan me’yoriy hujjatlar o‘zgarganda, avariya va baxtsiz hodisalarni tekshirish bo‘yicha tuzilgan komissiya xulosalari natijalari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
9. Sanoat xavfsizligi, texnologik jarayonni olib borish, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashga doir talablarni o‘z ichiga olib ishlab chiqilgan texnologik yo‘riqnomalarni tashkilotning texnik rahbari tasdiqlaydi.
10. Yangi ishlab chiqarishlar, texnologik jarayonlar va texnik qurilmalar o‘zlashtirilganda ularni ishlab chiqqan va tayyorlagan tashkilotlar tomonidan texnologik jarayonlarni olib borish va texnik qurilmalardan bexatar foydalanishni ta’minlovchi vaqtinchalik yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
Vaqtinchalik yo‘riqnomalar yangi ishlab chiqarishlar uchun ko‘pi bilan bir yil mobaynida amal qilishi kerak.

Ishga tushirilayotgan portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlar va texnologik jarayonlar uchun ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish chog‘ida portlash-yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tashkilotning texnik rahbari tasdiqlaydi


11. Rahbarlar, mutaxassislar va ishlab chiqarish xodimlarini o‘qitish va attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
12. Rahbarlar va mutaxassislar loyihalash, qurilish, montaj va korxonadan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga kirayotganlarida mustaqil ish boshlashga ruxsat olish uchun mazkur Qoidalar hamda ularning ish uchastkasiga taalluqli bo‘lgan mehnat muhofazasi qoidalari va yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlari yuzasidan sinovdan o‘tishlari lozim.
Rahbarlar va mutaxassislarning mehnat muhofazasi qoidalari va yo‘riqnomalari bo‘yicha bilimlarini davriy tekshirish kamida uch yilda bir marta amalga oshiriladi.Ishchilarni mehnat xavfsizligiga o‘qitishni tashkil etish va yangi ishchilarni (kasbi bo‘lmagan yangi ishga kiruvchilar yoki kasbini o‘zgartirayotganlar) tayyorlash, ishchilar malakasini oshirish GOST 12.0.004-90 “SSBT. Mehnat xavfsizligiga o‘qitishni tashkil etish. Umumiy qoidalar” va “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va bilimlarni tekshirish to‘g‘risida namunaviy nizom” (1996-yil 14-avgustda 272-son bilan ro‘yxatga olingan) talablari bilan tartibga solinadi.

13. Ishga kiruvchi ishchilar, rahbarlar va mutaxassislar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, ishlovchilar esa — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 6-iyundagi 300-son buyrug‘iga muvofiq davriy ko‘rikdan o‘tishlari kerak.


14. Tashkilotda uning texnik rahbari tasdiqlagan xavfi yuqori bo‘lgan ishlar ro‘yxati ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
15. Xavfi yuqori bo‘lgan ishlar naryad-ruxsatnoma bo‘yicha bajarilishi kerak (1-ilova*). Naryad-ruxsatnoma konkret sharoitlarda ishlarni bajarish xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy-texnik tadbirlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi va naryad-ruxsatnomalarni ro‘yxatga olish jurnalida qayd etilishi kerak (3-ilova*).
* 1 va 3 ilovalar berilmaydi.
16. Xavfi yuqori bo‘lgan ishlar kamida ikki kishidan iborat brigada tomonidan, agar ishlar texnik qurilma va apparatlar ichida bajarilsa, kamida uch kishidan iborat brigada tomonidan bajarilishi kerak.
Texnik qurilmalarga sexning doimiy xodimlari tomonidan reglament asosida xizmat ko‘rsatiladigan vaqti-vaqti bilan takrorlanuvchi xavfi yuqori bo‘lgan ishlar tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan maxsus ishlab chiqilgan yo‘riqnomalar bo‘yicha bajarilishi mumkin.
17. Har qaysi tashkilotda avariyalarni bartaraf etish rejalari (ABER) tuzilishi kerak.
ABER kamida uch yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi va avval tasdiqlangan rejaning amal qilish muddati tugashiga bir oy qolganda tasdiqlanadi.
18. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasida belgilangan chegaraviy miqdordagi xavfli moddalari bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishi shart.
Boshqa xavfli ishlab chiqarishlar va obyektlar uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish majburiyligi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
19. Xavfli metallurgiya obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishda ziyon yetkazganlik uchun javobgarlik bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzishlari shart.
20. Faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishlar (obyektlar)ni mazkur Qoidalar talablariga muvofiqlashtirish tashkilot rahbariyati tomonidan “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining hududiy organlari bilan kelishilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish va obyektlar mazkur Qoidalar talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar ishlab chiqarishdan foydalanish xavfsizligini ta’minlovchi qo‘shimcha tadbirlar ishlab chiqishlari va ular “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining hududiy organlari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
TEXNOLOGIK QISM
Texnik qurilma va ish o‘rinlarining joylashishiga qo‘yiladigan talablar
21. Texnik qurilmalarning joylashishi ishlab chiqarish jarayonlarining amaldagi umumiy xavfsizlik talablariga, texnologik loyihalash me’yorlariga, qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq ulardan foydalanish xavfsizligini, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash qulayligini ta’minlashi kerak.
22. Tashkilotning ishlab chiqarish binolarida quyidagilar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak:

a) boshqaruv shitlariga xizmat ko‘rsatish fronti bo‘ylab kengligi kamida 2,0 m bo‘lgan maydonchalar (doimiy ish o‘rinlari bo‘lganda);


b) texnik qurilmalarga doimiy xizmat ko‘rsatiladigan joylarda kengligi kamida 1,0 m bo‘lgan maydonchalar va vaqti-vaqti bilan xizmat ko‘rsatiladigan joylarda kengligi kamida 0,8 m bo‘lgan maydonchalar;
v) montaj va demontaj qilinadigan uskunalarni, montaj va ta’mirlash ishlarini bajarish uchun zarur moslamalarni, asboblar va yordamchi materiallarni joylashtirish uchun yetarli o‘lchamlardagi ta’mirlash (montaj qilish) maydonchalari. Bunda ishchi o‘tish yo‘llari va maydonchalarning o‘lchamlarini qisqartirish, shuningdek asosiy va zaxira chiqish joylarini to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
23. Ish o‘rinlarining xavfsizligi GOST 12.2.061-81 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunasi. Ish o‘rinlariga qo‘yiladigan umumiy xavfsizlik talablari” va boshqa amaldagi tegishli standartlar talablariga javob berishi kerak.
Texnologik jarayonlarning umumiy xavfsizlik talablari
24. Texnologik jarayonlar tasdiqlangan texnologik yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ko‘rsatilgan texnologik yo‘riqnomalarda ko‘zda tutilmagan ishlar va operatsiyalarni bajarishga ruxsat etilmaydi.
25. Eritish agregatlarining ishchi maydonchalarida va erigan metall yoki shlak tushishi ehtimoli bo‘lgan boshqa joylarda namlik, eritmalar bilan o‘zaro reaksiyaga kirishadigan oson parchalanuvchi material va moddalar bo‘lishiga ruxsat etilmaydi.
26. Nam shixta va materiallarni ichida erigan metall yoki shlak bo‘lgan agregatga yuklash, shuningdek erigan metall yoki shlakni ichida namlik yoki nam materiallar bo‘lgan agregat yoki idishlarga quyish ruxsat etilmaydi. Eritish agregatlariga yuklanadigan shixta yoki boshqa komponentlardagi namlik yoki tarkibida birikkan holda suv bo‘lgan materiallarning chegaraviy miqdori agregatning texnologik yo‘riqnomasida belgilanadi.
27. Suv bilan sovutish tizimining germetikligi buzilgan eritish agregatlaridan foydalanish taqiqlanadi.
28. Portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan yoki zaharli moddalar qo‘llaniladigan (hosil bo‘ladigan) texnologik jarayonlarni bajarish chog‘ida ishlatiladigan texnik qurilmalar va kommunikatsiyalar germetik bo‘lishi kerak. Agar uskunani to‘liq germetiklash imkoniyati bo‘lmasa, xavfli moddalar ajralib chiqadigan joylar muhitni nazorat qilish vositalari va mahalliy so‘rish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Germetiklash qurilmalari muntazam ko‘zdan kechirib turilishi kerak. Germetikning buzilishi zudlik bilan bartaraf etilishi kerak.
29. Ishlayotgan yoki yangi barpo etilayotgan (tajriba) texnik qurilmalarda tajriba ishlarini bajarish bilan bog‘liq yangi texnologik jarayonlarni joriy etish texnik jihatdan asoslangan hollarda, ushbu ishlarni bajarish xavfsizligini ta’minlovchi tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan vaqtinchalik texnologik yo‘riqnomalar bo‘yicha bajarish ruxsat etiladi.
Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi
30. Texnologik jarayonlarni avtomatik va uzoqdan turib boshqarish, nazorat qilish tizimlari, avariyalarga qarshi himoya, aloqa va xabar berish tizimlari ishlab chiqarish jarayonlarining va texnologik operatsiyalarning ishonchli va bexatar olib borilishini qabul qilingan texnologik reglament va mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bajarilishini ta’minlashi kerak.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hajmi texnologik loyihalash me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Boshqarish tizimlari zamonaviy nazorat, avtomatika, hisoblash texnikasi va axborot vositalari bilan jihozlanishi kerak.
Hisoblash va mikroprotsessor texnika vositalari asosida tashkil etilgan texnologik jarayonlarni avtomatlashgan boshqarish tizimlari amaldagi standartlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda texnologik uskunaning belgilangan ish rejimi buzilganda ishlab ketadigan texnologik, ogohlantirish va avariya signalizatsiyasi, blokirovkalar va himoya tadbirlari ko‘zda tutilishi kerak.
31. Boshqaruv pultlari, postlari va panellari texnologik loyihalash me’yorlariga binoan aloqa va signalizatsiya vositalari bilan jihozlanadi.
Yorug‘lik va tovush signalizatsiyasi tizimi foydalanuvchi xodimlarni texnik qurilmalarning ishga tushganligi, to‘xtaganligi va belgilangan ish rejimi buzilganligi to‘g‘risida ogohlantirilishini ta’minlashi kerak.
32. Boshqaruv xonalari, pultlar, postlar va panellar xizmat ko‘rsatish uchun qulay, xavfsiz, xizmat ko‘rsatilayotgan texnik qurilma yaxshi ko‘rinadigan joylarda joylashgan bo‘lishi kerak.
33. Yuqori haroratli hududda joylashgan boshqaruv xonalari issiqlik ta’siridan himoyalangan bo‘lishi kerak. Derazalar ochilmasligi va issiqlikni qaytaruvchi maxsus oynalar yoki oyna paketlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
34. Boshqaruv xonalari yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiq o‘t o‘chirish vositalari bilan jihozlanishi kerak.
35. Texnik qurilmalarning boshqaruv organlari GOST 12.2.064-81 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunasining boshqaruv organlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga va boshqa amaldagi standartlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Operatorlar ish o‘rinlarining tuzilishi GOST 12.2.032-78 “SSBT. O‘tirib ishlash paytida ish o‘rni. Umumiy ergonomik talab”, GOST 12.2.033-78 “SSBT. Turib ishlash paytida ish o‘rni. Umumiy ergonomik talab”larda ishlarni o‘tirib yoki turib bajarganda qo‘yiladigan umumiy ergonomik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
36. Bir biriga zid bo‘lgan operatsiyalarga xizmat qiluvchi boshqaruv mexanizmlari ikkala boshqaruv tizimi bir vaqtning o‘zida ishga tushmasligi uchun blokirovkalangan bo‘lishi kerak.
37. Bitta operatsiyaning qo‘l va pedalli boshqaruv tizimlari mavjud bo‘lsa, ikkala boshqaruv tizimini bir vaqtning o‘zida ishga tushmasligi uchun blokirovka ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
Nazorat-o‘lchash asboblari, ishlab chiqarish signalizatsiyasi va aloqa
38. Boshqaruv shitlari, pultlari, postlari va panellarida joylashgan nazorat-o‘lchash asboblarining boshqaruv, signalizatsiya va elektr toki ta’minoti sxemalarida ularda elektr tok kuchlanishi borligini bildiruvchi signalizatsiya bo‘lishi kerak.
39. Uzoqdan turib boshqariladigan texnik qurilmalar o‘rnatilgan joyida ham, uskunani boshqarish joyida ham texnologik jarayon parametrlarini ko‘rsatuvchi nazorat-o‘lchash asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Nazorat-o‘lchash asboblari kuzatish va tartibga solish uchun qulay va xavfsiz joylarda o‘rnatilishi kerak.
40. Nosoz yoki qiyoslash muddati o‘tgan nazorat-o‘lchash asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
41. O‘lchash vositalari ustidan nazorat va idoraviy tekshiruv amaldagi standartlarning talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
42. Elektr asboblari va shitlar yerga ulangan bo‘lishi kerak.
43. Nazorat-o‘lchash asboblari va avtomatizatsiya (NO‘A va A) hamda boshqaruv tizimlari ehtiyoji uchun beriladigan siqilgan havo tarmoqlarida tizimlarning bir soat mobaynida ishlashini ta’minlaydigan bufer sig‘imlar o‘rnatilishi kerak. Agar NO‘A va A hamda boshqaruv tizimlarini havo bilan ta’minlash havoning uzluksiz berilishini ta’minlovchi umumzavod quruq siqilgan havo tarmog‘idan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bufer sig‘imlar o‘rnatilmaydi.
NO‘A va A hamda boshqaruv tizimlari ehtiyoji uchun beriladigan siqilgan havoning sifati amaldagi standartlarning talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
44. Bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq ishlab chiqarish uchastkalari va texnik qurilmalar ikki tomonlama baland tovushli va telefon aloqasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
45. Avtomatik, rostlash va qo‘l rejimlarida ishlashi ko‘zda tutilgan texnik qurilmalarda ularning ushbu ish rejimida yurgizilishini bildiruvchi signalizatsiya bo‘lishi kerak.
46. Aloqa va signalizatsiya vositalari ishlab chiqarish xodimlarining eng yuqori ko‘rish va eshitish imkoniyati bo‘lgan joylarda o‘rnatiladi, shuningdek xizmat ko‘rsatish uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi kerak.
47. Signallarning ma’nosi va signal berilganda ishlab chiqarish xodimlarining o‘zini tutish qoidalari, shuningdek signal berish huquqiga ega shaxslar ro‘yxati tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan ishlab chiqarish yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
48. Signal va blokirovka qurilmalari nosoz bo‘lgan texnik qurilmalar, shuningdek barcha turdagi texnologik, relsli va relssiz zavod ichki transportidan foydalanish taqiqlanadi.
49. Asboblar, avtomatizatsiya vositalari, signalizatsiya, uzoqdan turib boshqarish va himoya blokirovka qurilmalari ustidan ularning soz holda ishlashini ta’minlovchi doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
50. Boshqaruv, nazorat tizimlari va signalizatsiya asboblari va elementlariga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash “Iste’molchilarning elektr qurilmalardan texnik foydalanish qoidalari” (2004-yil 9-iyulda 1383-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 27-son, 317-bet) va “Iste’molchilarning elektr qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (2004-yil 20-avgustda 1400-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 33-son, 379-bet) talablariga binoan tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar tomonidan bajarilishi lozim.
51. Boshqaruv, nazorat tizimlari va signalizatsiya asboblari va elementlarini almashtirish davrida texnologik jarayonlarni qo‘l rejimida bajarish xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.

Aspiratsiya


52. Aspiratsiya tizimlari chang-gaz-havo aralashmalari ko‘rinishidagi xavfli va zararli moddalar (gaz, bug‘, chang, aerozollar)ni ular hosil bo‘lgan joylardan chiqarib yuborilishini va ishlab chiqarish binolari ish hududi havosida bunday moddalarning miqdori GOST 12.1.005-88 “SSBT. Ish hududi havosiga qo‘yiladigan umumiy sanitariya-gigiyena talablari”, SanQM 0046-95 “Ish hududi havosida zararli moddalarning chegaraviy ruxsat berilgan konsentratsiyasi (ChRBK)”larda belgilangan chegaraviy ruxsat berilgan konsentratsiyalar (ChRBK) darajasidan oshmasligini ta’minlashi kerak.
Aspiratsiya tizimlarini o‘rnatish amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
53. Ishlab chiqarish xonalarida aspiratsiya tizimlarini o‘rnatmasdan havoni xavfli va zararli moddalar bilan ifloslantirish manbalari bo‘lgan texnik qurilmalar va texnologik transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
54. Aspiratsiya uskunalari texnik qurilmalar ishga tushirilgunga qadar yurgizilishi, ular to‘xtagandan keyin esa ish hududi havosida xavfli va zararli moddalar konsentratsiyasi ChRBKdan ortiq hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan vaqt o‘tgandan so‘ng o‘chirilishi kerak.
55. Agar avtomatik tarzda ishga tushadigan aspiratsiya uskunalari bo‘lsa, aspiratsiya uskunasi yaqinida bevosita qo‘shimcha ishga tushirish qurilmalari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
56. Agar ish o‘rnida ventilatsiya tizimi bexosdan (avariya) o‘chib qolsa ishlab chiqarish jarayoni (texnik qurilma)ni to‘xtatish imkoni bo‘lmasa yoki ishlab chiqarish jarayoni (texnik qurilma) to‘xtatilganda ish hududiga ChRBKdan ortiq miqdorda zararli moddalar ajralib chiqishi davom etsa, avtomatik tarzda ishga tushadigan zaxira ventilyatorlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
57. Aspiratsiya tizimlari germetik bo‘lishi kerak. Aspiratsiya tizimlarining germetikligi muntazam tekshirilishi, aniqlangan nozichliklar bartaraf etilishi kerak.
Ish o‘rnidagi so‘rish qurilmalari konstruksiyasi uskunaga xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash ishlarini qiyinlashtirmasligi kerak.

58. Chiqarib olinayotgan chang-gaz-havo aralashmalar atmosferaga chiqarilishdan oldin tozalanishi lozim.


59. Portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish binolarida aspiratsiya qilinishi zarur bo‘lgan chang-gaz-havo aralashmalaridagi portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan moddalarning mavjudligi tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yo‘riqnoma va grafikka binoan tekshirilishi kerak. Bunday moddalarning maksimal ajralib chiqish rejimidagi konsentratsiyasi alanga tarqalishining quyi konsentratsiya chegarasining 50% dan oshmasligi kerak.
Tarkibida suv ta’sirida portlashga xavfli va zaharli modda (gaz)lar ajratadigan modda va materiallar bo‘lgan havoni namlab tozalash apparatida tozalash chang-gaz-havo aralashmalari konsentratsiyasi alanga tarqalish quyi konsentratsiya chegarasining 20% idan, zaharli gazlar uchun esa — ChRBKdan ortiq hosil bo‘lmasa ruxsat etiladi.
60. Aspiratsiya tizimining chang tutish apparatlaridan changni olib tashlash uzluksiz yoki tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan grafik bo‘yicha vaqti-vaqti bilan amalga oshirilishi kerak.
Changni tashiydigan aspiratsiya tizimining kommunikatsiyalariga o‘tirib qolgan chang muntazam ravishda tozalanishi kerak.

Aspiratsiya tizimlarida portlash-yong‘in va yong‘in xavfi bo‘lgan changlarning to‘planib qolishi ruxsat etilmaydi.


61. Chang-gaz-havo aralashmalarini portlash-yong‘in va yong‘in xavfi bo‘lgan changlardan tozalash uchun changni tindirish kameralaridan foydalanish taqiqlanadi.
62. Chang-gaz-havo aralashmalarini namlab tozalash apparatlaridan foydalanilganda apparat va kommunikatsiyalarni qiyin yuviladigan cho‘kmalardan tozalash yoki ularning hosil bo‘lishining oldini olish uchun chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi kerak.
63. Yuvish uchun suyuqlik kelishi to‘xtaganda portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlarning aspiratsiya tizimlari, namlab tozalash apparatlari va ushbu tizimlar xizmat ko‘rsatayotgan texnik qurilmalar zudlik bilan to‘xtatilishi kerak. Ularni to‘xtatish va ishga tushirish texnologik yo‘riqnomalarning talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
64. Aspiratsiya tizimlarining ish samaradorligini instrumental tekshirish kamida bir yilda bir marta, shuningdek har gal kapital ta’mir yoki rekonstruksiya ishlaridan keyin o‘tkazilishi kerak. Tizimlarni tekshirish dalolatnomalarini tashkilotning texnik rahbari tasdiqlashi kerak.

Shixta va konsentratlarni pishirishda xavfsizlik talablari


88. Shixta materiallari va konsentratlar (keyingi o‘rinlarda — materiallar)ni pishirish uchun mo‘ljallangan pechlarning korpuslari, gaz mo‘rilari, utilizatsiya qozonxonalari va boshqa texnologik uskunalarning konstruksiyalari, shuningdek ular bir-biri bilan yoki boshqa uskunalar bilan ulangan joylar germetiklangan bo‘lishi kerak.
89. Ish hududi havosiga gaz va changlar chiqarishi mumkin bo‘lgan pishgan materiallarni pechdan tushirish va pechga yuklash uzellari texnik qurilmalar bilan blokirovka qilingan panajoylar va aspiratsiya vositalari bilan jihozlanishi kerak.
90. Pechdagi ishchi va kuzatish oynalari, shuningdek boshqa texnologik tuynuklar eshikchalar (qopqoqlar) bilan zich yopilishi yoki issiq o‘tkazmaydigan materiallar bilan bekitilgan bo‘lishi kerak.
Tuynukcha-qopqoqchalarning konstruksiyasi ularning o‘z-o‘zidan ochilib ketishi va issiq gaz, changning chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
91. Pechni qizdirish uchun ishlatiladigan goryelka va forsunkalarning konstruksiyasi pech ishga tushgandan keyin ularni tez va xavfsiz chiqarib olinishini ta’minlashi kerak.
92. Materiallarni qaynash qatlamda pishirish pechining gumbazi va gaz mo‘risi tuynugining yuqori chekkasi orqali o‘tuvchi gorizontal tekislik orasida hosil bo‘lgan bo‘shliq pech hajmining 10% ni tashkil etsa, gumbazda portlash klapanlari bo‘lishi kerak.
93. Pechga materiallarni yetkazib berish qurilmasining konstruksiyasi material sarfini avtomatik tarzda tartibga solib, uzluksiz yoki vaqti-vaqti bilan yetkazib berilishini ta’minlashi kerak.
94. Pishgan materialni pechdan tushirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak.
95. Pishgan material va changni chiqarish uchun mo‘ljallangan tuynukchalarni, shuningdek borov va gaz mo‘rilarini tozalash ishlari mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak. Tuynukchalar to‘lib qolganda ularni pastdan kovlash taqiqlanadi.
96. Tushirib olingan pishgan materialni tashish va uni sovutish ishlari chang va gaz chiqishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalarda amalga oshirilishi kerak.

97. Gaz mo‘risining pechdan sovutish apparatigacha bo‘lgan uchastkasining va apparatning konstruksiyasi chang o‘tirib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi hamda borov va gaz mo‘risini ko‘rikdan o‘tkazish va tozalash uchun darcha va maydonchalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.


98. Chang yig‘gichlar yukni bo‘shatish paytida chang hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan zatvorlar va boshqa qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
99. Boshqarish tizimi pechni qo‘lda ham avtomatik rejimda ham, ishlashini ta’minlashi kerak.
Ko‘rsatkichlari pech ishlashini avtomatik yoki qo‘lda boshqarilishini belgilovchi nazorat-o‘lchash asboblari alohida xonada joylashgan umumiy boshqaruv pultiga chiqarilgan bo‘lishi kerak.
100. Pechning boshqaruv tizimida pech avariya tufayli to‘xtaganligini ogohlantiruvchi yorug‘lik va tovush signalizatsiyasi va texnologik uskuna to‘xtaganda pechning ishlashiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovka ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
101. Pech tubi, yuklash va yukni tushirish uzellari, borov, gaz mo‘rilari va changni tutuvchi qurilmalarni ko‘zdan kechirish, shuningdek pechni ta’mirlash paytida ularni yoritish uchun 12 V kuchlanishdagi elektr tarmog‘i va ko‘chma yoritqichlarni ulash uchun rozetkalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
102. Materiallarni pishirish uchun mo‘ljallangan pechlarni ishga tushirish va to‘xtatish texnologik yo‘riqnoma talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
103. Qoldiq siyraklashuvi tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yo‘riqnomada ko‘rsatilgan miqdordan kam bo‘lgan pechlardan foydalanish taqiqlanadi.
104. Ishlab chiqarish binolarida pechlarni yoqish uchun ko‘pi bilan bir sutkalik ehtiyojga yetarli miqdorda mazut zaxirasini saqlash ruxsat etiladi. Ko‘rsatilgan maqsadlar uchun mazut saqlanadigan joy yong‘in nazorati organlari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
Materiallarni maydalash, tuyish va elakdan o‘tkazish
218. Metallurgiya ishlab chiqarishlarining ruda va noruda materiallarini maydalash, tuyish va elakdan o‘tkazish bilan bog‘liq ishlab chiqarishlarni loyihalash, qurish va ulardan foydalanish mazkur Qoidalar, amaldagi texnologik loyihalash me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
219. Materialni maydalash va tuyish mashinalariga yuklash, shuningdek maydalangan (tuyilgan) materialni tashish ishlari mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak.
220. Maydalash va tuyish mashinalarining ishga tushirish qurilmalari ta’minlovchilarning ishga tushirish qurilmalari bilan blokirovkalangan bo‘lishi kerak. Blokirovkalar to‘satdan to‘xtab qolgan mashinalarga material berilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
221. Maydalash va tuyish mashinalarining yuklash va yukni tushirish qurilmalari (voronkalar, zatvorlar) pana qilingan va changni bosish (changni tutish) tizimlari-aspiratsiya va gidrochangsizlantirish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Baraban elaklar havo tortish ventilatsiya tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
222. Materialni maydalash va tuyish paytida uni namlash va gidrochangsizlantirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar maydalash yoki tuyish uskunasi bilan blokirovka qilingan bo‘lishi kerak. Namlash tizimlari uskuna salt (bo‘sh) holatda ishlayotganda avtomatik tarzda to‘xtashi kerak.Suv bilan reaksiyaga kirishib portlash xavfi bo‘lgan yoki zararli gazlar hosil qiladigan nam materiallarni maydalash va tuyish taqiqlanadi.

223. Maydalash va tuyish uskunasini ishga tushirish, undan foydalanish va xizmat ko‘rsatish ishlari tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.


224. Maydalash va tuyish mashinalarini ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash, tarnovlar va ishchi bo‘shliqni material yoki begona predmetlardan tozalash, shuningdek tarnov yoki ishchi bo‘shliqqa odam tushishi talab etiladigan boshqa ishlar birka tizimiga rioya qilgan holda bajarilishi kerak. Ishlar naryad-ruxsatnoma bo‘yicha bajarilishi kerak.
Mashinalarning ishchi bo‘shlig‘ini ichki ko‘rik o‘tkazish va ta’mirlashdan oldin havodagi zararli moddalar miqdori tekshirilishi kerak.
225. Maydalash va tuyish mashinalari yaqinidagi ish maydonchalarda sterjenlar, sharlar, futerovkalar, ehtiyot qismlar va moslamalarni saqlash taqiqlanadi. Ularni maxsus ajratilgan joylarda stellaj yoki taralarda saqlash ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
226. Konusli va shekali maydalash uskunalarining yuklash qurilmalarini perimetri bo‘ylab tuynukli yopiq to‘siq bilan bekitish kerak. Tuynuklarga o‘rnatilgan qopqoqlar maydalash mashinalarining ishga tushirish qurilmalari bilan blokirovkalangan bo‘lishi kerak.
227. Qulachoqli, gorizontal va vertikal bolg‘ali maydalash uskunalarida korpus qopqog‘i ochiq holda ularni ishga tushirishga imkon bermaydigan blokirovka bo‘lishi kerak. Qulachoqli va gorizontal bolg‘ali maydalash mashinalarining korpus qopqoqlari massasi 50 kg dan oshiq bo‘lsa mexanizatsiyalashgan usul bilan ochilishi va yopilishi kerak.
228. Operator (maydalovchi)ning ishchi maydonchasida maydalash mashinasidan material bo‘laklari otilib chiqqanda saqlash uchun echiluvchan panjarasimon metall to‘siq bo‘lishi kerak.
Boshqaruv pulti mavjud bo‘lganda u joylashgan xona kataklarining o‘lchami ko‘pi bilan 15 x 15 mm bo‘lgan metall to‘r bilan to‘silgan sinmaydigan oyna bilan oynalangan bo‘lishi kerak.
229. Maydalash mashinasini, avariya vaziyatlaridan tashqari, yuklangan material to‘liq qayta ishlangandan keyin va ta’minlovchidan osilib qolgan material bo‘laklari olib tashlangandan so‘ng to‘xtatish ruxsat etiladi. Ta’minlovchi uzoq vaqt to‘xtab qolganda undagi material olib tashlanishi kerak.
230. “Uyum ostida” ishlash uchun mo‘ljallanmagan maydalash mashinasini material bilan yuklash mashinalar nominal oborot yoki tebranishlar soniga erishgandan so‘ng amalga oshirilishi kerak. “Uyum ostida” ishlamayotgan maydalash mashinalarini ishga tushirish faqat ularda material bo‘lmasa ruxsat etiladi.
231. “Uyum ostida” ishlaydigan maydalash uskunalari avariya tufayli to‘xtaganda uni toshlardan bo‘shatish va ishga tushirish tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yo‘riqnoma bo‘yicha bajarilishi kerak.
232. Mashinaning ishchi bo‘shlig‘ida tiqilib qolgan material bo‘laklarini qo‘l asbobi yordamida chiqarib olish va maydalash taqiqlanadi.
Maydalash uskunasiga tushib kelgan metall predmetlarni kesish naryad-ruxsatnoma bo‘yicha bajarilishi kerak.
233. Maydalash uskunalarining ishchi bo‘shlig‘iga odam tushirish chog‘ida saqlovchi kamarlardan foydalanish, uskunaning yuklash tuynugi ustida esa ishlab chiqarish xodimlarini begona predmetlar tushishidan himoyalash uchun vaqtinchalik ustyopmalar o‘rnatilishi kerak.
234. Tuyish chog‘ida portlash xavfi bo‘lgan chang hosil qiluvchi materiallarni changning portlashiga, shuningdek uch tarkibli “chang-issiq gaz-havo” portlovchi aralashmalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan tadbirlarni bajarib maydalash kerak.
235. Tegirmonlar ish o‘rnidan boshqarilganda ularning ishga tushirish qurilmalari operator tegirmon ishlashini bemalol kuzatadigan qilib o‘rnatilishi kerak.
236. Tegirmonlarga shar va sterjenlarni yuklash va tushirish ishlari mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak.
237. Konteynerlarga sharlarni ortish chog‘ida ortish ishlari olib borilayotgan joy to‘silishi va “Xavfli!” plakati osib qo‘yilishi kerak. Sharlar konteynerlarga ularning bortlaridan 100 mm pastroq ortilishi kerak.
238. Tegirmon lyuki pastga qaragan holatda bo‘lgan paytda lyuk qopqog‘i gaykalarini burab ochish yoki bo‘shatish, shuningdek tegirmon ishlayotganda chig‘anoqsimon ta’minlovchi qoplamasining boltlarini tortish taqiqlanadi.
239. Nam holda maydalaydigan tegirmon toshlari idish perimetri bo‘yicha kamida balandligi 1,5 m yaxlit metall to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. To‘siqda tegirmon toshlarini ishga tushirish qurilmasi bilan blokirovka qilingan eshikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
240. Quruq holda maydalaydigan tegirmon toshlari aspiratsiya qurilmasiga ulangan yaxlit germetik qoplamaga joylashtirilgan va qoplama echilgan holda ularning ishga tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan blokirovkaga ega bo‘lishi kerak. Tegirmon toshlarining ishlashini kuzatish uchun qoplamada kuzatish darchalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Yuklash darchalari germetiklangan va tegirmon toshlarini ishga tushirish qurilmasi bilan blokirovkalangan bo‘lishi kerak.
241. Tegirmon toshlari ishlayotganda qayta ishlanayotgan materialdan namuna olish taqiqlanadi.
242. Elakli qurilmalar (g‘alvirlar)ning yuklash va yuk tushirish voronkalarida ularning butun kengligi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan xodimlarni bexosdan material bo‘laklari otilib chiqishidan saqlovchi himoya moslamalari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
243. Elakli qurilmalar (g‘alvirlar) va baraban elaklarni ishga tushirishdan oldin ularning barcha mahkamlangan joylari tekshirilishi, notekis nomuvozanat yuklarning mahkamlanishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
244. Elakli qurilma (g‘alvir)lar va ta’minlovchilar ishlab turganda elakli qurilma (g‘alvir)ga material yetkazib beradigan ta’minlovchilarning chiqarish tuynuklarini, shuningdek yuklash va yuk tushirish voronkalarini kovlash ishlariga maxsus kovlash tuynuklari bo‘lganda hamda maxsus moslama va asboblar yordamida bajarish ruxsat etiladi.
245. Elakli qurilma (g‘alvir)larning yuk tushirish voronkalarini qo‘lda tozalash, ishlab chiqarish xodimlarini yuk tushirish voronkalariga tushirish, shuningdek baraban elaklarning ishchi bo‘shliqlarini tozalashga mazkur Qoidalarning 11-paragraf talablariga rioya qilinganda ruxsat etilishi mumkin.
Gazsimon kislorod va boshqa havo bo‘linishi mahsulotlari iste’moliga qo‘yiladigan talablar
246. Har qaysi ishlab chiqarish, uchastka yoki obyekt bo‘yicha havo bo‘linishi mahsulotlari (HBM)dan foydalanish tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yo‘riqnomalar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
HBM dan belgilanmagan maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
247. HBM iste’moli bilan bog‘liq texnik qurilmalar va kommunikatsiyalardan xavfsiz foydalanish ustidan nazoratni yuritish uchun mutaxassislar ichidan tashkilotning texnik rahbari farmoyishi bilan mas’ul shaxslar tayinlanadi.
248. Gazsimon kislorod quvur o‘tkazgichlar loyihaga muvofiq qurilishi kerak.
Texnologik sxemalarga, texnik qurilmalarning konstruksiyasiga ularni ishlab chiqqan tashkilot bilan kelishmasdan o‘zgartirish kiritish yoki ish rejimini o‘zgartirish ruxsat etilmaydi.
249. Metallurgiya ishlab chiqarishi texnik qurilmalariga gazsimon HBM markazlashgan tarzda va quvur o‘tkazgichlar orqali yetkazib berilishi kerak.
250. Loyiha bo‘yicha asoslangan hollarda HBMni iste’molchilar yaqinida joylashgan ballonlardan reduktor orqali bevosita berish ruxsat etiladi.
Kam miqdordagi HBMdan foydalanadigan doimiy iste’molchilar uchun iste’mol joyi yaqinida sig‘imi 40 l bo‘lgan 20 MPa bosim ostidagi ko‘pi bilan ikkita ballon o‘rnatish ruxsat etiladi. Bunda har qaysi juft ballonlar o‘rtasidagi masofa kamida 12 m bo‘lishi kerak. Ballonlar metall shkaflarda o‘rnatilgan va mahkamlangan, shkaflar esa yopilgan bo‘lishi kerak.
Bir martalik (ta’mirlash) ishlarini bajarish chog‘ida ballonlar turg‘un holatda va issiqlik ta’siridan himoyalangan bo‘lishi kerak.
251. HBM ballon taqsimlash qurilmalari (razryad rampalari) gazsimon va suyultirilgan havo bo‘linishi mahsulotlari ishlab chiqarishni loyihalash bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomaga muvofiq alohida xonalarda joylashtirilishi kerak.
252. HBM solingan zaxira ballonlar loyihada ko‘zda tutilgan omborxonalarda saqlanishi kerak. Bitta xonada kislorod va yoqilg‘i gaz solingan ballonlarni birgalikda saqlash taqiqlanadi.
Ballonlarni saqlash va tashish tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yo‘riqnomaga muvofiq bajarilishi kerak.
253. HBM quvur o‘tkazgichlari tarmog‘i ularga suyuq eritma mahsulotlarining tushishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Issiqlik ta’siri hududida joylashgan kislorod quvurlari yonmaydigan materiallardan issiqlik izolatsiyasi qilinishi kerak.
Kislorod kommunikatsiyalari va texnik qurilmalar ularga yoqilg‘i mahsulotlari tushishidan va to‘planishidan himoyalangan bo‘lishi kerak.
254. Gazsimon kislorod bilan ishlash uchun mo‘ljallangan barcha turdagi texnik qurilmalar (idishlar, quvur o‘tkazgichlar, armatura, asboblar, saqlovchi qurilmalar va boshqa buyumlar, shuningdek ularni tayyorlash uchun materiallar) GOST 12.2.058-81 “SSBT. Gazsimon kislorod bilan ishlaydigan uskuna. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.003-91 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.085-82 “SSBT. Bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar. Saqlovchi klapanlar”, GOST 12.2.063-81 “SSBT. Sanoat quvur o‘tkazgichlarining armaturasi. Umumiy xavfsizlik talablari” va boshqa amaldagi standartlarda belgilangan xavfsizlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Kislorod quvurlarida titanli qotishmalardan tayyorlangan armatura o‘rnatish taqiqlanadi.
255. Korxonada texnik qurilmalarni yog‘sizlantirish usullari va davriyligi loyihada belgilanadi va korxonaning texnik rahbari tasdiqlagan hamda ishlab chiqaruvchi zavodlarning maxsus yo‘riqnoma va tavsiyalari inobatga olingan yo‘riqnoma bo‘yicha bajariladi.
Texnik qurilmalarni yog‘sizlantirish uchun to‘rt xlorli ugleroddan foydalanish taqiqlanadi.

256. HBM oqib chiqayotgan uskuna va kommunikatsiyalardan foydalanish taqiqlanadi.


Kislorodning boshqa gazlar oqimiga qo‘shilib ketish ehtimoli oldi olingan bo‘lishi kerak.
257. Texnik qurilmalarni ta’mirlash ishlarini, shu jumladan olov bilan bajariladigan ishlarni, tashkil etish mazkur Qoidalarning ІV-bobi talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
258. Korxonada avariya vaziyatlarida havodagi kislorod miqdori 19% dan kam va 23% dan ortiq (hajmiy) bo‘lishi mumkin bo‘lgan HBM iste’moli bilan bog‘liq joylar va binolar ro‘yxati tuzilishi, unda nazorat turlari va davriyligi, shuningdek havo tarkibini normallashtirish bo‘yicha tadbirlar ko‘rsatilishi kerak. Ro‘yxatni korxonaning texnik rahbari tasdiqlagan bo‘lishi kerak.
259. Kislorod muhitida ishlaydigan texnik qurilmalarni qismlarga ajratish va ta’mirlash uchun ishlatiladigan asbob yog‘sizlantirilgan va farqli havorang chiziqli bo‘lishi kerak.
260. Kislorodli texnik qurilmalarga xizmat ko‘rsatadigan xodimlarning maxsus kiyimi, poyabzali va qo‘lqoplari toza bo‘lishi va ularda moy dog‘lari bo‘lmasligi kerak.
Atrofdagi havo tarkibida kislorod miqdori yuqori bo‘lgan joylarda bajariladigan ishlar tugagandan so‘ng 30 minut mobaynida olovga, qizib turgan predmetlarga yaqinlashish yoki chekish taqiqlanadi. Ushbu ishlarni bajarish paytida foydalanilgan kiyim ko‘rsatilgan vaqt mobaynida shamollatilishi kerak.
261. Kislorod quvurlari va kislorod muhitida ishlaydigan boshqa texnik qurilmalarda yoki ular joylashgan joylarda yong‘in chiqqanda kislorod quvurlari va texnik qurilmalar darhol uzib qo‘yilishi kerak.
262. Ta’mirlash, lyotkani, po‘lat chiqadigan tuynuklarni kuydirish va boshqa ishlarni bajarish chog‘ida kislorod berish uchun ishlatiladigan yeng (shlang)lar uskunalarning kislorod muhitida ishlash xavfsizligi standartlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Kuydirish ishlari uchun mo‘ljallangan yeng va metall trubkalar quruq bo‘lishi va ularda moy dog‘lari bo‘lmasligi kerak.
Englarning uzunligi 30 m dan oshmasligi kerak. Kuydirish ishlari uchun mo‘ljallangan trubkaning minimal qoldik uzunligi kamida 1,5 m bo‘lishi kerak.
263. Englar bilan birlashtiriladigan kislorod armaturasi shamollatish teshiklari bo‘lgan metall shkafda joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Ishlarni bajarish paytida shkaf eshiklari ochiq bo‘lishi kerak. Armaturadan foydalanadigan xodim bo‘lmagan paytida shkaf qulflangan bo‘lishi kerak.
TEXNIK QURILMALARGA QO‘YILADIGAN UMUMIY XAVFSIZLIK TALABLARI
264. Metallurgiya sohasining xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlatiladigan texnik qurilmalar (texnologik uskuna, agregatlar, mashina va mexanizmlar, texnik tizimlar va komplekslar, asboblar va apparatlar), shu jumladan xorijda ishlab chiqarilgan, qabul sinovlaridan o‘tkazilishi, belgilangan namunadagi sertifikat va “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi ruxsatnomasiga ega bo‘lishi kerak.
265. Texnik qurilmalar (ishlab chiqarish uskunalari)ning konstruksiyasi mazkur Qoidalar talablariga, shuningdek tegishli ishlab chiqarish uskunasiga qo‘yiladigan amaldagi xavfsizlik talablariga javob berishi kerak.
266. Tashkilotdagi mavjud barcha texnik qurilmalar uchun tegishli foydalanish hujjatlari tayyorlangan bo‘lishi kerak.


267. Bevosita agregatlar yoki ularga xizmat ko‘rsatish va boshqarish joylari yaqinida agregatlar va kommunikatsiyalarning joylashish va texnologik aloqalar sxemalari osilgan bo‘lishi kerak.


268. Texnik qurilmalardan foydalanish ishlab chiqarish sharoitlari va mazkur Qoidalar talablarini hisobga olgan holda ishlab chiquvchi tashkilotning texnik hujjatlari asosida ishlab chiqilgan texnologik yo‘riqnomalar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
269. Texnik qurilmalardan foydalanishga faqat mazkur Qoidalarning I bobi talablariga muvofiq tayyorlangan foydalanuvchi va ta’mirlovchi xodimlar qo‘yiladi.
270. Ish jarayonida uzellari yoki o‘zi to‘liq siljiydigan texnik qurilmani ishga tushirishdan oldin kamida 10 sekund davomida tovush va yorug‘lik signallari berilishi kerak.
Ko‘rinish hududidan tashqarida joylashgan texnik qurilmani pultdan, shuningdek aralash (qo‘lda va avtomatik tarzda) boshqarishda ishga tushirish faqat ikki yoqlama signalizatsiya tizimi orqali ishlovchilardan o‘zlariga biriktirilgan uchastkalarda uni ishga tushirish xavfsizligini tasdiqlovchi javob signallari olingandan keyin amalga oshirilishi kerak. Signallar bilan almashinish tartibi, ogohlantiruvchi signallar davomiyligi va ular orasidagi pauza tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yo‘riqnomada belgilanadi. Uskuna va mexanizmlarning ishga tushirish qurilmalari signal berish davomiyligini hisobga olib, ularni belgilangan tartibda to‘liq ulanadigan qilib bloklanishi kerak.
Kalit-birka qo‘llanib foydalaniladigan texnik qurilmalar ro‘yxatini tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan bo‘lishi kerak.
Ish o‘rinlarida texnik qurilmalarni ishga tushirish (to‘xtatish) tartibi to‘g‘risida texnologik yo‘riqnomadan ko‘chirmalar yoki tablichkalar osilgan bo‘lishi kerak.
271. Texnik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish uchun ishlatiladigan asbob va moslamalar xavfsizlik talablari va bajariladigan ishlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan hududlar va xonalarda ishlatiladigan asbob va moslamalar ular bilan ishlaganda uchqun chiqarmasligi kerak.
272. Ish o‘rinlarida asbob va moslamalar maxsus ajratilgan joylarda yoki asbob shkaflarida saqlanishi kerak.
273. Mexanizatsiyalashtirilgan asbob va moslamalar ishlatilganda ishlab chiqaruvchi zavodning foydalanish yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinishi kerak.

274. Nosoz texnik qurilmalarda ishlash, shuningdek nosoz moslama va asboblardan foydalanish taqiqlanadi.


275. Mexanizmlarni moylash tizimi germetik bo‘lishi kerak. Mexanizmlarning qiyin joyda joylashgan, shuningdek tez-tez moylanadigan uzellari, agar ular ko‘p bo‘lsa, markazlashgan avtomatik moylash tizimiga ega bo‘lishi kerak.
276. Texnik qurilmalar, apparatlar, quvur o‘tkazgichlar va to‘siqlarning yuza harorati ish o‘rinlarida 45°S dan oshmasligi kerak. Agar texnik sabablarga ko‘ra ko‘rsatilgan haroratni saqlash imkoniyati bo‘lmasa, ish o‘rinlarida nurli va konvektiv issiqlik oqimlari manbalari yaqinida ishlab chiqarish xodimlarini qattiq qizishdan himoyalash choralari (ekran o‘rnatish, havo dushi va boshqa usullar orqali) ko‘rilgan bo‘lishi kerak.
277. Ish o‘rinlarida ruxsat beriladigan shovqin darajasi va titrashning gigiyenik me’yorlari GOST 12.1.003-83 “SSBT. Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari”, SanQM 0120-01 sonli “Ish joylarida ruxsat beriladigan shovqin darajasining sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.012-90 “SSBT. Titrash xavfsizligi. Umumiy xavfsizlik talablari”, SanQM 0122-01 sonli “Ish joylarida umumiy va mahalliy titrash sanitariya me’yorlari”da belgilangan miqdorlardan oshmasligi kerak.
Shovqinni chegaraviy ruxsat berilgan me’yorlarga qadar pasaytirib bo‘lmasa, u holda xodimlar quyidagi eshitish organlarining ShHV bilan ta’minlanishi lozim: shovqinga qarshi quloq qopqoqlari (naushniklar), shlem yoki quloq taqm (vkladish)lari.
Eshitish organlarining ShHVlarini ish joyidagi shovqin chastotasining oraliq miqdorlariga bog‘liq holda tanlab olish zarur. Eshitish organlarining ShHVlari turi va guruhi GOST 12.4.051-87 “SSBT. Eshitish organlarining shaxsiy himoya vositalari. Umumiy texnik talablar va nazorat usullari”, GOST 12.1.029-80 “SSBT. Shovqindan himoyalash vosita va usullari. Tasnifi” talablariga muvofiq tanlab olinadi.
Umumiy titrash ko‘rsatkichlari me’yorlardan ortiq bo‘lsa, ish o‘rinlari GOST 12.1.012-90 “SSBT. Titrash xavfsizligi. Umumiy texnik talablar”iga binoan titrashni chegaraviy ruxsat berilgan ko‘rsatkichlargacha pasaytiruvchi texnik vositalar bilan uskunalanishi, ish o‘rinlarida mahalliy titrash yuqori bo‘lsa xodimlar GOST 12.4.002-97 “SSBT. Titrashdan qo‘llarni himoyalash vositalari. Texnik talablar va sinash usullari” talablariga muvofiq ShHV bilan ta’minlanishi lozim.
278. Portlatish ishlarini olib borish, portlovchi moddalar va portlatish vositalarini saqlash, berish va hisobga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq bo‘lishi kerak.
279. O‘zidan elektr magnit maydoni (EMM) energiyasi chiqaradigan va ishlab chiqarish sharoitlarida EMM ta’siri ostida bo‘ladigan xizmat ko‘rsatilayotgan uskunalar, ishlab chiqarish xodimlarining ish o‘rinlaridagi radiochastota EMM energiya oqimi kuchlanishi va zichligining chegaraviy ruxsat beriladigan miqdorlari, SanQM 0064-96 sonli “Radiochastota elektr magnit maydoni darajasining ruxsat etilgan sanitariya me’yorlari” ko‘rsatkichlaridan ortiq bo‘lmasligi, shuningdek nazorat usullari hamda asosiy himoya usullari va vositalari amaldagi tegishli standartlar talablariga javob berishi kerak.
280. Sohaviy mansubligidan qat’i nazar, metallurgiya korxona va ishlab chiqarishlarining ortiqcha bosimi 1,2 MPa gacha bo‘lgan tabiiy, ferroqotishma va boshqa gazlar yoki ularning aralashmalarini, shuningdek bosimi 1,6 MPa gacha bo‘lgan suyultirilgan propan-butanni tayyorlash, tashish va yoqilg‘i sifatida foydalanish bilan bog‘liq gaz xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
281. Agar korxonalarda radioaktiv moddalardan foydalanilsa, amaldagi radiatsiya xavfsizligi me’yorlari hamda SanQM 0193-06 sonli “Radiatsiya xavfsizligi qoidalari va sanitariya me’yorlari” talablariga rioya qilinishi kerak.Radioaktiv moddalar bilan ishlash o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida bajarilishi kerak.
282. Ishchi muhit fazalarini ajratish chegaralari bo‘lgan idishlarda suyuqlik sathini nazorat qilish talab etilsa, sath ko‘rsatkichlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, idishlarda tovush, yorug‘lik va boshqa signalizatorlar, shuningdek sath bo‘yicha blokirovkalar o‘rnatilishi mumkin.
283. Metallurgiya ishlab chiqarishlari materiallarini quritish tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan texnologik yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
284. Xavf-xatar yuqori bo‘lgan va texnik qurilmalar o‘rnatilgan joylarda GOST 12.4.026-76 “SSBT. Ogohlantirish ranglari va xavfsizlik belgilari”ga muvofiq ogohlantiruvchi plakatlar osilgan, xavfsizlik belgilari o‘rnatilgan yoki tovush (yorug‘lik) signalizatsiyasi jihozlari bo‘lishi kerak.
285. Qo‘llaniladigan armatura (shu jumladan, xorijiy) GOST 12.2.063-81 “SSBT. Sanoat quvur o‘tkazgichlarining armaturasi. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.2.003-91 “SSBT. Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”da belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
286. Texnik qurilmalarning tajriba namunalarini sinovdan o‘tkazish tartibi mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tatbiq etishga doir amaldagi standartlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
287. Korroziyaga moyil sharoitlarda ishlaydigan texnik qurilmalar va kommunikatsiyalar maxsus nazoratda bo‘lishi kerak. Ularning davriy ko‘rigi, devorlarining qalinligini va yedirilish darajasini aniqlash tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan grafik bo‘yicha amalga oshiriladi.
TEXNIK QURILMALARDAN FOYDALANISh
288. Texnik qurilmalardan tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan yo‘riqnomalarga muvofiq foydalanish kerak.
289. Smenani qabul qilish va topshirishda kuyidagilar tekshirilishi kerak:
a) texnik qurilmalarning sozligi;
b) to‘siqlar, himoya blokirovkalari, signalizatsiya, nazorat-o‘lchov asboblari, yerga ulash qurilmalari, o‘t o‘chirish vositalarining borligi va holati;
v) yoritish va ventilatsiya (aspiratsiya) tizimlarining sozligi.
Tekshiruv natijalari smenani qabul qilish va topshirish jurnalida qayd etilishi kerak.Aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi kerak.
290. Texnik qurilmalar tashkilotning texnik rahbari tasdiqlagan grafiklarda ko‘zda tutilgan muddatlarda tekshirilishi va ta’mirlanishi kerak.
291. Texnik qurilmalarning ehtiyot qismlari va almashtiriladigan uzellarini saqlash uchun sexlarda yuk ko‘tarish mexanizmlari va borish yo‘llari bilan jihozlangan omborxonalar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
292. Korxonalarda texnik qurilmalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish va o‘tkazish amaldagi ta’mirlash ishlarining xavfsizlik qoidalariga, texnik qurilmalarni ishlab chiqqan tashkilotning foydalanish hujjatlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
293. Asosiy uskunalarni kapital va joriy ta’mirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasi (ITEL) bo‘yicha bajarilishi kerak. ITELda ta’mirlash ishlarini bajarish xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘zda tutilgan, shuningdek xavfsizlik talablariga rioya qilinishi uchun javobgar shaxslar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
294. Har bir korxonada ta’mirlash ishlari birka tizimi, naryad-ruxsatnomalar qo‘llanilib va ITEL ishlab chiqqan holda bajariladigan texnik qurilmalar ro‘yxati tuzilgan bo‘lishi kerak. Ro‘yxatni tashkilotning texnik rahbari tasdiqlaydi.
Naryad-ruxsatnoma berish huquqiga ega shaxslar tashkilot buyrug‘i bilan tayinlanishi kerak.

295. Ishlab turgan sexlarda boshqa sexlar yoki pudrat tashkilotlarning ta’mirlovchi (ishlab chiqarish) xodimlari tomonidan bajarilayotgan ta’mirlash, qurilish va montaj ishlari xavfi yuqori ishlar jumlasiga kiritiladi va naryad-ruxsatnomalar asosida bajarilishi kerak.


Pudrat tashkiloti kuchi bilan ishlarni bajarish uchun ajratilgan ishlab chiqarish uchastkalari, texnologik liniyalar yoki alohida o‘rnatilgan uskuna, bino va inshootlar, hamda faoliyat ko‘rsatayotgan sex tashqarisida joylashgan uchastkalar dalolatnoma-ruxsatnoma (2-ilova) bilan ularga topshiriladi.
296. Mazkur Qoidalarning 292-bandiga asosan ro‘yxatga olingan texnik qurilmalarni ta’mirlash ishlarini bajarish tartibi tegishli sex (uchastka) rahbari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
297. Ishni boshlashdan oldin ta’mirlash ishlariga jalb qilingan barcha mutaxassis va ishchilar ITEL bilan tanishishlari va mehnat xavfsizligi bo‘yicha instruktajdan o‘tishlari kerak.
Ta’mirlash chog‘ida mehnat sharoitlari o‘zgarganda yangi naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirilishi va takroriy instruktaj o‘tkazilishi kerak.
Xodim ishga faqat ta’mirlash ishlari uchun mas’ul shaxsning ruxsati bilan qo‘yilishi kerak.
298. ITELda ish o‘rinlariga, dam olish joylariga va hokazoga xavfsiz o‘tish yo‘llari ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Ta’mirlash ishlari bajariladigan joylar va barcha o‘tish yo‘llari amaldagi me’yorlarga binoan yoritilgan bo‘lishi kerak.
ELEKTR QURILMALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
322. Elektr dvigatellar, elektr tarmoqlari, ishga tushirish-rostlash, nazorat-o‘lchov va himoya apparaturalari, shuningdek nazorat, avtomatizatsiya, ogohlantirish va aloqa vositalarining joylashtirilishi, tuzilishi va ulardan foydalanish amaldagi “Elektr uskunalar tuzilishi qoidalari” (keyingi o‘rinlarda — EUTQ), “Iste’molchilarning elektr qurilmalardan texnik foydalanish qoidalari” (2004-yil 9-iyulda 1383-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 27-son, 317-bet) va “Iste’molchilarning elektr qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (2004-yil 20-avgustda 1400-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 33-son, 379-bet) hamda mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
323. Portlash-yong‘in xavfi va yong‘in xavfi bo‘lgan materiallar ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan yoki saqlanadigan xona va tashqi qurilmalar EUTQ talablariga muvofiq portlash xavfliligi va yong‘in xavfliligi bo‘yicha tasniflanishi kerak.
324. Har qaysi elektr qurilma ish rejimi uchun foydalanish sxemalari tuzilgan bo‘lishi kerak. Elektr birikmalar sxemalariga kiritiladigan barcha o‘zgartirishlar, shuningdek yerga ulash joylarining o‘zgarishi sxemada aks ettirilishi, u yoki bu o‘zgartirish kim tomonidan, qachon va qanday sabab bo‘yicha kiritilganligi ko‘rsatilishi kerak. Foydalanish elektr sxemalari va ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar korxonaning elektr xo‘jaligi uchun mas’ul shaxs tomonidan tasdiqlanishi kerak.
325. Elektr sxemalarda elektr qurilmalarni yuqori kuchlanish va qisqa tutashuvdan, shuningdek xodimlarni EMM ta’siridan himoyalash ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
326. Elektr toki urishi yoki EMM ta’siri xavfi bilan bog‘liq ishlarda “Iste’molchilarning elektr qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (2004-yil 20-avgustda 1400-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 33-son, 379-bet) talablariga muvofiq himoya vositalari ishlatilishi kerak.
Himoya vositalarining qo‘llanilishi va sinalishi “Elektr qurilmalarda ishlatiladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
327. Elektrlashgan asboblar (elektr asboblar), ko‘chma elektr lampalar, tok kuchini kamaytiruvchi transformatorlar va elektr toki chastotasini o‘zgartirgichlarni ishlatishdan oldin korpusida qisqa tutashuv yo‘qligi, yerga ulovchi simning sozligi va tok bilan ta’minlovchi simlar izolatsiyasi holati tekshirilishi kerak.
328. Ko‘chma elektrlashgan asbob amaldagi xavfsizlik standartlari talablariga muvofiq bo‘lishi, asboblar omborida saqlanishi va ishchilarga ish paytida berilishi kerak. Kuchlanishi 42 V dan yuqori bo‘lgan elektrlashgan asbob individual himoya vositalari bilan komplektda berilishi kerak. Asbob va moslamalar qo‘llanib ish bajarilayotgan paytda xodimlar “Asbob va moslamalar bilan ishlash paytida xavfsizlik qoidalari” talablariga amal qilishlari lozim.

329. Elektr uskunalar va elektr qurilmalaridan foydalanish “Iste’molchilarning elektr qurilmalardan texnik foydalanish qoidalari” (2004-yil 9-iyulda 1383-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 27-son, 317-modda) va “Iste’molchilarning elektr qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” (2004-yil 20-avgustda 1400-son bilan ro‘yxatga olingan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 33-son, 379-modda) va mazkur Qoidalarning I-bobi talablariga muvofiq tayyorlangan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.


YoNG‘IN VA PORTLASh XAVFSIZLIGI
330. Metallurgiya ishlab chiqarishlarida bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi amaldagi yong‘in xavfsizligi qoidalari, tegishli qurilish me’yorlari va qoidalari, shuningdek GOST 12.1.004-91 “SSBT. Yongin xavfsizligi. Umumiy talablar”iga rioya qilgan holda ta’minlanishi kerak.
331. Portlash xavfi bo‘lgan muhitni hosil qilishga moyil moddalar ishtirokidagi texnologik jarayonlarning portlash xavfsizligi GOST 12.1.010-76 “SSBT. Portlash xavfsizligi. Umumiy talablar”, GOST 12.1.004-91 “SSBT. Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar”, GOST R 12.3.047-98 “SSBT. Texnologik jarayonlarning yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablar. Nazorat usullari”, GOST 12.1.041 -83 “SSBT. Yonuvchan changlarning yong‘in-portlash xavfsizligi. Umumiy talablar” va boshqa amaldagi standartlarda belgilangan talablar hajmida portlashning oldini olish va portlashdan himoyalash choralari, tashkiliy va tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta’minlanishi kerak.
GAZ-QUTQARUV XIZMATI
332. Avariya oqibatlarini mahalliylashtirish va bartaraf etish bo‘yicha xatti-harakatlarga tayyorgarlikni ta’minlash maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot gaz-qutqaruv xizmatini, shuningdek xodimlar ichidan noshtat avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil etishi shart.
Gaz-qutqaruv xizmati tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etilishi kerak.

UMUMIY SANITARIYA TALABLARI


355. Sanoat tashkilotlarining ishlab chiqarish binolari amaldagi sanoat tashkilotlarini loyihalash sanitariya me’yorlari talablariga muvofiq loyihalangan bo‘lishi kerak.
356. Xodimlarning ish va dam olish rejimlari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’siri sharoitida ishlar bajaruvchi xodimlarni ish va dam olish rejimi SanQM 0141-03 sonli va “Mehnat sharoitlarini baholash va ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazish uslublari”ga (1996-yil 28-mayda 247-son bilan ro‘yxatga olingan) binoan mehnat sharoitlarining baholanishi hisobga olinib belgilanadi.
357. GOST 12.0.003-74 “SSBT. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Tasnifi” bo‘yicha tasniflangan, ishlovchilar ish bajarayotganda ish hududida paydo bo‘ladigan zararli ishlab chiqarish omillari GOST 12.4.011-89 “SSBT. Xodimlarni himoyalash vositalari. Umumiy talablar va tasnifi” va boshqa tegishli standartlar bo‘yicha umumiy texnik himoya vositalari va ShHVlar bilan ta’minlanib bartaraf etilishi yoki chegaraviy ruxsat etilgan miqdorlargacha kamaytirilishi lozim.
358. Ishlab chiqarish sexlarining ish hududlaridagi harorat, namlik va havo harakati tezliklarining ruxsat etilgan o‘zaro moslashuvi SanQM 0203-06 sonli “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimining sanitariya me’yorlari” va GOST 12.1.005-88 “SSBT. Ish hududi havosiga qo‘yiladigan umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga muvofiq reglamentlashtiriladi.
359. Ovqatlanish faqat oshxona, bufet yoki shu maqsad uchun maxsus ajratilgan xonada ruxsat etiladi.
1-xavflilik moddalari mavjud bo‘lgan sexlarda oshxona, bufet va maxsus ovqat tarqatish punktlarini joylashtirish taqiqlanadi.

Mehnat sharoiti zararli ishlar bilan band bo‘lgan ishchi va xizmatchilarga sut berilishi korxona oshxonalarida yoki maxsus jihozlangan tarqatish punktlarida amalga oshirilishi kerak.


360. Ishlab chiqarish binolaridan tashqarida (shlak uyumlari va hokazo) ishlovchilar uchun isinish xonalari ko‘zda tutilishi lozim.
361. Zaharli moddalar bilan muomala qiluvchi ishchi va xizmatchilarga qo‘shimcha va maxsus taomlar berilishi korxona oshxonasi va maxsus jihozlangan tarqatish punktlarida amalga oshirilishi kerak.
Ish joylarida ovqatlanish taqiqlanadi.
362. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida birinchi tibbiy yordam punktlari, sog‘liqni saqlash punktlari QMQ 2.09.04-98 “Korxonaning ma’muriy va maishiy binolari”ga muvofiq tashkil etilgan bo‘lishi kerak. Punktni tashkil etish va uning uskunalari mahalliy sog‘liqni saqlash organlari bilan kelishiladi. Har bir maishiy xonada birinchi tibbiy yordam aptechkalari bo‘lishi kerak.
Dori-darmonlar saqlanishi va ular to‘plamining to‘liqligi ustidan kuzatishni sex (bo‘linma) boshlig‘i va sog‘liqni saqlash punkti xodimlari olib borishlari lozim.
363. Ishda jabrlangan yoki to‘satdan og‘rib qolgan shaxslarni birinchi tibbiy yordam punktidan davolash muassasasiga olib borish uchun maxsus sanitariya mashinalari ko‘zda tutilgan bo‘lib, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
ISITISh, VENTILATSIYA VA HAVONI MO‘’TADILLASh. SUV O‘TKAZGICh VA KANALIZATSIYA. YoRITISh
364. Isitish, ventilatsiya va havoni mo‘tadillash tizimlari mazkur Qoidalar va amaldagi standartlar talablariga, shuningdek QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va mo‘tadillash” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
365. Ishlab chiqarish jarayonida havo yuborish-tortish ventilatsiyasi tizimlari va aspiratsiya vositalarining uzluksiz ishlashi ta’minlanishi kerak.
Ishlash jarayonida zaharli, portlash-yong‘in va yong‘in xavfi bo‘lgan moddalar ajralib chiqadigan texnologik uskunalardan ventilatsiya tizimi nosoz bo‘lganda foydalanish taqiqlanadi.
366. 1-chi xavflilik sinfiga mansub portlash xavfi bo‘lgan yoki zararli moddalarni ishlab chiqarish, ular bilan muomala qilish va saqlash bilan bog‘liq xonalarda havo muhitining holati avtomatik gazoanalizatorlar hamda portlash xavfi bo‘lgan moddalar (gazlar va TAS bug‘i) konsentratsiyasi alangalanish quyi konsentratsiya chegarasining ko‘pi bilan 20% ga etganda, zaharli gazlar, bug‘lar va aerozollar uchun esa ChRBKga yaqinlashganda ishga tushadigan yorug‘lik va tovush signalizatsiya qurilmasi yordamida nazorat qilinishi kerak.
367. Shamollatish tizimlari ishining samaradorligini instrumental tekshirish kamida bir yilda bir marta, shuningdek har gal bu tizimlar kapital ta’mirlangandan yoki rekonstruksiya qilingandan keyin o‘tkazilishi kerak. Tekshirish dalolatnomalari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
368. Barcha shamollatish tizimlariga tegishli foydalanish hujjatlari (pasportlar yoki formulyarlar) tuzilishi kerak.
369. Texnologik jarayon o‘zgarganda yoki ishlab chiqarish uchastkasi rekonstruksiya qilinganda ushbu uchastkada faoliyat ko‘rsatayotgan shamollatish tizimlari yangi ishlab chiqarish sharoitlariga muvofiqlashtirilishi kerak. Shamollatish tizimlarining ishlash sxemalarini o‘zgartirish bilan bog‘liq loyiha ishlari hisob-kitoblar bilan asoslangan va bosh loyiha tashkiloti bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
370. Shamollatish tizimlaridan foydalanmaydigan shaxslarga ventilatsiya xonalariga kirish, ventilyatorlarni ishga tushirish va o‘chirish, shamollatish tizimlari armaturasi (klapanlar, shiberlar)ni ochish yoki yopish taqiqlanadi.
371. Korxonaning suv ta’minoti va kanalizatsiya inshootlari hamda tashqi tarmoqlari QMQ 2.04.02-97 “Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”, QMQ 2.04.03-97 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
372. Binoning suv o‘tkazish va kanalizatsiya tizimlari QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv o‘tkazgich va kanalizatsiyalari”, QMQ 2.09.04-98 “Korxonalarning ma’muriy va maishiy binolari” talablariga javob berishi lozim.
373. Suv bilan qo‘shilganda portlashni yuzaga keltirib parchalanadigan yoki alangalanadigan, shuningdek portlash xavfi bo‘lgan yoki zaharli gazlar hosil qiladigan moddalar ishlab chiqariladigan, ishlatiladigan yoki saqlanadigan xonalardagi suv ta’minoti, kanalizatsiya va isitish tizimlarining tuzilishi ushbu xavfli moddalarga suv tushishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
374. Xo‘jalik-ichimlik suv o‘tkazgich tarmog‘ining texnik suv beriladigan suv o‘tkazgich tarmoqlari bilan ulanishi ruxsat etilmaydi.

375. Kiyim yonib ketishi eki kimyoviy kuyishlar sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarida favvorachalar, kranlar, rakovinalar yoki o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish vannalari, avariya dushlari bo‘lishi kerak.


Bu qurilmalar qulay joylarda o‘rnatilgan va xo‘jalik-ichimlik suv o‘tkazgichga ulangan bo‘lishi kerak.Yuqorida ko‘rsatilgan barcha qurilmalarni suv bilan qo‘shilganda parchalanib portlaydigan yoki alangalanadigan, shuningdek portlash xavfi bo‘lgan yoki zaharli gazlar hosil qiladigan moddalar saqlanadigan yoki ular bilan muomalada bo‘linadigan xonalarda joylashtirish taqiqlanadi.
376. Texnik qurilmalar (idishlar, apparatlar)ning kanalizatsiyaga chiqarish qurilmalarida gidravlik zatvorlar va qurilma ta’mirlash uchun to‘xtatilganda tiqin o‘rnatish uchun flanetsli birikmalar bo‘lishi kerak. Shuningdek, kanalizatsiyaning iflos oqimlar chiqadigan joylaridagi stoyak oldida ham gidravlik zatvorlar o‘rnatilishi kerak.
377. Kanalizatsiya tarmoqlari va quduqlarni ko‘zdan kechirish va tozalash ishlari grafik bo‘yicha va gaz xavfi bo‘lgan ishlarni olib borish tartibiga muvofiq bajarilishi kerak.
378. Oqova suvlarni suv havzalariga tashlash sharoitlari suv yuzalarini ifloslanishdan muhofaza qilishga oid amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalari talablariga javob berishi kerak.
Korxona tozalash inshootlarining samarali ishlashini ta’minlashi va oqova suvlarning ifloslanish darajasini nazorat qilishi kerak.
379. Tashkilot hududidagi ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun’iy yoritish, shu jumladan avariya yoritish, QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” hamda boshqa tegishli amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
380. Portlash xavfi bo‘lgan xonalarda portlashdan bexatar qilib yasalgan yoritish tizimlari ko‘zda tutilishi kerak.
381. Ishlab chiqarish uchastkasi rekonstruksiya qilinganda uning yoritish tizimi yangi ishlab chiqarish sharoitlariga muvofiqlashtirilishi kerak.
382. Avariya yoritish tarmog‘ining sozligi muntazam tekshirib turilishi kerak.
383. Ish o‘rinlarini ko‘prikli kranlar bilan qorong‘ilashtirib qo‘yilishining oldini olish uchun kran fermalarida qo‘shimcha yoritqichlar ko‘zda tutilishi lozim.

384. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarda, tashkilot hududida umumiy yoritish rubilniklarini qo‘shish (uzish), shuningdek yoritish tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish (yoritqichlarni ta’mirlash va tozalash, lampalarni, rozetkalarni almashtirish va boshqa ishlar) faqat elektr texnik xodimlar tomonidan kuchlanishni uzib qo‘yib bajarilishi kerak.


385. Ko‘chma yoritqichlar uchun kuchlanishi 42 V dan yuqori bo‘lmagan, portlash xavfi bo‘lgan xonalarda, xona tashqarisida, idishlar va texnologik inshootlar ichida ishlaganda esa kuchlanishi 12 V dan yuqori bo‘lmagan elektr tarmog‘i o‘tkazilishi kerak.Ko‘chma yoritqichlar konstruksiyasi muhit xususiyati va ular ishlatiladigan joyga qarab tanlanishi kerak.
386. 2,2 m va undan ortiq balandlikda joylashgan yorug‘lik tushadigan tuynuklarning tavaqalari va framugalari, shuningdek ochiladigan fonar romlari uchun xonaning ishchi yoki xizmat ko‘rsatiladigan hududi chegarasida ularni uzoqdan turib yoki qo‘lda ochish qurilmalari ko‘zda tutilishi lozim.
387. Deraza oynalari va fonarlarni chang va iflosliklardan muntazam tozalash, shuningdek yoritqichlarga xizmat ko‘rsatish uchun ko‘rsatilgan ishlarni qulay va xavfsiz bajarishni ta’minlovchi qurilma va moslamalar ishlatilishi kerak.
388. Xonalarning yorug‘lik tushadigan tuynuklarini materiallar, buyumlar va boshqa begona predmetlar bilan to‘sib qo‘yish ruxsat etilmaydi.
YAKUNIY QOIDA
391. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi, “O‘zdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish