Polushniksimonlar sinfi –Isoetopsida
Bu sinfga mansub o`simliklarning poyasi ikkilamchi yo`g`onlashish hususiyatiga ega bo`lgan daraxt va o`t o`simliklardir. Gametofiti bir uyli ayrim jinsli, har xil sporalar hosil qiladigan o`simliklar.
Polushniksimonlar sinf 3 ta qabilaga bo`linadi:
1. Selaginellanamolar qabilasi- Selaginellales
2. Polushniknamolar qabilasi- Isoetales
3. Lepidodendronnamolar qabilasi-Lepidodendrales
Selaginellanamolar qabilasi- Selaginellales
Bu qabilani 700 ga yaqin turi mavjud. Ularning muhim belgisi har-xil sporalilik ya`ni mego va mikrosporalar hosil qiladi. Megasporangiyda 4 tagacha, mikrosporangida bir nechtagacha sporalar hosil bo`ladi. Etilgan sporalardan ayrim jinsli gametofit vujudga keladi. Selagnnelalar tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan.
Polushniknamolar qabilasi- Isoetales
Bu qabilaga qazilma holda uchrovchi va hozirda yashayotgan polushniklar kiradi. Qabilaning bitta oila va unga bitta turkum kiradi. Turkum ( Isoetes ) 70 ga yaqin turni o`z ichiga olib, ularning ko`pchiligi Shimoliy Amerikada tarqalgan. Vakil: Isoetes lacustris hisoblanadi. Bu o`simlik uncha chuqurmas suv xavzalarining tubida o`sadigan ko`p yillik o`simlik. Bularning ham sporalari har xil. Bo`yi 8-25 sm.
Barglari qisqargan poyaga asosi bilan birikkan, asos qismi kengroq bo`lib, yuqoriga borgan sari torayib ingichkalashib begizsimon tuzilishiga ega bo`lgan. Sporangiyalari bargning asos qismini ichki tomonida joylashgan. Polushniklar Mezozoy erasida paydo bo`lgan bir muncha sodda tuzilgan o`simliklar hisoblanadi.
Lepidodendronnamolar qabilasi-Lepidodendrales Bular faqat qazilma holda uchraydigan Devon davrida yashagan, bo`yi 30-40 m ga etadigan daraxt o`simliklardir. Tana va ildizlarida kambiyni bo`lishi, ularning yo`g`onlashiga olib kelgan. Tanasi to`g`ri bo`lib, dixotolik shoxlangan. Shoxlari mayda barglar bilan qoplangan. Bularga Lepidondron va Sigillariyalar misol bo`la oladi.
Ahamiyati: Plaunlar chorva mollari uchun ozuqa hususiyati unchalik emas, lekin ularning boshoqlaridagi etilgan sporalaridan yosh go`daklar uchun, presipkalar tayyorlanadi, metallurgiyada qoliplarni qumlash uchun ishltiladi.
Adabiyotlar: - Salobiddinov S. S. Gulli o`simliklar sistematikasi. T. «O`qituvchi» 1966
- Hamdamov I va boshqalar. Botanika asoslari. T. «Mehnat». 1990
- Xujanovskiy V. Ch. Kurs obshey. Botanika. M. Vo`sshaya shkola. 1982
- Kursanov L. I. va boshqalar. Botanika (O`simliklar sistematikasi). Toshkent. «O`rta va Oliy maktab» 1963
- Mustafoev S. M. Botanika. Toshkent. «O`zbekiston» 2002
- Maxmedov A., Tog`aev I. U. Yuksak o`simliklar bo`yicha amaliy mashg`ulotlar. Toshkent «Universitet». 1994y
- Maxmedov A. M. Botanika fanidan ma`ruzalar. F. 2003
Do'stlaringiz bilan baham: |