Go‘vak betonlarning fizik-mexanik xususiyatlari
G'ovak betonlarning fizik-mexanik xususiyatlari g'ovak hosil
qilish usullari, g'ovak o'lchamlari, bog'lovchi moddalar turlari,
qotish sharoiti va boshqa texnologik omillarga bog'liq. G'ovak
betonlardagi ayrim xususiyat ko'rsatkichlari umumiy qonuniyat-
ga bo'ysunadi.
Masalan, issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti bog'lovchi modda turi va beton tayyorlash usulidan qat’iy nazar, g'ovak betonlar hajmiy og'irligining funksiyasi hisoblanadi. Hajmiy og'irlik va issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti o'rtasidagi bog'liqlik g'ovak hosil qiluvchi material devorlari bir xil yoki o‘z tarkibi bo'yicha bir-biriga juda yaqinligi bilan tushuntiriladi. G‘ovak betonlarning g'ovakligi g'ovaklaming ko'pligi bilan xa rakterlanadi. Bunday tuzilish g'ovaklaming bir jinsligi va ulaming
materialda bir tekis taqsimlanganligi bilan farqlanadi. Ammo,
g'ovak betonlarning alohida turlari boshqacha g'ovaklikka ega
bo'lishi ham mumkin. Masalan, gaz-beton ko'pchish jarayonida
hajmi tepaga qarab kengayadi, shuning uchun g'ovaklaming bir
qismi sferik emas, balki shu yo'nalishda cho'zilgan shaklga ega
bo'ladi. Bu gaz-beton mustahkamligiga ta’sir ko'rsatadi, bunda
turli yo'nalishlarda mustahkamlikning tebranishi 20% gacha yeti-
shi mumkin. Gaz-beton ochiq va yopiq, ya’ni tutashgan g'ovak-
larga, ko'pik-beton esa ko'pincha yopiq g'ovaklarga ega bo'ladi.
G'ovak betonlaming barcha turlarida alohida g'ovak o'lcham-
lari taxminan bir xil; g'ovaklar o'rtacha o'lchamlari 0,6—0,8 dan
2—2,2 mm gacha ni tashkil qiladi. G'ovak massalami qayta ish-
lashning ayrim texnologik usullarini, masalan, gaz-betonni teb-
ratishni qo'llab, g'ovaklar kattaligini boshqarish mumkin.
Issiqlik izolatsion g'ovak betonlarda umumiy hajmiy g'ovaklik
75—90% ni, issiqlik izolatsion-konstruktiv betonlarda esa 50—
60% ni tashkil qiladi.
G'ovak betonlaming hajmiy og‘irligi keng chegaralarda: 300 dan 1200 kg/m3 gacha bo'lishi mumkin. Qurilish me’yorlari va qoidalari bo'yicha issiqlik izolatsion be tonlarga hajmiy og'irligi 500 kg/m3 gacha bo'lgan va 300, 350, 400, 450 va 500 markaga ega g'ovak betonlar kiradi. Issiqlik izolatsion-konstruktiv g'ovak betonlar oddiy issiqlik
izolatsion g'ovak betonlardan hajmiy og'irligining qiymati bilan farq-
lanadi. Ularning hajmiy og'irligi 600 dan 1200 kg/m2 gacha bo'ladi.
G'ovak betonlar mustahkamligi uning hajmiy og'irligi bilan
xarakterlanadi. Ammo, bir xil hajmiy og'irlikka ega g'ovak beton
larda, masalan gaz-betonlar, ularning mustahkamligi farqlanishi
mumkin. Buning asosiy sabablari quyidagilardir: a) gaz-beton qorishmasi komponentlarining turlicha maydaligi va bu komponentlarda yangi kimyoviy faol yuzalaming hosil bo'lish darajasi;
b) material tuzilishidagi va uning g'ovaklik xarakteridagi farqlar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Большаков В.И., Куличенко И.И, Мартыненко В.А.,
Бурейко С.В. Сборник научных трудов международной
конференции. Выпуск 2. 2001.
2. Китайцев В.А. Технология теплоизоляционных материалов. — Москва, Изд-во литературы по строительству, 1970.
3. Нехорошее А.В., Цителаури Г.И., Хлебионен Е., Жадамба Ц. Ресурсосберегающие технологии керамики, силикатов и бетонов. 1991.
4. Alimov Х.А., Ikromov O.R. Pardozlash va issiqlik izolatsiya materiallari»ni ishlab chiqarish asoslari fanidan bosqich ishini ba- jarishga doir uslubiy ko‘rsatmalar. — Т., 1993.
5. 0 ‘zRST 30256-94. «Silindr zond bilan issiqlik O’tkazuv-
chanlikni aniqlash usuli».
Do'stlaringiz bilan baham: |