Plastentaning oldinda kelishi. Plastentaning oldinda kelishi - uning noto’g`ri joylashuvi : plastenta bachadon tanasining o’rniga pastki segmentida joylashadi.
Etiologiya: Onalik tomonidan omillari :
A) Endometriy distrofiyasi bilan kechadigan jaroxat va kasalliklar (ko’pincha qayta tug`uvchilarda)
B) Endometriy qon bilan ta’minlanishini buzilishiga olib keluvchi bachadon pastki segmentidagi jarroxlik amaliyotlari.
Plastentani oldinda kelishi urug`langan tuxum hujayradagi o’zgarishlar natijasida ham kelib chiqadi :
Homila eritroblastozi (plastenta kattalashishiga olib keladi)
Trofoblastni nidastion funkstiyasini buzilishi, trofoblast fermentativ jarayonlari kechikib rivojlanishi, urug`langan tuxum hujayra o’z vaqtida bachadon tubiga yopisha olmaydi.
Sabablari :
-Plastentani oldinda kelishi
-Normal joylashgan plastentani vaqtidan oldin ko’chishi
Plastentani oldinda kelishi- noto’g`ri joylashishi hisoblanib, ya’ni bachadon tanasining pastki segmentida va ichki bo’g`iz soxasida joylashishi.
Plastentani oldinda kelishining 4 darajasi tafovut qilinadi:
1. to’liq (markaziy) – plastenta ichki bo’g`izni to’liq yopib turadi
2. qisman (yonbosh) – plastenta ichki bo’g`izni 2/3 qismini yopib turadi
3. Qirg`og`i bilan– plastenta ichki bo’g`izni 1/3 yopib turadi
4. Plastentani past joylashishi- plastentani cheti ichki bo’g`izdan 7 sm.dan kam masofada joylashadi.
Klinikasi:
1. Homiladorlik paytida qon ketish birdan rivojlanadi og`riqsiz, tromboz natijasida to’xtashi mumkin, lekin bir qancha vakt o’tgach yana qaytariladi. Qon ketish ko’pincha homiladorlik uchoyligida bachadon cho’zilishi, qisqarishi natijasida yoki bachadon bo’yni ochilish davrida kuzatiladi. Qon ketish plastentaning bir qismini ko’chishi bilan bog`liq, plastenta to’qimasi cho’zilish xossasiga ega emas shuning uchun bachadonning pastki qismi cho’zilganda plastenta ko’chadi, vorsinkalararo bo’shliq ochiladi, bachadon - plastenta qon tomirlari yoriladi va ko’p qon ketadi.
2. Kam qonlik rivojlanishi,
3. Homila xolatini yomonlashuvi, homila disstresi
Diagnostika
-moyillik tug`diruvchi omillar , homilani noto’g`ri joylashuvi (chanoq old kelishi yoki ko’ndalang joylashishi)
--egiz xomiladorlik;
--ko’p tuqqan 35 yoshli ayol;
--UTT- bu usul aniqligi 90-95%.
Plastenta oldinda kelishi yakuniy diagnozini qin orqali tekshirib qo’yiladi (stastionarda jarrohlik blokida).
Bunda plastenta yoki uni cheti paypaslanadi. Bu tekshirish usuli qon ketishini kuchaytirishi mumkin.
Quyidagi kasalliklar bilan qiyosiy taqqoslash kerak:
Jinsiy a’zolarni mexanik shikastlari (tirnalish, qin shilliq pardasini yorilishi)
Poliplar
Bachadon bo’yni raki
Bachadon bo’yni psevdoeroziyasi
Normal joylashgan plastentaning vaqtidan ilgari ko’chishi.
Bachadonni yorilishi.
Olib borish taktikasi:
Agar homiladorlik muddati tugamagan bo’lsa homilador doimiy nazorat va kuzatuvda bo’lishi kerak. Tug`ruq faoliyati bo’lmaganda, homila stabil holatida va kam miqdorda qon ketganda konservativ davo olib boriladi. Homilador ayol darhol stastionarga yotqiziladi. Bachadon tonusini pasaytiruvchi preparatlar qo’llaniladi, kam miqdorda (200 ml dan ) qon va eritrostitar massa quyiladi yo’qotilgan qon o’rnini to’ldirish maqsadida.
Vitaminlar kiritiladi, homila gipoksiyasi oldi olinadi.
Tug`ruqni olib borish usulini to’g`ri tanlash uchun plastenta oldinda kelishi va uning formasi aniq diagnozi katta ahamiyatga ega.
To’liq yoki markaziy joylashganda tug`ruq faqat kesarcha kesish orqali bajariladi (mutloq ko’rsatma). Tug`ruq yullari tug`ruqqa tayyor bo’lmasa, plastenta qisman oldinda joylashgan bo’lsa va qon ketish intensiv bo’lsa ham tug`ruq jarrohlik usuli bilan olib boriladi.
Tug`ruq faoliyatlari mavjud bo’lganda, bachadon bo’g`zi ochilgan bo’lsa plastenta qisman oldinda joylashgan bo’lsa amniotomiya qilinadi. Homila pardasi yorilishi plastentaning keyingi ko’chishini oldini oladi homila boshining kichik chanoq bo’shlig`iga tushishiga yordam beradi va bu ko’chgan plastentani siqib qo’yib qon ketishini to’xtatadi.
Tabiiy tug`ruq yo’llari orqali tug`ruq sodir bo’lganda bachadon bo’shlig`ini qo’l bilan tekshirib ko’rish kerak , gipotonik qon ketish oldini olish kerak. Rejali kesarcha kesish homila vazni 2500g dan kam bo’lmaganda va homiladorlik muddati 37 haftadan kam bo’lmaganda bajariladi. Agar qon ketish ayol uchun xavf tug`dirsa homila o’chamlari va gestastion yoshga qaramasdan shoshilinch kesar kesish bajariladi.
Asoratlar:
1. Ko’p qon ketishi natijasida gipofiz nekrozi yoki buyrak zararlanishi.
2. Bachadonning pastki segmentidan tug`ruqdan keyingi davrda ko’p qon ketishi
3. Plastentaning zich birikishi, chunki bachadon pastki segmenti endometriysi yupqa va bu trofoblast invaziyasi uchun etarli emas.