Plastentaning oldinda kelishi


Plastenta ajralishining ushlanib qolishi



Download 293,5 Kb.
bet6/25
Sana22.07.2022
Hajmi293,5 Kb.
#837941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Plastentaning oldinda kelishi

Plastenta ajralishining ushlanib qolishi
Plastenta ajralishining ushlanib qolishida qon ketmasligi mumkin. Agar yo’ldosh ko’rinayotgan bo’lsa, ayolga kuchanib uni itarishini so’rang. Agar qinda yo’ldosh borligini sezsangiz uni olib tashlang.
Siydik pufagi bo’shlig`iga ishonch hosil qiling. Zaruriyatga qarab,
siydik pufagini kateterizastiya qiling.
Agar yo’ldosh ajralmagan bo’lsa, III davrni aktiv olib borilganda
hali ishlatilmagan bo’lsa, 10 birlik oksitostinni m/o ga yuboring.
Ergometrinni ishlatmang, chunki bu preparat bachadonning tonik qisqarishlariga va yo’ldoshning ushlanib qolishiga olib keladi. Agar oksitostin bilan olib borilgan stimulyastiyadan 30 minutdan so’ng yo’ldosh ajralmasa, bachadon qisqargan bo’lsa, u holda kindik tizimchasini nazoratli tortish yo’lidan foydalaning.
Eslatma: Kindik tizimchasini qattiq tortishdan va bachadon tubiga qattiq bosishdan ehtiyot bo’ling, chunki bunday harakatlaringiz bachadonning ag`darilib qolishiga olib keladi. Agar kindik tizimchasini nazoratli tortish foyda bermasa, u holda plastentani qo’l bilan ajratishga kirishing (22.2.-rasm).
Yo’ldoshni qo’l yordamida olib tashlash.
Ko’rsatmalarni baholang.
Yordam ko’rsatishning asosiy qonunlariga amal qiling va t/i ga suyuqlik quyishni boshlang.
• Ruhan qo’llab-quvvatlang. Diazepam v/i ga ohista yuboring yoki ketamin quying.
• Oldini oluvchi antibiotiklarning bir martalik miqdorini belgilang
o Ampistillin v/i 2g+metronidazol v/i 500 mg;
o Yoki stefazolin v/i 1g+metronidazol v/i 500 mg
• Kindikni qisqichda ushlab turing. Polga parallel joylashgunga qadar kindikni ehtiyotkorlik bilan torting.
• Zararsizlantirilgan qo’lqop kiyib, qo’lingizni qinga kiriting va kindik bo’ylab uni bachadon ichiga olib boring.
• Kindikni qo’yib yuboring va bachadon ag`darilishining oldini olish, bachadon tubini ushlab qolish va yo’ldoshni olib tashlashda bog`lamlarini chetga surish uchun ikkinchi qo’lingizni ona qorniga qo’ying.
Eslatma: Agar bachadon agdarilishi ro’y bersa, uni ortiga qaytaring.
Kindik tarafdan yo’ldosh cheti aniqlanguncha barmog`ingizni ilgarilab boring.
Kindik uzilishi sodir bo’lsa, qo’lingizni bachadon bo’shlig`iga kiriting. Yo’ldosh va bachadon o’rtasidagi chegarani aniqlash uchun bachadonning ichki bo’shlig`ini tekshirib ko’ring.
O’rnashgan joyidan plastentani ajrating, yo’ldosh va bachadon devori o’rtasida bo’shliq hosil qilish uchun barmoqlaringizni zich tuting va kaftingiz yonlarini ishlating.
Plastentaning hamma qismlari bachadon devoridan ajralguncha, u birikkan joy sohasida asta-sekin muolaja o’tkazing.
Agar plastenta barmoqlaringizning xushyorlik bilan arraga o’xshash harakati oqibatida bachadon ustki qavatidan ajralmayotgan bo’lsa, plastenta bachadonga o’sib kirganligini faraz qiling va laparotomiya yoki subtotal gisterektomiya o’tkazing
Plastentani ushlang va asta-sekin qo’lingizni yo’ldosh bilan birga bachadondan chiqarib oling (22.2.-rasm)
Boshqa qo’lingiz bilan bachadonni qovdan uzoqlashtirishni amalga oshirishni davom eting, bachadondan chiqayotgan qo’lning harakatiga qarama-qarshi yo’nalishda harakatlantiring.

Download 293,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish