Piskent tumani XTMFMT va TE bo`limiga qarashli 17-umimiy o`rta ta`lim maktabida bo`lib o`tgan tadbirlar haqida
MA`LUMOT
Avgust oyida o`qtuvchilar yangi o`quv yili uchun katta tayyorgarlik ko`rildi.Maktabda obodonlashtirish ichlari faol olib borildi.Sinf rahbarlar sihf xonalarini ko`rgazmali qurollar bilan jihozlashdi”Birinchi qo`ng`iroq” tadbirida maktab direktori Yunusova M so`zga chiqdi. Mustaqilligimizning 24-yilligi va o`quvchilarni “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi. 1-sinf o`quvchilarining “Prezident sovg`alari” XTMFMT va TE bo`limi hodimi A. Qudratov tantanali ravishda topshirildi. “Kim edigu kim bo`ldik?Ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak”shiori ostida “Mustaqillik darslari” o`tildi.
Har kuni maktab o`quvchilariga yi`gilish o`tkazildi. Bu yig`ilish davlat madhiyasi ijro etish bilan boshlanib reyd qilingan ishlari e`lon qilindi.
Maktabda o`quvchilar o`rtasida “Alpomish va Barchinoy” test sinovlari o`tkazildi.
Oktyabr –oyining birinchi sanasida “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan “Ustoz otangday ulug`” nomli kecha o`tkazildi. Kechaga nafaqadagi ustozlar ham taklif etildi. “Odob-ahloq qoidalari” mavzusida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Mahalla oqsoqoli va mahalla imom xotibi birgalikda “Diniy aqidaparastlik va ekstremizmning” maqsad va mohiyati mavzusida davra suhbatlari o`tkazildi. Kam ta`minlangan o`quvchilar qishki kiyim-kechaklar berildi. 21-oktabr “Davlat tili o`zbek tili” deb e`lon qilingn kunga bag`ishlab “Ona-tilim, jon-u dilim” mavzusida ochiq darslar o`tkazildi. Har oyning yakunida “Eng faol o`quvchi”, “Eng faol sinf” nominatsiyalari e`lon qilinib g`oliblar taqdirlandi.
Noyabr-yuqori sinf o`quvchilari o`rtasida “Mafkura hayotimizning dolzarb mavzusi” bo`yicha yig`ilishlar o`tkazildi. Yig`ilishga mahalla faollari va mahalla posboni ishtirok etdi. O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`I tashkil etilgan kunga bag`ishlab maktabda ochiq darslar o`tildi. “Oila, maktab-mahalla” hamkorligida ota-onalar yi`gilishlari muntazam o`tkazib boriladi.
Maktabda 7-dekabr kuni “Konstitutsiya baxtimiz poydevori” shiori ostida tadbir o`tqazildi. Tadbirda 4-8-9-sinf o`quvchilari faol qatnashib Konstitutsiyaning mazmun mohiyati, she`r ashula raqslar namoyish etildi. 1-4-sinflar o`rtasida diktant,5-7-sinflar o`rtasida ba`yon, 8-9-sinflar o`rtasida insholar tanlovi o`tkazildi.
“Konstitutsiya baxtimiz poydevori” shiori ostida 5-9-sinflar o`rtasida rasmlaar ko`rik tanlovi o`tkazildi. 10-dekabr kuni tarix fani o`qituvchisi Husanova Nodira O`zbekiston Respublika si madhiyasi haqida o`quvchilarga tushuncha berildi. 26-dekabr kuni Yangi yil bayramiga atab ochiq tarbiyaviy soatlar o`tildi.
Respublikamizda 2016-yil “Sog`lom ona va bola yili ” davlat Dasturining e`lon qilinganligi sababli mazkur yil uchun ish rejalari va chora tadbirlar tuzildi. 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga atab “Biz Vatan posbonlarimiz” mavzusida 8-9-sinf yigitlari o`rtasida ko`rik tanlov o`tkazildi. Tanlovda 9-sinf o`quvchisi Bozorboyev Ramazon g`olib bo`lib, qolgan ishtirokchilar ham maktab ma`muriyati tomonidan taqdirlandi. Yuqori sinf o`quvchilari orasida “Huquq bilimdonlari” ko`rik tanlovi o`tkazildi. Tanlovda 8-sinf o`quvchisi Shukrullayev Abduvali g`oliblikni qo`lga kiritdi. 10-yanvar kuni “Biz sog`lom turmush tarafdorimiz” jamoat kengashi a`zolari hamkorlikda davra suhbati o`tdi.
9-fevral Alisher Navoiyning tavallud topgan kuniga bag`ishlab tadbirlar o`tkazildi, refarat va bukletlar chiqarildi. Zulfiyaxonim qizlari o`rtasida g`azalxonlik kechalari o`tkazildi.
O`tkir respirator kasalliklariga qarshi kurashish maqsadida har oyda QVP shifokorlari va maktab hamshirsi bilan birgalikda davra suhbatlari va tushuntirish shlari olib bordi. “Salomatlik markazi” hodimlari o`quvchilarga OIV, OITS haqida video lavhalar va tushuntirish ishlari olib bordi.
Fevral -oyida “Ajdodlarimiz me`rosi, qadriyatlarimiz tayanchi” mavzusida milliy qadryatlarni tiklash maqsadida o`zbek milliy bayramlari haqida tarbiyaviy soatlar o`tkazildi. “Orasta qizlar guruhi”ning a`zolari o`rtasida birinchi chorak davomida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari”,”12 yillik majburiy ta`lim biz qizlar uchun o`ta zarur”,”Muomala,libos va biz” mavzularida davra suhbatlari olib borildi. “Odob-ahloq qoidalari” mavzusida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Mahalla oqsoqoli va mahalla imom xotibi birgalikda “Diniy aqidaparastlik va ekstremizmning” maqsad va mohiyati mavzusida davra suhbatlari o`tkazildi. Odam savdosi davr muommosi mavzusida davra suhbatlari olib borildi.
9-aprel Amir Temur tavallud topgan kunga bag`ishlab “Sohibqiron” to`garagi a’zolari tadbir o`tkazishdi. 9-sinf o`quvchilrini 31 mart va15 may kunlari ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash maqsadida kasb-hunar kollejlariga uchrashuvlar uyushtirildi.22 aprel kuni”Zalolatga tutash yo`l”videofilm namoishi bo`lib ota-onalar film haqida fikr va mulohazalarini bildirishdi.
“Kasbim-fahrim” mavzusida 8-9-sinf o`quvchilari o`rtasida tadbirlar o`tkazildi. Tumanimiz kollejlari haqida keng tushuncha va ma`lumotlar berildi. Voyaga yetmagan yoshlar orasida jinoyatchilik, huquqbuzarlik hollarini bartaraf etish maqsadida har oy maktab ma`muriyati, mahalla nozirlari, ota-onalar qo`mitasi ishtirokida yig`ilishlar o`tkazildi. Maktabimizda “Kamolot” yetakchisi hamkorlikda reyd ishchi guruhi tuzildi. Bu guruh 6 kishidan iborat bo`lib, har kuni dars vaqtida 2-3- minut ichida ma`naviy ma`rifiy ishlari bo`yicha rahbar o`rinbosari bilan birgalikda barcha sinflar jihozi, o`quvchilar davomati, formalari, o`quv qurollari va ularning tutilishini nazorat qilinib daftarga qayd qilinib boriladi.
Sinflarda kamchiliklar belgilab boriladi, hafta davomida bu kamchiliklar bartaraf qilindi.
9-aprel Amir Temur tavallud topgan kunga bag`ishlab “Sohibqiron” to`garagi a’zolari tadbir o`tkazishdi.Aprel obodonlashtirish ishlari faol olib borildi.O`quvchilar er maydonlariga ishlov berib ko`chat va gullar ekishdi. 9-sinf o`quvchilrini ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash maqsadida kasb-hunar kollejlariga uchrashuvlar uyushtirildi. 25-may “So`ngi qo`ng`iroq” tadbirlariga XTB xodimi Eshonqulova M so`zga chiqib bitiruvchilarni tabrikladi.Tashrif buyurgan ota- onalar va o`qtuvchilar keyingi o`qishlariga omadlar tilashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |