Metodologik bilim. Olimlar tomonidan ilmiy bilimlarni shakllantirish maqsadida qoʻllaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari haqida bilishga “metodologik bilim” deyiladi. Bu empirik tadqiqotlar asoslanadigan muhim jihat, bu – tajriba oʻtkazishni bilish. Xatoliklar va noaniqliklarni kamaytirish uchun qayta oʻlchash, oʻzgaruvchi kattaliklarni nazorat qilish va maʻlumotlarni uzatish hamda taqdim etishning standart metodlarini bilish shular jumlasidan sanaladi. Bular metodolik bilimlarni tashkil etib, “dalillar konsepsiyasi” deb ham ataladi (Gott, Duggan and Roberts, 2008; Millar et al., 1995).
Metodologik bilim deganda olimlar ishonchli va haqqoniy maʻlumotlarga ega boʻlishlari uchun foydalanadigan metodlar ham tushuniladi. Ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda muayyan takliflarni qoʻllab-quvvatlashda dalillarni tanqidiy tahlil qilish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |