Pisa- xalqaro baholash dasturi. Reja


Maktab oʻquvchilari bilimini baholash boʻyicha PISA tadqiqotlarida ishtirok etish Oʻzbekistonga nima beradi?



Download 0,52 Mb.
bet2/3
Sana21.11.2022
Hajmi0,52 Mb.
#869609
1   2   3
Bog'liq
5-ma\'ruza

Maktab oʻquvchilari bilimini baholash boʻyicha PISA tadqiqotlarida ishtirok etish Oʻzbekistonga nima beradi?

2022 yilda Oʻzbekistondagi ta’lim sifati xalqaro PISA dasturi doirasida baholanadi. Rossiyalik mutaxassis Galina Kovaleva Oʻzbekiston ta’lim sifatini baholashga tayyorgarlik koʻrishda qanday yordam koʻrsatilayotgani, postsovet ta’lim tizimlari tomonidan olingan «oʻrtacha koʻrsatkichdan past» natijalar va qanday baholash natijalarini kutish mumkinligi haqida oʻz fikrlari bilan boʻlishdi.


2022 yilda Oʻzbekiston Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturida (Program for International Student Assessment, PISA) ishtirok etadi. Oʻzbekistonni ushbu xalqaro dasturga tayyorgarlik koʻrishiga Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash markazi koʻmaklashmoqda.
24−25 avgust kunlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya Ta’lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda «Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish — inson kapitalini rivojlantirish omili» mavzusida Rossiya ta’lim akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya ta’lim sifatini baholash markazi rahbari Galina Kovaleva ishtirokida xalqaro onlayn vebinar oʻtkazilgandi.
Ma’lumot uchun, Galina Kovaleva 1993 yildan buyon Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)da, 2013 yildan boshlab PISA xalqaro tadqiqotlari boshqaruv kengashida Rossiyaning vakili hisoblanadi. 1989 yildan 2018 yilgacha milliy koordinator sifatida Rossiyada umumiy ta’lim sifati boʻyicha — IAEP, TIMSS, CIVIC, PIRLS, PISA xalqaro qiyosiy tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etgan. 1994 yildan hozirgi paytgacha TIMSS xalqaro tadqiqot dasturi doirasida tabiiy fanlar boʻyicha ta’lim yutuqlarini baholash vositalarini ishlab chiqadigan xalqaro ekspertlar guruhi ishida qatnashmoqda. Amalga oshirilgan ishlar rus va xorijiy nashrlarda (200 dan ortiq ishlari) e’lon qilingan.
«Gazeta.uz» mutaxassisning Ta’lim inspeksiyasiga bergan intervyusidan muhim parchalarini e’tiboringizga havola etadi.

Ta’lim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida nimalar deya olasiz?


— Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu masalada aynan bizning institutga hamkorlik va yordam borasida murojaat qilib, tashabbus bilan chiqqanligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Rossiya xalqaro tadqiqotlarda 1988 yildan (30 yil) buyon, PISA xalqaro tadqiqot dasturlarida esa tadqiqotning ilk davri — 2000 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Men 2000−2020 yillarda Rossiyaning PISA xalqaro tadqiqotlari boʻyicha milliy koordinatori boʻlganman.
Shuningdek, hamkorligimiz dastlabki kunlardanoq juda yaxshi va samarali tashkil etilganini e’tirof etmoqchiman. Biz READ (Rossiya Moliya vazirligi va Jahon banki oʻrtasidagi Rossiya ta’limini rivojlantirish va koʻmaklashish dasturi) doirasidagi ilk seminarda ishtirok etish uchun Moskvaga kelgan delegatsiyani yaxshi eslaymiz. (2019 yil fevral).
Mazkur loyiha doirasida oʻzbekistonlik hamkasblarimizga birinchi tayyorgarlik uchun Moskvada ilk seminarlar tashkil etilgan edi. Ushbu seminar uchun barcha viloyatlardan mutaxassislar tanlab olingani, ular bilan tayyorgarlik ishlari, suhbatlar olib borilgani va juda katta qiziqishga ega boʻlgan mutaxassislar tashrif buyurgani bizni qoyil qoldirgan va xursand qilgan. Oldiga aniq maqsad qoʻyilgan mutaxassislar bilan ishlash biz uchun ham yaxshi maktab boʻlgan edi. Zero, mamlakat xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishni oʻz oldiga aniq maqsad qilib qoʻygan.
Prezident va hukumat tomonidan ta’lim tizimi oldida aniq vazifalar qoʻyilgani, bu shunchaki ta’lim holatini nazorat qilish emas, balki таълим tizimining qanday ahvoldaligi haqida ma’lumot beradigan, ta’lim sifatini yaxshilashga koʻmaklashadigan va uni yanada raqobatbardosh qiladigan yoʻnalish ekanligi hammaga tushuntirilganligiga amin boʻldik.
Bizning nazarimizda, birgalikda oʻtkazayotgan seminarlarimiz Oʻzbekistonning raqobatbardoshligini global oshirish mexanizmi hisoblangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishga tayyorlash uchun juda muhim. Umid qilamizki, ushbu seminar doirasida muhokamadan soʻng oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimini yaratishga kelishib olamiz. Oʻzbekiston ta’lim inspeksiyasi va vazirlik tomonidan oʻzbekistonlik va rossiyalik pedagoglar, metodistlar va ta’lim sohasi mutaxassislari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish uchun platforma yaratildi. Ushbu platforma orqali biz tajriba almashish va turli mamlakatlarning natijalarini oʻrganish, tadqiqotga qanday tayyorgarlik koʻrishlarini tahlil qilish va mamlakatni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash vositalarini birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz.
Ishonchim komilki, oʻzbekistonlik hamkasblarimning professional darajasi, qiziqishi va motivatsiyasi yaqin orada yaxshi natija beradi. Shuning uchun ham men hamkorligimizni yuqori baholay olaman.

PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nima qilish kerak?


Yaxshi natijalar koʻrsatish uchun hech boʻlmaganda 2 maqsadga ega boʻlish kerak: birinchisi, oʻqituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta’lim sifati oʻqituvchilarning kasbiy darajasiga bogʻliq, deb aytishmaydi. Demak, oʻqituvchilarni tayyorlashga mablagʻ ajratish va yangi oʻquv materiallarini yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya kiritishi, moliyalashtirishi va uslubiy qoʻllab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun oʻqituvchilarni maqsadli tayyorlash va ta’lim jarayonida oʻqitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni oʻzgartirish zarur. Buning uchun biz oʻqituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta’limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va oʻqituvchilarni ta’lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan ta’minlashimiz kerak. Bu eng muhimi va siz hozir toʻgʻri yoʻldasiz, ancha oldin PISA va PIRLS tadqiqotlari topshiriqlari xususiyatlarini ochib beruvchi materiallar bilan toʻplamlarni chop etdingiz. Endi esa bu vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirib, paydo boʻlayotgan muammolarni hal qilish ustida ishlash kerak.

PISAda ishtirok etish Oʻzbekistonga nima beradi?


PISA natijalari 2023 yil oxirida e’lon qilinadi. Menimcha, bu juda muhim qaror. Mamlakatlar xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishlari kerak, chunki ular bizning ichki holatimizdan emas, balki xalqaro standartlar nuqtai nazaridan tashqi baho berishadi. Bu birinchisi.
Ikkinchidan, ilk yillardan qandaydir juda yaxshi, ijobiy natijalar olish haqida gapirib boʻlmaydi. Rossiya 2000 yildan beri xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etib kelmoqda va PISA boʻyicha bizning natijalar oʻrtacha xalqaro darajadan past edi. Faqat 18 yil davomida ta’limga katta sarmoya kiritish orqali PISA tadqiqotidagi natijalarimiz Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ning oʻrtacha koʻrsatkichlariga yaqinlashdi. Buni qanday izohlash mumkin? Bu bizning rus maktabimiz (qaysidir ma’noda sovet maktabi) koʻproq fan natijalariga, ya’ni yosh avlodga yaxshi, chuqur va uzoq muddatli bilimlarni berishga e’tibor qaratganligi bilan izohlanadi. Ijodkorlikni rivojlantirishga bunaqa ehtiyoj yoʻq edi, olingan bilimlar barcha oʻquvchilar tomonidan turli hayotiy vaziyatlarda ishlatilishini ta’minlash uchun vaqt ham boʻlmagan.
Siz ishtirok etadigan yoʻnalish juda muhim va yuqori natijalar berishi dargumon. Lekin ularni toʻgʻri idrok etish uchun, albatta, tadqiqotga jalb etilgan hamkasblarimiz postsovet mamlakatlarida boʻlayotgan voqealarni yaxshi tahlil qilishlari zarur.
Xuddi shu maqsadda vebinar davomida Belarus va Qozogʻiston Respublikasining natijalarini koʻrsatib oʻtdim. Bu sizga ilgari umumiy ta’lim tizimiga ega boʻlgan qoʻshni mamlakatlar qanday natijalarga erishilganligini koʻrish imkonini beradi. Agar mamlakatingizda ta’lim tizimi qanday tashkil etilgani, boshqa mamlakatlarda qanday oʻzgarishlar roʻy berayotgani haqida tushunchaga ega boʻlsangiz, hech boʻlmaganda natijalar qanday boʻlishi va eng muhimi, odamlarni qanday tayyorlash haqida ba’zi bashoratlar qilishingiz mumkin. Bu natijalarni Rossiya bilan solishtirib boʻlmasa kerak. Ta’lim tizimini oʻzgartirmasdan juda koʻp ishlarni amalga oshirgan Belarus va Ukraina (ayniqsa Belarus) Rossiya bilan taqqoslanadigan natijalarga erishdi. Lekin hali ham oʻrtacha xalqaro natijalari ancha past. Men nima uchun shundayligini tushuntirib oʻtdim: bizning ta’lim tizimimiz yaxshi va mustahkam bilimli muhandis kadrlar tayyorlashga asoslangan boshqa yoʻnalishga ega edi. Bu juda muhim, lekin biz boshqa tomonni ta’minlay olmadik.
Shuning uchun maslahatim maqsadga bosqichma-bosqich erishish, e’lon qilingan gʻoya va islohotlarni joriy etish. Boshqa tomondan, natijalarni batafsil muhokama qilish uchun jamoatchilik va professional hamjamiyatni tayyorlashimiz, biz bu natijalar bilan nima qilishimiz va ushbu natijalarni rivojlanish uchun platforma sifatida qabul qilish boʻyicha mamlakatni tayyorlash kerak.

Xalqaro ekspert sifatida MDH davlatlari ta’lim tizimi va ularning xalqaro tadqiqotlar borasidagi tajribasi bilan tanishsiz. Sizningcha, oʻzbekistonlik oʻquvchilar PISAning qaysi sohalarida yaxshi natijalar koʻrsata oladi va qaysilarida esa yoʻq?


Mamlakatingiz ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etayotgani uchun hozircha aniq natijalar yoʻq va bir narsa deyish qiyin. Lekin bu boʻyicha oʻz taxminlarimni aytishim mumkin. Matematika va tabiiy fanlar boʻyicha natijalar oʻqish savodxonligi boʻyicha koʻrsatkichlardan yuqori boʻladi deb oʻylayman.
Gap shundaki, PISAda oʻqish savodxonligini baholash vositalari keskin oʻzgargan. Bu borada Rossiya natijalari ham 2018 yilda bir oz yomonlashganini koʻrdik. Shuningdek, oʻquvchilarning test sinovlarini baholash uchun yangi baholash formati (kompyuter platformasi) joriy qilinibgina qolmay, balki oʻquvchilarga butunlay boshqa matnlar taklif etildi: koʻp oʻlchovli matnlar, ziddiyatlarni aniqlash, nuqtai nazarni yoki manbalar sifatini aniqlash kerak boʻlgan matnlar. Shuning uchun bu yoʻnalishda oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilarining natijalarida uncha katta siljish boʻlmasligi mumkin, deb oʻylaymiz. Lekin umid qilamizki, matematika va tabiiy fanlardan, Qozogʻiston, Ozarbayjon va Gruziya kabi mamlakatingiz ham dastlabki bosqichlarda yaxshi natijalar koʻrsatadi. Biz bundan umidvormiz.
PISA nima?

  1. O‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo‘lib, uning natijalari asosida dunyo mamlakatlari o‘quv dasturlarida mavjud talablar doirasida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo‘llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyat­larini aniqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, bu hech qanday o‘quv dasturini belgilamaydi, targ‘ib qilmaydi va umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi.

  2. Tadqiqot kim tomonidan amalga oshiriladi?

— PISA tadqiqoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT), Organization for Economic Cooperation and Development(OECD) tomonidan amalga oshiriladi. Tadqiqot ilk bora 2000-yili o‘tkazilgan va 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi.

  1. PISA tadqiqotlari nima uchun har uch yilda o‘tkaziladi?

— PISAning asosiy vazifasi a’zo mamlakatlarni ta’lim siyosatiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash, qarorlar qabul qilishda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Tadqiqotning har uch yilda o‘tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qaror­lar va tegishli dasturlarning ta’sirini hisobga olish uchun ma’lumot va tahlillarni ichiga olgan holda o‘z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, mamlakatlar bu davr davomida o‘z ta’lim tizimida kelajakda erishish ko‘zda tutilgan maqsadlarni aniqlab olishiga imkon beradi.

  1. PISA tadqiqotlarida nega aynan 15 yoshli o‘quvchilar qatnashadi?

— Tadqiqot aynan 15 yoshli o‘quvchilar doirasida o‘tkazilishining asosiy sababi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT)ga a’zo aksariyat davlatlarda 15 yosh majburiy ta’lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi.

  1. Savodxonlikni baholashda qanday kompetensiyalarga asoslanadi?

— Ushbu kompetensiyalarni o‘quvchilarning tabiiy fanlardan savodxonligini aniqlashda qo‘llaniladigan kompetensiyalar misolida ko‘rib chiqamiz:
1. Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntira olish kompetensiyasi.

  1. Ilmiy-tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi.

  2. Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi.

  1. Kontekst nima?

— Kontekstlar — PISA topshiriqlarining asosi sanaladi. Kontekst hayotiy muammoli vaziyatlar aks etgan topshiriqlar. O‘z navbatida, kontekstlar shaxsiy, mahalliy va milliy (global) darajalarga bo‘linadi.

  1. PISA topshiriqlari darajalariga qanday talablar qo‘yiladi?

— Topshiriqni bajarish uchun talab etiladigan intellektual va fikrlash qobiliyatiga ko‘ra ular uchta kognitiv darajaga ajratiladi:

        1. Quyi daraja — bir bosqichli amallar.

        2. O‘rta daraja — hodisalarni tavsiflash.

        3. Yuqori daraja — murakkab ma’lumotlarni tahlil qilish.

PISA TESTIDAN NAMUNALAR
1.Qaysi javobda to’g’ri chiziq tasvirlangan
A) B) S)

2.Qaysi javobda uchta doira tasvirlangan
A) B) S)

3.Berilgan shakillardan kivadiratini toping
A) B) S)

4. 6-1 ifoda qiymatiga mos javobini toping


A) B) S)

5. 5-2 ifoda qiymatiga mos javobini toping





A) B) S)

6.Qaysi javobda to’g’ri chiziq tasvirlangan


A) B) S)
7.Doira shaklini toping
A) B) S)

8.Yulduzchani toping.


A) B) S)

9. 1+5= ifoda qiymatiga mosjavobni toping
A) B) S)

10.Bayroqchani toping





A) B) S)




  1. Download 0,52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish