Pirotexnik vositalardan foydalanmang !
Pirotexnika vositalari inson organizmiga quyidagicha salbiy ta'sirlarni ko‘rsatishi mumkin:
· tananing yuz, ko‘z, qo‘l sohalarida og‘ir chuqur kuyish jarohatlarining yuzaga kelishi;
· ko‘zlarning shikastlanishi natijasida ko‘rish faoliyatining qisman yoki butunlay buzilishi;
· olingan kuyish jarohatidan keyin plastik operatsiyalar o‘tkazishga muhtojlik;
· kuygan sohalarida dag‘al chandiqlar, qo‘l barmoqlari sohalarida kontrakturalar hosil bo‘lishi;
Pirotexnika vositalarini yashirincha sotish, tarqatishga qarshi quyidagi choralar qo’llaniladi.
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, mamlakatimizga olib kirish, tashish, saqlash va sotish taqiqlangan. Bunday harakatlar uchun Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 185(1)-moddasi hamda Jinoyat kodeksining 250(1)-moddasida tegishli javobgarlik va jazo choralari belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika vositalari aylanishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan pirotexnika vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish, iste'molchilarning huquqlari himoya qilinishini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyasiz pirotexnika vositalarini olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish taqiqlangan. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185(1)-moddasi bilan pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirganlik yoki o‘tkazganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan bo‘lib, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 2501-moddada (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Pirotexnika vositalaridan foydalanish orqali sodir bo`lishi mumkin bo`lgan turli xil baxtsiz xodisalarning oldini olishda barchamiz ma’sulmiz!
Buxoro tuman 1-IDUM 1-A sinf o’quvchilariga 2021-yil 14-dekabr kuni “Pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik” haqida ma’lumotlar berildi va xavfsizlik qoidalari tanishtirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |