Pirosliz kislota a Furfurolni kaliy permanganat bilan oksidlash Reaktivlar



Download 26,5 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi26,5 Kb.
#534601
Bog'liq
2 5364266715066670099


PIROSLIZ KISLOTA

a) Furfurolni kaliy permanganat bilan oksidlash
Reaktivlar.
Furfurol = 9,6 g yoki 8,3 ml (0,1 mol)
Kaliy permanganat = 13 g (0,08 m ol)
O'yuvchi natriy = 20 g
Kontsentrlangan xlorid kislota; dietil efir.

1 litrli stakanga 20 g o’yuvchi natriyning 200 ml suvdagi eritmasini quyib, unga 8,3 ml yangi haydalgan furfurol qo’shib aralashtiriladi. So’ng tomizgich voronka orqali aralashtirib turilgan holda 13 g kaliy permanganatning 240 ml suvdagi eritmasi oz-ozdan quyiladi. Reaktsion massaning temperaturasini 10-15°C dan oshirmaslik uchun unga vaqt-vaqti bilan muz parchalari tashlab turiladi.


Kaliy permanganat eritmasining hammasi quyib bo’lingandan so’ng aralashtirish yana 5 minut davom ettirilib, stakan qaynaguncha qizdiriladi.
Marganets (IV)-oksidni filtrlab olib, so’ngra filtratga xlorid kislota qo’shib neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhit hosil qilinadi va chinni kosachada eritmaning hajmi 200 mlga kelguncha setka bilan gaz alangasida, so’pgra 50 ml hajmga kelguncha suv hammomida bug’latiladi.Eritma sovitilib kontsentrlangan xlorid kislota qo’shish bilan pirosliz kislota olinadi.Uni filtrlab 20 ml muzli suvda yuviladi va quritiladi.Filtrat efir bilan ekstraksiya qilinib quyiltirilgandan so’ng yana bir oz pirosliz kislota olish mumkin. Kislota qaynoq suvda qaytadan kristallantirilib tozalanadi.Pirosliz kislota 133-134°C da suyuqlanadi.
Miqdori 7 g.

b) Furfurolni natriy gipobromit bilan oksidlash

Reaktivlar.
Furfurol 9,6 gyoki 8,3 ml (0,1 mol)
Toza o’yuvchi natriy 12.4 g (0,3 mol)
Brom 5.4 ml. yoki 17 g (0,1 mol)
Xlorid kislota (dq1,19)
200 ml hajmli cho’ziqroq stakanda 12,4 g o’yuvchi natriy 50 ml suvda eritilib, eritma tuzli muzda 0°C gacha sovitiladi va unga asta-sekin ehtiyotlik bilan tomchilatib 5,4 ml brom quyiladi. Shunday qilib, tayyorlangan natriy gipobromit eritmasiga 9.6 g furfurol 4 soat davomida aralashtirib turilgan holda tomchilatib qo’shiladi; bunda aralashmaning temperaturasi 5°C dan oshib ketmasligi kerak.Hosil bo’lgan tiniq eritmaga xlorid kislota qo’shib kislotali muhit hosil qilinadi.CHo’kmaga tushgan pirosliz kislotaning oq kristallarini filtrlab olib quritiladi.
Miqdori 8 g atrofida.
Download 26,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish