Shlaklarning nordonligi va asosligini topish
Amaliyotda shlaklar ikki guruhga bo‘linadi. Bular: nordon va asosli shlaklardir.
Nordon oksidlarning (SiO2, TiO2, Al2O3 va boshqalar) yig‘indisi 40% dan ortiq bo‘lgan shlaklar nordon shlaklar deyiladi. Asosli shlaklar guruhiga esa ana shu oksidlarning yig‘indisi 40% dan kamroq bo‘lgan shlaklar kiradi.
Metallurgiyada stexiometrik hisoblashlar nordonlik va asoslilik darajasi bilan tasvirlanadi. Nordonlik darajasi deganda, kremniy, aluminiy, fosfor, titan va boshqa nordon (kislotali) oksidlarga kiradigan birikmalardagi kislorodning gramm-atomlari yig‘indisini asosli oksidlarga kiradigan birikmalardagi kislorodning gramm-atomlari yig‘indisiga nisbati tushuniladi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |