16
SO‘Z BOSHI
“Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi” kursi yuqori malakali kadrlar
tayyorlashga yo‘naltirilgan asosiy bazali fanlardan biri hisoblanadi.
Nazariy metallurgiya fundamental va texnologik fanlar orasidagi oraliq holatni
egallaydi. Mazkur fanlarni o‘qib borish tufayli to‘planib qolgan bilimlar natijasida
talabada murakkab amaliy va nazariy masalalarni yechish imkoniyati paydo
bo‘ladi va barcha fundamental fanlardan to‘plangan bilimlar metallurgiyani chuqur
o‘rganishga yordam beradi. Metallurgiya faqatgina
texnika sohasini emas, balki
moddalar va ularning xossalarini hamda ularda kechadigan qonuniyatlarni,
metallurgik qayta ishlash kabi jarayonlarni ham o‘zida ifoda etadi.
Metallurgik jarayonlar nazariyasi kursi yosh mutaxassislarga
ishlab chiqarish
va ilmiy izlanish ishlarida murakkab sanalgan jarayonlarni oson o‘zlashtirishga
yordam beradi. Nazariy metallurgiya yangi texnologik sxemalar va jarayonlarni
o‘rganishning ilmiy o‘zagi hisoblanadi. Mazkur kursning muhim tomoni yana
shundan
iboratki, zamonaviy ilmiy adabiyotlarni o‘rganishda, ilmiy tadqiqot
ishlarini olib borishda va talabalarni boshqa texnologik ahamiyatga ega bo‘lgan
mutaxassisliklarni ham o‘rganishda bu kursning puxta o‘rganilishi talab etiladi.
E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari
talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u imkon qadar “Pirometallurgiya jarayonlari
nazariyasi” kursining barcha mavzularini o‘z ichiga mujassamlashtirgan. Bu o‘quv
qo‘llanmadan sanoat ishlab chiqarish korxonalarida
ishlayotgan metallurgiya
mutaxassislari hamda sohasi yaqin bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan
talabalar ham foydalanishlari mumkin.
Mazkur o‘quv qo‘llanma mualliflarning ko‘p yillar mobaynida oliy o‘quv
yurtlarida, o‘rta maxsus ta’lim bilim yurtlaridagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida
metallurgiya va shu sohaga tegishli fanlarni o‘qitishda to‘plangan
tajribalari
asosida yozilgan. Ayni paytda mazkur kurs bo‘yicha o‘zbek tilidagi
adabiyotlarning kamligi ham ushbu qo‘llanmani yaratilishiga asosiy turtki bo‘ldi.
17
Qo‘llanmada keltirilgan mavzularni o‘zlashtirish nisbatan yengilroq bo‘lishi
uchun tasviriy vositalar (sxemalar, rasmlar)dan foydalanildi. Har bir bobdan so‘ng
namunaviy masala va mashqlar yechish usullari mavjud bo‘lib, har bir masala va
mashqni yozma ravishda muhokama qilib yechishga, ularni mantiqiy va matematik
asosga tayanib yechishga katta e’tibor berildi. Mavzu bo‘yicha
mustaqil
tayyorlanish uchun savollar, topshiriqlar, masalalar va mashqlar berildi.
Mualliflar qo‘llanmani yaratilishida o‘zlarining qimmatli maslahatlari va
yordamlarini ayamagan ustoz va murabbiylar, metallurgiya mutaxassislariga o‘z
minnatdorchiliklarini bildiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: